Yurist Turdimurotov | blog

Description
"Eng yaxshi reja - eng sodda rejadir"

Savollar @Yuristga_murojaatlar
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

1 day, 13 hours ago
2 days, 8 hours ago
4 days, 2 hours ago

Mehnatda mayiblanganlik bo‘yicha xodim o‘ziga yetkazilgan zararni ish beruvchidan undirish tartibi qanday?
📌 Mehnat Kodeksi (keyingi o‘rinlarda - MK) 321-moddasining birinchi qismiga ko‘ra ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.

Ish vaqtida mehnat majburiyatini bajarayotgan xodim olgan tan jarohati natijasida hayotiga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilgan bo‘lsa, MKning 321-moddasi asosida ish beruvchiga nisbatan ushbu ziyonni to‘lashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

MK 318-moddasining birinchi qismiga ko‘ra mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tarafining aybli g‘ayriqonuniy qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) natijasida ushbu shartnomaning boshqa tarafiga yetkazilgan zarar uchun hamda aybli g‘ayriqonuniy qilmish va yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi mavjudligi uchun yuzaga keladi, ikkinchi qismiga ko‘ra mehnat shartnomasi taraflaridan har biri o‘ziga yetkazilgan moddiy ziyonning miqdorini isbotlashi shart.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari” (Keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) tasdiqlangan.

Qoidalarning 32-bandiga ko‘ra ish beruvchi kasb bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotgan xodimga ishlab chiqarishda nobud bo‘lganning oila a’zolariga amaldagi qonunchilikka muvofiq ularning zararni to‘lashga bo‘lgan huquqlarini va ushbu masalalar bilan ish beruvchiga murojaat qilish tartibini tushuntirishi hamda zararni to‘lash to‘g‘risidagi talablarni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni olishda ariza beruvchiga ko‘maklashishi va tegishli hollarda ushbu hujjatlarni boshqa tashkilotlardan talab qilishi shart.

Qoidalarning 33 va 35-bandlari talabiga ko‘ra zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga beriladi va arizaga Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasining kasb bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik darajasi to‘g‘risidagi hamda tegishli hollarda jabrlanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi.

*❗️Qoidalar 34-bandining birinchi xatboshisiga ko‘ra ish beruvchi zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizani ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart, ikkinchi xatboshisiga ko‘ra qaror ish beruvchining buyrug‘i (farmoyishi) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslangan bo‘lishi zarur, unda zarar to‘lovini oladigan shaxslar, oilaning har bir a’zosi uchun uning miqdorlari va to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi, uchinchi xatboshisiga ko‘ra ish beruvchining zararni to‘lash yoki asoslangan rad etish haqidagi buyrug‘i nusxasi xodimga yoki manfaatdor shaxslarga buyruq chiqarilgan kundan boshlab 3 kun muddatda topshiriladi.*

Qoidalarning 40-bandiga ko‘ra xodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan norozi bo‘lgan yoki belgilangan muddatda javob olinmagan taqdirda ushbu nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.

Agar xodim ushbu tartibga rioya qilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilsa, sud qanday harakat qilishi kerak degan haqli savol tug‘iladi.
*📌 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 189-moddasi birinchi qismining 7-bandi talabiga ko‘ra* sudga taqdim etiladigan arizada javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ko‘rsatilishi kerak.

Ushbu Kodeks 122-moddasining 10-bandiga ko‘ra, agar da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa sud arizani ko‘rmasdan qoldiradi..

Telegram  Instagram

1 week, 1 day ago

Davlat granti asosida o’qiganlar uchun 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

2005-yil 6-avgustda 1506-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko’ra (https://lex.uz/docs/-755838), barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi. Mana shu tartib bekor qilinar ekan.

Telegram  Instagram

1 week, 2 days ago

Oʻqituvchining dars mashgʼulotlarini olib borishiga qarshilik korsatish uchun javobgarlik borligini bilasizmi?

Ma’muriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha;

▪️mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu qoidaning doirasi juda keng. Xususan, pedagog xodimning (u maktabdami, litsey yo kollej yoki OTMdami farqi yoq) darslariga togridan togri bostirib kirish, uning roziligiz darslarni tasvirga olish, bevosita yoki bilvosita ta’lim oluvchilarni baholashga aralashish (aynan mana shu qism OTMlarda juda kop uchraydi, oqituvchiga talabaning qaysidir “tankasidan” toʼgʼridan toʼgʼri yo boʼlmasa kimlardir orqali baho qoyishni talab qilishadi) javobgarlik keltirib chiqaradi.

P.S. bu norma bilan hamma yaxshilab tanishib olsa juda zor bolardi. Jumladan,talabalar, ularning “tankalari”, direktorlar, ota-onalar va boshqa o`qituvchining ishiga aralashishni yoqtiradigan ayrim kimsalar. Sizlar uchun javobgarlik borligini unutmang.
Telegram  Instagram

1 week, 2 days ago

Ta’sischi vafot etsa, uning ulushi merosxo‘rlarga o‘tadi ?     

Ma’lumki, Fuqarolik kodeksining 1113-moddasida meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kirishi belgilangan.

Ushbu moddaning mazmuniga ko‘ra meros qoldiruvchining yuridik shaxslardagi ulushlari (aksiyalari) meros obekti doirasida kiradi. Boshqacha aytganda, uning ulushlari merosxo‘larga vorislik huquqi asosida o‘tadi.

Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonun 20-moddasiga asosan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga va jamiyatning ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga o‘tadi.

Mana shu qoidaga muvofiq ta’sischilardan (ishtirokchi) birining  MCHJdagi ulushlari uning merosxo‘rlariga o‘tishi lozim.Lekin jamiyatning Ustavida boshqacha qoida belgilanishi ham mumkin.
Yuqoridagi moddaga muvofiq agar jamiyatning ustavida lushning (ulushning bir qismining) merosxo‘rlarga yoki huquqiy vorislarga o‘tishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan bo‘lsa yoxud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan bo‘lsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.

Shunga ko‘ra merosxo‘rlar ulushga da’vogarlik qilishdan avval MCHJ Ustavini ko‘rishi lozim. Agar unda yuqoridagi kabi qoida bo‘lsa, unda meros qoldiruvchining ulushi merosxo‘rlarga o‘tishi uchun qolgan barcha ishtirokchilarning roziligi talab etiladi.

Agar ishtirokchilar rad javobini bersa, Qonunning 22-moddasiga muvofiq meros qoldiruvchining vafot qilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Demak jamiyatning Ustavidagi qoidaning mazmuniga asoslanib merosxo‘lar yoki ulushni yohud uning qiymatini olishi mumkin.

Telegram  Instagram

2 weeks, 1 day ago

"SUDLAR TOMONIDAN OTALIKNI BELGILASHGA OID ISHLARNI KO‘RISHDA QONUNCHILIKNING QO‘LLANILISHI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING
QARORI

Telegram 🌐 Instagram

2 weeks, 1 day ago

Bilasizmi?

Ayollarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga ijara borasida qanday imtiyozlar bor ?

🔵 «Ayollar daftari»ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilishi qayd etilgan.

🔵 Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik subyektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktyabrga qadar ozod etiladi.

*📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2022 yildagi PQ-376-son qarori*

Telegram 🌐 Instagram

2 weeks, 2 days ago

Xodimga bekor qolgan vaqt uchun ish haqi to‘lanadimi?
Xodim bekor qolganda unga ish haqi to‘lanadimi yoki yo‘qmi degan savolga mana bu uchta vaziyatdan kelib chiqib javob berish to‘g‘ri bo‘ladi:

Birinchisi. Agar xodim ish beruvchining aybi bilan bekor turib qoladigan bo‘lsa (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga ko‘ra ish vaqtincha to‘xtatab qolsa) bu vaqtda xodimga o‘rtacha ish haqi to‘lanadi.

Ikkinchisi. Agar ish beruvchiga ham va xodimning o‘ziga ham bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolsa, bu vaqt uchun tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.

Uchinchisi. Agar xodim o‘zining aybi bilan bekor turib qoladigan bo‘lsa, unga hech qanday haq to‘lanmaydi.

Bu qoidalar Mehnat kodeksining 266-moddasida ko‘rsatilgan.

Telegram 🌐 Instagram

3 weeks, 4 days ago

*❗️Диққат! “Меҳнат ҳуқуқи стипендияси" жорий этилади.
“Yuristkadr” лойиҳаси доирасида “меҳнат ҳуқуқи стипендияси" жорий этилишини эълон қиламиз.
Бизга юриспруденция йўналишида
10 нафар битирувчи талабалар* керак. Лойиҳа доирасида уларга 2024-2025 йил ўқув йили давомида ойма-ой стипендия тўлаб борамиз. Ҳозирча стипендия миқдорини 2 млн. сўмгача деб режа қиляпмиз.

Шартлари борми? Албатта бор. Улар ўқишдан бўш вақтини имкони борича, “Юристкадр” марказида ўтказишлари, меҳнат ҳуқуқи соҳасига оид биз берган амалий вазифалар билан машғул бўлишлари ва келажакда меҳнат ҳуқуқи соҳасини ўзлари учун уствор соҳа сифатида билишлари (шу соҳадан кетишлари) зарур.

Тушунаётган бўлсангиз, уларга ҳам иш ўргатамиз, ҳам стипендия тўлаймиз. Якунда, диплом олганларидан кейин меҳнат ҳуқуқи мутахассиси сифатида иш олиб боришлари учун яхши маош берадиган компанияларга йўлланма ҳам берамиз.

Агар соҳага бефарқ бўлмаган қўшимча ҳомийлар ва меценатлар топилса, иштирокчи талабалар сонини 30 тагача кўпайтиришимиз мумкин.

Бундан мақсад нима? Мақсад жуда оддий, соҳани ривожлантира оладиган ва ўз сўзини дангал айта оладиган меҳнат ҳуқуқи мутахассислари сонини кўпайтириш. Келажакда улар шу соҳа учун жон куйдирадиган мутахассислар бўлиб етишса, шунинг ўзи етарли биз учун.

Танлов шартларини тез орада эълон қиламиз.
“Yuristkadr” лойиҳаси муаллифи
Саидали Мухторалиев

👉@yuristkadr

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago