Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Matryona birin-ketin yodiga tusha boshladi. Matryonaning bolalarga. munosabatini, ularni yetimxonaga olib borib topshirish usulini va ochlikdan ular holatga yetgan, eski kiyimdagi oriq, irjaygan bolani esladi: mehnat bilan horib charchab, och sigirga koʻz quloq boʻla olmaganligi uchun Nexlyudovga tekinga ishlab berishga majbur etilayotgan xomilador zaif xotin esiga tushdi. Ayni shu mahal qamoqxonani, sochi kirib olingan boshlarni, qoʻlansa hidni, kishanlarni va ana shular bilan bir qatorda, barcha shahar va poytaxtdagi hayotni, oʻzining aqliga sig’mas darajadagi hashamatli hayotini esladi. Hammasi ochiq-ravshan, tushunarli edi.
P.s bosh qahramon Nexlyudov tomonidan oʻylanayotgan fikrlar
P.s.s Tolstoy top🙌. Unga nega Nobel berilmaganini his qilyapman…
“Chilonzordan chilonzorgacha”,- deb atayman bu sayohatimni)
Oʻzi sof toʻppa-toʻgʻri yozishni juda-juda yaxshi koʻraman.
Lekin
Kelishingiz
Qilishingiz
Niyatlaringiz
Kuningiz deb yozishni oʻrniga kelishiz, qilishiz, niyatlariz, kuniz deb yozarkanman.
Sabab, litsey paytida, bir ustozimiz -ngiz deb gapirganda kulgandik. Oʻsha-oʻsha -ngiz, -ingizni qoʻshsam hijolat boʻlaman momasini emsin.
Kamroq xohlash san'ati
Yoshligida odam qanchalar hotirjam, beg'am va tinch bo'lishini sababi nimada deb o'ylaysiz? Men buni xohishlar va kutilmalarni kamroq bo'lganida deb o'ylayman. Yoshligimda oddiy narsalardan juda xursand bo'lardim va bu ancha uzoq vaqtga cho'zilar edi. Albatta, yoshlikda mas'uliyat anchagina kamroq bo'lgan va ulg'aygach yelkaga tushadigan turli mas'uliyatlar hayotimizni biz uchun ma'nosini shakllantiradi. Lekin, ulkan mas'uliyatlar beradigan bosim har doim ham bizni baxtli bo'lishdan to'sib qololmaydi...
Kamroq xohlash - baxtga yetishning eng yaqin (balki yagona) yo'li. Zamonaviy dunyoda biz juda ko'p narsalar borligini bilamiz, har xil gadjetlar, mashinalar, va millionlab turdagi boshqa sotib olsa bo'ladigan narsalar. Biz o'qiymiz, ishga joylashamiz, pul topib boshlagach esa shu narsalarni birma bir sotib olishni boshlaymiz. Biz juda ulkan iste'molchilarmiz, butun dunyoni sotib olgimiz, cheksiz kuch-qudratga, boshqalar ustidan hukmronlikka erishgimiz keladi. Eng achinarlisi, biz hech qachon xohlashdan to'xtamaydiganga o'xshaymiz. Ichish va chekishga o'rganib qolganlarning tanasi ham alkogol yoki nikotin istemoliga o'rganib qolgan, avvalgidek kam miqdorlar qoniqtira olmaydigan bo'lib qoladi. Sotib olish bilan ham xuddi shu jarayon yuz beradi, biz hech qachon xohishlarimizni ularni qoniqtirish orqali tugatolmaymiz, baribir ko'nglimiz to'lmasligi mumkin qancha harakat qilsak ham.
Kamroq xohlasak-chi? Kamroq narsalar sotib olishni boshlasak, eskilari bilan birba-bir xayrlashihni boshlasak bizni mental salomatligimiz va o'zimizni qanchalik baxtli his qilishimiz osha boshlaydi. Albatta, bu bilan harakatdan to'xtash kerak demoqchi emasman, Aristotelning "evdemonia" haqidagi fikrlariga ko'ra baxt o'z ustida ishlashdan ham keladi. O'zini boshqalar bilan taqqoslash, ularda bor narsalarni ham albatta o'zida ham bo'lishini xohlash insonni baxtsiz his qilishiga olib keladi. Muvaffaqiyatli biznesi millionerning atrofidagi hamma milliarder bo'lsa, u yana baxtsiz his qila boshlashi mumkin o'zini.
Baxtli bo'lish uchun sport bilan shug'ullaning, lekin chiroyli tana yoki boshqalarni e'tibori haqida o'ylamang, yaxshiroq kadr bo'lishga harakat qiling, lekin uy va mashina sotib olish haqida o'ylamang, tabiat bilan uy'g'un bo'ling. Xudoni masjid-cherkovlarda, sinagoga yoki budda maqbaralaridan izlamang, u o'zini tog'lar va o'rmonlar, dengiz va ko'llarda ko'rsatadi. Kamroq xohlang, ko'proq baxtli bo'lasiz.
Jakha bilan 2021-yillarda bir iqtibosni oʻzimizga hayot shiori deb olgandik.
Ramantik boʻlishma, Saqani qilish.
Lekin, “Ramantik boʻlishib qilsakchi shu saqani”,- degan fikr oʻtgan yililarda keldi hayolga?
Olimpiadadagi bu natija shunchaki shedevr doʻstlar. Esimda, Rio-2016 ni umuman qoldirmay koʻrgandim. Zoʻr natija boʻlgandi. Vatanimni shunchalar yaxshi koʻrib ketgandimki, u meni hali haligacha bezovta qilib turadi. Aytishlaricha, Sobiq Prezident shu…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago