Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Man klient bn ishlamayman
Agar klientni Gelik mashinasi bo'lmasa 🚩
© Maxsud Rajabov
Brend uchun eng muhimi to‘g‘ri kommunikatsiya emasmi?
Qwatt haqida yozmoqchiman. Telefoningiz uchun quvvatlagichni ijaraga beruvchi brend o‘z foydalanuvchilari kartasidan ogohlantirishsiz 250.000 UZS miqdorda yechib olmoqda. Qwattni ijtimoiy tarmoqlar negativ xabarlarga to‘lib ketgan.
Aslida qanday? Ilovadan ro‘yxatdan o‘tayotganingizda siz rozi bo‘lgan Offerta shartlarida ushbu summani yechib olinishi qonuniylashtirilgan: Agar siz Qwatt’dan olgan quvvatlash qurilmasini 3 kun ichida qaytarmasangiz, 4-kun u "yo‘qotilgan" deb hisoblanadi. Shu paytda, 250 000 so‘m jarima sizning kartangizdan yechiladi. Ammo, agar keyinchalik qurilmani qaytarib bersangiz: Avval siz kechikkan kunlar uchun ijara haqini (10 000 so‘mdan har bir kun uchun) to‘lashingiz kerak.
Shundan so‘ng, 250 000 so‘m jarima summasi sizga qaytariladi. Qancha muddatda qaytarilishi esa shartnomada ko'rsatilmagan.
Ho‘p lekin masalani boshqa tomoni bor, nega ko‘plab norozi foydalanuvchilar Support tomonidan xolisona tushuntirish olmayapti, qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlarga javob berishmayapti. Offerta shartlari nima ekanligini 10 tadan 3 ta odam yaxshi tushunsa kerak, lekin asosiy auditoriyasi O‘zbek bo‘lgan ushbu brend Offerta shartlarini ham Rus tilida yozgan, ya’ni O‘zbek tilida mavjud emas.
Qwatt o‘zini qonuniy oqlab chiqgan taqdirda ham foydalanuvchilar fikri o‘zgarishi qiyin, natija shuni ko‘rsatadiki to‘g‘ri qilinmagan kommunikatsiya oqibatida brend pastga qarab ketishi mumkin.
Maqsad qo’yish haqida
Oldin negadir 1 yil ichida erishishim mumkin bo‘lgan maqsadlarni ortiqcha baholab, 3 yil ichida erisha oladigan maqsadlarimni esa kam baholab kelganman.
Masalan, bir yillik rejada uy sotib olishni bemalol maqsad qilib qo’yganman. Ammo kasbni o‘zgartirish yoki ubu startup qilish umuman xayolimga kelmagan, chunki buni real maqsad ekanligiga o’zimni ishontira olmaganman.
1 yilda hammasini tubdan o’zgartirish qiyindek tuyulgan, 3 yilga maqsad qo’yishni esa o’ylamaganman.
Bilaman, ko’pchilik yil oxirida o‘zini bir yil oldingi versiyasi bilan taqqoslaydi, lekin aslida 3 yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar hayratlanarliroq va sezilarliroq bo’ladi.
Aytmoqchimanki, oldingizga ambitsioz katta maqsadlar qo’yishdan qo’rqmang. Ular 1 yilga emas, balki 3-5 yilga bo’lishi mumkin. Muhimi, o’sha katta maqsad sizni bugungi harakatlaringizda ilhom berishi.
O’zbekistonda mehnat shartlari dizaynerlar ham uchun ishlaydi.Afsuski ko’pchilik hamkasblarimiz mehnat shartlari bilan yaxshi tanishib chiqishmagan. Natijada muhim vaqtlarda o’z huquqlarini unutishadi yoki qiyin vaqtlarda o’zlarini himoya qila olmaydilar. Shu sababli barchaga tushunarli qilib ayrim bilishingiz va eslab olishingiz kerak bo’lgan maslahatlarni yozib o’taman:
- Mehnat shartlari ishlash uchun avallo rasmiy shartnoma tuzib olishingiz kerak. Shartnomada oylik maoshingiz, ish soatlari, sizga tegishli vazifalar va qolgan shartlar aniq yozib o’tilishi kerak.
- Mehnat kodeksiga ko’ra haftasiga 40 soatda ko’p ish yuklamasi hodim uchun ortiqcha ish hisoblanadi, ish vaqtdan tashqari vazifalar uchun sizga qo’shimcha haq to’lanishi kerak (Agar loyalligingiz tutib qolmasa)
- Ish jarayonida qilgan barcha loyihlaringiz mualliflik huquqi bilan himoyalandi, agar ish beruvchi kompaniya ishlaringizni to’liq o’zlashtirmoqchi bo’lsa bu shartnomada aniq ko’rsatilishi kerak. Shartnomada portfolioda qo’yish mumkin emas deb ko’rsatilmagan bo’lsa, ish beruvchini og’zaki talabini bajarishga majbur emassiz.
- Shartnoma tuzilgan holatda maoshlaringiz ham odatda o’z vaqtida beriladi, ish beruvchi maoshingizga nisbatan ma’suliyatsizlik qilganidan uni qonuniy hal qilish ham juda oson.
Yuqoridagi shartlarga ko’nmagan va bu shartlarni hurmat qilmagan ish beruvchi bilan ishlash odatda sizga zararga ishlaydi, qisqa qilib aytganda qadringizni biling!
Dizayndagi dastlabki yillarim javobsiz sevgiga o'xshar edi)
Online darsliklarni tomosha qilish, maqolalar o'qish uchun soatlab vaqt sarflar edim lekin olingan bilimlarni katta qismi ishlamas edi chunki uni amalda qo'llamas edim. Bilimlarni amalda qo'llash o'rniga shunchaki o'qiyotganimni his qilgandim.
Hozir ham ko'p guvohi bo'laman, ba'zi tanish dizaynerlar narx va daraja tomonlama yaxshi kurslarda o'qib chiqdilar, lekin ishlarida katta o'zgarish sezmadim ular bilan suhbatlashganimda amaliy vazifalarni kam qilishganini aytishdi. Bu qoida ko'pchilikga tanish lekin kam sonli mutaxassilar amal qiladilar. Eslatma sifatida yozib ketdim)
O’zbekistonda yaxshi dizaynerlarning ishlari bir joyga jamlanibdi. Ishlar orasida mening GreenGo uchun qilingan logotipni ham ko’rishingiz mumkin.
https://www.behance.net/gallery/209771211/Logos-Marks-Collection-2024
Bir tanishim aytgandi, ayrim holatlarda ChatGPT $700lik hodimdan yaxshi deb.
Bu fikrga qo'shilaman, ChatGPT ajoyib yordamchi, ko'p masalalarda suhbatlasha olaman eng muhimi javoblar aniq. Tanlov qilishda, o'ylashda, rejalashda va hisoblashda ham shaxsiy yordamchimga aylandi.
Zamonaviy inson sifatida davom etishni istasangiz ChatGPTni hayot tarzingiz bilan bog'lashingiz yaxshi yechim deb hisoblayman.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago