Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Yonimda bo'l
Agar meni chin dildan sevsang
Boringnimas joningni bersang
Muhabbatim pinhona desang
Yonimda bo'l yodimda emas
Shirin bo'lgin Farhoding bo'lay
Erkaliging bariga ko'nay
Sendan shuni bir og'iz so'ray
Yonimda bo'l yodimda emas
Jinnilarcha oshig'ing o'zim
Rashk qiladi hattoki ko'zim
Bugun eshit bor aytar so'zim
Yonimda bo'l yodimda emas
Netay ahr bog'lanib qoldim
Telba degan nomni ham oldim
Shu zaylda hayolga toldim
yonimda bo'l yodimda emas
Tushlarimda seni ko'raman
Hayolimda soching o'raman
Aytishim shart buni bilaman
Yonimda bo'l yodimda emas
Agar menga boqmasang qiyo
Yomon tush bu rost emas ro'yo
Har onimiz g'animat guyo
Yonimda bo'l yodimda emas
Dunyo tursa biz ham turamiz
Baht qasrini birga quramiz
Sinovlarga mayli kunamiz
Yonimda bo'l yodimda emas
Sen menga mos men ham senga mos
Shoirlarning qalbi beqiyos
Sarvaring so'raydi iltimos
Yonimda bo'l yodimda emas
Muallif ✍ Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Мен сиз дунё ҳувиллаб қолмас😏**
Манзилимга учганча қўнсам
Гулдек қуриб очилмай сўлсам
Бор бўлсам ҳам ёкида ўлсам
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Мендан ёмон бормикан яна
Совуб қолар иссиқ қон тана
Бугун балки охирги сана
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Йиғламангиз ўшал дам куни
Бедор ўтманг эслаб ҳар туни
Ҳақиқат бу биламан шуни
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Юмиқ бўлар очилган кўзим
Азройилга эргашган ўзим
Ёқса ёқмас эшитинг сўзим
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Эртами кеч кетгувчилармиз
Жаннат,дўзах етгувчилармиз
Ҳаётни тарк этгувчилармиз
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Аллоҳ менга қилмади қаҳр
Еган ноним бўлмади тахир
Нега тушунмайсиз-а ахир
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Тобутимда отам елкаси
Тўрт оёқли манзил кемаси
Тугаб битмас мавзу темаси
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Она кечир дардинг сўрмасам
Кечир синглим сочинг ўрмасам
Чимилдиқни кўрсам, кўрмасам
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Етқазинглар сулув Лайлига
Чиқолмайман ишқнинг сайлига
Қабрим кутар ҳайир майлига
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Кўп шеърларни ёзиб улгурмай
Кечир демай қандайин кетай
Сарвар Мирзо чорасиз нетай
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Ёқам бору ёним йўқ қаранг
Кафан билан ўралди таранг
Йиғлаб гапим айтаман аранг
Менсиз дунё ҳувиллаб қолмас.
Муаллиф.✍Сарвар Мирзо**
Qizlarga 😁**
(Hamma yigitlarning dardi)
Tarifini doston qildik qizlarni,
Ayamasdan lug'atda bor so'zlarni,
She'rni o'qib bilmam nega bizlarni
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a,
Axtarasiz aybimizni sizlar a?
Maqtov kutib peshonamiz sho'r dedik,
Hali maqtar, hozir ko'zi ko'r dedik,
O'zimizni yomon, sizni zo'r dedik,
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a,
Axtarasiz aybimizni sizlar a?
Rassomlarda chiziladi rasmingiz,
Hurga qiyos etiladi jismingiz,
Biz tufayli qo'shiq bo'lar ismingiz,
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a
Axtarasiz aybimizni sizlar a?
Chidayapmiz qarang, sabr to'lsa ham,
Boshimizga chiqayapsiz ko'nsa ham,
Adashiblar bir martaga bo'lsa ham,
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a, Axtarasiz aybimizni sizlar a?
Yo'lingizga qarab sira tolmadik,
Zarda yutib hecham rahmat olmadik,
Insof yo'g'a, endi qoyil qolmadik,
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a
Axtarasiz aybimizni sizlar a?
Qadrimiz yo'q, qancha gullar terganmiz,
Kulguga ham qaddimizni kerganmiz.
Aybimiz ne shuncha mehr berganmiz,
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a,
Ahtarasiz aybimizni sizlar - a?
Qo'shiq kuylang xohlang qo'lda tor bilan,
Arslonim deng aytmay qolmang or bilan,
Sarvar Mirzo kutar intiq,zor bilan,
Maqtamaysiz yigitlarni qizlar-a,
Sukut saqlab sevasizlar sizlar a?
Muallif✍Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin**
https://t.me/Sarvar_Mirzo
Кечиролмадим?
Шунча уриндим лек алам ёдини,
Нетайин дилимдан ўчиролмадим.
Кўнглимни қолдирган одам зотини,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Битмади кўпайди бошимда ғавғо,
Ҳаммага ишончим бўлди муаммо,
Осон узрларин сўрашди аммо,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Бир дарвеш мисоли топмасдан қўним,
Бедорлик азобдан ўтмаган туним,
Қалбим қотилларин учратган куним,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Раҳимсиз кетишган юракни ёқиб,
Кўнгандим устбошим чангини қоқиб,
Ҳол сўраб келганда бир кулиб боқиб,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Менинг йиқилганим уларга базим,
Қандайин буларни қиламан ҳазим,
Майлига бўлса ҳам гуноҳи азим,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Неларни истайман алам ўчида,
Дилимнининг оғриғи қолган кучида,
Хоп дея жимгина тилнинг учида,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Ҳали вақти билан тўлар кўкда ой,
Ҳаёт давом этар оқар жилға сой,
Ўзимдан ўтганин билиб ҳойнаҳой,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Шоир Сарвар Мирзо айтар шу сўзим,
Энди ишонмоққа етмайди кўзим,
Аллоҳим кечирсин лекин мен ўзим,
Кечирдим дедим-у кечиролмадим.
Муаллиф✍Сарвар Мирзо
28.01.2024. 11:28
❌Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин
?Odamlar ne demaydi
O'z ko'yingda kuyib yon,
Birov g'aming yemaydi.
Parvo qilma hech qachon!
Odamlar ne demaydi.
Yo'li egri tomon deb,
Rangi ro'yi somon deb,
Yaxshi bo'lsang yomon deb,
Odamlar ne demaydi.
G'iybatdan sira tolmay,
Vijdonga ishi qolmay,
Til o'lgurni tiyolmay,
Odamlar ne demaydi.
Bir kun jazosi kutar,
Kulib qo'y qo'ling ko'tar,
It hurar karvon o'tar,
Odamlar ne demaydi.
Foyda izlab bo'zlashib,
Yomonlikni ko'zlashib,
Aybing topib so'zlashib,
Odamlar ne demaydi.
Gunoh yig'ib yayrasin,
Kuyib toshib qaynasin,
Qo'y yaxshilab chaynasin,
Odamlar ne demaydi.
Ular tomon bo'ylama,
Yo o'ksinib so'ylama,
Sarvar Mirzo o'ylama,
Odamlar ne demaydi.
Muallif✍Sarvar Mirzo
05.09.2024.
❌Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Eson omon Munisa Rizayevani ham tug'dirib oldik?
**Arzimadingiz
Nelarni xomxayol surgan ekanman,
Qo'limda yirtildi yozgan xatingiz.
Aldamay, aldanib yurgan ekanman,
Arzirli sevgimga arzimadingiz .
Bariga o'zimni ayibdor etdim,
Topilmas joylarga bosh olib ketdim.
Eh, afsus men juda kech anglab yetdim,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Qaytmayman endi hech, yo'l qarab toling,
Boshqani kuting-u o'zingiz qoling.
Borimni bergandim sizga tan oling,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Xursandsiz bunchalar bag'rimni tilib,
Hayotni yolg'ondan iborat bilib,
Vafoga javoban xiyonat qilib,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Qonimga qaynayman, qilaman nido,
Dushmanim kuladi, ayni muddao!
Sizga ham insofni bersin-da Xudo,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Bahra topmaysizku yurakni o'ya?
Charchadim baridan faqat men kuya.
Sezmasam, hali ham sevardimku-ya,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Yashayman hislarim guldayin so'lmas,
Biz o'lsak o'larmiz muhabbat o'lmas.
Alamda bularni aytmasam bo'lmas,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Ishonchli emaskan har gulning isi,
Shuni bildirdingiz qalbim o'g'risi.
Endi chidaysiz-da rosti-tog'risi,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.
Boy ko'nglin xushlaysiz kazo-kazoni,
Alohim beradi bir kun jazoni.
Eslamang shu shoir Sarvar Mirzoni,
Arzirli sevgimga arzimadingiz!
Muallif✍Sarvar Mirzo*❌️*Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
**Onamdur
Yo'llarim yoritsin oy quyosh
Ko'rganim zulmatu olamdur
Mayliga bo'l sam ham bag'ritosh
Meni odam qilgan onamdur
Dushmanlar ovvora chog' qazib
Chin do'stim bor bitta donamdur
Yiqilsam qo'ydilar turg'azib
Meni odam qilgan onamdur
Nelarni hom hayol surarman
Duogoy mehribon lalomdur
U sabab gerdayib yurarman
Meni odam qilgan onamdur
Sochlari oqargan bo'lsa ham
Har oqi mening dard tolamdur
So'zimga ayrimlar kulsa ham
Meni odam qilgan onamdur
Shoirga siz nazar qilsangiz
Sherlarga qul qilgan qalamdur
Kimni deb nom oldim bilsangiz
Meni odam qilgan onamdur
Bo'yidan ortibman bo'ylasam
Deydilar polvonim bolamdur
To'g'risi shularni o'ylasam
Meni odam qilgan onamdur
Men qanday o'g'ilgan oh-u voh
Kechirim suray bu nolamdur
Bariga Allohimdir guvoh
Meni odam qilgan onamdur
Ketgim kelar yo'llar bepayon
Yomonlar azobi alamdur
Sarvar Mirzo qiladi ayon
Meni odam qilgan onamdur
Muallif.✍Sarvar Mirzo**
Assalomu Alaykum men uchun aziz va Qadirli bo'lgan duogo'yim onajonim sizni bugungi tavvalud ayomingiz bilan chin qalbimdan muborakbot etaman mehri ummon volidam shu yoshga yetishimda shu kunlarini ko'rishimda mehnati va hissasi eng ko'p singan bu yo'lda qiyinchiliklar Va Og'riqlarni pisand etmagan hatolarimni o'chirib qalbi og'rib turgan bo'lsada kulib qaragan men uchun jonini jabborga berib barcha injiqliklarimni ko'tarib bizning kulguyimiz yo'lida o'zining imkoniyatlaridan Vos kechgan mehribon onajonim sizni mehringizni sizni g'amg'orligingizni hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi onalarni shunday raximdil va g'amg'or qilib yaratgani uchun yaratganga hamdlar aytaman men va singlim bahtiga sog' va salomat bo'ling har kuningiz bahtga quvonchli lahzalarga boy bo'lsin qalbingiz va yuzingiz doim shodlikdan porlab tursin sizdek insonni farzandi bo'ganimdan fahirlanaman g'ururlanaman ilohim nasib etsa hoji onalar safida bo'lishingizga vada beraman
Hurmat bilan shoir og'lingiz
Sarvar Mirzo✍****
Ko'ndik??
Yaxshi kun baxtlilik onimiz ekan
Yomon kun bir pasda lovullab so'ndik.
Haliyam, o'lmagan jonimiz ekan,
Taqdirning zarbiga kuldik-u, ko'ndik.
Boshdan kechganini kerak tan olish,
Faqatgina mumkun Xudoga solish.
Bu yo'lda chidash bor - ketmaydi nolish!
Taqdirning zarbiga kuldik-u, ko'ndik.
Yig'lasak, siqtasak, qo'yilmadi chek,
Sizladik, sinadik, saqlab ancha kek.
Kuchimiz yetmadi demasak-da, lek
Taqdirning zarbiga kuldik-u, ko'ndik.
Yasharkan hamma ham ekkanin o'rib
Hech kimsa o'tirmas dardingni so'rib,
Sinalib, hayotda har neni ko'rib,
Taqdrining zarbiga kuldik-u, ko'ndik.
Yashasang, qo'ymaydi g'amingni yeya,
Indamay yurasan tilingni tiya,
Xudo bas kelmasa bekor-ku deya,
Taqdirning zarbiga kuldik-u, ko'ndik.
Xayolot shahrida kunlar botsa ham,
Adolat ko'rmayin ensa qotsa ham,
Gapirmay jim turib toshin otsa ham,
Taqdirning zarbiga kuldik-u, ko'ndik.
Sarvar Mirzo sodda faqirdek g'arib,
Aytadi: dard bulsa, qoladi arib.
Yengilish so'zini esdan chiqarib,
Taqdirning zarbiga kuldik-u, ko'ndik!
Muallif✍Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalainilmasin
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago