Turkiston zamini

Description
Biz kim maliki Turon, amiri Turkistonmiz!
Biz kim - millatlarning eng ulug‘i, Turkning bosh bo‘g‘inimiz!
©️AMIR TEMUR.

12.11.2022
☎️ @abdullokh_nuu
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

7 Monate her

Ikkinchi jahon urushi 1-sentabrda emas, 25-avgustda boshlanishi va umuman boshqacha ssenariyga ega bo‘lishi mumkin edi.

1939-yil bahoridan beri Polshaga hujumga tayyorlanayotgan fashistlar 23-avgustda SSSR bilan shartnoma imzolangach, nihoyat rejalashtirilgan hujumni boshlashga qaror qiladi.

25-avgustda Gitler Vermaxtga Polshaga hujum qilish haqida buyruq beradi. Biroq oradan bir necha soat o‘tib, Britaniya va Polsha o‘rtasida o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma imzolangani ma’lum bo‘ladi va Berlin ehtiyotkorlik yuzasidan hujumni bekor qiladi. Ammo nemis bo‘linmalaridan biri buyruq bekor qilinganidan bexabar qoladi va Krakovga olib chiquvchi muhim tog‘ yo‘lini bosib olib, 26-avgustgacha bu pozitsiyani egallab turadi.

Ushbu voqea polyaklarga umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilish uchun yaxshi signal bo‘ladi. Biroq vaziyatga Fransiya va Britaniya aralashadi: ular umumiy harbiy safarbarlik va qo‘shinlarni harakatga keltirish Gitlerga keng ko‘lamli urush boshlash uchun bahona bo‘lishi mumkinligini aytib, Varshavani safarbarlikni to‘xtatishga ko‘ndiradi.

Avval Avstriya, so‘ng Chexoslovakiyani fashistlarga topshirgan Parij va Londonning navbatdagi qo‘rqoqligi qimmatga tushadi. Hujum baribir sodir bo‘ladi va polyaklar 30-avgust kuni umumiy harbiy safarbarlik e’lon qiladi, biroq endi ancha kech bo‘lgandi. Ko‘plab polyak bo‘linmalari qulay mudofaa pozitsiyalarini egallashga ulgurmay jangga kiradi. Shunda ham qattiq, qahramonlarcha qarshilik ko‘rsatadi.

Fransiya va Britaniya esa umumiy safarbarlik e’lon qilib, darhol tezkor kuchlarni safarbar qilish o‘rniga, yana Gitlerni “tinchlashtirish” siyosati hamda muzokaralarga umid qilib, “o‘tirib urishish” (urush e’lon qilib, hech qanday harbiy harakat olib bormaslik) taktikasini qo‘llaydi. Polsha harbiylari Fransiya bilan kelishuvdagidek, 15 kun davomida mudofaani ushlab turadi (bu muddatda fransuzlar yordamga kelishi kerak edi). Lekin 17-sentabrda SSSR ham sharqdan hujum qilgach, Polsha himoyasi butunlay chilparchin bo‘ladi.

@pan_diplomat

8 Monate her

Farg’ona kanali qurilishihttps://t.me/Turkiston_zamini/86

?Turkiy xalqlar soni qancha?

https://t.me/Turkiston_zamini/6

?Amir Temurni sovuti qiilishi qayerda saqlanadi?
https://t.me/Turkiston_zamini/10

?Madaminbek qabrida….

https://t.me/Turkiston_zamini/15

?Turkiston Muxtoriyati

https://t.me/Turkiston_zamini/24

?Turkiston Muxtoriyati madiyasi

https://t.me/Turkiston_zamini/26

?Delo. N4268

https://t.me/Turkiston_zamini/28

?Dashnoqlar har bir musulmon boshi uchun mufofat berganmi?

https://t.me/Turkiston_zamini/34

?O’zbek davlatlarining bayrog’lari…

https://t.me/Turkiston_zamini/49

?Minorai Kalon

https://t.me/Turkiston_zamini/54

?Turkiston legioni nima?

https://t.me/Turkiston_zamini/64

@Turkiston_zamini ???

Telegram

Turkiston zamini

#Таrixiy\_voqealar Fargʻona kanalining qurilishidan noyob kadrlar... Fargʻona kanali 1939-yil ota-bobolarimiz tomonidan qo’l mehnati orqali qurilgan… ***👉*** @Turkiston\_zamini ***🐺******🐺******🐺******👈*** Chat: https://t.me/Turkiston\_zaminiCHat

8 Monate, 1 Woche her
10 Monate her
10 Monate, 4 Wochen her

Rossiya propaganada OAVlari bir necha yildan beri Ukraina rahbariyatini, jumladan Zelenskiyni yahudiy deb atab, Isroilga bog‘lab keladi. Maqsad tushunarli — Rossiyada, umuman dunyoda tez ko‘payayotgan va katta adadga ega musulmonlarni Moskva tomonga og‘dirish.

Lekin aslida hammasi boshqacharoq. Oxirgi o‘n yilda Putin va Netanyahu 479 marta o‘zaro suhbatlashibdi (telefon orqali yoki shaxsan). Netanyahuning Bayden va Tramp bilan suhbatlarini qo‘shib hisoblaganda ham bunday son chiqishi qiyin. Tushunarsiz narsa ham yo‘q — ikki avtoritar rahbar oson til topishadi (“ko‘r ko‘rni qorong‘idayam topadi” deydi dono xalqmiz).

Isroilga asos solgan 4 yahudiyning uchtasi (Ben Gurion, Menahem Begin, Yakov Dori) rus tilini bilgan, chunki ular Rossiya imperiyasi hududida tug‘ilgan va o‘sgan. Boshqa omillar qatorida bu ham SSSRning Isroil davlatini qo‘llashiga sabab bo‘lgan. Hozir ham Isroil elitasining katta qismi rus tilini yaxshi biladi. Putin Isroilni yomon ko‘rmaydi, aks holda Suriyani Isroilga qarshi qurollantirgan bo‘lardi. Rossiya qo‘shini bir necha yildan buyon Suriyada bo‘lsa-da, Suriya bu vaqtda Isroilning zarbalariga jiddiy javob bermadi, chunki ruslar Isroilga qarshi qurol bermaydi.

Isroil ham bu qarzni unutgani yo‘q. Tel-Aviv Ukrainaga deyarli hech qanday qurol bermadi. Ayniqsa, Kiyev bir necha bor so‘ragan, urush taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan “temir gumbazlar” Ukrainaga yuborilmadi. Tank snaryadlari va dronlar borasida ham shu holat. Rossiya domigidek tez ishonuvchi musulmonlarini manipulyatsiya qilishda davom etmoqda.

Putin va Netanyahu minglab begunoh insonlar o‘limi uchun javobgar jinoyatchilar.

@pan_diplomat

Rossiya propaganada OAVlari bir necha yildan beri Ukraina rahbariyatini, jumladan Zelenskiyni yahudiy deb atab, Isroilga bog‘lab keladi. Maqsad tushunarli — …
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago