REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

Description
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining Ofis registratori bo'limining rasmiy kanali!
Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektronni shaklda olishingiz mumkin.

Aloqa: @magistrsupport
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago

Nima uchun studentlar sessiyadan o’tisha olmaydi?

🔣Keling, bunga matematik yondashamiz.
◀️Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun.
◀️Yozgi tatil oʻrtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi.
◀️Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi.
◀️Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi.
◀️2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi.
◀️Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun.
◀️ Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va koʻngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi.
◀️Issiq jonni isitmasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal boʻlsak. Nahotki kinoga tushish, instagramda oʻtirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha, atigi 1 kun qoldi.
◀️Oʻsha bir kun meni tugʻilgan kunim-ku. Tugʻilgan kunimda dars qilishga balo bormi !!!

😄Kursdoshlar guruhiga yuborib qoʻyamiz.
@ofis_registratori

1 month, 2 weeks ago

*⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin*

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

@ofis_registrstori

3 months, 2 weeks ago

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Registrator Ofis tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar:

- O‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘grisida ma’lumotnoma berish;
- Transcript (akademik ma’lumotnoma) berish;
- Talabalarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirish;
- Talabalik guvohnomalari (universal talaba kartasi) ni berish;
- Yillik akademik kalendar (o‘quv grafigi) haqida ma’lumot berish;
- Diplomlarini tasdiqlatish (diplom.edu.uz);
- To‘lov-kontrakt miqdorlari haqida ma’lumot berish;
- Fakultetlar haqida ma’lumot berish;
- Akademik mobillik shartlari haqida ma’lumot berish;
- Talabalar safidan chetlashtirish haqida ma’lumot berish;
- Akademik ta’til haqida ma’lumot berish;
- O‘qishni ko‘chirish shartlari haqida ma’lumot berish;
- O‘qishni tiklash va u haqida ma’lumot berish;
- Xorijdan o‘qishni ko‘chirish va turdosh yo‘nalishlari haqida ma’lumot berish;
- Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va uning shartlari haqida ma’lumot berish;
- Magistraturaga qabul va turdosh yo‘nalishlar haqida ma’lumot berish;
- Ta’lim shaklini o‘zgartirish haqida ma’lumot berish;
- Guruhdan-guruhga o‘tkazish va u haqida ma’lumot berish;
- Talabalarning yig‘ma jildlarini qabul qilish;
- Talabalarning hujjatlaridan nusxalar berish;
- Talabalarning yig‘ma jildlarini qaytarish;
- Arxiv ma’lumotnoma berish (bitiruvchilar uchun);
- Diplom va ilovasini berish (bitiruvchilar uchun).

Ma'lumot uchun: "Registrator office" 2 binoning 1-qavati da joylashgan.

Kanalga ulaning, siz uchun foydali bo'ladi:
@Ofis_registratori

3 months, 2 weeks ago

⚡️O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida NIZOM

Ushbu nizom orqali akademik ta'til olishga oid har qanday savollarga javob topishingiz va qaysi kasalliklar uchun akademik ta'til berilishi haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin.

@magistrlarofficial

3 months, 3 weeks ago

Qishki perevodda o'g'il bolalar ham "perevod" qilishi mumkinmi?

?‍? "Qishki perevod" jarayonlari 2 ta uzrli sababga ko'ra amalga oshirilishi barchaga ma'lum. Endi mana shu jarayonning yigitlar uchun ko'pchilik bilmagan qiziq tomoni haqida to'xtalamiz.

? Boshqa viloyatga uylanayotgan yigitlar agarda o'sha viloyatga doimiy yashash joylarini ko'chirsalar bemalol o'sha hududdagi oliygohga perevod qilishlari mumkin.

?‍? Masalan siz Samarqand viloyatidansiz, kelin esa Toshkent shahridan. Siz endi Toshkentga ko'chib ketyapsiz butkul, ya'ni kelin yashaydigan hududga (viloyat, shaharga). Demak siz endi uzrli sababga egasiz va o'qishingiz Toshkent shahrida xoxlagan davlat oliygohiga ko'chirish imkoniga egasiz.

? Biroq, siz Samarqand, kelin esa Buxorodan bo'lib, turmush qurgach Toshkent shahri yoki boshqa uchinchi viloyatga ko'chib borsangiz bu uzrli sababga kirmaydi va siz uchinchi hududga o'qishingizni ko'chira olmaysiz.

*❕ Ahamiyat beradigan jihati shundan iborat-ki, uzrli sabab bo'lishi uchun turmush quruvchilardan biri (er yoki xotin)ning doimiy yashash hududiga ko'chib borish talab etiladi.*

@Ofis_registratori

3 months, 3 weeks ago

??Worldly knowledge ilmiy markazi 12 million so'mlik grant taqdim etadi.

Worldly knowledge ilmiy tadqiqotlarni qo'llab quvvatlash markazi ,, Yil tadqiqotchisi – 2024 " nomli tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi sho’balar bo’yicha faoliyat olib borishi belgilangan:
1-sho‘ba: Tibbiyot ( tabiiy fanlar )
2-sho‘ba: Ijtimoiy-gumanitar ( psixologiya, pedagogika, filologiya )
3-sho‘ba: Texnika ( aniq fanlar va iqtisodiyot fanlari )

?G’oliblarga MCHJ fondidan 12 million so’m miqdordagi pul mablag’i ajratilgan bo’lib:
1- O’rin uchun: 5️⃣mln so’m pul yutug’i , statuetka, maqolalar kitobi ,diplom va esdalik sovg’alari.
2- O’rin uchun: 3️⃣mln so’m pul yutug’i , statuetka, maqolalar kitobi, diplom va esdalik sovg’alari.
✅️3- O’rin uchun: 2️⃣ mln so’m pul yutug’i , statuetka, maqolalar kitobi, diplom va esdalik sovg’alari.

⭐️Qolaversa 4-10 o’rin sohiblariga Diplom, maqolalar kitobi va esdalik sovg’alari po’chta orqali yetkazib beriladi.

?‍♂️Maqolasi qabul qilingan barcha mualliflarga diplom ,sertifikat va tashakkurnoma taqdim etiladi.

❄️Tanlov uchun qabul qilingan barcha maqolalar https://wosjournals.com/ web saytida e’lon qilib boriladi va barcha maqolalar google scholar, research gate kabi nufuzli ba’zalarda index qilinadi.

Maqola yuborish: @doktorshoxabbos

?Rasmiy kanal: https://t.me/iqro_jurnali

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

? Hemisda darsga kechikib kelgan va sababsiz dars qoldirgan talabaga “nb” qo‘yiladi

Talaba betob bo‘lsa, qoldirgan darsi uchun tibbiy punktdan 0,96 forma shaklida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Darsga kech qolgan talaba esa tushuntirish xati orqali tizim mutaxassisiga “nb”sini tuzattiradi.

Tizimdan yetarlicha ball to‘play olmagan talaba yakuniy nazorat imtihonlariga kiritilmaydi. Hemis tizimi 100 ballik sistemaga moslashtirilgan bo‘lib, har bir fandan talaba yiqqan ballarni semestr oxirida hisoblab beradi. Har bir bajarilgan mustaqil ish mavzusiga 20 balldan beriladi. Yakuniy nazorat imtihoniga kirishi uchun talaba 24 balldan 40 ballgacha to‘plashi zarur, qolgan 60 ballni yakuniy nazorat imtihonidan to‘playdi.

@ofis_registratori

3 months, 4 weeks ago

#БАЙРАМ_МУБОРАК

? Бугун 17 ноябрь - «Халқаро талабалар куни» билан барча талабаларни қутлаймиз! ?

Хар йили Халқаро талабалар куни 17 ноябрь куни нишонланади. Талабалик йўлида чеккан барча машаққатларингиз келажакда улкан ғалабалар олиб келсин.

? Байрамингиз муборак бўлсин!

Талабаларни бугунги кун билан биринчилардан бўлиб табриклашни унутманг!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago