Jahongir's Journey

Description
Bir yoshning shaxsiy fikrlari, yutuqlari va hayotidagi boshqa voqealar haqida

• Aspiring Teacher

• Mentor

• Organizer

• Taster

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz:
https://linktr.ee/jahongir_sharopov
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago

2 months, 3 weeks ago
Jahongir's Journey
2 months, 3 weeks ago
Jahongir's Journey
4 months, 2 weeks ago
4 months, 3 weeks ago

Ilmingizni oshirish haqida o‘ylang

Hayotda har xil insonlar bor.
Bazi insonlar o‘zlarini manfaatlarini boshqalarnikidan ustun ko‘rishadi.

Yana bazi insonlar o‘zlariga yaxshi narsalarni ravo ko‘rishadi lekin boshqalarga ravo ko‘rishmaydi.

Xo‘sh, nega insonlar bunaqa?
- Bu hasad degan tuyg‘uni borligidan.

Hasad o‘zi qayerdan keladi?
- Boshqalar bilan raqobat qilishdan kelib chiqadi.

Shuning uchun ham o‘quvchilarimizga har doim o‘zingiz bilan raqobat qiling deb aytamiz.

Siz bilan raqobat qilishga harakat qilayotgan, sizdan ko‘ra saviyasi va darajasi past bo‘lgan insonlar bilan hech qachon tortishmang.

Chunki siz ham uni darajasiga tushib qolasiz. Shunchaki e'tiborsiz qoldiring.

Har doim atrofingizdagi odamlarga yaxshi narsalarni tilang.

O‘zingizni yaxshilash va ilmingizni oshirish haqida o‘ylang.

@jahongirsharopov_blog

4 months, 3 weeks ago

Hammaga assalomu alaykum, azizlarim 🤩 Bu haqida uzoq o'yladim va shunday qilishga oxiri qaror qildim: yaqinda shahrimiz markazidagi bir masjid qayta qurilish arafasida turibdi, bosh imom Abdulaziz domla xalq puli bilan 200 ming dollar mablag' yig'ishga astoydil…

4 months, 3 weeks ago

Hammaga assalomu alaykum, azizlarim 🤩

Bu haqida uzoq o'yladim va shunday qilishga oxiri qaror qildim: yaqinda shahrimiz markazidagi bir masjid qayta qurilish arafasida turibdi, bosh imom Abdulaziz domla xalq puli bilan 200 ming dollar mablag' yig'ishga astoydil kirishganlar, hozirgacha 140 ming dollardan biroz ortiq pul yig'ilibdi, bu haqida o'zingiz u yoki bu joyda eshitgandirsiz. Shu bois qolgan mablag' yig'ilishiga o'z hissamizni qo'shish maqsadida bir ajoyib loyihaga qo'l urishga qaror qildim. Xullas,

"10 MING SO'M" degan loyiha!!! ❤️

Xullas, bunda o'zim tanigan hamma hammadan eng kamida, pulim yo'q, to'g'ri tushun, hozir ishlarim yurishmay turibdi, keyinroq kattaroq qilib beraman deganlardan ham eng kamida 10 ming so'mdan olib yig'ib chiqmoqchiman, taxminim bo'yicha o'rtacha 10 milliondan kam bo'lmas ekan, endi o'zingiz bir o'ylab ko'ring, shuncha pulni bir kishi berishi ham mumkin, ammo unda faqat bir kishi yaxshi ish qilib qolgan bo'ladi, xullas, mening oliy maqsadim odamlardan pullarini olib uni masjidga eltib berish emas, balki bu yaxshi ishga imkon qadar ko'proq tanishlarimni sherik qilishdir😢

Buni kim qanday tushunadi, endi buyog'i o'zingizga havola 😐

Ushbu loyihani avvalambor, o'z shogirdlarim orasida boshlab oldik, 20-aprel kuni boshlangan ushbu loyiha bir oy davom etadi, ya'ni 20-mayga qadar. Azizim, bunday kam mablag' bilan shunday katta ishga sherik bo'lishdek bunday qulay imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🤩 O'sha masjid siz-u bizning bu harakatimizsiz ham bitadi, nasib, lekin siz hozirgi qilgan ishingiz, bildirgan fikringizdan kuni kelib afsuslanasiz yoki o'zingizdan faxrlanasiz! 😢

Shu sabab bu loyihani nafaqat o'zingiz qo'llab quvvatlang, balki imkon qadar siz ham yaqinlaringiz orasida bu arzimagan mablag' orqali shunday katta ishga sherik bo'lishni targ'ib qiling! 💪💪💪

Hozirgacha shaxsan o'zimga naqd keltirib berganlaring pullari anchagina bo'lib qoldi, aniq miqdorini har hafta sanab ushbu kanalda aytib boramiz, imkoni borlar naqd, imkoni yo'qlar esa quyidagi plastik kartaga o'tkazma qilishlari ham mumkin, albatta 🤗

5614 6822 0728 5901
Ashur Ernazarov

Hurmat bilan "WONDERS" jamoasi 🤩

@wonders_grammar

5 months, 1 week ago

Ramazon

Bugun tarovehning oxirgi kuni edi. Ertaga Ramazonning so‘ngi kuni.

1 oy juda tez o‘tdi. Lekin bizga hardoimgidek ko‘p narsalarni o‘rgatdi.

Sabr, duo, iymon, taqvo va ezgu amallarda mustahkam bo‘lishimiz kerakligini yana bir bor guvohi bo‘ldik.

Zero, Mansurxon Qori aka aytganlaridek: Hayot yo‘limizda tikanlar(gunohlar) ko‘p. Biz bu tikanlarni faqatgina Ramazon oyida emas, undan keyin ham bosmasligimiz kerak.

Kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami muborak bo‘lsin...🌙**

@jahongirsharopov_blog

5 months, 2 weeks ago

Natijaga tezroq erishasiz

Har doim o‘quvchilarimga bir gapni aytaman: 2 ta kemaga oyoq qo‘ygan inson cho‘kadi.

O‘qishda ham ishda ham muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Unda bir tomonda bo‘lishingiz kerak.

Maktabdagi hamma fanni zo‘r o‘qiyman deb maqsadingizdan uzoqlashib qolasiz.

Asosiy e'tiborni kelajakdagi o‘zingiz orzu qilgan kasbingizga aloqador fanlarga qarating.

Shundagina natijaga tezroq erishasiz.

@jahongirsharopov_blog

5 months, 2 weeks ago
6 months, 1 week ago

[20:114]

Bo‘taloqlarimni xursand qilish uchun ularga @yuksalish_books loyihasi tomonidan chiqarilgan Ingliz tilidagi ertak kitoblarni sovg‘a qildim😊

Kitoblarni o‘qib o‘zlari uchun manfaatli ilm olishadi, In Shaa Alloh.

@jahongirsharopov_blog

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago