Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Islom kishilar barcha haq-huquqlaridan foydalanib, yaxshi hayotda yashashi va shu bilan birga na kishilarga va na ijtimoiy qonuniyatlarga qul bo'lmagan holda ma'naviy erkin, xolis bo'lishini xohlaydi. Vaqtdek qimmatbaho, tiklanmas resursini lahzalarga ta'tiydigan o'tkinchi aldovlarga qurbon bo'lishidan himoya qiladi. Islomdagi bayramlar esa faqatgina rasmiyatchilik yoki bijir-bijir chiroqlar emas, u insoniy qadr va azizlikka burkangan, unda hayotdan maqsad bo'lgan ibodat ulug'lanadigan, umrini sarflayotgan amali eng sharafli amal ekaniga inontiradigan g'oya berkitilgan. Ana shu bayramlardagi surur uchun ham kishi hasanotlarga ko'milishi, bayram asnosida buyuk ibodatlarni ado etishi mumkin.
(C) Ummu Umayr
Bayramlarning psixologik va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati
Bu safargi qishki ta'tilda vatanga bordik, qariyb 6-7 yildan beri Yangi Yil kutmayman, undan oldingi yillarda ham kutilgan Yangi Yil kino yoki reklamalardagidek judayam yorqin bo'lmagan. Lekin yil davomida yemaganlarimizni yerdik, ichmaganimizni ichardik, nazarimda, biz bayramning qandaydir ruhoniy xususiyatidan ko'ra to'qchilikda o'tishiga shinavanda edik. Ulg'ayib atrofga qarasam, bir biz emas, butun xalqda ayni tushuncha ekan. Odamlar 1 oy oldindan meva yoki tansiq narsalarni bayram dasturxoniga saqlab qo'yardi. Tuzum yangilangach bizning dasturxon darajamiz oshdi, endi har kunimiz bayram dasturxonidek o'tishi mumkin. Yashash sifatimiz o'zgardi va bu yil odamlar avvallargidek bayramni chuqur intiqlik bilan kutmayotganini, balki bu qandaydir sun'iy odatga aylanib qolganini guvoh bo'ldim. Demak, rostan ham sobiq tuzumda kambag'al bo'lganmiz va qishgi uzilishni berkitadigan narsa "Yangi Yil" bo'lgan, odamlar shu bilan ovutilgan, allalangan. Yana ham soddalashtirsam, bizning yoki ko'plab musulmon, rivojlanishi ortda bo'lgan yurtlardagi "Yangi Yil" kabi shov-shuvli bayramlar xalqning emotsiyalarini bostirish, xalqda "yorqin kelajak"ka bo'lgan umidni ushlab turish uchun bir vosita ekan.
Buning muqobilida yashash sifati biznikidan baland G'arb davlatlaridagi Yangi Yil suetalariga qarasak, bayramning ushbu elementini topmaymiz. Ammo bayram kayfiyati va yorqinligi biznikidan juda yuqori. Bu avvalo bayramlarning, xossatan, "Yangi Yil"ning ahli kitoblarning diniy manbalari bilan bog'liqligidan. Keyin fikri ojizimcha, dastlab samoviy bo'lgan, ammo keyin odamlar tomonidan o'zgartirilgan dinning qiymati mana shunday tadbir marosimlardagina saqlanib, yanayam qo'pollashtirsam, qadrlanib turishida bo'lsa kerak. Yilda bir marta tavba qilmasa, yaxshilik qilmasa, mo'jizaviy hodisalarga ishonmasa, bechoralar qachon yana qilsin bularni? Kapitalistik mezonlar iskanjasidagi material masalalarga tobe kishilarga rang-barang chiroqli, g'aldir-g'uldurli shoular baxt bermasa, yana nima bersin? Axir, ularning kundalik energiya manbayi - namozi, zikrdan quvvatlanadigan iymonlari yo'q. Demak, bayramning turmush darajasi boy davlatlardagi ijtimoiy vazifasi aholida psixologik ehtiyojlarni qondirish, qog'ozbozlik va moddiy masalalarga botib ketgan jamiyatning stresslarini chiqarish ekan. (Badavlat arab davlatlaridagi g'arbona qadryatlarga o'chlik esa biroz nozik masala, chunki ularda yuqoridagi ikki xususiyat ko'zga tashlanmaydi: ular to'qchilikda va diniy yoxud ma'naviy erkinliklariga sharoit bor(day). Biroq usti chodrali, qalbi esa Amerikacha orzu bilan to'la yosh avlodni boy berib qo'yganmiz, bu ham aslida dolzarb musibatlarimizdan. Alalxusus, Islom masjidlar qurib, otin gumbazlarga qamab qo'yiladigan din emas, balki hisoblashiladigan nizom ekaniga borib taqaladi bu ham)
Har ikki holatda ham davlat bayram tadbirlari uchun yaxshigina pul sarflaydi, biriga shularni sarflaguncha xalqning hayotini o'ngla, yo'lini to'g'irla, gazini ber, svetini yoq, deging kelsa, ikkinchisiga odamlarning ma'naviy ehtiyojlari - diniy muhtojliklarini davlat miqyosida ta'minla, dinni boshqaruvdan ajratish kishilarni baxtsiz qilyapti, deging keladi. Ammo bizning qarichimiz bilan davlatning qarichida farq bor, qancha pul sarflanmasin, davlat uchun bu behudamas. Davlat milliardlab dollarlar evaziga oniy emotsiyalarni sotib oladi va bir muddat shu bilan o'z legitimligini ushlaydi, bu tarafdan davlatlarning jo'jalari kuzgacha sanalgan. Qolaversa, bayram kunlaridagi ta'tillar ham o'z navbatida budjet uchun foydali hisoblanadi.
Bilmadim oxirgi qismni qanchalik muxtasar yetkazib berolaman, ammo xulosada nega Islom ikkitagina bayram bilan cheklanishini chal-chulpa bo'lsa ham angladingiz, deb o'ylayman. Islom uchun insonning o'zi ham, resurslari ham, hissiyotlari ham aziz. Xalqning haqqini yeb, qulog'iga lag'mon ilish ham, uni dunyoviy sistemaga qul qilib, ora-orada "boshini silash" ham Islomga kerak emas.
Qa'qoni eshitmagan quloqlar o'zini ayblasin.))
Mashxur nashid "Biz zaiflashmadik"da Madoinni takbir bilan zabt etgan Qa'qo degan misra bor edi, ilk bor bu inson haqida o'shanda eshitganman. Ikkinchisi mana shu kitobda, hozir aynan qaysi hodisalar aytilgan tiniq esimda yo'q. Umid qilamanki, hozir yozmoqchi bo'lganlarim kitobda keltirilmagan.
Xolid ibn Valid roziyallohu anhu fathlar davomida abu Bakr roziyallohu anhuga yordamchi kuch jo'natishini iltimos qilib maktub yozadi. Maktubni olgan xalifa birgina Qa'qoni jo'natadilar va bitta Qa'qo mingta jangchidan afzal, deydilar. Bugun ummat sondan emas, sifatdan qiynaladi, deyishimizda jon bor. Chunki ummat har sohada kadrga muhtoj, bitta kadrni yetishtirib chiqarish uchun kami 10-15 yil kerak, shuncha yillik mehnat samara beradimi yo'qmi, unisi esa Allohga ayon. Shuning uchun ham ko'proq tug'ish kerak, qaysi biriga ekilgan urug' meva berishini hech kim bilmaydi, ana shu mevalardan birini ummat uchun, Alloh uchun bag'ishlashni xohlamaysizmi?
Ammo Qa'qoning fazli Qodisiya janglarida eng ko'p ko'rinsa kerak, o'ta kuchli strategiyali, mohir qo'mondon bo'ladi. Qodisiya bu Islom tarixidagi eng mashxur janglardan, mana shu jangdan keyin Fors imperiyasi to'liq sinadi, bundan keyingi janglar judayam ahamiyatli emas. Fors Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu qo'mondonligida fath bo'lgan, exxe, uni alohida gapirish kerak. Xullas, jang shiddati kuchayganda Qa'qo 1000 kishi bilan yordamga yo'lga chiqadi. Mana shu 1000 kishini o'nga bo'lib, 100tadan ajratib, alohida alohida changitib xuddi katta qo'shinday vahima bilan borishni tayinlaydi. Har yangi 100 talik kelganda musulmonlarning xuddi ming kishi kelganday ma'naviyati ko'tarilar, forslarning ma'naviyati tushar edi. Sababi musulmonlar bor yo'g'i 30 ming, fors esa 120 ming edi, ya'ni 4 baravar ko'p. Qa'qoning o'zi birinchi 100 talik bilan jangga kirib boradi-yu, ularning mashxur qo'mondonini yakkama yakka jangga chaqiradi va bir hamlada mag'lub qiladi. Juda bahodir, yakka janglarni yaxshi ko'radigan, kuchli qo'mondon bo'lgan. Tabiatining qattiqligi Xolid ibn Validni eslatadi.
Qa'qoning maxsus jangchilardan iborat guruhi (katibasi) bo'lgan, uni "soqov katiba", deb atashgan. Forslar orasida mashxur katiba edi, soqov deyilishiga sabab, gap talashib o'tirmay, o'rnida tinchitadi, ma'nosida. Fors poytaxti Madoinga birinchi mana shu katiba kirib boradi, undan keyin boshqa bo'linmalar kiradi. Kisro saroyidan juda katta g'animat olinadi, xatto qimmatbaho gilamlargacha baytul molga jo'natiladi.
Bundan 10 yil oldin (Qodisiyadan) Axzob g'azotida musulmonlar och qoringa yiqilib ketmaslik uchun qorinlariga tosh bog'lab, sotqin yahud va 10.000 mushriklar qurshovida, sovuqning zahrida izillab handaq qazishganda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam bir harsangni yorib, "Mana fors fath bo'ldi, mana Rum fath bo'ldi", degandilar. Musulmonlar xursandligidan shijoatlanib ketgan, munofiqlar mo'minlarni mazhara qilib: "Hojatxonaga borishga qo'rqib turishibdiku, imperiya fath bo'larmish", deyishgandi. Alloh Rosulining va'dasini rost qildi, atiga 10 yilda ummat oyoqlari ostida imperatorlar gilamlari to'shaldi, oltin-u-javohirlari to'kildi.
Yanayam orqaroqqa 15 yil ilgariga qaytsak, Rosullulloh sollollohu alayhi vasallam g'arib va ezilgan hollarida Makkani tashlab ketayotganlarida ortlaridan quvlab tushgan Suroqaga yuzlanib: "Kisroning bilakuzuklari qo'llarida tursa, Suroqa qanday holda bo'larkana", degandilar. O'shanda Suroqa mushrik edi, Rosulullohning boshi evaziga beriladigan mukofot uchun izma-iz quvgandi. Oradan vaqt o'tib, Suroqa musulmon bo'ldi va fathning guvohiga aylandi. Umar roziyallohu anhu Suroqani chaqirib, unga Kisroning kiyimlari va bilakuzigini taqdilar: "Rosulullohning va'dasi rost bo'ldi, ey Suroqa", dedilar.@palmoviysad
Ummatning holati xuddi kundalik ibodatimizday.
Bomdod vahiyning ilk yillari bo’lmish Makka davrini eslatadi, quyosh qizdirgan va tashnaliklar bilan sinaydigan peshin esa Madina davrini eslatadi. Quyosh qaytib, ammo tafti qolgan davr — asr, odil xalifalar davridek. Quyosh botib, osmon go’zal rangga burkangan davr — shom, ilk podshohliklar, ilm-fan davri. Keyin so’nggi xalifalik yillari xuftondek, har tugul ibodatning asoslari tayin edi. Kechaning qorong’uligida ham azon yangrardi.
Hozir esa xuddi uzun tunning tahajjudidamiz. Milliardlab ummat uxlaydi, uyqudan uyg’onganlarning yo’li zulmat, quyoshi yo’q, isinay desa, nurning tafti ham qolmagan. Azondan ham darak yo’q. Shunda ham ibodatga qoim bo’lganlar — Alloh rahm qilganlardir…
*O’zimdan umidim uzilgan, lekin bolalarim yangi bomdodni ko’rishidan umidvorman.
(C) ummu Umayr*@palmoviysad
Agar kelin kelib, o’g’il xudbinlashsa, demak, bola o’zi avvaldan xudbin bo’lgan bo’ladi. 5 yillik kelin 25 yillik tarbiyani o’zgartirib qo’yolmaydi.
Ota-onalarda nikohgacha bolasini boshqa rolda ko’rish imkoni bo’lmagan, qolaversa, yangi mas’uliyat hamda resursdagi taqsimot o’g’ilning xarakterini yanayam ochib beradi. Oldin u faqat bola edi, endi u er va ota ham. Oldin nima qilsa ham “bolada”, deyilardi. Endi “nima qilaveradigan”lar bitta emas.))
Agar xotin kelib, o’g’il xotinquliga aylansa, demak, bola oldinda qul bo’lgan. Mustaqil fikr va qarorlari inobatga olinmagan, shunchaki, nikoh qulning hojasini o’zgartirdi, xolos.
Ammo ota-onaga buni tan olish og’riqli va yoqimsiz. Men xato qildim, tarbiyada shu joyida e’tiborsizlik qildim, endi badalini to’layapman, deyish oson emas. Chunki tug’ilgandan o’zi bosim va tanqidda katta bo’lgan avlod, yagona o’zining yaxshi va nimadirga loyiqligini isbotlaydigan davri — bolalar voyaga yetgan, nimadirli bo’lgan davri hisoblanadi. Hayotining bu qismini u butun umr kutib yashaydi, borini shunga sarflagan, yemay-ichmay shu uchun to’ylar qilgan, axir. Reallikda kutilmalar boshqacha tus olishiga chidash mushkul, anchagina alamli, tabiiyki. Unda qadarga taslimiyat, musibatga sabr va bularning barchasiga komil ajr olishga bo’lgan iymon zaif, shuning uchun ham bunaqa tasallilarga yuragi ko’nmaydi. Undan ko’ra begonani ayblash, hamma narsaga uni ro’kach qilish va alamini undan olish nisbatan oson, lazzatliroq va naqd savdo. Jannatni esa kim borib ko’ribdi, nasiya narsa bo’lsa, deydida, qo’lidagi boridan foydalanaveradi. E’tibor qilsangiz, “o’g’ilni tug’ib, katta qildim”, mazmunidagi minnatlar jaranglaydi nizolarda. Asli bu minnat emas, chorasiz va kasodga uchragan onaning nidolari. Men shu kunlarni kutdim, shular uchun chidadim, boshqacha bo’lishini qabul qilolmayman, deyolmaydi. Balki o’zi ham hissiyotini yaxshi tushunmas, shunga minnat va la’natlar yengil, qofiyali chiqib kelaveradi.
Xullas, shunday. Hayot hech kimga osonmas.)))
(C) ummu Umayr
Prezidentlar, vazirlar, generallar yo davlat/xalqaro hamjamiyat ahamiyatiga molik kishilar odatda ijtimoiy tarmoq yuritishmaydi yoki ma’lum bir tartib asosida yuritishadi. Chunki boshliq vazifasidagi kishilarning ijtimoiy imidji xalqaro siyosiy poligonda katta ahamiyatga ega. E’tibor qilsangiz, mana shunday amaldorlar xotini bilan qo’ltiqlashgan, peshonasidan o’pgan, g’iljinglashgan rasm yoki videolarini qo’yishmaydi. Sababi ular kursiga podshohlik yoki rahbarlik qilgani o’tirgan, butun xalqqa erlik qilgani emas.
Eng takasaltang, noshud erkak ham qayerdadir o’zidan noshudroq ikkitasiga boshliq bo’ladi. Sababi erkakning funksional vazifasi shu, Alloh shunday yaratgan. Siz har tong uydan eringizni kuzatganda jamiyatga er emas, erkakni kuzatyapsiz, buni unutmang. Uning imidji esa sizning hissiyotlaringiz qurboni bo’lishi mumkin, chunki eringiz nari borsa yana uchtasiga erlik qilar, shu bilan limit to’ladi. Alloh uni faqat erlik uchun yaratmaganda, boshqa “bezlimit” vazifalari bisyor.
Har qanday erkak iqtidori, moli, dini, tili yoki kuchi bilan jamiyatga xizmat qiladi, jamiyatning qaysidir bo’g’inida u mas’ul — rahbar. Hamma er esa xotinini o’padi, quchoqlaydi, lutf ko’rsatadi. Bo’lmasam, bola qayerdan tug’ilardi? Laylak tashlab ketadimi? Lekin bu xos intim munosabatni tinimsiz namoyish qilish erkakning tashqi imidjiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, ehtimol, hozir yoki bir necha yillardan keyin qayerdadir jiddiy pozitsiyasida o’zini namoyish qilishga harakat qilsa, odamlar uni jiddiy qabul qilmaydi.
(C) ummu Umayr
????? ???????? Ziynatim (Ko’chaga makiyaj qilishni tashlash haqida) TTT (tug’ruqxonaga va tug’ruqqa tayyorlovchi mini qo’llanma) Pornoqaramlikka qarshi metodichka Pornografiya va masturbatsiya zararlari haqida qo’llanma Ramazon haqida Ilk hijobim (…
Umra ibodatiga jismoniy tayyorgarlik haqida qo’llanma ?
Yaqinlaringizga ulashing va bizni tavsiya qiling. Asosiy kanalimizda bundan ham qiziq hamda foydali maqolalar bor ?️
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago