San'at tanqidchisi kundaligi

Description
Estetik did, kino va vizaul poeziya haqida ba'zida esa muhabbat fojealari haqida yozaman. Diqqat! Diktatura!!

YouTube kanalim: https://youtube.com/@samandar_egamberdiyev?si=jl3z0Ydpv1UgOQBd

Aloqa uchun: @Artcrito
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks ago
International Film Festival of Kerala (IFFK) …

International Film Festival of Kerala (IFFK) doirasida kino tarixidagi buyuk rejissyorlar haqida "Cinema Alchemy" nomli badiiy ko'rgazma ham tashkil etilgan edi. Ko'rgazma muallifi: rassom va rejissyor Razi Muhammad. Ko'rgazma menga juda yoqqan va ajoyib edi. Shu ko'rgazmadan qisqa besh daqiqalik video olib Youtube kanalimga joyladim. Qiziq bo'lsa tomosha qilib kommentlarda sevimli rejissyorlaringizni va ko'rgazma haqida fikrlaringizni yozib, kinosevar do'stlarizga yuborib, qo'lllab-quvvatlab yuboringizlar. Oldindan rahmat !
Videoga link: https://youtu.be/jij1Ublg3-U?si=BYHhNxCfhTnnOFwi

@artjingo

3 weeks, 2 days ago
Nihoyat, IFFK doirasida Payal Kapadianing "All …

Nihoyat, IFFK doirasida Payal Kapadianing "All we imagine as Light"(2024)
"Yorug'lik haqida tasavvurlarimiz" filmini tomosha qildim.

Fikrimcha, filmning ikki muhim jihati uning asosiy yutug'ini ta'minlagan.

Birinchisi - filmdagi vizual poeziya. Ya'ni, operator ishi.
Uyqubilmas Mumbayning tungi tasviri... chiroq, nur-soyalar garmoniyasi... Aqlbovar qilmas go'zallik.
Ikkinchisi - film  insondagi chuqur ekzistensial kechinmalar, holatlarni o'rta yoshdagi qizlar orqali ko'rsatadi. Bu juda taʼsirli..!

Bu ekzistensial holatlar insonda abadiy yashaydi.

Filmda mana shu kechinmalarning abadiyligini ko'rsatiladi. Shuning uchun kartina go'zal chiqqan.

Film operatori  Von Kar Vay filmlaridan  taʼsirlangani sezilib turibdi.
Xullas, premyeradan keyin Payal Kapadia va jamoasi bilan suhbat bo'ldi. Suhbatda qatnashib film operatoriga rahmat aytdim. Birga yana selfi ham tushdik.
O'rtadagi soqolli yigit filmning bosh operatori.

Film ekranlarga chiqsa, albatta tomosha qilinglar. Jiddiy asar.
@artjingo

3 weeks, 2 days ago
Hozirda dunyoning eng mashhur rejissyori Payal …

Hozirda dunyoning eng mashhur rejissyori Payal Kapadia bilan selfi. Shunchaki esdalik uchun shu yerda tursin. Hozir u bilan interview boshlanadi. Keyin filmini tomosha qilamiz.

@artjingi

4 weeks, 1 day ago

Bu "Zaytunzorlar oralab"(1994) filmining to'liq, originali menda bor. fors tilida subtitlesiz.
Va ingliz tili subtitle shakli ham bor.
Sifati zo'r. Agar kimdir filmni tomosha qilmoqchi bo'lsa shaxsiyga @artcrito ga yozinglar filmni yuboraman.

@artjingo

1 month ago

Bir ovozdan o'tayotgan 2024-yilni "Ayollar kino yili" deb e'lon qilsak ham bo'ladi. Sababi yil boshida Berlin kinofestivalida Mati Diopning "Dahomey" filmi bosh sovrin "Oltin ayiq" bilan taqdirlandi.
Kann kinofestivalida Sean Bakerning "Anora" filmi bosh sovrin "Oltin palma yaprog'i" bilan, Payal Kapadianing " All we imagine as Light" filmi esa "Gran pri" bilan, Jacques Audiardning "Emilia Perez" filmi "Hakamlar prizi" bilan va hozirda"Oltin Globus"ga ham asosiy daʼvogarlik qilyapti.
Coralie Fargeatning "The Substance" filmi "eng yaxshi ssenariy" uchun beriladigan mukofot bilan taqdirlandi.
Venetsiya kino festivalida esa Pedro Almodovarning "The room next door" filmi bosh sovrin "Oltin sher" bilan taqdirlandi. Taqdirlangan filmlarning barchasida ayollar dunyosi, ayollar muammosi dominantlik qiladi. Bu nimani anglatadi? Balki san'atda feminizmning "to'rtinchi to'lqini" o'zining yo'qori cho'qqisiga chiqishidir? Bu albatta quvonarli.
Aytgancha, bu yilgi Nobel mukofoti ham ayol yozuvchiga nasib qildi. Nima ham deymiz,
Ayollarni tabriklaymiz!

@artjingo

1 month ago

Hindiston ta'lim vazirligi tashkil etgan barcha fanlar boʻyicha online kurslarida tekin o'qishni istasangiz shaxsiyga @artcrito xabar qoldiring. Kurslarga registratsiya kechadan boshlandi. Yanvar oyidan o'qishlar boshlanadi. Shaxsan o'zom o'tgan semestrda Adabiy tanqid va nazariyasi fanini o'qib sertifikat olgandim. Xullas yo'qori sifatli va dunyo standartlariga javob beradigan kurslar. Fundamental bilimlaringizni mustahkamlash uchun zo'r imkoniyat. Shaxsiyga Xabar qoldirsangiz linki va registratsiyaga yordam beraman.
@artjingo

1 month ago

20-asrning eng inqilobiy faylasufi va adabiy tanqidchisi Roland Barth italian kinorejissyori Mikelanjelo Antonioniga ochiq maktublar yozgan. Maktublarda Antonioning ijodi, filmlari va badiiy g'oyalari tahlil qilingan. Mana shu maktublar asosida italian kinemotgrafi Gianni Massironi 1995-yilda "Dear Antonioni: From a letter by Roland Barthes" nomli hujjatli film suratga olgan. Nafaqat Antonioni ijodi balki o'tgan asr Yevropa jamiyatidagi ekzistiansialism falsafasini tushunishga ham katta yordam beradi. Bu kabi filmlar ommaviy emas, hamma ham tomosha qilavermaydi. Faqat zamonaviy san'at markazlarida maxsus namoyish etiladi. Filmni topib oldim. Kimga qiziq boʻlsa shaxsiyga yozsin yuboraman. @artcrito

@artjingo

1 month, 1 week ago
Umuman san'atda Modernizm va Postmodernizmni farqlash …

Umuman san'atda Modernizm va Postmodernizmni farqlash juda muhim. Adabiy nazariyotchi Ihab Hasanning bu qo'llanmasi farqlash uchun eng optimal variantlardan biri. San'at asariga yoki adabiy asarlarga tahlil yozayotganda bu qo'llanmadan foydalanishlaringiz mumkin.

@artjingo

1 month, 1 week ago

Bugun 3-dekabr XX asr mualliflik filmlar asoschilaridan biri va Kinematografiya tarixida "Fransuz yangi to'lqini"ning asosiy figuranti Jean-luc Godardning tugʻilgan kuni. Shu munosabat bilan kechki soat 22:00da kanalda audio-suhbat qilishni reja qilganman. Nafaqat Jean-luc Godard, balki umuman mualliflik filmlari, Pazolini, Bertaluchchi va boshqalar ijodi haqida ham suhbatlashamiz. Savollar bo'lsa izohlarda qoldiring javob berishga harakat qilaman. Suhbatni qiziq deb o'ylasangiz 22:00dagi audio-suhbatga qo'shilinglar.
Xayrli kun hammaga!

@artjingo

4 months ago

Qisqacha o'zbekcha feminizm haqida

Qachonki bizning feminist-tadqiqotchilar Abdulla Qodiriy, Cho'lpon asarlaridagi xotin-qizlar obrazini yaratishda male gaze (erkak nigohi) va patriarchal thinking (patriarxal dunyoqarash) orqali yaratilganligini akademik tadqiqotlar bilan isbotlab berib, va ikki yozuvchilarni xotin-qizlar obrazini yaratish masalasida keskin(nafrat bilan) tanqid qilsagina bizda o'zbekcha feministik dunyoqarash boshlanadi. Ularning fantaziyasiga oshiq bo'lib qolish - mutlaqo yaramaydi.
G'arblik ayollar huquqi haqida kitobni o'zbekchaga tarjimasi bilan yondashish judayam yuzaki va soxta yondashuv. Chunki g'arb konteksti bilan Markaziy Osiyo konteksti keskin farq qiladi.
O'rgan asrning 30-yillar oxirida paydo bo'lgan Sovet-uzbek yozuvchi(ijodkorlar)ing asarlaridagi xotin-qizlar obrazi bu - qo'pol qilib aytganda "Stalinskiy xotin-qizlar obrazi" bo'lib qolaveradi. Tabiiyki, ularni tadqiqot obyektiga olish xato hisoblanadi. Chunki ular SSSRning ayollar masalasidagi siyosati mahsuli edi. Sovet-uzbek yozuvchilarniki emas.

1991-yildan keyingi jarayonlar haqida keyinroq yozaman.

P.s) Nima demoqchiman, feministik dunyoqarash va gender muammolari o'zga (ingliz va o'ris) tillarida to'g'ridan-to'g'ri o'zbekcha matnga kirib kelayapti. Aksincha feministik dunyoqarash o'zimizning qadriyatlar, ijtimoiy bilimlar va zamonaviy hayot falsafamiz ichida paydo bo'lishi kerak. Ex-metropoliya narrative bizga begona bo'lishi kerak.

Hozircha shu

@artjingo

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago