Jamshid Hasanov

Description
Eng katta boylik — bu bilim. Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir.

Самое большое богатство — это ум. Страшнейшая нищета — это невежество.

Creator: @jama_hasanov
Advertising
We recommend to visit

Бизнес блог #1
Выжимаю книги до самой сути.

👉 Реклама - @jaMasha

📇 Хотите свою книгу? Мы напишем её за вас и сделаем книгу бестселлером. Подробности в боте @Summary_library_bot

🏆 Оставьте след в истории с помощью книги
https://expert-book.pro

Фильмы и сериалы со всей планеты. Мы знаем, что посмотреть, где посмотреть и на что сходить в кино.

Last updated 5 дней, 8 часов назад

Все материалы размещены по партнёрской програме ivi.ru | All materials are posted on the partner program ivi.ru

По всем вопросам: @kuzr103
Купить рекламу: https://telega.in/c/k1noxa103
Основной канал: https://t.me/kino_hd2

Last updated 1 месяц, 3 недели назад

1 month ago

Yesterday is history, tomorrow is a mystery, but today is a gift. That‘s why it is called the present.

Master Oogway

@khasanov_blog

1 month, 1 week ago

Podcast ko’ryapman, agressiv darajada pul deyapti.

Tanish bilish orttirish kerak deyapti(networking) pulni ko’paytirish uchun deyapti.

Odamlarni ko’ryapman 11 yil o’qigan odami bilan manfaat ustiga gaplashyapti.

Puling bo’lsa do’stman, bo’lmasa katta ko’cha deyapti.

Insonlarni ko’ryapman, birovlarning orqasidan pul qilyapti.

Insof-iymonni bir chetga surib, nafsni xorlangan iti bo’lyapti.

Kitob o’qiyapman. Qahramon jonini o’rtaga tikib, boshqa davlatga ketyapti, pul uchun emas, vatani tomonidan berilgan maxsus topshiriq uchun.

Bir akani ko’ryapman, qo’lida katta pul, do’stiga olib boryapti, manfaat uchun emas, birodarining onasi uchun

Yarim yetim bolakay, zo’rg’a topgan pulini 1% ni o’ziga, 99% ini bemorga shunday berib yuboryapti.

Hayot faqat olishdan iborat emasligini tushunganlar va atrofga o’zidagi narsalarni berishga intiladiganlar - qahramonlar deyiladi.

Faqat olishga, 2-4 litrlik oshqazonini, birovning azobi ustiga to’ydirishga, aloqalarni pul uchun uzib/tiklashga intilayotganlar - noinsof jirkanchlar deyiladi

@khasanov_blog

1 month, 2 weeks ago

Kitob o’qi deb bir marta ham aytmagan akam, manga kitob o’qishni o’rgatdi.

Har kuni ishdan kech 10 da kelsa ham, hech bo’lmasa 2 bet kitob o’qish muhimligini, o’zining misolida ko’rsatdi.

Ikkita qizi ham kontraktga kirgan qo’shnimiz, quyoshdan erta turib velosipedni olib ishga ketar edi.

Ishga ketayotib, hech qachon to’xtamaslikni, ilm uchun pulni ayamaslikni, o’tirib nolish yechim emaslikni o’z amallari bilan namoyon qilar edi.

Guruhiga yangi kelgan 3 yoshli bolani farzandidek ko’radigan, 17 yil oldin tarbiya bergan bolalarini ismini biladigan Zilola opa

Ishni chin yurakdan qilish kerakligini, haqiqiy pedagok o’quvchilarini o’ziga jigar deb qabul qilish kerakligini o’rgatib ketdi.

O’qishdan chalg’igan talabalarni, qarashlari bilan yuragiga g’ul-g’ula soladigan ustozimiz, ma’noni sukut bilan ham yetkazish mumkinligini o’rgatgandi

Hayot shunaqa, nigohlar bilan, amallar bilan, sukut saqlangan jimliklar bilan, gapirmaydigan insonlar bilan sani tarbiyalaydi.

Hayotingni har lahzasida shunday ustozlar yuborilgan bo’ladi.

Ularni aniqlay olsang, ulardan o’rgana olsang, ulardan duo olsang, yo’l saniki, maydon saniki bo’ladi.

@khasanov_blog

4 months ago

Bir kitob chiqib qoldi.

"Qani nima ekan" deb ozgina o‘qib ko‘rdim.

O‘zida ushlay oldi.

Sababi:

Biz tanamizning biologiyasini bilmaymiz.

Nima uchun energiya yetishmayapti?

Nima uchun uyqu kelyapti?

Nima uchun xotira gazlamayapti?

Shu savollarga agressiv javoblar beramiz.

Motiving yo‘q, xohishing yo‘q, dangasasan.

Molsan mol.

Aslida unday emas.

Qonning aylanishi sistemasi, kislorod miqdori, quyosh nuri, ertalabgi ko‘k nurlar, sovuq dush va hokazolarda javoblar yashirilgan.

Ularni topish uchun, o‘z tanangdagi organlarni biologiyasi bilan tanishib chiq.

Birinchi bo‘lib miyadan boshla.

Farqi yo‘q kitob, video kontent, maqola.

Muhimi, shunday ma‘lumotlardan doim xabardor bo‘l.

O‘qiyotgan kitobim nomi: Change your brain every day. (Daniel G. Amen)

#rethinking

@khasanov_blog

4 months ago

Turkiyada bo'lganimda, yoshlari bilan ko'proq suhbatlashdim, kuzatdim

Ko'pchiligi sigaretga o'tirib qolgan

Bir paytni o'zida 2-3 tasi bilan gaplashyapti

Ba'zilari "kamalak" rangli ko'rinishda

Bir yoshi katta inson bilan gaplashdim. Nolidi. "Ba'zi masjidlarimizda imom yo'q" dedi, "har narsa pul" dedi

Chetdan qaraganda nuqsoni yo'qdek, hammasi idealdek ko'rinadigan jamiyat

Aslida muammolar yetarlicha

...

Hayotda ham shunday

Tarmoqlarda baxt haqida jo'shib gapirayotganlar aslida baxtsiz bo'lishi mumkin

San orzu qiladigan mashinada yurib, san orzu qilmaydigan muammolari bo'lishi mumkin

Hamma havas qiladigan uyda yashab, hech kim havas qilmaydigan dardi bo'lshi mumkin

Bilmaysan

Bilmaysanmi, o'tirib nolima

Norozilik izhor etma. Qiynalyapman dema

Izlashdan, o'rganishdan, o'rgatishdan, amal qilishdan to'xtama

Duo qilishdan to'xtama

...Albatta Alloh mo'minlar bilan birgadir (08:19)

Shuni hech qachon unutma!

6 months, 3 weeks ago

"Pul uchun, pol artdim do'stim. Chunki pul oilamga kerak edi"

"Mani haqiqatan jinniga chiqarishdi, kalaka qilishdi"

"Hozir o'qishni to'xtatib turibman, kontraktni to'lay olmaganim uchun, bor pulimni oilamga yordam sifatida beryapman"

"Otamni yo'qotdim, endi nima qilishni bilmayapman"

"Yaqinim aldandi, katta pulga tushurishdi, shuning uchun pul kerak"

...

Shu yil ichida eshitgan eng og'ir gaplarim. Ichim achishgandi. Ba'zilarida ko'zimga yosh kelgandi.

Yuqoridagi gaplarni aytgan hamma bolani yaqindan taniyman.

Hammasi mard, sabrli, aqlli, iymonli.

Gap ham aynan shu yerda.

Iymonli insonlar sinaladi.

Qiynaladi. Yo'qotadi. Topadi.

Va oxir oqibat erishadi.

Hali pampersini yechmagan, otasini qora mashinalarini o'ynab yurgan soskalarga emas,

Qiyinchilik ko'rgan, qiyinchilik ko'rayotgan insonlarga yaqinroq bo'l, ular bilan ko'proq gaplash. Dardlarini eshit.

Shunda hayotdagi o'lchovlaring, muhim va nomuhimlaring o'zgarib boraveradi.

P.S
[02:155-157]

@khasanov_blog

6 months, 3 weeks ago

Даже братья, сестры в Палестине благодарят Аллаha за все блага и продолжают искать знания, там до сих пор выпускаются хафизы!
Что говорить про тех кто сидит на диване, не зная даже 5 столпов ислама и говорит:
За что их Аллаh наказывает?

Поистине Аллаh наказал вас отсутствием тяги к знанию, а не их.

7 months ago

Yaqinda bir bola bilan kelajak rejalari haqida gaplashib qoldim.

Vatanga xizmat qilaman deydi. Jamiyatni botqoqlikdan qutqaraman deydi.

Savol berdim. Vatan san uchun nima? Jamiyatchi? Botqoqlik deganda nimani nazarda tutyapsan?

Bola makkilab qoldi.

Yana biri bilan ko'rishdim.

Ilm o'rganaman deyapti. Olingan ilmni tarqataman deyapti.

Savol berdim. Ilm nima? Uni kimga o'rgatasan? Nima uchun o'rgatasan? Zarilmi o'rgangan narsangni birovga qiyinchilik bilan o'rgatib dedim.

Bola gaplarimni hazm qila olmay qoldi.

Bu kasallik keng tarqalgan.

Nima uchun qilayotganini bilmaslik kasalligi.

Nima uchun qilayotganini bilmaydimi, chin yurakdan qilmaydi.

Atrofdagilarini doim qiynaydi.

O'zinga savollar ber.

Nimaga shu ishni qilmoqchiman?

Nima uchun shu yo'nalish?

Nima uchun aynan shu inson?

Shundan keyin yangi javoblar keladi. Yangi javoblarga yangi savollar.

Ichingdagi qalbinga chiqadi.

Qalbingdan hayotga o'tadi.

Shunda ko'rasanki, aslida baxtsiz emassan.

Aslida atrof yomon emas.

Shunchaki shu paytgacha nimani xohlayotganingni o'zingdan so'ramagan ekansan.

@khasanov_blog

7 months, 2 weeks ago

Kuzatuv

Yaqin do'stim kecha post yozdi. Boshi va oxirida muhabbat qissasi, o'rtada postning asl ma'nosi yozilgandi.

Commentlar portladi! Hamma sevgi qissasidan ta'sirlangan.

Ungacha do'stim:
- takabburlikdan yiroq bo'lish; o'lim haqida
- dunyo matohlari o'tkinchiligi haqida
- hayotidagi ta'sirli qiyinchiliklari haqida
- o'lim biz bilan yonma-yon turishi haqida
- hotirjamlik oddiylikda ekanligi haqida
zo'r postlar yozgan.

Ulardagi commentlar ancha kam, aksariyatida 3-4 so'zlik jumlalar yoki emoji ishlatilgan.

Azizlar! Hayot sevdim, o'ldim-kuydimdan iborat emas.

Kengroq qaraylik!
Tiniqroq fikrlaylik!
Ma'lumotni asl mohiyatini, daqiq nuqtalarini topishga intilaylik!

P.S.
Tanqid postga ham, muallifga ham, qissaga ham emas. Auditoriyaga qaratilgan...

@jahongirnematov_blog

7 months, 2 weeks ago

Bir yili respublika olimpiadasi paytida bir do'stim xorazmlik qizni yoqtirib qolgandi.

Keyin qizni qidirb Xorazmgacha 2 marta bordi.

Uyini izladi, topdi, qiz tomondagilar bilan gaplashdi.

O'zini uydagilarini Xorazmga yubormoqchi bo'ldi.

...

Mani diqqatimni esa boshqa narsa tortdi.

Agar inson sevsa, to'xtamas ekan.

"Charchadim, yengildim" demas ekan. Oxirigacha borar ekan.

Ishini sevadigan insonni bilaman, kechasi 2 da ham ishxonasiga bora oladi.

Trenirovkaga oshiq bo'lganlarni bilaman, bir kun zalga bormasa hayoti qorong'ulashadi.

Ilmga muhabbat qo'yganlarni taniyman. Ilmiy ishi mavzusida bir kun izlanmasa, suvsizlikdan qiynalgandek qiynaladi.

Haqqa oshiq bo'lganlarni bilaman. Ularni kechasi tahorat olib ibodat qilishdan, hech narsa to'xtatmaydi.

Muhabbat qo'y.

Haqqa, atrofga, kasbinga, oilanga.

Shunda to'xtamaysan, to'xtatilmaysan.

Bu narsani tanangda his qilganingdan keyin. "Продуктивность" haqidagi ertak kitoblarni boshqa o'qimaydigan bo'lasan.

P.S
Haligi qiz boshqa yigitga tegibdi.

@khasanov_blog

We recommend to visit

Бизнес блог #1
Выжимаю книги до самой сути.

👉 Реклама - @jaMasha

📇 Хотите свою книгу? Мы напишем её за вас и сделаем книгу бестселлером. Подробности в боте @Summary_library_bot

🏆 Оставьте след в истории с помощью книги
https://expert-book.pro

Фильмы и сериалы со всей планеты. Мы знаем, что посмотреть, где посмотреть и на что сходить в кино.

Last updated 5 дней, 8 часов назад

Все материалы размещены по партнёрской програме ivi.ru | All materials are posted on the partner program ivi.ru

По всем вопросам: @kuzr103
Купить рекламу: https://telega.in/c/k1noxa103
Основной канал: https://t.me/kino_hd2

Last updated 1 месяц, 3 недели назад