Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Arab tilini o’rganmaslik falsafasi
Arab tilini o’rganaman deb o’quv markaziga har oy pul to’laysan, darslarga tushunmay qiynalasan, keyin siqilib yig’laysan. Siqilib yig’laganingdan keyin qon bosiming oshadi, kasal bo’lasan, kasalxonaga olib borishadi, yotganingdan keyin oxiri o’lasan…
O’lish uchun hali ancha yoshlik qilaman, yaxshisi buguncha yotib uxlashim kerak.
© Arab tili talabasining kundaligidanDangasalar arab tilini o’rganmay yurishi uchun qancha bahonalar izlashadiyu 😂
Arab tilidagi kun hikmati
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim ilm izlab yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi”.
©️ Imom Muslim rivoyati.
Siz izlab yurgan arab tilidagi ko’rsatuv
“Arab tilida bo’lsa ko’raman” deb izlab yurgan shunday ko’rsatuv, multfilmlar bo’ladiki, ularni izlab topishi bilan o’rganuvchilar xuddi yosh boladek sevinib ketadi.
💡 «Bu qanday yasalgan?» maxsulotlarning qanday tayyorlanishi haqidagi bu ko’rsatuv butun dunyoda katta mashhurlikka erishgan (“Yoshlar” telekanalidan efirga berar edi, esladingizmi?).
⚙️ Bu ko’rsatuv arab tilida ham chiqarilgan va mashhurlikka erishgan. Arab tili imtihonlariga tayyorlanayotgan va oson o’rganish niyatida bo’lganlar uchun ayni muddao ko’rsatuv.
👉 Ko’rsatuvning barcha qismlarini ko’rish
Arab tilini o’zingiz yaxshi ko’rib tomosha qilgan ko’rsatuvdan o’rganish boshqacha ✅
Xalqaro arab tili kuni | اليوم اللغة العربية
Bugun butun dunyoda xalqaro arab tili kuni nishonlanmoqda. Sababi BMT tomonidan aynan bugun 18-dekabr arab tili kuni deb belgilangan 🥳
🟢 Arab tili eng keng tarqalganligi hamda foydalanuvchilari soniga ko'ra dunyo tillari orasida 6-o'rinda turadi (ba'zi manbalarda bundan ham yuqori 5 o’rinda).
🟢 Bugungi kunda 25 dan ortiq davlatning rasmiy tili hisoblanadi (xuddi o’zbek tilidek).
🟢 Umumiy so'zlashuvchilari soni 400 milliondan oshadi (salkam yarim milliard).
🟢 Arab tilidagi lug'atlarning umumiy soni hisob-kitoblarga ko'ra 12 yarim milliondan ortiqdir ("Mu’jam ajaibil lug’at” kitobidan).
🟢 Arab tilidagi so'zlarning asosi (ildizi) 16 mingdan ortiq va bu dunyoda eng ko’pi.
🟢 Faol va kam ishlatiluvchi lahjalarini (sheva) qo'shganda ularning soni 30 oshib ketadi.
“Bugun sening kuning, sening kuning bugun” deb bayram qiladigan joyi ✅
@arobiyya_uz | #arabtilikuni
Arab tilidagi kun hikmati
Hakimdan soʻrashdi: “Chin doʻstingizni qanday bilib olasiz?”. Javob berdi: “U mening tashvishlarimni koʻtaradi, holimni soʻraydi, kamchiligimni toʻldiradi, aybu xatolarimni kechiradi va menga Robbimni eslatadi”. U zotdan: “Uni qanday mukofotlaysiz?”, deya soʻrashdi. “Ortidan haqqiga gʻoibona duo qilaman”, deya javob berdi.
©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.@arobiyya_uz | #hikmat
Arab tilidagi kun hikmati
Uzun tunlari internetda ijtimoiy tarmoqlarda band boʻlsangu, ikki rakat boʻlsada Robbing bilan xoli ibodatga qodir boʻlmasliging, kamiga bomdodga ham uxlab qolishing – mana bu haqiqiy mahrumlikdir.
📖 Ahmad Iso Ma’soroviy.
Taomlar haqida iboralar turkumidanArab tilidagi kundalik eng ko’p ishingiz tushadigan mavzulardan biri “taomlar”. Keling, unda shu mavzuga oid iboralarni arab tilida ko’rib chiqsak 😋
*▪️هَذِهِ وَجْبَةٌ لَذِيذَةٌ!*
Bu mazali taom!
*▪️هَذَا طَعَامٌ طَازَجٌ!*
Bu yangi taom!
*▪️المَقَادِيرُ مَضْبُوطَةٌ*
Mahsulotlar sarishta/ aniq.
*▪️أُحِبُّ الأَكْلَ الصِّحِّي*
Sog’lom ovqatni yaxshi ko’raman.
*▪️هَنِيئًا مَرِيئًا!
Yoqimli ishtaha! (ovqatlanishdan avvalgi*)
*▪️بِالهَنَاءِ وَالشِّفَاءِ!
Yoqimli ishtaha! (yoki “osh bo’lsin”*)
Iboralar sovub qolmasidan ulashish va yodlab olish yodingizdan chiqmasin ✅
Arab tilidagi kun hikmati
Imom Shofe’iy rohimahulloh dedilar: «Ilm talab qilish nafl namozdan afzaldir».
📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago