Yurist Turdimurotov | blog

Description
"Eng yaxshi reja - eng sodda rejadir"

Savollar @murojaatyuristga
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago

1 week, 5 days ago

Kelin ketib qolayotgan bo‘lsa, uning sepini taqdiri nima bo‘ladi? Agar qaynonalari olib ketaver desa muammo yo‘q. Lekin uyga yaqinlashtirmasa-chi? Mana shunaqa holatda beriladigan ariza namunasini tayyorladik.

👉@yurist_turdimurotov

1 week, 5 days ago

2985-sonli Yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotdi.

  O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori bilan tasdiqlangan “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (17.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2985) o'z kuchini yo'qotdi.  O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori, 07.02.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2985-1  https://lex.uz/pdfs/7367260

MK 233-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Ya’ni har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanib qoladigan o‘rtacha ish haqi MK 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqiladi!

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 5-ilova “Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizom ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti to‘liq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi bo‘lmaganda va boshqa alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibini belgilaydi.

Mazkurning nizomning 3-bobi 8-11-bandlari ta’til vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlashni tartibga soladi!

Ekspert Muhammadamin Karimjonov

2 weeks ago

Er-xotin ajrashganda, bola taminoti desa ko‘pchilik alimentni o‘zini tushunadi. Aslida aliment to‘landi degani bu hammasi emas. Onalar bolalari uchun zaruriy boshqa xarajatlarniyam er insof qilmasa, sud orqali undirish mumkin.

👉 @yurist_turdimurotov

2 months, 3 weeks ago

Moddiy javobgarlik bilan bog‘liq ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilinsin!

Jinoyat huquqi va mehnat huquqi sohalari bir vaqtda kesishadigan muhim nuqtalardan biri ayni mana shu mavzu hisoblanadi.

JKning 45-moddasida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo‘lib, sud muayyan bir soha yoki faoliyat bilan bog‘liq holda jinoyat sodir qilgan shaxslarni, ma’lum muddatga o‘sha yo‘nalishda faoliyat yuritish huquqidan mahrum qilishi mumkin. Bu yerda sudlanuvchining o‘sha sohada faoliyat yuritishi davlat va jamiyatga hamda fuqarolarga zarar yetkazishi mumkin degan mantiqli xulosa bo‘ladi.

Hozirda biron mansabdagi xodim, yoki pul va qimmatliklar bilan ishlovchi xodimlar ishxonada talon-taroj (o‘zlashtirish, o‘g‘rilik, firibgarlik) qilish yoxud korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilsa, sud hukm chiqarishda bu shaxsni ma’lum muddatga mansabdorlik va/yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosini ham qo‘llamoqda.

Bizda shu joyida “... moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinsin” jumlalari bilan ifodalanadigan jazoga ba’zi e’tirozlar bor. Hukm chiqaruvchi sudlar bu yerda “moddiy javobgarlik” jumlalarini to‘g‘ri qo‘llamayapti degan fikrimiz bor.

Sababi, mehnat sohasida “moddiy javobgarlik” juda keng tushuncha. MKning xodim majburiyatlariga oid 25-moddasi va xodimning ish beruvchi oldidagi moddiy javobgarligi haqidagi 316 va 317-moddalari mazmuniga ko‘ra korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan barcha xodimlar lavozimidan qat’iy nazar ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda javobgar hisoblanadi. Shunga ko‘ra, istalgan korxona yoki tashkilotni oling va ulardagi istalgan lavozimlarni o‘rganib chiqing, ularning barchasida moddiy javobgarlik belgilari bor. Farroshdan tortib, direktorgacha, kutubxonachidan tortib bosh buxgaltergacha, kadrdan tortib yuristgacha, maslahatchidan tortib, tahlilchigacha, bularning barcha-barchasi mohiyatan moddiy javobgar xodimlardir.

❗️Tushunayotgan bo‘lsangiz, jinoyat sudlari chiqarayotgan hukmlarida “... moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinsin” deb, mahkumni barcha lavozimlarda ishlashiga cheklov qo‘yib qo‘ymoqda. Bu shaxsni amalda ISHLASH HUQUQIDAN TO‘LIQ MAHRUM QILISH DEGANIDIR.

Nazarimda asosiy muammo “moddiy javobgarlik” va “to‘liq moddiy javobgarlik” tushunchalari o‘rtasidagi farqni ajrata olmaslikda bo‘lmoqda. Bizda cheklangan moddiy javobgarlik va to‘liq moddiy javobgarlik degan tushunchalar bor. Cheklangan moddiy javobgarlik deganda, xodimning o‘rtacha ish haqi miqdoridan oshmaydigan doiradagi javobgarligini tushunamiz (MK 340-moddasi). To‘liq moddiy javobgarlikda esa, xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq qoplashga majbur bo‘ladi (MK 341-moddasi). Bunda e’tibor bering, to‘liq moddiy javobgarlik belgilari bo‘lgan lavozimlarda mas’uliyat juda katta. Hammaga ham bunday mas’uliyatli ishlar topshirilavermaydi.

Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 12 iyunda 3443-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tavsiyalarning 1-bandiga qaraydigan bo‘lsak, to‘liq moddiy javobgarlik deganda, to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma tuziladigan hamda pul yoki tovar qimmatliklari bilan bevosita muomala qilayotgan xodimga ishonib topshirilgan qimmatliklarning but saqlamaganlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik turi tushuniladi. Ya’ni, aslida sudlar o‘ylayotgan va ular maqsad qilayotgan cheklov ana shu "to‘liq moddiy javobgarlik" bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimlarga tegishli.

▪️Shularni hisobga olsak, JK 45-moddasini qo‘llashda “moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda...” degan umumiy va mavhum tushunchadan emas, “to‘liq moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda...” yoki, yanada aniqroq chiqadigan “pul yoki tovar qimmatliklari bilan bevosita muomala qiladigan lavozimlarda...” degan konkret tushunchalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

*©️ Saidali Muxtoraliyev*

? @yurist_turdimurotov

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

⁉️ Savol:Assalomu alaykum,men talabaman.Toshkent shahrida kursdoshlarim bilan ijara shartnomasi asosida yashaman .Bizning ijara shartnomamiz muddati 2025 yil avgustgacha.Lekin uyning egasi men uyni sotmoqchiman shuning uchun keyingi haftadan kvartirani bo‘shatib qo‘y deb aytdi. Bunday holatda biz kvartiradan chiqib ketishga majburmizmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 604-moddasida shunday belgilangan : ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan uy-joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.

✳️ Demak xulosa qilish mumkinki, bunday holda ijaraga beruvchi o‘zgaradi xolos ya’ni kvartiraning yangi mulkdori ijaraga beruvchiga aylanadi.

‼️ Kvartiraning sotilishi ijara shartnomasining bekor bo‘lishiga olib kelmaydi va sizlar shartnoma muddati tugagunicha kvartirada yashashga haqlisizlar.

? @yurist_turdimurotov

3 months ago
3 months ago
3 months ago

Tamaki va alkogol mahsulotlarining oldi-sotdisida yoshga doir baʼzi cheklovlar mavjud!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori ilovasiga koʻra :

Tamaki mahsulotlari hamda tamaki va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini [yigirma bir yoshdan kichik shaxslarga](https://lex.uz/docs/243235#:~:text=%D1%88%D0%B0%D1%85%D1%81%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B3%D0%B0%20%D1%81%D0%BE%D1%82%D0%B8%D1%88%D0%B3%D0%B0%20%D1%80%D1%83%D1%85%D1%81%D0%B0%D1%82-,%D0%B1%D0%B5%D1%80%D0%B8%D0%BB%D0%BC%D0%B0%D0%B9%D0%B4%D0%B8.,-(47-%D0%B1%D0%B0%D0%BD%D0%B4%20%D0%8E%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%BE%D0%BD) sotishga ruxsat berilmaydi.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish subyekti alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini[yigirma bir yoshga yetmagan sotuvchi-xodimlar](https://lex.uz/docs/243235#:~:text=%D2%9B%D0%B8%D0%BB%D0%B8%D1%88%20%D0%BC%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%D0%BD%D0%B8%20%D0%B9%D0%B8%D0%B3%D0%B8%D1%80%D0%BC%D0%B0-,%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D1%91%D1%88%D0%B3%D0%B0%20%D0%B5%D1%82%D0%BC%D0%B0%D0%B3%D0%B0%D0%BD%20%D1%81%D0%BE%D1%82%D1%83%D0%B2%D1%87%D0%B8-%D1%85%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BC%D0%BB%D0%B0%D1%80%20%D1%82%D0%BE%D0%BC%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D0%B4%D0%B0%D0%BD%20%D1%81%D0%BE%D1%82%D0%B8%D1%88%D0%B3%D0%B0%20%D0%B9%D1%9E%D0%BB%20%D2%9B%D1%9E%D0%B9%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%BB%D0%B8%D0%B3%D0%B8%20%D1%88%D0%B0%D1%80%D1%82.,-(582%20%D0%B2%D0%B0) tomonidan sotishga yoʻl qoʻymasligi shart.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik koʻringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart.

?@yurist_turdimurotov

6 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago