Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Лаа илааҳа иллаллоҳу

Description
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг "Тафсири Ҳилол", "Кифоя", "Сунний ақийдалар" ва бошқа кўплаб асарларига муҳаррирлик қилган филология фанлари номзоди, адабиётшунос олим, шоир ва ҳануз толиби илм Шаҳобиддин Одилнинг шахсий канали
Advertising
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @Qoraxabar_aloqabot

☎️Реклама: @Qoraxabarda_reklama

Last updated hace 1 mes, 3 semanas

Расмий «ПАТРУЛ УЗ» каналига хуш келибсиз!

Фақат янги, долзарб мавзулар!

Инстаграм: http://Instagram.com/Patruluz

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: @Patrul_Aloqa_bot

Реклама: @Patrul_Admin

Last updated hace 3 semanas, 1 día

Тезкор янгиликлар фақатгина
@OPER_UZ 👈🏻да

Воқеа ва ходисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз👇🏻
@oper_uz_bot 👈🏽
Реклама учун 👉🏻 @oper_admin

Last updated hace 13 horas

1 month, 2 weeks ago

📚📖*📚DUNYOGA ALDANIB QOLMASLIK UCHUN TAQVONI O'RGANISH LOZIM!*

Dunyo hayoti bizni aldab qo'ymasligi uchun **gunoh qilishdan qo'rqishni, ya'ni TAQVOni o'rganishimiz kerak.

Ro'za tutishdan asosiy maqsadimiz ham shu, aslida.

Chunki, Alloh taolo bizga ro'zani farz qilganida shunday deb marhamat qilgan:
لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
"...SHOYADKI, TAQVODOR BO'LSANGIZ."("Baqara" surasi, 183-oyat) Har bir inson qalbida shoh ham bo'lishi mumkin va qul ham...

Qachonki, inson aqliga va qalbiga bo'ysunib yashasa, shoh sanaladi.

Agar inson nafsiga bo'ysunib yashasa, qalbiga va aqliga quloq solmasa, u qul hisoblanadi.

Yana ham aniqroq aytsak, qaysi inson Alloh taologa chinakam qullik qilolsa, o'z nafsiga shoh bo'ladi.

Bunday holatga esa faqat TAQVO bilan erishiladi.

Alloh taologa qullik qilolmagan inson esa, garchi o'zini erkin, hur hisoblasa ham va qullari ko'p podshoh yoki qirol bo'lsa ham, aslida, o'zi nafsiga qul bo'ladi...

Bunday inson, albatta, taqvo nimaligini tushunmaydi.

RO'ZA TUTISHDAN MAQSAD ESA, AQLI VA QALBI BILAN SHAYTONGA VA NAFSIGA QARSHI TURIB, ALLOH TAOLOGA HAQIQIY BANDALIK QILISHNI O‘RGANISHDIR.**@laa_ilaaha_illallohu

1 month, 2 weeks ago

**يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ

Ey odamlar! ALBATTA, ALLOHNING VA'DASI HAQDIR. BAS, DUNYO HAYOTI SIZNI ALDAB QO'YMASIN. O'ta aldoqchi sizni Alloh xususida aldab qo'ymasin.("Fotir" surasi, 5-oyat) Ya'ni, Alloh taolo Qur'oni Karimda bandalariga qanday va'da bergan bo'lsa, hammasi albatta U Zot aytganidek bo'ladi: mukofot ham, jazo ham.

”O'ta aldoqchi sizni Alloh xususida aldab qo'ymasin", degani shayton haqida aytilgan.

Darhaqiqat, shayton insonlarni aldash uchun ming turlik nayranglar o'ylab topadi...

Alloh taolo xususida esa "Alloh–mehribon Zot. Uncha-muncha gunohingni kechiraveradi. Shuning uchun yoshligingda o'ynab qol. Bemalol aysh-ishrat qilaver. Keksayganingda bitta tavba qilsang, bo'ldi..." deb aldaydi.

Shuning uchun ham Alloh taolo avvalo "dunyo hayoti sizni aldab qo'ymasin"
deb ogohlantiryapti.**@laa_ilaaha_illallohu

1 month, 2 weeks ago

 *📚*📖📚ALLOH TAOLONING VA'DASI HAQDIR!

  1. Mo'min inson o'zida bor ne'matlarga shukr qilib, sabr qilib, har bir holida ham ”ALHAMDULILLOH" deb yursa, Alloh taolo unga berayotgan ne'matlarini ko'paytirib beradi.

وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ

Va Robbingizning «Qasamki, AGAR SHUKR QILSANGIZ, ALBATTA, SIZGA ZIYODA QILURMAN. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», – deb e'lon qilganini ham eslang».("Ibrohim" surasi, 7-oyat) Kufr keltirganlarga esa
shiddatli azob berishi ham haqdir....

  1. Qaysi bir mo'min "Laa ilaaha illalloh", "Subhaanalloh",
    "Allohu Akbar" kabi kalimalar bilan Alloh taoloni eslab–zikr qilib yursa, Robbul olamiyn o'sha bandasini yaxshi ko'radi.

فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ وَاشْكُرُوا لِي وَلَا تَكْفُرُونِ

Bas, MENI ZIKR QILING, SIZNI ESLARMAN. Va Menga shukr qiling, kufr keltirmang.("Baqara" surasi, 152-oyat) Oyatda "sizni eslarman" deb kelgan iboraning ma'nosi shuki, Alloh taoloni har doim eslab–zikr qilib yurgan bandasini U Zot yolg'iz, himoyasiz tashlab qo'ymaydi. Robbini eslab–zikr qilib yurgan bandasi biror muammoga duch kelib qolsa, Robbul olamiyn unga so'ramasa ham
yordam beraveradi.

  1. Qachonki banda Robbiga chin dildan duo qilib, hokisorlik bilan tilagini so'rasa, Alloh taolo uning duosini albatta ijobat qiladi.

وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ

Robbingiz: «MENGA DUO QILING, SIZGA IJOBAT QILURMAN. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», – dedi.("G'ofir" surasi, 60-oyat) Robbiga duo qilishdan kibri to'sganlar esa, jahannamga ham xor-zor holda ravona bo'lishadi.

  1. Mo'min banda har doim istig'for aytib, o'zi bilgan-bilmagan, qilgan-qilmagan gunohlari uchun tavba qilib yursa, Alloh taolo u bandasini aslo azoblamaydi, xorlikda tashlab qo'ymaydi.

وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنتَ فِيهِمْ وَمَا كَانَ اللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. MODOMIKI, ULAR ISTIG'FOR AYTAR EKANLAR, ALLOH ULARNI AZOBLOVCHI EMAS.("Anfol" surasi, 33-oyat) "Modomiki, sen ularning ichida ekansan" degan jumlaning bir ma'nosi sahobalarga oid va yana bir ma'nosi shuki, Qiyomatgacha keluvchi mo'minlardan kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashib, og'ishmay amal qilib yursa, bunday bandalarini ham Alloh taolo hech azoblamaydi.**@laa_ilaaha_illallohu

1 month, 3 weeks ago

#RUHIYAT *📝 GUNOHDA O'LMA NOGOH
(
o'zimga xitob) *Hayot emas o'yingoh,
Ko'zing och, bo'lgil ogoh,
Aysh-u ishratdir gunoh,
Gunohda o'lma nogoh!

Mehmonxona bu dunyo,
Parvo qilmassan, ammo,
Barcha ko'rganing ro'yo,
Sen uchun rohat go'yo.

G'aflat-la kun o'tmoqda,
Seni ajal kutmoqda.
Ruhing savol tutmoqda:
Qolasanmi botqoqda?

Qilib nafsingga rag'bat,
Sen ko'rganing har "rohat"–
Kayf-u safo va shahvat,
Asli g'aflatdir, g'aflat.

Tavba qilmasang hamon,
Senga hamrohdir shayton.
So'ng qilsang ming pushaymon,
Foyda bermaydi, nodon.

Aqling ishlat, ey, g'ofil,
Iymoning g'animat bil,
Qiyomatda yo'q kafil,
Vaqt borida tavba qil.

Yetar xayol surganing,
Najas aro turganing,
Harom-harish yurganing,
Umringni sovurganing.

Chekib afsus, nadomat:
"Tavbani qilsam odat,
Qolarmidim salomat"–
Nafsing qilar malomat...

Jon kelmasdan bo'g'izga,
Yolbor nafs, Robbimizga:
Tavba nasib et bizga–
Bechora-yu ojizga.

G'aflatlarim uchir, Sen,
Gunohlarim kechir, Sen,
Xatolarim o'chir, Sen,
Ruhim Ko'kka ko'chir, Sen...

Mahsharda ham ber najot,
Hasratlarim o'tga ot,
Jannatda et barhayot,
Ey, qudrati cheksiz Zot!

🕊Shahobiddin Odil****@laa_ilaaha_illallohu

1 month, 3 weeks ago

#РУҲИЯТ *📝 ГУНОҲДА ЎЛМА НОГОҲ
(
ўзимга хитоб) *Ҳаёт эмас ўйингоҳ,
Кўзинг оч, бўлгил огоҳ,
Айш-у ишратдир гуноҳ,
Гуноҳда ўлма ногоҳ!

Меҳмонхона бу дунё,
Парво қилмассан, аммо,
Барча кўрганинг рўё,
Сен учун роҳат гўё.

Ғафлат-ла кун ўтмоқда,
Сени ажал кутмоқда.
Руҳинг савол тутмоқда:
Қоласанми ботқоқда?

Қилиб нафсингга рағбат,
Сен кўрганинг ҳар "роҳат"–
Кайф-у сафо ва шаҳват,
Асли ғафлатдир, ғафлат.

Тавба қилмасанг ҳамон,
Сенга ҳамроҳдир шайтон.
Сўнг қилсанг минг пушаймон,
Фойда бермайди, нодон.

Ақлинг ишлат, эй, ғофил,
Иймонинг ғанимат бил,
Қиёматда йўқ кафил,
Вақт борида тавба қил.

Етар хаёл сурганинг,
Нажас аро турганинг,
Ҳаром-ҳариш юрганинг,
Умрингни совурганинг.

Чекиб афсус, надомат:
"Тавбани қилсам одат,
Қолармидим саломат"–
Нафсинг қилар маломат...

Жон келмасдан бўғизга,
Ёлбор нафс, Роббимизга:
Тавба насиб эт бизга–
Бечора-ю ожизга.

Ғафлатларим учир, Сен,
Гуноҳларим кечир, Сен,
Хатоларим ўчир, Сен,
Руҳим Кўкка кўчир, Сен...

Маҳшарда ҳам бер нажот,
Ҳасратларим ўтга от,
Жаннатда эт барҳаёт,
Эй, қудрати чексиз Зот!

🕊Шаҳобиддин Одил**✍**

@laa_ilaaha_illallohu

1 month, 3 weeks ago

https://telegra.ph/HAR-KUNGI-ZIKR-VA-DUOLAR-01-02-2 Har kungi zikr va duolarimizni Ramazon oyida yanada ko'proq ixlos bilan davom ettiraylik. Zero, bu oyda qilingan har bir xayrli amalning savobi, barakasi juda ulug'dir.@laa_ilaaha_illallohu

Telegraph

📚📖📚HAR KUNGI ZIKR VA DUOLAR 

1. Uyqudan turgan zahoti o‘qiladigan duo. الحَمْدُ لله الذِي أحْيَانا بَعْدَ مَا أمَاتَنَا وإلَيْهِ النَشُور «ALHAMDU LILLAAHILLAZIY AHYAANA BA’DA MAA AMAATANAA VA ILAYHIN NUSHUUR.» OTAMIZ ODAM ALAYHISSALOMNING ILK KALOMLARI "ALHAMDULILLOH" BO‘LGAN. Biz ham…

2 months ago

#РУҲИЯТ *📝* БАҲОР

Телмурар кўзларим зор,
Қўрқар ёш қалбим менинг,
Алдама мени баҳор,
Ҳазон фаслинг бор сенинг!

Кўзларимдан тўкиб ёш,
Ёлбораман куну тун.
Эгилмасин мағрур бош,
Дея чўчийман бу кун.

Аммо, телба қалб мудом
Гўзалликка ташнадир.
Ўткинчи деб билса ҳам,
У баҳорга ошнадир.1979й. 🕊Шаҳобиддин Одил****@Shahobiddin_Odil

2 months ago

#RUHIYAT *📝* NAVRO'Z

Jilmayib ko'kda quyosh
Mehrin sochar damodam,
Kiyib yam-yashil libos,
Orolanadi olam.
Boychechak ibo bilan,
Chiqib kelmoqda hayron.
Desam asta: "Qay tomon?"
Deydi: "Navro'z kelganmish!"

Mudrab, esnab, uyg'onib,
Xo'rsinar kurtakchalar.
Biri birisin turtib,
Shivirlab qo'yar barglar.
Oppoq, pushti gulchalar
Nurlardan taqishib zar,
Sho'x-shodon berar xabar:
"Go'zal Navro'z kelganmish!!"

Har gulga nishin qadab,
Asalari sargardon.
Go'zallikka intiq qalb
Sabri chidamay bu on,
Uyatchan gulga qarab,
Kuylar mast bo'lib ishqdan
Mitti bulbul–g'azalxon:
"Gulim, Navro'z kelganmish!!!"

"Oh ,–deydi keksa chinor–
Yilda bir aldab netar?
"Manguman" deb u takror
Ishonching toptab ketar.
Yo'qmi aldamchilikdan
Bo'lak unga tuzuk ish?
Tunov yil ham aldagan
Navro'z yana kelganmish!!!!!!!"1972y. 🕊Shahobiddin Odil****@Shahobiddin_Odil

2 months ago

#РУҲИЯТ

📝 **НАВРЎЗ

Жилмайиб кўкда қуёш
Меҳрин сочар дамодам,
Кийиб ям-яшил либос,
Ороланади олам.
Бойчечак ибо билан,
Чиқиб келмоқда ҳайрон.
Десам аста: "Қай томон?"
Дейди: "Наврўз келганмиш!"

Мудраб, эснаб, уйғониб,
Хўрсинар куртакчалар.
Бири бирисин туртиб,
Шивирлаб қўяр барглар.
Оппоқ, пушти гулчалар
Нурлардан тақишиб зар,
Шўх-шодон берар хабар:
"Гўзал Наврўз келганмиш!!"

Ҳар гулга нишин қадаб,
Асалари саргардон.
Гўзалликка интиқ қалб
Сабри чидамай бу он,
Уятчан гулга қараб,
Куйлар маст бўлиб ишқдан
Митти булбул–ғазалхон:
"Гулим, Наврўз келганмиш!!!"

"Оҳ ,–дейди кекса чинор–
Йилда бир алдаб нетар?
"Мангуман" деб у такрор
Ишончинг топтаб кетар.
Йўқми алдамчиликдан
Бўлак унга тузук иш?
Тунов йил ҳам алдаган
Наврўз яна келганмиш!!!!!!!"1972й. 🕊Шаҳобиддин Одил****

@Shahobiddin_Odil

2 months, 1 week ago

@laa_ilaaha_illallohu

Telegraph

📚📖📚HAR KUNGI ZIKR VA DUOLAR 

1. Uyqudan turgan zahoti o‘qiladigan duo. الحَمْدُ لله الذِي أحْيَانا بَعْدَ مَا أمَاتَنَا وإلَيْهِ النَشُور «ALHAMDU LILLAAHILLAZIY AHYAANA BA’DA MAA AMAATANAA VA ILAYHIN NUSHUUR.» OTAMIZ ODAM ALAYHISSALOMNING ILK KALOMLARI "ALHAMDULILLOH" BO‘LGAN. Biz ham…

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @Qoraxabar_aloqabot

☎️Реклама: @Qoraxabarda_reklama

Last updated hace 1 mes, 3 semanas

Расмий «ПАТРУЛ УЗ» каналига хуш келибсиз!

Фақат янги, долзарб мавзулар!

Инстаграм: http://Instagram.com/Patruluz

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: @Patrul_Aloqa_bot

Реклама: @Patrul_Admin

Last updated hace 3 semanas, 1 día

Тезкор янгиликлар фақатгина
@OPER_UZ 👈🏻да

Воқеа ва ходисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз👇🏻
@oper_uz_bot 👈🏽
Реклама учун 👉🏻 @oper_admin

Last updated hace 13 horas