?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 год, 2 месяца назад
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 месяц, 3 недели назад
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 месяц назад
*❗️Қонун (ЎРҚ-972-сон, 07.10.2024 й.) билан Жиноят ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексларга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди*
🖥 Унга кўра, кодексларга соғлиқнинг қисқа муддатга ёмонлашувига ёки меҳнат қобилиятининг унча узоқ бўлмаган муддатга йўқолишига олиб келмаган қасддан баданга енгил шикаст етказиш билан боғлиқ жиноий қилмишни жиноий жазо таркибидан чиқариб, уни маъмурий ҳуқуқбузарлик тоифасига ўтказишни назарда тутувчи ўзгартириш ва қўшимчалар киритилмоқда.
Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
https://lex.uz/docs/7137064
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/ijtimoiy_advokat
ЭЛТУЗ порталига кўра
ТАНА АЪЗОЛАРИНИ СОТИБ ОЛМОҚЧИ СТУДЕНТ ЖАЗОГА ТОРТИЛДИ :
Аммо менинг фикримга кўра ушбу ҳолат ЖКнинг 25, 133-1-моддасининг 1-қисми билан нотўғри малакаланган.
Сабаби Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2023 йил 23 июндаги 17-сонли «Фирибгарликка оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги қарорининг 4-бандига кўра
“Фирибгарликда алдаш деганда, айбдор томонидан, била туриб, ҳақиқатга тўғри келмайдиган ёлғон маълумотлар хабар қилиниши ёки иш ҳолати бўйича мулкдор, мулкнинг бошқа эгасига маълум қилиниши лозим бўлган ҳақиқий фактларни яшириш ёхуд бундай шахсларни янглиштиришга қаратилган қасддан содир этилган ҳаракатлар тушунилади.
Фирибгарликда ёлғон маълумотларга жабрланувчини янглиштиришга олиб келиши мумкин бўлган ҳар қандай ҳолатлар, жумладан, юридик факт ва воқеалар, мулкнинг сифати, нархи, айбдорнинг шахси, унинг ваколати, нияти (масалан, айбдор шахс ўзини мансабдор шахс ёки ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходими сифатида кўрсатиши) тааллуқли бўлиши мумкин.
Фирибгарликда жабрланувчини янглиштиришга қаратилган қасддан содир этиладиган ҳаракатлар жумласига, масалан, битим ёки тўлов предметини сохталаштириш, қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ўйнаш чоғида алдов усулларини қўллаш ва ҳ.к. киради.” -деган раҳбарий кўрсатмалар берилган.
«Судлар тўғрисида»ги Қонуннинг 25-моддасига 4-қисмига асосан, Қонунчиликни қўллаш масалалари бўйича Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг тушунтиришлари судлар, ушбу тушунтириш берилган қонунчиликни қўллаётган давлат органлари ва бошқа органлар, корхоналар, муассасалар, ташкилотлар ва мансабдор шахслар учун мажбурийдир.
Қолаверса Олий суди Пленумининг 2023 йил 23 июндаги 17-сонли «Фирибгарликка оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги қарорининг 18-бандида “Шуни таъкидлаш жоизки, қонунга кўра фуқаролар мулкини фирибгарлик йўли билан талон-торож қилганлик учун жиноий жавобгарлик талон-торож миқдоридан қатъий назар келиб чиқади. Айни пайтда, талон-торож миқдори базавий ҳисоблаш миқдорининг ўттиз бараваригача бўлган ҳар бир ҳолда, башарти содир қилинган жиноят ижтимоий хавфи катта бўлмаган ёки унча оғир бўлмаган жиноятлар тоифасига кирса, суриштирув, тергов органлари ва судлар айбланувчи (судланувчи)нинг шахсига ва моддий зарар қопланишига оид маълумотларни инобатга олган ҳолда ЖК 65, 66, 70, 71-моддаларини қўллаш масаласини муҳокама этишлари шарт.”, -деган яна раҳбарий кўрсатма берган.
Жиноят ашёвий далили 350 $ = 4 481 083 сўмни ташкил қилади, бу юқоридаги Пленумда кўрсатилган суммадан кам, яъни 30(БХМ)*375000=11 250 000 сўмдан кам миқдорни ташкил қилади.
Суд эса «Судлар тўғрисида»ги Қонуннинг 25-моддасига 4-қисми ва бошқа қонун нормаларини бузган ҳолда қарор қабул қилган бўлиши мумкин.
П.С: Юқоридаги холатда ТАЛАБАГА ХУКМ ЧИҚИШИ нотўғри, Сизни шундай муаммолар қийнаса бизга мурожаат қилинг, яна жиноятнинг асл воқейлиги ЭЛТУЗ порталидагидан кўра бошқача бўлган бўлиши мумкин.
каналга аъзо бўлинг
👇👇👇👇👇👇👇
🖥Иш берувчи иш х**ақини ўз вақтида тўламаса, ходимга пулли компенсация тўлаши шарт
🖥Иш берувчи иш ҳақини, таътил тўловларини, меҳнат шартномаси бекор қилингандаги тўловларни ёки ходимга тўланиши лозим бўлган бошқа тўловларни тўлаш муддатини бузган тақдирда, уларни тўлов муддатидан кейинги кундан эътиборан то ҳақиқатда ҳисоб-китоб қилинган кунни ўз ичига олган муддатгача ҳар бир кечиктирилган кун учун Марказий банкнинг ўша вақтда амалда бўлган қайта молиялаштириш ставкасидан келиб чиққан ҳолда фоизлар (пулли компенсация) билан бирга тўлаши шарт.
🌐Ходимга тўланиши лозим бўлган пулли компенсациянинг миқдори Марказий банк қайта молиялаш ставкасининг 10 фоизи миқдорида белгиланади.
✅Мазкур пулли компенсацияни тўлаш мажбурияти иш берувчининг ойлик иш ҳақини ёки ходимга тўланиши лозим бўлган бошқа тўловларни тўлашнинг кечиктирилишида айби бор-йўқлигидан қатъи назар юзага келади.
333-modda. Xodimga ish haqi to‘lashni va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.
Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan, xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar yuzaga keladi.
253-modda. Ish haqini to‘lash muddatlari
Xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, o‘n olti kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalari belgilanishi mumkin.
Ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi.
Xodimga tegishli bo‘lgan ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi va miqdori boshqa to‘lovlarni amalga oshirishga hamda ularning navbatiga bog‘liq qilib qo‘yilmasligi kerak.
Ish beruvchi xodimning so‘roviga ko‘ra uni ish beruvchi tomonidan xodimning ish haqini hisob-kitob qilish chog‘ida amalga oshirilgan hisoblashlar va ushlab qolishlar to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Ish beruvchi ish haqini to‘lash kechiktirilganligi uchun xodim oldida ushbu Kodeksning 333-moddasida belgilangan miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.
*🚗Agar boshqa mashina aybi bilan YTH sodir bo‘lib, sizning mashinangizga zarar yetgan bo‘lsa, ammo aybdor shaxs zararni ixtiyoriy to‘lamayotgan bo‘lsa, bu masalani qanday hal qilish kerakligini bilasizmi?*
⚖️ "Biznes Darcha" platformasida tajribali huquqshunoslardan maslahat oling!
📔Tegishli sudga murojaat qilish va o‘z haq-huquqlaringizni qanday himoya qilish bo‘yicha mutaxassis javobini tez va qulay shaklda sotib oling. Ariza namunalari va boshqa ma'lumotlar arzon va ishonchli! 💼
👉 Endi murojaat qiling va muammoni hal qiling:
bd.dt.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting, ''Savol-javoblar'' bo‘limidan foydalanib, 000367-sonli ID raqamini kiritib, tez va oson sotib oling.
📌 Shuningdek, barcha uchun foydali tekin savol-javoblar ham mavjud!
*⁉️Assalomu alaykum. Men 2022 yil kelin bo’lib tushganman. O’zim bilan birga mebellar, uy jihozlari, tilla buyumlarni kelinlik uyimga olib borganman.Ajrashganimizga 2 oy bo’ldi. Narsalarni olish uchun borganimda qaynonam haydab soldi. Narsalarni qanday olsam bo’ladi?*
JAVOB:
⏏️Fuqarolik kodeksning 228-moddasiga asosan mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli (vindikatsiya).
Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga asosan Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratligi, mulk huquqi muddatsizligi belgilab qo‘yilgan.
🛡Fuqarolik kodeksining 231-moddasiga asosan mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi mumkinliki belgilangan.
"Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuning 21-moddasiga asosan mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga ko‘maklashishi shartligi keltirilgan.
☑️Yuqoridagi asoslarga ko‘ra siz mulkdorsiz va uni har qanday holatda talab qilib olishga haqlisiz. Mazkur holatda siz mulkdor bo‘lmagan shaxsdan majburiy tartibda sud orqali olishingiz mumkin. Muammo yuzasidan da’vo arizasi📄 hamda professional advokat yordami ⚖️ kerak bo’lsa @Advokat_Attorney va @MrSolicitor_SS ga murojaat qiling.
Yer solig‘i
2024-yil uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha yer solig‘i hisob-kitob shakllari joylashtirildi
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.
(hisobot shakli 10503_12)
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 1-mayidan kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉Soliq kodeksi 431-modda
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉Soliq kodeksi 429-modda
Soliq toʻlash muddatlari:
▪️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▪️hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.**
👉Soliq kodeksi 432-modda
Soliq summasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
Soliq qo‘mitasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga hamda dehqon xo‘jaliklariga yer solig‘ini hisoblash uchun yerlarning normativ qiymatlari to‘g‘risida xabarnoma yuborilmoqda.
Ma’lumot uchun, soliq to‘lovchilar yer uchastkalarining normativ qiymatlari bilan soliq.uz sayti orqali tanishishi mumkin.
—————
Manba
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ҳарбий тузилмаларига контракт бўйича Ҳарбий хизматга номзодларни саралаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 8-банди ўз кучини йўқотган деб топилди.
Яъни юқоридаги чекловлар олиб ташланди!!!!
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 год, 2 месяца назад
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 месяц, 3 недели назад
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 месяц назад