@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
#bayram_shukuhi
*💐*💐💐Buxoro davlat texnika universiteti talaba-yigitlari barcha xotin-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklaydi!**
Hurmatli opa-singillar, aziz hamkasblar!
*Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayollarimiz oilada mehribon ona, sadoqatli rafiqa, ishda esa mas’uliyatli va fidoyi xodim sifatida jamiyatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar.
Oliygohimizda ham ko‘plab ayol professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talaba-qizlarimiz bor. Ularning oliygohimiz rivojidagi hissasi bebahodir. Sizlarning mehnatingiz va sa’y-harakatlaringiz tufayli oliygohimiz yutuqlarga erishib, yangi marralarni zabt etmoqda.
Muhtaram hamkasblar sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat va ehtirom ila,
A.Hojiyev*
Muhtarama ayollar, hurmatli opa-singillar, aziz talaba-qizlar!
*Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami munosabati bilan, sizlarni va sizlarning timsolingizda butun mamlakatimizning muhtarama ayollarini, onaxonlarimizni, qadrli opa-singillarimizni, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ayol – insoniyatning yorqin yulduzi, go‘zallikning timsoli, mehr-oqibatning manbai. Siz, aziz ayollar, nafaqat oila va jamiyatning mustahkam poydevori, balki dunyo yuzini yoritar qudratga egasiz. Sizning mehnatingiz, sabringiz va mehringiz barcha qiyinchiliklarga qaramay, har doim hayotni yanada go'zal va mazmunli qiladi.
Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik, farzandlar va nabiralar kamoloti bilan to‘lib-toshgan baxtli hayot tilayman. Sizning hayotingizda mehr-oqibat, ezgulik va sog‘lik doimo birgalikda bo‘lsin. Qalbingiz doimo bahordek yashnab, har bir yangi kuningiz hayotning eng go‘zal lahzalari bilan to‘lsin! Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!*
Hurmat bilan,
D.G'afurov
Hurmatli talaba-qizlarimiz, aziz hamkasblar!
*Avvalo, sizlarni, butun Universitetimiz xotin-qizlarini go‘zallik va nafosat ayyomi — 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ushbu bahoriy bayram hayotimizning fayzi, jamiyatimizning tayanchi bo‘lgan aziz ayollarimizga, onalarimizga, opa-singillarimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tiborning yorqin namunasidir.
Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, fan, ta’lim, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda ayollarimizning faolligi barchamizni quvontiradi.
Oliygohimiz jamoasida ham ko‘plab bilimli, malakali va tashabbuskor ayollar faoliyat yuritayotgani biz uchun katta faxrdir.
Aziz opa-singillar! Sizlarga tinchlik, sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Har doim yuzingizdan tabassum arimasin, qalbingiz bahoriy quyoshdek iliq bo‘lsin!*
Hurmat bilan,
A.Nizamov
Muhtarama hamkasblar va opa-singillar!
*Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman.
Hayotimizning ko‘rki va fayzi bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish dono xalqimiz uchun azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir. Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.
Institutimiz faoliyatida ham aziz opa-singillarimiz alohida o‘ringa ega. Ular o‘z aql-zakovati va fidoyiligi bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.
Yana bir bor bugungi go‘zallik va nafosat bayrami bilan sizlarni samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Rizqu nasibangiz hamisha ziyoda bo‘lsin! Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
S.Saidov*
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago