Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 5 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Buxoro viloyatidagi 7 pir ziyoratgohlari:
🈳 Javobda kelib chiqishi xorijiy so‘z so‘ralganda
Ba'zida savol javobida yordam sifatida so‘zning kelib chiqish tili ko‘rsatiladi. Masalan, javobni grekcha, lotincha so‘zda yozib bering? Fransuzcha, nemischadan kirib kelgan so‘z bilan yoki anglitsizm bilan yozib bering? — qabilida savol formalari uchraydi. Shunday hollarda ko‘pincha bu so‘z o‘zi lotinchami yo grekcha qabilida muhokama ketadi.
Quyida shunday so‘zlarni osonroq farqlashda bilimdon M. Savchenkovning tavsiyalarini ulashaman.
Grekchadan kirib kelgan so‘zlarni so‘z qismlari, qo‘shimchalari orqali farqlash mumkin: avto-avto, o‘z-o‘zidan, gramma-harf, graf-yozish, tele-uzoq, log, logiya-so‘z, ta'limot, mono-yagona, poli-ko‘p, demo-xalq, nim-ism, nom, skop-ko‘rish, fil-sevish, fobiya-qo‘rqish.
Agar so‘zning boshi, ohiri yo o‘rtasida shu qo‘shimchalar kelsa, bu so‘z grekchadan kirib kelgan so‘z bo‘ladi.
Misol: gologramma, gomeopatiya, demografiya, demokratiya, ipoteka, ippodrom, kalligrafiya, kardiogramma, leykotsit, periskop, poligraf, sarkofag, seysmograf, sinagoga, sinesteziya, stetoskop, telegraf.
Lotinchadan kirib kelgan so‘zlarni ham so‘zni tugash qismidan farqlash oson. Ko‘pincha so‘zlar -siya, -tsiya, -riy qo‘shimchalar bilan tugaydi.
Misol: inflyatsiya, platsebo, initsial krematsiya, reinkarnatsiya, donor, prokrastinatsiya, aksent, globus, gonorar, domino, plagiat, alibi, gerbariy, inkubator, kolumbariy, revolyutsiya, evolyutsiya.
Inglizchadan kirib kelgan so‘zlar odatda -ing, -er qo‘shimchalar bilan tugaydi.
Anglitsizm deganda odatda bu so‘z deylik o‘zbek(rus) tiliga to‘liq kirib o‘zbekcha so‘zga aylangan yoki aylanmaganiga shubha bo‘lganida ishlatiladi. Bu “inglizchadan kirib kelgan so‘z” deyish bilan barobar.
Misol: spoyler, snayper, syorfing, fast-fud, golfstrim, darts, jetlag, doping, krossvord, pazl, pirsing, saundtrek, blek-aut, byordvotching, prodakt-pleysment, xeppi-end, bulling va hk.
Nemischadan kelgan so‘zlar odatda g-k, d-t, r unlilari bilan tugaydi.
Misol: aysberg, feyrverk, parikmaxer, shlagbaum, bombardir, buterbrod, galstuk, durshlag, kamerton, futlyar, syetnot, siferblat, shrift, bint, bunker, gastarbayter, geshtalt, dirijabl, kunstkamera, traur, shprits, endshpil.
Italyanchadan kirib kelgan so‘zlar odatda unli harflar bilan tugaydi. Terminlar ko‘pincha musiqa, pazandalikka oid bo‘lishi mumkin.
Misol: gazeta, graffiti, kazino, paparatsi, vendetta, gambit, kontrabanda, lotereya, marionetka, batut, bergamot, violonchel, duet, konfetti, partitura, saldo, lombard, bas, brokkoli, getto, gondola.
Gollandcha so‘zlar haqida gap borganda esa dengizga oid terminlardan izlagan ma'qul. Misol: zontik, flyuger, ballast, garpun, damba, shlyupka, dreyf, kreyser, lakmus, lotsman, maneken, trap, tros, shturman.
Umuman shu kabi boshqa tillar, deylik ispan, fransuz, yapon, norveg, hind, afrikanchadan kirib kelgan eng mashhur so‘zlarni internetdan topib bir nechtasini yodlab olgan ma'qul. Istalgan payt forma shu holda qo‘yilganda yoki biror davlat nomi ishlatilganda javobni topish, tanlash oson bo‘ladi.
Эвтаназия (ҳаётни тугатиш учун тиббий ёрдам) ва ота-она ҳуқуқи ҳақида.
Канадада инсон соғлиғи туфайли ўз ҳаётини тугатиш ҳуқуқига эга. Агар инсон тузалмас касалга чалинган бўлса ва касал унинг тўлақонли яшашига имконият бермаса (масалан, саратоннинг сўнгги босқичлари, паралич, генетик касалликлар ва ҳ.к.), докторлар хулосасига кўра, ўз ҳаётини тугатиши мумкин. Руҳий касалликлар эвтаназия учун сабаб бўлолмайди.
Бунинг учун бир-биридан хабардор бўлмаган икки доктор бемор тузалмас касалга чалингани, азобга олиб келаётганини тасдиқлаб, ўлимга руҳсат бериши керак. Агар докторлардан бири рози бўлиб, иккинчиси рози бўлмаса, унда учинчи доктор тайинланади (тай-брейк).
Ўтган йили Калгарида 27 ёшли аёл ўз ҳаётини тиббий йўл билан тугатиш (эвтаназия)га қарор қилган. Тайинланган икки докторнинг бири бу қарорга рухсат берган, иккинчиси эса бермаган. Шундан сўнг Альберта соғлиқни сақлаш хизмати учинчи докторни тайинлаган ва у эвтаназияга рухсат берган.
Аммо аёлнинг отаси судга мурожаат қилиб, ўлимни тўхтатишни сўраган. Ишни кўриб чиққан судьяга кўра, у отанинг мусибатини тушунади ва қабул қилади, аммо балоғатга етган қизининг танлови ва ўз қадр-қимматини сақлаган ҳолда ҳаётдан кўз юмиш ҳуқуқини устунроқ қўяди. Шу сабабга кўра суд ота даъвосини рад этди, аммо эвтаназия ижросини 30 кунга тўхтатиб турди. Бу муддат давомида ота юқори инстанция судга мурожаат қилиши мумкин.
Бундан ташқари, эвтаназияга рухсат берган докторлар хулосаси бемордан бошқа ҳеч кимга, шу жумладан судга ҳам очиқланмайди ва улар хулосаси қайта кўриб чиқилишига йўл қўйилмайди. Қонунга кўра, бемор шуни хоҳласа ва учта доктордан иккитаси беморнинг ҳолати эвтаназия шартларини бажараётганини тасдиқласа бас.
Бу кейс жамоатчилик орасида қизғин бахсларга сабаб бўлди. Уларни ўқиб, қуйидаги хулосаларни чиқардим:
Биринчидан, эвтаназия учун рухсат олиш қийин. Инсон ўлишни хоҳлаши билан рухсат берилмайди. Бемор жуда қатъий талабларни бажариши шарт. Ҳар бир доктор бемор билан бир неча ой давомида ишлайди ва уни ўрганади. Шундан кейингина қарор қабул қилади. Қарорни бемор ва докторлар қабул қилади, суд ёки учинчи шахслар эмас.
Иккинчидан, ота-онанинг балоғатга етган боласида қонунан ҳақи йўқ. 18 ёшдан кейин ота-она ўз фарзанди қарорларига аралаша олмайди ва суд ҳам бунга йўл қўймайди.
Учинчидан, агар ўлим тўшагидаги касалларга эвтаназия қилишга рухсат берилмаса, улар азоб билан барибир ўладилар. Ëки, ундан ҳам ёмони, ўзларини-ўзлари ўлдирадилар.
*2️⃣*-YIL
6-mart 2022-yil...
6-mart 2024 yil.....
**Nostalgiya
Nostalgiya (yunoncha “nostos“ - vatanga qaytish, “algos“ - og‘riq, qayg‘u) o‘tgan vaqtlar yoki vatanni sog‘inish.
Nostalgiya haqida ilk marta Gomerning “Odisseya“sida eslab o‘tilgan. Lekin atama 1688-yilda shveysariyalik vrach Iogann Xofer tomonidan o‘ylab topilgan. Xofer o‘z vatanidan uzoqda yollanma bo‘lib xizmat qilgan shveysariyalik askarlarning va uzoq muddatdan so‘ng uyiga qaytgan talabalarning kechinmalarini o‘rganib nostalgiyani kasallik deya baholagan. 1920-yillarda Moris Xalbvaks o‘zining tezisida xotira bu avvalroq insonda bo‘lgan tajriba va holatlarning rekonstruksiyasi, bundan kelib chiqib, nostalgiya ham oldingi kechinmalarni eslash, o‘sha paytga sub’yektiv baho berishga bo‘lgan vaziyat ekanligini yozadi.
Nostalgiya odatda yoshi kattalarda uchraydi, masalan, SSSRda yashagan odamlarning ko‘pchiligi shu davrni, kimlardir 90-yillarni yoki bironta aniq joyni, davlatni, shaharni, qishloqni qumsashadi. Nostalgiyani haligacha ba’zilar kasallik deyishsa, boshqalar ko‘ngilga taskinlik beruvchi fenomen deb baholashadi.
Quyida esa, Yannining "Nostalgiyasi"@kundaleaks
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 5 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago