Tarbiyachi kundaligi

Description
Shaxsiy tajriba va xulosalarimni ulashib boraman
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 1 day ago
2 weeks, 2 days ago

#kundaliklar

Bugun hamkasblar bilan malaka oshirish soatida o'tkazilgan bir kichik tadqiqotga ko'ra meni hech qachon hech kimdan hafa bo'lmaydigan inson qatoriga qo'shishdi.

Jamoadoshlarimizdan biri: "Ichizdayam hafa bo'miysizmi, ustoz", - deb so'rab qoldilar.

Men yo'q javobini berdim. Bilmadim-u, negadir kimdandir hafa bo'lishni o'sha odamga ozor berish, deb hisoblayman.

Bolaligimdan kimdandir hafaligini namoyish qiladigan tengdoshlarimga "Buni qanday uddalash mumkin ekan-a'', - degan nazar bilan qarardim.

Endi o'ylab qarasam, Alloh meni bu sifat bilan birga yaratgan ekan 😊.

@tarbiyachi_blog

2 weeks, 5 days ago
2 months, 2 weeks ago

Avvallari men g'ofil istig'for poklanmoq uchun, zikr xushbo'ylanmoq uchun, mazmunidagi rivoyatni o'qib qolganimda o'zimni xushbo'ylanish darajasiga yetganlar safiga qo'shib qo'ygandim.

Hozir esa til uchida, bog'zimdan nariga o'tmasdan ado etayotgan istig'forlarim bir kuni qalbimga yetib borarmikin, degan ilinj bor xolos...

@tarbiyachi_blog

2 months, 3 weeks ago

Гўзал тарбия

Бир кун ёнимга Қуръондан таҳсил истаб бир болакай келди. Болакайга бир разм солгач, мен ундан сўрадим:

- Қуръондан бирор сурани ёддан биласанми?
- Ҳа.
- Аммадан Қуръонни 30 охирги қисмидан биласанми?
У ўқиб берди.
- Таборак сурасини биласанми? Уни тиловатига лол қолган эдим. Яна бир тиловат эшитиш истагида ундан нахл сурасини сўрадим. Ва қарангки уни ҳам ёддан билар эди. Энди яна бир имтихон учун болакайдан узун суралардан бўлмиш бакара сурасини сўрадим. У Бакара сурасини ўқий бошлади. Болакай сўраларни шундай гўзал ва тиниқлик билан ўқиб бердики ман лол қолган эдим.

- Ўғлим Қуръонни тўлиқ биласанми?
- Ҳа.

Эртага отаси билан келишини сўрадим. Шундай оқил ва илмли фарзандга ким ота эканлигини кўргим келди. Аммо уни падарини кўргач яна ҳам ҳайрон бўлиб қолдим. 
У суннатга ергашган одамга ўҳшамас эди.
У мени хайронлигимни кўриб:
Мани шундай фарзандни отаси эканлигимга ишонмаятганингиз кўриниб турибди. Хозир сизга ҳаммасини тушунтириб бераман.
- Бу болани орқасида 1000 нафар эркак ўрнини боса оладиган одам турибди. Мани 3 нафар ўғлим бор. Ҳар бири ҚУРЪОНни ёддан билади. 4 ёшли қизалоғим ҳам бор. Қизалоғим "Амма" қисмини ёдлаган.

- Қандай қилиб?
- Аёлим фарзандларимиз гапиришни бошлашганида уларга Қуръон ёдлатишни бошлайди ва албатта фарзандларимизга мақтовлар ва самимий сўзлар билан далда бўлади. Болаларимиздан қайси бири биринчи бўлиб ёдласа, ўша фарзандимиз кечки таомдан нима ейишини ўзи танлайди.

Ким биринчи бўлиб қайтариб берса, дам олиш кунлари қаерга боришимизни танлайди. Биринчи бўлиб Қуръонни битирган эса, таътилни қаерда ўтказишимизни танлайди.

Солиҳа бўлиб уйини ҳам солиҳларга тўлдирувчи аёл мана шудир!

? Sizga Manfaatli

2 months, 3 weeks ago

#kundaliklar Bugun o'quvchilarga ''Ota-onangiz sizga nima sovg'a qilishini xohlardingiz?'' savolini berib har birining javobini alohida eshitdik. Kimdir planshet, kimdir chet elga sayohat uchun chipta, kimdir mushuk boqishga ruxsat berishlarini, kimdir…

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Bir kuni aeroportda arab mehmonlarni kutib oldim. Aeroportdan mashinada mehmonxona taraf yoʻl oldik. Arab shayx toʻsatdan yoʻlaklarni supurayotgan ayollarni koʻrib:
- Bular kimlar? - deb savol berib qoldi. Men ahamiyat bermasdan:
- Ha, shu koʻcha supuruvchilari, -  dedim. Shayx hoʻngrab yigʻlab yubordi:
- Nahot, biz musulmonlar onalarimizni shu holatga solib qoʻygan boʻlsak?! Oʻz onalarini koʻcha supuruvchilari qilib qoʻygan qavm qaydan najot topsin?!

Uning yigʻlaganini koʻrib men terlab ketdim, shuncha vaqt oʻsha ayollarga ahamiyat bermagan ekanman...

©

? Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ

2 months, 4 weeks ago

#kayfiyat

Besh yoshli jiyanim bilan suhbat

-- O'x-xo'-o'-o', xalating zo'rku. Kim oberdi?

-- Oyim oberdi

-- Qayerdan oberdi?

-- Mohi ammamdan.

-- Oyingga pulni kim berdi?

-- Dadam.

-- Dadangga pulni kim berdi?

-- ... ?‍♀

-- Dadangga pulni Alloh bergan, keyin dadang Alloh bergan puldan oyingga bergan, keyin oying pulni Mohi ammangga beran, keyin Mohi ammang nima qigan?

-- Cho'ntagiga sogan. ?

-- Haaa, pulni cho'ntagiga solib, sen bilan opachangga xalat bergan.

Bolalarning tasavvuri biznikidan daqiqroq ishlarkan. ☺️

@tarbiyachi_blog

3 months ago

#kundaliklar

Bir tanish ayol bilan suhbatlashib qoldim.

Farzandlarining o'qishi, yoki bemorligi haqida gap ketganda unday qildim, endi bunday qilishim kerak, deya birinchi shaxs tilidan gapirayotganiga ko'ra noqulay bo'lsada, xo'jayningiz yo'qmilar, degan savolni berib qoldim.

Shu savolim o'sha tanish ayolning ko'p yillik dardlarining ochilib ketishiga sabab bo'ldi.

U ayolni tinglab, matonatiga, sabriga tan berdim.

Hayotda shunday erlar borki, zimmasidagi rahbarlik vazifasini bajarmayotgani yetmaganday, oila tinchligiga, qaramog'i ostidagilarining jismoniy, ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazib turadi.

Men farzandlarining barchalarini ziyoli, ilmli qilish uchun ko'pgina oilaviy qarshiliklarni yengib o'tgan, bu fidokorligining mukofoti o'laroq bir farzandi xorijda ta'lim olish uchun davlat granti yutib olgan, ammo o'zi farzandlarini shu darajaga yetkazguncha, o'sha tirik, bor, haligacha birga yashaydigan erining kaltagidan o'lim yoqasigacha borib qaytgan, shunga qaramay, ko'rinishdan tetik ayolning qarshisida o'tirarkanman, uning poyida tiz cho'kib, hurmat izhor qilgim keldi.

U ayol bilan xayrlasharkanman, In Shaa Alloh, qiyomat kunida mazluma bo'lganingiz uchun xursand bo'lasiz, deya tasalli berdim.

Aslida, u ayol tasallimga ham muhtoj emas, ruhan tetik edi.

Shunday ayollar bilan suhbatlashib qolsam, o'zimni o'ta noshukur, besabrdek his qilib yuboraman.

Alloh hech bir bandasiga toqadidan tashqari sinov bermas.

@tarbiyachi_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago