?КАТТАЛАР УЧУН!
?Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @Qoraxabar_aloqabot
☎️Реклама: @Qoraxabarda_reklama
Last updated 2 months ago
Расмий «ПАТРУЛ УЗ» каналига хуш келибсиз!
Фақат янги, долзарб мавзулар!
Инстаграм: http://Instagram.com/Patruluz
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: @Patrul_Aloqa_bot
Реклама: @Patrul_Admin
Last updated 2 weeks, 3 days ago
Тезкор янгиликлар фақатгина
@OPER_UZ 👈🏻да
Воқеа ва ходисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз👇🏻
@oper_uz_bot 👈🏽
Реклама учун 👉🏻 @oper_admin
Last updated 1 week, 2 days ago
#RUHIYAT *📝* DUO
"Duo qiling, etgum ijobat..."
Haqqning so‘zi har vaqt erur haq!
Ammo duo bo‘lsin ibodat,
Iymon, ixlos bo‘lsinlar barhaq!
Haqqning haqqin aylangiz ado,
Amal qiling Kitobiga ham,
Rasuliga bo‘lingiz fido,
Sunnatini ushlangiz mahkam!
Quvib soling shayton zotini,
Chin dushmanga qilmangiz shafqat,
Gar qilsangiz jannat yodini,
Unga loyiq bo‘lingiz albat!
Gunohlardan tiyiling tamom,
Tayyor turing har vaqt o‘limga,
Tergab turing nafsingiz har on,
Shukur qiling har bir damiga!
Ibrat oling o‘likdan hatto,
Tiriltiring o‘lik qalblarni!
Shunday qalb-la qilingan duo,
Qaytaradi albat qadarni...
🕊Shahobiddin Odil✍****@laa_ilaaha_illallohu
#РУҲИЯТ *📝* ДУО
"Дуо қилинг, этгум ижобат..."
Ҳаққнинг сўзи ҳар вақт эрур ҳақ!
Аммо дуо бўлсин ибодат,
Иймон, ихлос бўлсинлар барҳақ!
Ҳаққнинг ҳаққин айлангиз адо,
Амал қилинг Китобига ҳам,
Расулига бўлингиз фидо,
Суннатини ушлангиз маҳкам!
Қувиб солинг шайтон зотини,
Чин душманга қилмангиз шафқат,
Гар қилсангиз жаннат ёдини,
Унга лойиқ бўлингиз албат!
Гуноҳлардан тийилинг тамом,
Тайёр туринг ҳар вақт ўлимга,
Тергаб туринг нафсингиз ҳар он,
Шукур қилинг ҳар бир дамига!
Ибрат олинг ўликдан ҳатто,
Тирилтиринг ўлик қалбларни!
Шундай қалб-ла қилинган дуо,
Қайтаради албат қадарни...*🕊*Шаҳобиддин Одил✍
#RUHIYAT *📝 GUNOHDA O'LMA NOGOH (o'zimga xitob) *Hayot emas o'yingoh,
Ko'zing och, bo'lgil ogoh,
Aysh-u ishratdir gunoh,
Gunohda o'lma nogoh!
Mehmonxona bu dunyo,
Parvo qilmassan, ammo,
Barcha ko'rganing ro'yo,
Sen uchun rohat go'yo.
G'aflat-la kun o'tmoqda,
Seni ajal kutmoqda.
Ruhing savol tutmoqda:
Qolasanmi botqoqda?
Qilib nafsingga rag'bat,
Sen ko'rganing har "rohat"–
Kayf-u safo va shahvat,
Asli g'aflatdir, g'aflat.
Tavba qilmasang hamon,
Senga hamrohdir shayton.
So'ng qilsang ming pushaymon,
Foyda bermaydi, nodon.
Aqling ishlat, ey, g'ofil,
Iymoning g'animat bil,
Qiyomatda yo'q kafil,
Vaqt borida tavba qil.
Etar xayol surganing,
Najas aro turganing,
Harom-harish yurganing,
Umringni sovurganing.
Chekib afsus, nadomat:
"Tavbani qilsam odat,
Qolarmidim salomat"–
Nafsing qilar malomat...
Jon kelmasdan bo'g'izga,
Yolbor nafs, Robbimizga:
Tavba nasib et bizga–
Bechora-yu ojizga.
G'aflatlarim uchir, Sen,
Gunohlarim kechir, Sen,
Xatolarim o'chir, Sen,
Ruhim Ko'kka ko'chir, Sen...
Mahsharda ham ber najot,
Hasratlarim o'tga ot,
Jannatda et barhayot,
Ey, qudrati cheksiz Zot!
🕊Shahobiddin Odil✍****@laa_ilaaha_illallohu
*📚*📖📚BIR UMR TAQVO BILAN YASHASH#BIR_HADIS_SHARHI Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ba'zi ro'zadorlar borki, ularga ro'zasi uchun ochlikdan o'zga narsa bo'lmas. Ba'zi tunda bedor bo'lgan borki, ularga bedorligi uchun uyqusizlikdan o'zga narsa bo'lmas», dedilar».(Ibn Moja, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar) Kim butun umr ro'za tutsa ham, taqvoni–Alloh taolodan chinakamiga qo'rqishni o'rganmasa, ro'zador paytida ham gunohlardan tiyila olmagan bo'lsa, demak, maqsadiga yetisha olmabdi.
Kim butun umr kechalari bedor bo'lib, ya'ni uxlamasdan ibodat qilib chiqsa-yu, xato ishlarini to'xtatmagan, gunohlaridan astoydil tavba qila olmagan bo'lsa, uyqusizlik bilan qiynalganlari bekor ketibdi.
SIZ-U BIZNING YIL BO'YI NAFL RO'ZA TUTISHIMIZ YOKI BUTUN UMR KECHALARI UYQU O'RNIGA NAFL NAMOZLAR O'QIB CHIQISHIMIZ DINDA BUYURILMAGAN AMALDIR.
BA'ZI IBODATLARNING SAVOBI ULUG'LIGI BOR GAP. AMMO, NAFL NAMOZLAR VA NAFL RO'ZALAR BILAN HAMMA GUNOHLARIMDAN QUTULIB OLARKANMAN, DEB G'AFLATDA QOLMANG!
HATTOKI, FARZ BO'LGAN RAMAZON RO'ZASINI TO'LIQ TUTSAK, KECHALARI TAROVIHDA QOIM TURSAK VA QADR KECHASINI TOPSAK HAM, O'N MARTALAB HAJJ VA UMRALAR QILSAK HAM, BILIB-BILMAY QILGAN GUNOHLARIMIZGA ASTOYDIL TAVBA QILMAGUNIMIZCHA, IBODATLARIMIZDAN MAQSAD FAQAT ALLOH TAOLONING ROZILIGINI TOPISH BO'LMAGUNCHA, MASHAQQAT CHEKIB QILGAN AMALLARIMIZ SAMARASIZ BO'LISHI ANIQ.
Zero, Alloh taoloning roziligini istasak, avvalo, iymonimizda rostgo'y bo'lishimiz shart.
Bu nima degani?
IYMONDA ROSTGO'Y BO'LISH–ALLOH TAOLONING RAHMATIDAN UMIDVOR BO'LIB VA AYNI PAYTDA G'AZABIDAN QO'RQIB YASHASHDIR.
Mana shu holat asl taqvodir.
HAQIQIY MO'MIN-MUSULMON
–ALLOH TAOLOGA VA U ZOT BUYURGAN BARCHA NARSALARGA QAT'IY IYMON KELTIRADI, SHARIATGA TO'LIQ AMAL QILISHGA QO'LIDAN KELGANICHA HARAKAT QILADI VA BILIB-BILMAY QILIB QO'YGAN GUNOHLARI, XATO-KAMCHILIKLARI UCHUN TINMAY ISTIG'FOR AYTIB YURADI.
TAQVO VA TAVBA-ISTIG'FOR BUTUN UMR–HAR KUNI, HAR SOATDA HAR BIR MO'MINGA VOJIBDIR!**@laa_ilaaha_illallohu
*📚*📖📚АЛЛОҲ ТАОЛО ҲУЗУРИДАГИ ЭНГ АФЗАЛ НАМОЗ**(жума кунининг яна бир фазли)
Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: "Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: "АЛЛОҲ ҲУЗУРИДАГИ ЭНГ АФЗАЛ НАМОЗ–ЖУМА КУНИ ТОНГДАГИ НАМОЗНИ ЖАМОАТ БИЛАН ЎҚИШ", *дедилар*".
(Имом Тобароний ривояти)
Бир тафаккур қилиб кўринг: ҳадисда ҳар кунги бомдод эмас, нега айнан "жума куни тонгдаги" намоз таъкидланяпти?
**Чунки, бу ҳадис Қиёмат ҳақида хабар берилган ҳадиснинг мантиқий давомидир. Қиёматдан олдин қилишга улгурган энг охирги ишингиз ўша куни "тонгдаги намоз"ни жамоат билан ўқишингиз бўлса, қанчалар яхши!
Ўзи, умуман, бомдод намозини ҳар доим жамоат билан ўқиш афзал. Бироқ, айнан жума куни бунга янада қаттиқ аҳамият беришимиз керак экан. Чунки, бу Қиёматдан олдинги охирги солиҳ амалимиз бўлиб қолиши ҳам мумкин**.
———————————————
📚📖📚ALLOH TAOLO HUZURIDAGI ENG AFZAL NAMOZ(juma kunining yana bir fazli)
#BIR_HADIS_SHARHI
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "ALLOH HUZURIDAGI ENG AFZAL NAMOZ–JUMA KUNI TONGDAGI NAMOZNI JAMOAT BILAN O‘QISH", dedilar".(Imom Tobaroniy rivoyati) **Bir tafakkur qilib ko‘ring: hadisda har kungi bomdod emas, nega aynan "juma kuni tongdagi" namoz ta’kidlanyapti?
Chunki, bu hadis Qiyomat haqida xabar berilgan hadisning mantiqiy davomidir. Qiyomatdan oldin qilishga ulgurgan eng oxirgi ishingiz o‘sha kuni "tongdagi namoz"ni jamoat bilan o‘qishingiz bo‘lsa, qanchalar yaxshi!
O‘zi, umuman, bomdod namozini har doim jamoat bilan o‘qish afzal. Biroq, aynan juma kuni bunga yanada qattiq ahamiyat berishimiz kerak ekan. Chunki, bu Qiyomatdan oldingi oxirgi solih amalimiz bo‘lib qolishi ham mumkin.**@laa_ilaaha_illallohu
?КАТТАЛАР УЧУН!
?Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @Qoraxabar_aloqabot
☎️Реклама: @Qoraxabarda_reklama
Last updated 2 months ago
Расмий «ПАТРУЛ УЗ» каналига хуш келибсиз!
Фақат янги, долзарб мавзулар!
Инстаграм: http://Instagram.com/Patruluz
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: @Patrul_Aloqa_bot
Реклама: @Patrul_Admin
Last updated 2 weeks, 3 days ago
Тезкор янгиликлар фақатгина
@OPER_UZ 👈🏻да
Воқеа ва ходисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз👇🏻
@oper_uz_bot 👈🏽
Реклама учун 👉🏻 @oper_admin
Last updated 1 week, 2 days ago