Akbar Ali sherlari

Description
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

4 days, 1 hour ago

Robbim, manglayga bitgan
Yozig‘ingga ko‘naman.
Faqat, bunday ushalmas
Orzu bilan sinama!

Ko‘pchir nolam qarshingda,
Ko‘pdir yig‘lab aytarim.
"O‘zing bergan bu shashtni
Olgin o‘zing qaytarib!".

Yomg‘ir-qalbim tilmochi,
O‘zing eshitgin ohim.
Ko‘zlarimning sirtida
Sakrab yurar bir ohu.

Robbim, bu qanday jonliq,
Nag‘malari jo‘n emas.
O‘jar ko‘nglim ul hurkak
Ohu bilan sinama.

Qayg‘u chekmadim sira,
Farzi qazolarimdan.
Mag‘lub bo‘ldim ko‘ngilga
Qarshi nizolarimdan.

Robbim qolilb bandaning
Hayoli bilan bandman.
Ishqning sharti shumi yo,
Qalban bog‘lanish shartmi?

Robbim, shamman, quyoshman,
Sen istasang so‘naman.
Meni bunday o‘tginchi
Qayg‘u bilan sinama!

Unsiz uvvos solganim,
Yig‘lab-yig‘lab tolganim.
Axir ayon o‘zingga
Junun bo‘lib qolganim.

Qizg‘aldoqqa alishmam,
Benazir jamolingni.
Bo‘z tuproqqa alishmam,
Mehribon visolingni.

Robbim, qo‘yma o‘zingdan,
Qalbim g‘ofil sanama.
Qilma bandangga muhtoj
Va U bilan sinama!

Akbar Ali 20. 11. 2024

1 week, 4 days ago

Lash-lushini yig‘ishtirdi kuz,
Ketar yo‘li zarhal to‘shama.
Borliq aytar, umidingni uz!..
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!

Kuz, ko‘tardi ko‘ch-ko‘ronini,
Qushlar ketar qo‘sha-qo‘shalab.
... Jondan aziz bildim jonini,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!

Kuz, kovishin sudraydi homush,
Hazinlikka qarshi jo‘shaman.
Yaratganning xohishi qomus,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!

Halihamon ivirsiydi kuz,
Apil-tapil ishga tushaman.
Hayolimda "u"mas, endi "biz",
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!

Kuz, ko‘tarar ashqol-dashqolin,
Hasrat yoyar o‘zga go‘shada.
O‘sha-o‘sha mening ahvolim,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!

Qovog‘ini uyib ketar kuz,
Yomg‘irlardan qalbim bo‘shamas.
Kel, sevgilim, qoliplarni buz,
Men hali ham o‘sha-o‘shaman!

Akbar Ali. 13. 11. 2024

2 weeks, 4 days ago
3 months ago

? TikTok , Instagramdan videolarni musiqasi bilan yuklab beruvchi bot
??
@Tele_Save_bot

3 months, 2 weeks ago
6 months ago

Og'ir nafas.
Dunyo- qafas.
Yurak qurg'ur,
"Dupur-dupur".

Ey dilbarim,
Bedil pari.
Kel ko'ksimga
Sol ko'pkari.

Sokin yashash
Menga emas.
Senga emas
G'amgin yashash.

Ey gul nafas,
Bulbul nafas.
Seni o'ylash,
Seni kuylash,
Og'ir menga.
Ahir menga
Begonasan,
Yagonasan
Bu dunyoda...
Qay ma'noda?...
Xudo bilsin.
Ado bo'lsin
Tirikligim,
Sherikligim,
Suv, havoga,
Bu dunyoga.
Hayot to'kis,
Hayot tekis.
G'am chekurman,
Noshukurman.

Og'ir nafas,
Taqdir- qafas.
Hazil emas,
O'yin emas.

Ey dilbarim,
Bo'lgin nari.
His qilma, his
Qilganlarim.

Yashnab yashash
Taqdir senga.
Taqdir manga,
Tashna yashash.

Akbar Ali. 20. 04. 19.https://t.me/pl0129

6 months, 1 week ago

Ko‘nglimni jafolar bilan o‘stirding,
Yuragimni siqib chiqarding qanot.
Xush qol ey sevgilim, axir dunyo keng,
Sensiz ham bizlarni siylar bu hayot.

Toptalgan qadrimdan o‘sdi shoxchalar,
Gullatdi zafaron yuzim forig‘lik.
Zulmatda shamdayin ojiz porlagan,
Bizlarni ayirdi bugun yorug‘lik.

Har kuni ko‘klardan tushdim yoningga,
Har kuni tuproqqa belanib qaytdim.
Har kecha Xudoni solding yodimga,
Har kecha Xudoga istig‘for aytdim!

Tashakkur, sevgilim, hammasi uchun,
Men seni axtarib Xudoni topdim
Va bundan baxtiyor bo‘lmayin nechun,
Haqqa yaqin bo‘ldim, ko‘nglimni toptab.

Hotira qolmadi bizdan aytarlik,
Alvido, salom ayt endi sabrga!.
Itday sodiqlik va itday qaysarlik,
Ayrildi shu bugun butun umrga..!

Akbar Ali.   20.  05.  2024

6 months, 1 week ago

Uyg‘onch

Mudroq ko‘zlar bilan mehrobga qarab,
G‘ofil boshimizni qo‘ydik sajdaga.
Teng ko‘rmadik sira ilm-u nujumni
Tavsiri notavon oliy mujdaga.

Mujda-ki, Allohning kalomi, amri,
Ilmlar onasi--Qur'oni karim!
Biroq bazi zamon mashoyixlari,
Manfaat yo‘rig‘in qo‘ydi ilgari.

Agarda yanglishsam qismatim bo‘lsin
Mayliga Furqatdek, mayli Mashrabdek.
Bilganim va alam qilgani shu-ki
Dahriy emas edi Mirzo Ulug‘bek!..

Allohim, aybimni o‘zing kechirgin,
"Alif"ni cho‘p, degan bobom hurmati.
Oyog‘in ostidan narini ko‘rmas
Bu Xalqni bo‘lmadi sira uyg‘otib.

Oqsuyak eshonlar aytdilar alla,
Omi el aylandi sodda muridga.
Buhoriy kim, desa bilmadik, ammo
Sidqidil qatnadik har kun masjidga.

Garchi jaholatga botgan o‘tmish va
Bugun o‘rtasida qozi emasman, Islomni cho‘pchaklar bilan sug‘organ,
Hudbin bobolardan rozi emasman.

G‘ayridin yov edi makkor va zolim.
Eshonlar shu yovga sotilgan kunda.
Uyg‘oq va mard edi jadid bobolar,
Xalq dushmani, deya otilgan kunda.

Uyg‘oqlar shahid-u mudroqlar sotqin,
Ko‘zini ochishga cho‘chib qoldi el.
Masjidga qarata to‘p otdi dushman,
Namozni tugatmay qochib qoldi el!

Bugun sal boshqacha, soddaliklar yo‘q,
Naslimiz shumi, yo yo‘qmi aslimiz.
Nima qilsak bari "Ho‘jako‘rsin"ga
Dinda riyokorlik bo‘ldi kasbimiz.

Biz shunday notavon elga aylandik,
Na din, na dunyoga yetmas fahmimiz!
Holimizga maymun yig‘laydi ammo,
O‘zimizga sira kelmas rahmimiz!

Mansab, obro‘, boylik bular hammasi
Qonimizni tamom aynitgan virus.
Ishoning, bizlarni sanamas millat,
Olifta ingliz-u, takabbur o‘ris.

Bir yoqadan chiqmas sira bu boshlar.
Ertaning tashvishin tortmaydigan el.
Xalq bo‘lishga haqqi bor-u xohish yo‘q.
Topgani to‘ylardan ortmaydigan el.

Bironta "Bosmachi" bor bo‘lsa edi,
Poraxo‘rni urib o‘ldiradigan.
Yo biron hotamtoy bormi aqalli,
Maktab g‘aznasini to‘ldiradigan.

Hamma o‘z g‘aznasin kuyida sarson,
Hamma o‘z nafsiga yugurdak bu kun.
Bugun Millat, deya qaynamaydi qon,
Bugun Xalqim, deya yonmaydi hech kim!

Bugun yov, dushmanga sira hojat yo‘q,
Bugun o‘zimizga o‘zimiz dushman.
Bugun jigar o‘zin jigarin talar,
Bugun, chap ko‘zga o‘ng ko‘zimiz dushman.

Allohim, aybimni o‘zing kechirgin.
Hech yo‘qsa Xorazmiy bobom hurmati.
Oyog‘in ostidan narini ko‘rmas,
Bu Xalqni bo‘madi sira uyg‘otib!

Bugun har tarafdan yog‘ilar alla,
Bugun bu ommani uyg‘otish qiyin.
Behbudiy kim, desa bilmaydi ammo,
Milliardlab pul sarflab o‘tkazar to‘yin.

Gapirsam quyilib kelaverar gap,
So‘zga sig‘may qolar dardlarim ba'zi...
Koshki bu gaplardan bo‘lsa edi naf,
Koshki biron kimga qilolsa ta'sir!

Lekin yuragimning tub-tublarida,
Yashaydi bir umid, yashar bir ishonch.
Bir tuhg‘u sira ham bermaydi tinchlik,
Unda jam g‘urur, shan, shodlik va quvonch--
Sevgiday bir yorig‘ tuyg‘udir Uyg‘onch!

Akbar Ali  19. 05. 2024

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid