Movie World 7️⃣/Kino Olam7️⃣

Description
Endilikda bizning kanalda 7 ta kino olam to’g’risida ma’lumot va editlarni topishingiz mumkin
Muhokama uchun:
@ajdaruyi
Taklif va Murojatlar uchun;
@darknes_st
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 Monate, 3 Wochen her

Grindewaldning New Yorkga ketishi Sehrglar olamidagi eng muhim voqealarning sodir bo’lishi uchun eshik vazifasini bajardi

3 Monate, 3 Wochen her

Demak boshlaymiz….
Gellert Grindelwand yoki 1920-1945 yillar Wizarding World olamidagi muhim voqealar…
1-qism

Gellert Grindewald 1882-1883 yillar oralig’ida yoz oylarida hozirgi Vengriya yoki markaziy Yevropa davlatlaridan birida dunyoga keladi uning tug’ilganligi oilasi va bolaligi haqida ma’lumotlarning deyarli yo’qligi bir qancha taxminlarni keltirib chiqaradi. U Shimoliy Yevropadagi (Shvetsiya Norvegiya va Rossiya chegaralari oralig’idagi) Durmstrang sehrgalar maktabiga qabul qilinadi. Grindewald toza qonli afsungar bo’lib bu uning otasi va onasi ham afsungar bo’lganligidan dalolat beradi. Durmstrang maktabini biz Harry Potter va Alanga kubogi kinofilmidagi kubog uchun bellashuvchilardan biri bo’lgan Victor Krum orqali eslasak bo’ladi. Durmstrang maktabining boshqa afsungarlik maktablaridan farqi ushbu maktab talabalari qora afsun (dark magic) dan foydalanishini mumkin (ta’qiqlanmagan) edi. Grindewald esa shunday ta’qiqlangan tajribalar bilan shug’ullanadiki hatto qora sehr taqiqlanmagan maktabni ham tashvishga solib qoyadi. Natijada 16 yoshida Grindewald Durmstrang maktabidan haydaladi. Yevropa bo’ylab sayohatni boshlagan Grindewald yosh bo’lishiga qaramasdan o’zidagi qobilyati tufayli mashhurlikka erisha boshlaydi. Yevropa bo’ylab yosh va qobilyatli 2 afsungar tog’risida mish mishlar tarqala boshlaydi. Biri Grindewald bo’lsa ikkinchisi uning zamondoshi Albus Perseval Dambldore edi. Grindewald va Dambldore bir biri bilan uchrashganda ular do’st tutinib qolishadi va dunyoni o’zgartirishga, o’zlari hohlagan yangi dunyoni qurishga qasam ichishadi. Qasamlarini mustahkamlash uchun esa “Qon Qasami” afsunidan foydalanishadi. Ushbu afsun shu qadar kuchli va muhim afsun ediki buning natijasida ular hech qachon bir birlariga qarshi chiqa olishmas edi. Oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun Dambldore o’z uyidan ketishga va Grindewald bilan dunyo kezishga qaror qiladi. Ammo uning ukasi Aberfoth akasi Albusning bu ishini ahmoqlik deb biladi va Grindelwald bilan ketishiga qarshilik ko’rsatadi. Natijada ikkising o’rtasida duel kelib chiqadi.Grindewald esa ushbu duelni kulgancha tomosha qiladi. Ular shu qadar berilib ketishganidan zinadan tushib kelayotgan singlisi Ariana Dambldoreni sezmay qolishadi va kimningdur afsuni borib yosh qizalloqqa tegadi. Bir soniya ichida Ariananing joni uziladi. Malumotlarda ushbu duelni 3 tomonlama duel deb atalgani Grindewaldning ham duelga qo’shilganidan dalolat beradi va Arianaga yo’llangan afsun Grindewaldga tegishli bo’lishi ham mumkin. Lekin hech biri bu haqida boshqalarga og’iz ochishmagan. Dambldore esa bu haqida shunday eslaydi: bu ahmoqlik edi afsunni kim qo’llagani aniq ammo bu muhim emas barchasi balki mening aybim bilan sodir bo’lgandir” Ushbu duel Dambldore va Grindewald o’rtasidagi munosabatlarga sovuqlik tushiradi. Natijada Grindewald o’zi hohlagan dunyoni o’zi qurishga qaror qiladi. Gribdewald afsungarlik tayoqchalari do’konidan Wisdom Wand(kinoda Dambldore ishlatgan Marjon tayoqcha” ni og’irlab ketadi. Barchamizga ma’lumki Marjon tayoqchaga faqatgina duelda g’olib bo’lgan afsungar uning oldingi foydalanuchisini yo’q qilish orqali egalik qilishi mumkin edi.Lekin Grindewald o’z tajribalari orqali bu qonuniyatni ham buzib tashladi va tayoqchaga egalik qilishni boshladi. Albus esa yovuzlikni emas to’g’ri yo’lni tanlashga qaror qiladi. Grindewald maqsadi yo’lida ko’plab jinoyatlarga qo’l uradi va unga qarshi afsungarlarni yo’q qilishga kirishadi. O’sha afsungarlar orasida Victor Crumning bobosi ham bor edi. Yevropa sehrgalrik vazirliklari tomonidan Grindelwaldga qarshi qidiruv e’lon qilinadi. Ular uni deyarli tutishganda Grindewald moxironalik bilan qochib ketadi.Sababi Grindewald shu qadar kuchli manipulyatsiga ega ediki u bilan yonma yon bo’lgan har qanday yaxshi odam o’z yo’lini yoqotib qo’yishi tabiiy edi. Bu esa sehrgarlik vazirliklari uchun sharmandalik edi. Grindewald o’z maqsadlariga erishish uchun unga qudratliroq kuch kerak edi. Shu maqsadda u New Yorkga yo’l oladi.

3 Monate, 4 Wochen her
4 Monate her

Hoʻsh sizningcha yana qanday sabablar Valeriya Imperiyasini Westerosga hujum qilmaslikka undagan? Oʻz fikr va mulohazalaringizni biz bilan oʻrtoqlashing. Savol va takliflarni ham komentariyada qoldirishni unutmang. Post yoqgan boʻlsa reaksiyani ayamang. Sizlar bilan Reborner boʻldi azizlar. Keyingi postlarimiz nima haqida boʻlishini istaysiz?

4 Monate, 1 Woche her

Birinchidan Palpatinda bitta davrdagi umumiy prime holat yoʻq. Yani uning turli skillari turli vaqtda prime holatda boʻlgan. Aqliy salohiyati Klonlar urushi vaqtida choʻqqiga chiqgan boʻlsa Duel mahoratini Klonlar urushining soʻnggi va Sithlar qasosi vaqtida eng qudratli holatda boʻlgan deyish mumkin. Kuch (Force) esa oʻlimidan avvalgi soʻngi jangda prime holatiga chiqdi. Bu nafaqat uning balki butun Yulduzlar jangi olamidagi kuchning bir shaxs tomonidan ishlatilishdagi prime koʻrinishi edi.

Endi savol Yodani Palpatinning qaysi prime holatiga koʻra solishtirish kerak?
Agar biz vaziyatga bir Personaj eng qudratli potensialda (full potensial) deb olsak Palpatinni barcha uch Prime holati yigʻindisini Yodaga qarshi qoʻyish kerak. Bunda Yoda 15 daqiqadan ortiq yashamasdi. Ishonavering bunday holatda eng qudratli Jedi Legend Lyuk ham bir soat ham qarshilik qilolmasdi. Palpatin shu qadar qudratli kuch (Force) ilmini egalladiki u istalgan raqibi shunchaki boʻlaklab tashlay olardi. Bunday jang biroz adolatsiz tuyulyabdi keling unda Yoda Primeni Palpatinning uch Prime holatiga qarshi yakkama yakka qoʻyib chiqamiz.

1 Aqliy salohiyati prime holatdagi Palpatin Yodaga qarshi: Bunda masala duel emas aqliy faoliyat va raqibni tuzoqlarga tushirish masalasida ketsa Palpatin kuchli. U Yodani Klonlar urushi vaqtida bir necha bor tuzoqqa tushirgan. Ammo agar Yoda bu Palpatin ekanini oldinroq aniqlaganda biz bu Duel natijasida Palpatin oʻlishini koʻrishimiz mumkin edi yoki yoʻq. Ammo shunisi aniqki Palpatin Klonlar urushi vaqtida Duellari bilan maqtana olmaydi. Demak dastlabki achko Yodaga.

Duel skili Prime holatidagi Palpatin Prime Yodaga qarshi: Biz bu jangni allaqachon koʻrib ulgurdik. Ha afsuski Yoda Palpatinni yakkama-yakka jangda magʻlub eta olmagan. Palpatin Jedi ordenining eng kuchli jangchilaridan toʻrt nafarini tinchitib, yorugʻlik kuchidan oʻta ogʻir jarohat qabul qilib olgan, yuzi kuyib ketgan va oʻz kuchini (Force) regeneratsiyaga sarflayotgan holatida Prime Yodaga magʻlub boʻlmadi. Buni tan olish ogʻir ammo bu fakt. Yoda Palpatinni oʻldira olmadi. Bu safar Palpatin gʻolib.
Kuchi(Force) prime holatidagi Palpatin Prime Yodaga qarshi: Bu jang tez tugashi haqida aytib oʻtdim. Yoda bunday kuchga qarshi turib bera olmasdi. Yoda kuch sanʼatini ajoyib ustasi ammo biz uni Palpatin va Dookuga qarshi kuch janglarida gʻolib boʻla olmaganiga guvoh boʻlgandik. Yoda Kylo Renni kuchini mingdan birini ham ishlatmay oʻldirgan Palpatinning kuch zarbalariga dosh beroolmasdi. Umuman bu zarbalarga sizni Jedilar ruhi qoʻllab turmasa hech kim dosh berolmasdi. Demak ikkinchi achko ham Yodaga.

Umumiy kartinada olib qaralsa Palpatin Prime Anakin (komiksdagi) yoki Legend Lyuk Skywalkergagina (Bu umumiy Lyuk Skywalker emas uning eng kuchli holati) magʻlub boʻlishi mumkin. Duel masalasida esa uni yenga oladiganlar kam. Anakin, Lyuk oʻtmishdagilardan esa Revan. Eʼtibor bering ularning barchasi aynan yakkama-yakka jang boʻyicha ustalar. Yani ularning eng asosiy ustunligi yakka kurashlari. Prime Obi Wan duelda Palpatinni yenga olarmidi yoki yoʻq degan savol ancha mashhur. Ammo U Yodadan kuchsiz edi.

Umumiy xulosaga kelsak Prime Palpatin Prime Yodadan kuchli edi. Yoda oʻz Prime holatiga chiqgan vaqtdagi Palpatindangina kuchli boʻlgan holos. Palpatin buni juda yaxshi bilgani uchun ham Yoda eʼtiborini Anakinga burib yubordi va kuch toʻpladi. Ohir oqibatda Palpatin Yodadan kuchli edi.

Sizlar bilan Reborner boʻldi azizlar. Post yoqgan boʻlsa reaksiyani ayamang. Takliflar, fikrlar va savollarni bemalol komentariyada qoldiring.

Keyingi post nima haqida boʻlishini istaysiz?

#Battle
#SW

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago