Amir Temur tarixi

Description
Faqat Amir Temur va temuriylar haqida yozamiz.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year ago
1 year ago

Тарихшуносликда ўзига хос такрорланишлаш ёки тарихий шахслар ҳақида баёнларда такрорланадиган воқеаликлар бор. Амир Темурга қарши мардларча курашган Шоҳ Мансур ҳақида ҳам. Ибн Арабшоҳ ҳикоя қилади :
“БЎЛИМ.Кейин Темурга қарши Сиржон қальасида Кударз исён билдириб: «Махдумим Шоҳ Мансур ҳали тирик»,- деди. Бу сўзлар хосу авом (киши) лар ўртасида тарқалган бўлиб, Кударз Шоҳ Мансурнинг зохир булишини кута-
кута онлар ва йилларни ўтказаверди... “. Сиз бунга ўхшаш тарихни кўп эшитгансиз, тўғрими? Бу каби тарих ҳар бир даврда бор, аслида. Қисқаси инсон орзуси, умидини ўлдириш қийин ўзи ҳохламаса.

1 year ago
1 year ago
Bu Temuriy malika bir umr turmushga …

Bu Temuriy malika bir umr turmushga chiqmay oʻtgan. Aytishlaricha, bir kuni opasining tugʻruq paytiga guvoh boʻlib, turmushga chiqishdan voz kechgan. Boshqa rivoyatda esa, badjahl otasi uning sevgani - Oshiq degan yigitni qozon ichida qaynatib, o'ldiradi.

Malikaning qabri ustiga esa "Hech kim mening qabrimga biron narsa yoymasin, menga o't o'lanning o'zi yetarli" deb yozilgan.

Nima deb oʻylaysiz, bu Temuriy baxtiqaro malika kim edi?

1 year ago
"Temur tinchlana olmasdi.Katta oʻgʻli Jahongir endigina …

"Temur tinchlana olmasdi.Katta oʻgʻli Jahongir endigina 20 yoshda edi. U uning gʻururi va merosxoʻri edi. Oʻsmirlik paytidayoq u otasining harbiy ishlarida qatnashib, boʻlajak rahbar sifatida oʻzini koʻrsatgan edi. Jahongirning oʻlimi manbalarda unchalik ishonchli yoritilmagan. Temur uning oʻlimidan qattiq umidsizlikka tushadi. Yazdiy uning yonoqlari doimo koʻz yoshlaridan nam boʻlganini yozadi.

Jastin Marotsi. "Temelane. Sword of Islam" asaridan olindi.

Kanalimiz havolasi:
?@temurtarixi

1 year ago
Aytishlaricha imperator Akbar xotini Mariyam Zamoniyning …

Aytishlaricha imperator Akbar xotini Mariyam Zamoniyning uzoq kutilgan oʻgʻli Salimga homilador boʻlganini eshitib, sevinganidan gepard ovlash uchun oʻrmonga chiqib ketadi.

Oʻshanda juma kuni boʻlib, onasining qornida doim tepinib, oʻzining borligini bildiradigan homila birdan tepishni toʻxtatib qoʻyadi.

Bundan ovda yurgan Akbar ham xabardor qilinadi. Yaratgandan tilab olgan zurriyodiga nimadir boʻlmadimikan degan xavotirda, shoh juma kuni gepard ovlashni, umuman olganda ov qilishni toʻxtatib qoʻyadi. Butun umri davomida shu va'dasida turdi.
Salimning "Tuzuki Jahongiriy" asarida yozishicha u ham eson omon tugʻilib, katta boʻlgach, otasining shu qasamiga rioya qilib yashagan ekan.

Kanalimiz havolasi:
?@temurtarixi

1 year, 2 months ago

*Amir Temur faoliyatining boshlanishi Movarounnahr taxti uchun olib borilgan kurashlar (1360-1370) bilan bog’langan edi. Sizga o’sha davrda Sohibqiron olib borgan eng muhim janglar (katta kichik 34 martadan ko’proq janglar bo’lgan ) ro’yxatini manbalar asosida taqdim qilamiz:

  1. Temurbek, Xizr Yasavuriy va Amir Husaynning Bayon Sulduzga qarshi Hisor va Badaxshon yurishi. 1360-yil. Temurbek va Husayn Hisordan Tug’luq Sulduzni quvishdi.
  2. Temurbek va Xizr Yasavuriyning Hoji Barlosga qarshi Kesh yaqinidagi Oq Yor jangi. 1360-yil. Temurbek ustun keldi.
  3. Temurbek va Xizr Yasavuriyning Hoji Barlos va Boyazid Jaloyirga qarshi Kesh yaqinidagi jangi 1360-yil. Temurbek ustun keldi
  4. Temurbek, Hoji Barlos va Boyazidning Xizr Yasavuriyga qarshi Keshda qilgan jangi. 1360-yil. Temurbek g’alabasi.
  5. Temurbekning Shayx Ali Jarjariyga qarshi Termiz yonida jangi. 1360-yil. Temurbek g’alabasi.
  6. Temur va Amir Husaynning Xiva noibi To’kalning 1000 askari bilan Poyob jangi. 1362-yil. Jangda dushmanning ko’p sonli askarlar o’ldi. Temur ham 50 odamidan 7 kishi bilan qolib, ortga qaytishga majbur bo’ldi.
  7. Temur va Husayn 1000 kishi bilan Seistonda qilgan jangi. 1363-yil. Temur g’alaba qozondi.
  8. Temur va Husayn Seiston hokimi askarlari bilan qilgan jangi. 1363-yil. Temur yaralandi va Seistoniylar hujumi qaytarildi.
  9. Temur Seistondagi Olachu qal’asida turgan Mengli Bug’oga hujum qildi. 1362-yil. U jangsiz qochdi.
  10. Temurbek 2000 odam bilan Balxdagi Abdulloh Arig’ida Abu Said ibn Tayangu, Mengli Bug’o, Haydar Andhudiyning 6000 askari bilan 2 kun jang qildi va g’alaba qildi. 1363-yil.
  11. Temur Amu bo’yida Ojunoy boshliq JETA lashkari bilan olishib, daryodan ortga chekindi. 1363-yil.
  12. Temur va Amir Husaynning Badaxshon yurishi. 1363-yil. Dushman jangsiz sulh tuzdi.
  13. Temur, Husayn 9500 askar bilan Toshariq jangida ( ja’mi 4 to’qnashuv) JETA ning 20 000 askarini yengdi. 1363-yil dekabr-1364-yil mart. Dastlab Toshko’prikda jang bo’ldi. Keyin Esan maydonidan Keshgacha bo’lgan hududda jang bo’ldi. Oxirgi jang Toshariqdagi Qaboi Matonda bo’ldi. Obi Yom (Jom) da dushmanga oxirgi zarba berildi.
  14. Temur va Husaynning Chinozda Ilyosxo’ja bilan “Loy jangi”. 1365-yil mart. Ittifoqchilar yengilishdi. 10 000 dan ortiq Movarounnahr askari halok bo’ldi.
  15. 1365-66 qishda Temur Bahrom, Abbos va Jakuni jaloyirlar ustiga yubrodi. Ali Darvesh jaloyir odamlari o’ldirildi.
  16. 1366-yil Amir Husayn Temurga qarshi 3000 askar yubordi. Yangikentda tor darada jang bo’ldi. Temur g’alaba qildi.
  17. 1366-yil Temur 243 kishi bilan 12 000 otliq askar joylashgan Qarshiga yurdi va egalladi.
  18. 1367-yil. Amir Husayn Buxoroni qamal qildi. Shahar tojiklari va yasuriylar Temurning ittifoqchilari sifatida dushman ila urushdilar. Husayn hiyla ila kopchilikni o’ldirib, shaharni oldi.
  19. 1367-yil Temur 600 kishi Buxoro yaqinidagi Husaynning odami Xalilbek yengdi.
  20. 1367-yil Temur Hindushoh, O’ljoytu va Po’lod boshliq Husayn askarlarini yengib, quvdi.
  21. 1367-yil Samarqanddagi Obirahmatda Uch Qaro, Musobek Temurdan yengildi.
  22. 1367-yili Temur 600 odam bilan Muso va Uch Qaroni Ko’kaldarada yengdi.
  23. 1367-yili Husayn 20 000 askar ila Temur va Kayxusravga yurdi. 3 ta jang bo’ldi. Temur Xovosdan o’tib 500 odam ila 1500 kishilik Husayn askarlarini yengdi. Jizzaxda 1000 kishilik dushmanni yengdi. Malik boshliq yana bir guruhni ham yengdi. Dushmanning qolgani ortga qochdi.
  24. 1368-yil qishda Temur Samarqanddagi Shodmon qal’asi yonida Husayn askarlarini bir zarbda qochirdi. Niyoziy mavzeida Musobek hazorasini qochirdi. Temur 600 askar, Husayn esa 15 000 askar bilan yuzma yuz keldi. Sulh bo’ldi.
  25. 1368-yil Po’lod bug’o va Oqbug’o Kobulda isyon qildi. Temur va Husayn Kobulga yurdi. Kobulga olib, isyonchilarni tutishdi.
  26. 1369-yil qishda Badaxshon shohlari Balx, Qunduzga hujum qilishdi. Temur va Husayn Badaxshonga yurdi. Temur Badaxshoniylarni mag’lub qildi.
  27. 1370-yil Balx yonida Amir Husayn yengildi va Temur amir bo’ldi.

Kanalimiz havolasi:
?*@temurtarixi

1 year, 2 months ago

Temurbek tarixi ixlosmandlariga shu faktni aytib qo’ymoqchimizki, 1346-yil, ya’ni Chig’atoy ulusi xoni Qozonxonning o’limidan, toki Temurbekning Movarounnahr amiri sifatida hukm boshlagan 1370-yil sanasiga qadar bo’lgan 24 yillik davr Chig’atoy ulusidagi “o’tish davri” hisoblanadi. Ko’pchilik Temurbek taxtga chiqqach, qo’g’irchoq xon chiqarib, o’zi hukm yurgizganidan salbiy kayfiyat yaratib, uni ayblashga harakat qiladi. Ammo manbalarni ko’zdan kechirsak, qo’g’irchoq xon orqali mamlakatni boshqarish amaliyoti Temurgacha ham bo’lgan ekan. Quyidagi ro’yxatda siz 24 yillik davr hukmdorlari va qo’g’irchoq xon ila hukm surganlar bilan tanishasiz.*Amir Qazag’an davri (1346-1358) xonlari:
1. Donishmandcha o’g’lon (1346-1348) – Qozonxonni o’ldirgan Chig’atoy ulusi amiri Qazag’an dastlab O’qtoy naslidan shu shahzodani qo’g’irchoq sifatida taxtga o’tkazadi va bu odat Movarounnahrda Temurdan oldin ham mavjud bo’lganini bizga ko’rsatadi. Donishmandcha 2 yil hukm surgach o’ldiriladi.

  1. Bayonqulixon (1348-1358) – Chig’atoy naslidan Suyurg’atmishning o’g’li. Uning davridan boshlab, ulusning sharqiy qismi ajralib, JETA deb nomlangan va unga Tug’luq Temur (1347/8-1362/3) hukmdor bo’lgan. Bayonqulixon 1358-yil o’ldirilgan.
    Amir Abdulloh ibn Qazag’an davri (1358-1359) xonlari:
  2. Temurxon o’g’lon (1358-1359) – Yasin Temur o’g’li. Abdulloh Bayonqulini o’ldirgach, Bayon sulduz va Hoji barlos Abdulloh quvishadi va Temurxonni qatl qilishadi.
    Amir Bayon sulduz davri (1359-1360) xonlari:
    Uning davrida Tug’luq Temur mamlakatni egallaydi va soxta xonga ehtiyoj bo’lmaydi.
    Amir Boyazid jaloyir davri (1360-1361) xonlari:
    Uning davrida Tug’luq Temur mamlakatni egallaydi va soxta xonga ehtiyoj bo’lmaydi.

Tug’luq Temurxon istilosi (1360 va 1361-yillar) va Ilyosxojaxon JETA hukmronligi (1361-1364) zamonida soxta xonlarga ehtiyoj bo’lmagan.

Amir Husayn ibn Musallo ibn Qazag’an davri (1364-1370) xonlari:
4. Kobul sulton ibn Durchi (1364-1366) – darveshsifat xon. U taxtga chiqishni xohlamas edi. Kobul sulton qatl qilinadi.
5. Odil Sulton ibn Muhammad (1366-1370) – Taxminan 1366-yilda Odil sulton xon bo’ladi va qaysidir sababga ko’ra Husayndan qochadi. Temur esa uni tutib, Husaynga qaytarib yuboradi. U ham qatl qilinadi.
6. ? ibn Amir Husayn (1370) – Amir Husayn Odilxonni taxtdan chetlatib, o’z o’g’lini xon qilib ko’taradi. Uning ismini Yazdiy yozmagan, faqat 1370-yil Temur askarlari uni qatl etganini yozadi.

Amir Temur davri (1370-1405) xonlari:
7. Suyurg’atmishxon ibn Donishmandcha ibn Hindu ibn Burhon ibn Malik ibn O’qtoy (1370-1388) -
8. Sulton Mahmudxon (1388-1402)-Suyurgatmishning o’g’li. Sulton Mahmud Temurga sadoqat ila xizmat qilgan ammo bir manbaga ko’ra sohibqiron uni Turkiyada qatl qildiradi.
Sulton Mahmuddan keyin soxta xon bo’lmagan. Temur o’limigacha Sulton Mahmud nomidan tanga zarb ettirgan. Xutbani o’z nomiga o’qigan. Temurning o’limidan keyin Xalil sulton o’z qarindoshi Muhammad Jahongirni, Ulug’bek esa Sotuqxonni soxta xon qiladi. Eng so’nggi soxta xon amaliyoti Abdulatif mirzo davrida bo’lgan.Kanalimiz havolasi:
?*@temurtarixi

1 year, 2 months ago
1695-yili Avrangzebga tegishli va 1614-yili Akbarshohning …

1695-yili Avrangzebga tegishli va 1614-yili Akbarshohning rafiqasi Malika Jodha tomonidan qurilgan Ganji Savai nomli kema ingliz qaroqchisi Henri Averi tomonidan qo'lga olinadi.
Oʻshanda kemada million funtlik boylik qoʻlga olinadi. Dargʻazab boʻlgan Avrangzeb bunga javoban, Hindistondagi inglizlarga oid barcha portlarni blokada qiladi.

Qiyin ahvolda qolgan ingliz hukumati oʻzlaridan chiqqan Henri Averiga qarshi urush boshlashadi va barcha zararni boburiylarga toʻlab berishadi.

Dengizda ham qaroqchilikka qarshi kurashib, Henri Averiga oid 6 nafar qaroqchini qatl etishadi.

Kanalimiz havolasi:
?@temurtarixi

1 year, 3 months ago
Amir Temur seriali bosh roldagi aktyorlar …

Amir Temur seriali bosh roldagi aktyorlar tarkibi.

Surat Shohira Hamro sahifasidan olindi.

Kanalimiz havolasi:
?@temurtarixi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago