Gulnoza LOGOPED

Description
BEPUL KANAL
O’zbek tilida logopedik kanal.
Kanalda ishlash jarayoni, logopedik darslar, kitoblar va kurslarni o’rganasiz
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

Maqola

Nutqsiz bola bilan muloqot qilishda tavsiyalar

1. Atrofdagi hodisalarni, o’z harakatlaringizni, bola bilan sodir bo’layotgan jarayonlarni sharhlab turing. Masalan: “Assalom, sen uyg’onding. Hommomga yur. Yuvinasan” yoki “Eshit. Bu bolg’a. Taq-taq. Qo’shni ta’mirlayapti.
2. Nutqiy sharhlash bola diqqatini ortiqcha toliqtirmasligi kerak. Nutqiy materialni me’yorlab bolaga taqdim qilish kerak. O’zingizni eslatma yozmoqchi odamdek tuting. Eng muhim jarayon, narsa va hodisani sharhlang. Masalan: “Mana daraxt (qisqa pauza). Baland daraxt(yana qisqa pauza). Ana uya(pauza). Uyada qush.(pauza). Qani qush? Ko’rsat!  Agar bolada nutqni tushunishda qiyinchiliklar bo’lsa nutqiy materialar yanada qisqa bo’lishi kerak. Tungi uyqudan avval cho’milish jarayonida shunday sharhlash mumkin: “Suv. Suv oqyapti. O’rdak. Rezinali. Shunday qilib, atrofdagi hodisalarni nutqiy sharhlash bu katta yoshdagi odamning qo’shma gaplardan tuzilgan bog’langan nutqi emas, qisqa nutqiy “izoh”lar ko’rinishida bo’lishi kerak.
3. Faqat ob'ektlarni emas, balki harakatlarni ham nomlang.  Masalan: “Bu kalit.  Temir kalit.  Temirdan yasalgan.  Uni qo'lingga qo'y.  Sovuq.  Kalit eshikni ochadi.  Kalit tushib ketdi."
4. Bolaga qaratilgan nutq emotsional bo’lishi, tembr, intonatsiya o'zgaruvchan bo’lishi, baland ovoz bilan, aniq, vaqti-vaqti bilan bo'rttirilgan artikulyatsiya bilan bo'lishi kerak.  Aynan mana shunday nutq bolaning reaktsiyasini faollashtiradi va uni siz bilan ko'z bilan kommunikativ aloqa o'rnatishga undaydi.  Bolaning kattalarning og'ziga qarashi juda muhim, lekin bolaning yuzini kuch bilan aylantirmang yoki baqirmang: "Menga qara".  Lablaringizni yorqin lab bo'yog'i bilan bo'yashingiz, shlyapa yoki parik, katta sirg'a va boshqalardan foydalanishingiz mumkin
5. Nutqni tushunish buzilishi bo'lgan bolalar uchun nutqni imo-ishoralar bilan mustahkamlash, shuningdek, tushunishni yaxshilash uchun ob'ektlar yoki fotosuratlardan foydalanish kerak.  Misol uchun, agar bola g'azablansa va sizni urishni xohlasa (agressiya ko'pincha gapirmaydigan bolaning xatti-harakatlariga hamroh bo'ladi va tabiiy reaksiya bo'lib, siz bolaning g'azablanishini taqiqlay olmaysiz, bu negativlikni oshiradi va sizni urish istagini yanada ko’paytiradi. G’azabning mumkin bo'lgan namoyon bo'lishi chegaralarini aniq belgilash kerak), qisqacha ayting: "To'xta!  Men bilan ursha olmaysan" va bolaning oldiga yostiq qo'ying.  Ayniqsa, tuyg'ular jo’sh urib turgan paytida, bolaga berilgan nutq shaklini kuzatish kerak.  Nutq salbiy his-tuyg'ular fonida ham paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun bolaga ma'ruza qilish emas, balki aniq va qisqacha gapirish kerak.  Farzandingizni tashqariga olib chiqishni xohlasangiz, qisqacha “Kel, sayrga chiqamiz” deb ayting va bolaga ko’cha yoki bolalar maydonchasi suratini ko'rsating.
6. Bitta predmet yoki hodisa uchun aynan bir nutqiy materialdan  doim foydalaning, bola chalg’imasligi uchun boshqasidan usha predmet yoki hodisa uchun foydalanmang.  Zinadan tushish uchun o’p-o’p tovush taqliddan foydalangan bolsangiz har doim zinadan tushish vaqti shu tovush taqliddan foydalaning. Nutq chiqarish bosqichida  ichimlik suvini ham, daryoni ham, ko’lmakni ham “suv” deb nomlash mumkin. Shu kabi “pufla” fe’li orqali shag’am o’chirishni ham, paxtani, patni va yaproqni puflashni ham buyuriladi.
7. Gap tuzish jarayonida “subyekt+harakat+obyekt” sxemasidan foydalaning. Masalan “kuchuk yuguryapti”, “men idish yuvyapman”. Nutqsiz bola bilan muloqotda qiyin so’z birikmalaridan,  maqol va metaforalardan foydalanmang.
8. Boladagi faollikni doimo rag’batlantiring. U gapirishga tayyorligini sezsangiz biroz gapirishdan to’xtab uni gaprishini kuzating va eng kichik faollik uchun ham rag’batlantiring.

2 months, 1 week ago

Bepul ota onalar uchun jonli efirda 30daqiqadan keyin hammani kutaman❤️

5 months ago
5 months ago

29-dagi neyroforumga yozilish uchun

@nnnshuhratovna

@nnnshuhratovna

@nnnshuhratovna

5 months ago
5 months ago
5 months ago
5 months ago
5 months, 1 week ago

@x_gulnoza_s
Mani lichkam qizla
Rinolaliya boyicha yozila
300.000
15tagina joy
Amaliy nazariy o’rgatadila ustozim❤️

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago