? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Bobom Navoiyni o'qigan,
Lermontovni o'qidi dadam.
Bobom edi salkam donishmand
Dadam bo'ldi bir yahshi odam.
Men o'qidim Usmon Azimni,
Sen o'qiysan Ahad Qayumni.
Menku bo'ldim bir chala shoir,
Aytchi sen kim bo'lasan bolam.
Akbar Ali. 16. 1. 2019.
Robbim, manglayga bitgan
Yozig‘ingga ko‘naman.
Faqat, bunday ushalmas
Orzu bilan sinama!
Ko‘pchir nolam qarshingda,
Ko‘pdir yig‘lab aytarim.
"O‘zing bergan bu shashtni
Olgin o‘zing qaytarib!".
Yomg‘ir-qalbim tilmochi,
O‘zing eshitgin ohim.
Ko‘zlarimning sirtida
Sakrab yurar bir ohu.
Robbim, bu qanday jonliq,
Nag‘malari jo‘n emas.
O‘jar ko‘nglim ul hurkak
Ohu bilan sinama.
Qayg‘u chekmadim sira,
Farzi qazolarimdan.
Mag‘lub bo‘ldim ko‘ngilga
Qarshi nizolarimdan.
Robbim qolilb bandaning
Hayoli bilan bandman.
Ishqning sharti shumi yo,
Qalban bog‘lanish shartmi?
Robbim, shamman, quyoshman,
Sen istasang so‘naman.
Meni bunday o‘tginchi
Qayg‘u bilan sinama!
Unsiz uvvos solganim,
Yig‘lab-yig‘lab tolganim.
Axir ayon o‘zingga
Junun bo‘lib qolganim.
Qizg‘aldoqqa alishmam,
Benazir jamolingni.
Bo‘z tuproqqa alishmam,
Mehribon visolingni.
Robbim, qo‘yma o‘zingdan,
Qalbim g‘ofil sanama.
Qilma bandangga muhtoj
Va U bilan sinama!
Akbar Ali 20. 11. 2024
Lash-lushini yig‘ishtirdi kuz,
Ketar yo‘li zarhal to‘shama.
Borliq aytar, umidingni uz!..
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!
Kuz, ko‘tardi ko‘ch-ko‘ronini,
Qushlar ketar qo‘sha-qo‘shalab.
... Jondan aziz bildim jonini,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!
Kuz, kovishin sudraydi homush,
Hazinlikka qarshi jo‘shaman.
Yaratganning xohishi qomus,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!
Halihamon ivirsiydi kuz,
Apil-tapil ishga tushaman.
Hayolimda "u"mas, endi "biz",
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!
Kuz, ko‘tarar ashqol-dashqolin,
Hasrat yoyar o‘zga go‘shada.
O‘sha-o‘sha mening ahvolim,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!
Qovog‘ini uyib ketar kuz,
Yomg‘irlardan qalbim bo‘shamas.
Kel, sevgilim, qoliplarni buz,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!
Akbar Ali. 13. 11. 2024
? TikTok , Instagramdan videolarni musiqasi bilan yuklab beruvchi bot
??
@Tele_Save_bot
Og'ir nafas.
Dunyo- qafas.
Yurak qurg'ur,
"Dupur-dupur".
Ey dilbarim,
Bedil pari.
Kel ko'ksimga
Sol ko'pkari.
Sokin yashash
Menga emas.
Senga emas
G'amgin yashash.
Ey gul nafas,
Bulbul nafas.
Seni o'ylash,
Seni kuylash,
Og'ir menga.
Ahir menga
Begonasan,
Yagonasan
Bu dunyoda...
Qay ma'noda?...
Xudo bilsin.
Ado bo'lsin
Tirikligim,
Sherikligim,
Suv, havoga,
Bu dunyoga.
Hayot to'kis,
Hayot tekis.
G'am chekurman,
Noshukurman.
Og'ir nafas,
Taqdir- qafas.
Hazil emas,
O'yin emas.
Ey dilbarim,
Bo'lgin nari.
His qilma, his
Qilganlarim.
Yashnab yashash
Taqdir senga.
Taqdir manga,
Tashna yashash.
Akbar Ali. 20. 04. 19.https://t.me/pl0129
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid