Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Umidjon QO'ZIYEV

Description
Koʻngildan kuch olgan satrlar...
Umidlar...istaklar...qarashlar...

Shoir kimdir otashin yurak,
Xayollar yurtining xonidir.
Uni shunday yaratgan falak,
U koʻngillar tarjimonidir.

✍Umidjon Qoʻziyev

Murojaat:
@UmidjonQuziyev
Advertising
We recommend to visit

Last updated 6 месяцев, 1 неделя назад

Last updated 1 год назад

• аёллар учун махсус канал 💛

• вечерний кўйлаклар👗
• хар хил ретсеплар 🍰
• рўмол ўраш турлари 🧕🏻
• трендеги хижаб фасонлар 🩷
• макияж қилиш усуллари 💄
• мактаб учун фасонлар 🤍
Албатта сизга ёқади 😁🫶🏻


Reklama uchun: @Xijab_rek🫶🏻

Last updated 1 месяц назад

6 days, 17 hours ago
1 week ago

Shahid ketdi jasur oʻgʻlonlar,
Xalq tinchligi, baxti yoʻlida.
Jangga kirdi dushmanga qarshi,
Yurt bayrogʻin ushlab qoʻlida.

Zarra kabi hadik solmadi,
Yuragiga oʻqlarning zarbi.
Oʻz jonidan ustun koʻrindi,
Yurt taqdiri, Xalqining dardi.

Xotirangiz mangu abadiy,
Yuraklarda joylanib qoldi.
Siz tufayli xalqning qalbidan,
Urush soʻzi butkul yoʻqoldi.

Ruhlaringiz doim boʻlsin shod,
Vatan deya chekdingiz zahmat.
Tinchlik hukm surgan yurt uchun,
Bobolarim sizga ming rahmat!!!

Umidjon Qoʻziyev

@Umidjon_Quziyev

1 week ago

Oyni koʻzlaganlar ketdilar koʻkka,
Ahir zaminimiz shu ona yerdir.
Halol mehnat bilan yetdik tilakka.
Bizni ulugʻlagan peshona terdir.

Bu ter zamirida bor necha hikmat,
Nelarni koʻrmagan bu peshonalar.
Vatan vatan deya jon qalqon qilib,
Vatanni gullatgan shu peshonalar.

Choʻllar ham bogʻ boʻlar gʻayratga minsang
Vatan ham yuksalar Vatanni sevsang.
Baxtni yiroqlardan koʻzlama doʻstim,
Vataning borligi baxt oʻzi Sezsang!

Umidjon Qoʻziyev

@Umidjon_Quziyev

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

Assalomu alaykum goʻzal va latofatli aziz opa-singillarim!
Barchangizni bayramingiz bilan chin yurakdan tabriklayman! Siz borsizki hayotimiz goʻzal va mazmunli boʻlib kelmoqda. Baxtimizga dunyo turguncha turing!!! 🌸🌺🌸

2 months, 2 weeks ago

🤍🤍

4 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago

Yangi yil

Har inson boshida turfa taqdirlar,
Kimdadir armon moʻl, kimdadir baxt moʻl.
Kirib kel, dillarga  quvonch ulashib,
Yangi yil - barchaga omadli yil boʻl!

Farzandi yoʻqlarga ato et farzand,
Otalik, onalik baxtin tuyishsin.
Bagʻrida erkalab jigargoʻshasin
Allohga shukrona aytib qoʻyishsin

Yangi yil, poklab kel barcha dillarni,
Insof ber iymoni, vijdoni yoʻqqa.
Oʻzganing haqqini yemasin hech kim,
Dunyoda hech narsa boʻlmasin sohta.

Yangi yil - barchaga omadli yil boʻl!

Umidjon Qoʻziyev

4 months, 2 weeks ago
Umidjon QO'ZIYEV
4 months, 2 weeks ago
Umidjon QO'ZIYEV
We recommend to visit

Last updated 6 месяцев, 1 неделя назад

Last updated 1 год назад

• аёллар учун махсус канал 💛

• вечерний кўйлаклар👗
• хар хил ретсеплар 🍰
• рўмол ўраш турлари 🧕🏻
• трендеги хижаб фасонлар 🩷
• макияж қилиш усуллари 💄
• мактаб учун фасонлар 🤍
Албатта сизга ёқади 😁🫶🏻


Reklama uchun: @Xijab_rek🫶🏻

Last updated 1 месяц назад