"Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi

Description
All Children Succeeding - Inclusive Education in Uzbekistan

This Telegram channel serves as a continuation of the UEEP (Uzbekistan Education for Excellence Project), focusing on the 5-year USAID-funded initiative - All Children Succeeding (ACS).
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 3 weeks ago
*****??*****Aziz do'stlar!Barchangizni eng muhim va yorqin …

*??***Aziz do'stlar!Barchangizni eng muhim va yorqin bayram - O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Bayram munosabati bilan bizning eng samimiy va iliq tilaklarimizni qabul qiling!

Mustaqillik kuni muborak bo’lsin!

USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi jamoasi⠀

2 months, 3 weeks ago
2 months, 4 weeks ago
5 months, 2 weeks ago
***?***Yoz fasli bolalar uyda ko‘proq adabiyot …

?Yoz fasli bolalar uyda ko‘proq adabiyot o‘qishi uchun ajoyib vaqt. Ushbu jarayonni bolalar uchun yanada qiziqarliroq qilish va ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish haqidagi postimizni o‘qing.

? O‘qishga muhabbat uyg‘otish, savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va hikoyalarni yaxshiroq tushunishga ko‘maklashish uchun ota-onalarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Quyida bolalar adabiyotini o‘qitishda qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan ba’zi strategiyalar berilgan.

*?*Ovoz chiqarib o‘qing. Farzandingizga kitob o‘qib berish uchun har kuni vaqt ajrating. Uning qiziqishlari va yoshiga mos matnlarni tanlang. Undagi qahramonlarni turli ovozlarda jonlantirib, ravon va ifodali o‘qing. Farzandingiz o‘qishni bilsa, jumlalar yoki iboralarni u bilan galma-gal o‘qisangiz ham bo‘ladi. Mutolaa paytida to‘xtab-to‘xtab, bolani hikoya to‘g‘risida muhokamaga chorlang.

*?*Muhokama qiling va mulohaza yuriting. Kitobni birgalikda o‘qigandan so‘ng farzandingizni matn bo‘yicha muhokamaga jalb qiling. Undan hikoyaning qaysi qismi ko‘proq yoqqanini, qahramonlar yoki mavzular haqidagi fikrlarini so‘rang. Mulohazalari va tuyg‘ularini boshqalar bilan o‘rtoqlashishga, hikoyaning mazmunini so‘zlab berishga undang.

*?*Bog‘liqliklarni aniqlang. Farzandingizga matn va atrof-olam o‘rtasidagi bog‘liqliklarni topishga yordam bering.

*?*Turli janrlarni o‘rganing. Farzandingizga xilma-xil janrlarni tanishtiring (rasmli kitoblar, fantaziya, sarguzasht, detektiv, yumor). Bu unga turli yozish uslublari, qarashlar va mavzular haqida tushuncha beradi. Kutubxonaga birga boring va bolangizni turli-tuman kitoblarni tanlashga undang.

*?*Mustaqil o‘qishni rag‘batlantiring. Farzandingiz mustaqil o‘qish bilan shug‘ullanishi uchun har kuni vaqt ajrating.

?Keling, bu yozni adabiy izlanishlar va kashfiyotlar mavsumiga aylantiraylik! ?

Axborot manbai: "Bolalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha" METODIK QO‘LLANMA
Inklyuziv taʼlim haqida ko‘proq maʼlumotlar olish uchun kanalimizni kuzatib boring!
? Telegram

5 months, 3 weeks ago
***?***USAIDning "Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi barchani …

?USAIDning "Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi barchani ushbu muhim kun bilan samimiy tabriklaydi!

Biz ishonamizki, bolalar rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishi uchun har qanday imkoniyatga loyiqdir.

Bugun biz har bir bolaga quvonch, tabassum va cheksiz imkoniyatlarga to‘la baxtli bolalikni tilaymiz. Keling, har bir bolaning bilim olishi, o‘sishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun birgalikda harakat qilaylik?

Inklyuziv taʼlim haqida ko‘proq maʼlumotlar olish uchun kanalimizni kuzatib boring!
? Telegram

5 months, 4 weeks ago
6 months ago
***✏️*** **Individual ta’lim rejasi (ITR**) ***✏️***

✏️ Individual ta’lim rejasi (ITR) ✏️

Individual ta’lim rejasi ITR (Individualized education program IEP) – maxsus ta’lim xizmatlarini tavsiflovchi hujjat bo‘lib, har bir bolaning o ‘ziga mos tuzilgan ta’lim dasturidir. ITR qonuniy hujjatdir va o ‘quvchilar dasturda tasvirlangan barcha xizmatlarni olish huquqiga ega.
? Individual ta’lim rejasi (ITR) - bu alohida ta’limga muhtoj bolalarni ta’lim jarayoniga qo‘shishga yordam beradigan vositadir. U xalqaro standartlar va inklyuziv ta’lim sohasidagi tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan.

? ITRning maqsadi bolaning ta’lim va rivojlanish ehtiyojlarini aniqlash orqali uning salohiyatiga qarab rivojlanishini ta’minlashdir. ITR ta’lim jarayonini tartibga soladi, rivojlanishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha maqsad va vazifalarni belgilaydi.

? ITR funktsiyalariga ta’lim maqsadlarini aniqlash, bolani reabilitatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni aniqlash, barcha mutaxassislar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash jarayonini kuzatish va baholash kiradi.

? ITRni ishlab chiqish o‘quvcining ehtiyojlari va kuchli tomonlarini har tomonlama baholashga asoslanadi, uning vazifasi uning rivojlanishidagi taraqqiyot va dinamikani ta’minlashdir.

?Individual ta’lim rejasi inklyuziv ta’limning asosiy elementi bo‘lib, unda har bir bola teng ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega.

Inklyuziv taʼlim haqida ko‘proq maʼlumotlar olish uchun kanalimizni kuzatib boring!
? Telegram

6 months ago
6 months, 1 week ago
*****?*******Ta’limda universal dizaynni (UDL) kashf qilish*******?*****

*?*Ta’limda universal dizaynni (UDL) kashf qilish*?***

Keling bugun, yangi imkoniyatlar ochadigan Ta’limda universal dizayn (UDL) dunyosiga shoʻngʻib olaylik. ?

? UDL bu yangi yoʻndashuv boʻlib, oʻquvchilarning qobiliyatlari, nogironligi yoki oʻrganish istagidan qat'i nazar barcha uchun qulay oʻquv muhitini taminlaydi. U har bir oʻquvchining noyob ekanligini va rivojlanish uchun teng imkoniyatlarga loyiq ekanligini tan oladi.

Xoʻsh, UDLning asosiy tamoyillari qanday?

1️⃣ Jalb qilish: O'quvchilarga mavzuni oʻrganish va motivatsiyani saqlab qolish uchun turli usullarni taqdim etish.
2️⃣Taqdim etish: Turli xil oʻrganish uslublariga mos keladigan bir nechta usullarni taqdim etish.
3️⃣Ishtirok etish: tushunchalarni tushunish va oʻzlashtirishni namoyish qilishning turli usullaridan foydalanishga ruxsat berish.

O'quv dasturini ishlab chiqishdan tortib, darsni topshirish va baholashgacha UDL ta’limni inklyuziv jarayonga aylantiradi, bunda har bir oʻquvchi ozini koʻrsata olishi mumkin. ??

UDL sinfda qanday amalga oshiriladi:? Maqolalar, kitoblar va onlayn manbalar kabi oʻquv materiallarini taklif qilish.
? Yozish, matn terish yoki audio yozib olish kabi eslatmalarni saqlab olish imkoniyatlarini taqdim etish.
? O'quvchilarga oʻz bilimlarini taqdimotlar, insholar yoki ijodiy loyihalar orqali namoyish etish imkoniyatini berish.

UDL shunchaki mashhur soʻz emas - bu har bir oʻquvchi oʻzini qadrli va qoʻllab-quvvatlanayotganini his qiladigan, oʻquv muhitini yaratish uchun kuchli vositadir.

Inklyuziv taʼlim haqida ko‘proq maʼlumotlar olish uchun kanalimizni kuzatib boring!
? Telegram

6 months, 1 week ago

?Anjumanni pedagogika fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi R.X.Djurayev,
?“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor N.M.Egamberdiyeva,
? USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi rahbari, fan doktori Kate Lapham (AQSH), kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

? Пленарное заседание республиканской конференции открыл академик Академии наук Узбекистана
? а также со вступительной речью выступили директор научно-исследовательского института «Семья и гендер», доктор педагогических наук, профессор Н.М. Эгамбердиева,
? руководитель проекта USAID “Все дети успешны”доктор наук, Кейт Лапхэм (Kate Lapham) (США).

Telegram | Website

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago