Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Yolg'izlik bu ozodlik?
Seni ko'p tanishlaring, qarindoshlaring odamga qo'shilmaydi bu, yovvoyi muomalasi yo'q, odam bo'lmaydi bu deb o'ylashadimi? Haa... bu tanish holat.
Aslida sen shunchaki ulardan boshqachasan. Senga ularning qo'shnisi qanchaga mashina olgani umuman qiziqmas. Seni butun boshli yer sayyorasi, koinotdagi rasmlarda zarracha nuqta bo'lib ko'ringan yerdan boshqa joyda ham ongli mavjudotlar bo'lishi mumkinligi qiziqtiradi.
Do'stlar bilan yig'ilganda osh pishishini kutib o'tirganingda, hayolingda odamlar mol sutini iste'mol qilishni qachon o'ylab topishgan ekan deb o'ylab o'tirasan.
Qarindoshlarnikiga to'y yoki maraka bo'lsa borging kelmaydi. Chunki borganda sun'iy tirjaygan yuz bilan hamma bilan ko'rishib chiqishing kerak...(f** idiot)
Bugun to'yi bo'lgan kelin-kuyov uchun aytilgan "Ikki yosh baxtli bo'lsin".. O'g'il to'ylar bo'lsin" kabi tilaklar aytging kelmaydi. Chunki 1 yildan keyin uyidagi qaynona-kelin muammosi sabab ajrashgan yigitning keyingi to'yida ham xuddi shu tilaklar aytilaverishini guvohi bo'lgansan.
Senga yolg'izlik yoqsa bu yomon narsa emas. Yolg'izlikni yaxshi ko'rgan insonlar kuchli insonlar bo'ladi. Chunki ular qanday zerikmaslikni biladi.
Oqibatimiz yo'qolmasin deydigan do'stlaring, bir kun kelib foydang tegmay qolganida, umuman boshqa yuz bilan senga munosabat qilganida, vaqtingni bekor sarflaganingni tushunib yetasan.
Inson so'zlari bilan bir tiynga qimmat aslida. Xarakat barcha narsani hal qiladi. Insonni qilayotgan ishlariga qarab baho berish kerak, gapirayotgan gaplariga qarab emas.
Ba'zi odamlar bor, gaplashmasa turolmaydi. Farqi yo'q kimnidir g'iybat qiladimi, siyosatni gapiradimi, qo'shnisini sigiri tuqqanidan keyin o'zini qanday tutayotganimi...suhbatga muhtoj.
Sen esa kitob bilan ham suhbatlasha olasan. Ularni hayotida o'zingni his qila olasan. Yozuvchilar bilan, qahramonlar bilan gaplashasan.
Lekin ular seni o'ziga o'xshatmoqchi bo'ladi. Ularni gapini eshtishingni xohlashadi. Eng yomoni shuki o'zlari hayotda baxtsiz insonlar senga baxt formulasini chizib berishadi. Ular xohlaganday yashashing kerakligini istashadi.
Kuching boricha tupur. O'z yo'lingdan qolma. Sen tanlagan yo'l eng to'g'risi. Mutlaqo to'g'risi.
Keyinchalik xato qilib, o'sha xatolardan xulosa chiqara olganingni sezsang, davom etaver.
Sen uchun baxt boshqalarnikidan farq qilishi mumkin. Kim uchundir ko'zining ko'rishi baxt bo'lsa, kim uchundir kuni bo'yi sigaret chekmay, kechga borganda sigaretni qoniqib tortish baxt.
Shu uchun senga nima kerakligini sendan boshqa hech kim bilmaydi. Sen baxtli bo'lasan.
Baxtingni asra, so'z bilan ifoda etma, seni baxtli ekanligingni bir zamonlar senga formula tuzib berganlar shundoq ham sezishadi. Baxtli bo'lma, baxtni yarat do'stim!
"Elon Musk" kitobini o'qiyapman. U yozgan emas. U haqida yozishgan.
G'ayritabiiy inson ekan, hech narsadan qaytmaydigan, kitobdan boshini ko'tarmaydigan, qilaman dedimi oxirigacha boradigan xarakteri bor ekan.
Ya'ni o'ylagan narsasi haqiqatda xato yoki umuman amalga oshirib bo'lmasligini o'z ko'zi bilan ko'rmaguncha to'xtamaydigan.
U boyda, hamma narsaga puli yetadi deb o'ylardim. Yo'q u yoshlikdan shunday. Odamovi, do'stlari kam bola bo'lgan.
Qo'pol qilib aytganda, sen buni qila olmaysan degan insonlarga tupurib, hech kim ishonmasa ham harakatda davom etadigan kuchli xarakter egasi ekan.
Kitob va uning hayoti juda ham ruhlantirarkan. Oldingizga kattaroq maqsadlar qo'yishga undarkan.
Kitoblar holatingizga kuchli ta'sir qiladi. Shu sababli hadeb "psixologik travma" oladigan kitoblarni o'qiyvermasdan, positiv kitoblarni ham o'qib turing.
400 bet atrofida ekan, men esa endi 60 bet o'qidim) Tugatganda bu kitobga yana qaytamiz Xudo xohlasa.
Xo'sh, sizchi qanday kitob o'qiyapsiz?(o'qisangiz albatta)
Butun umrlik motivatsiya
- Dada,
- Ha, og'lim.
- Tarix o'qimoqchiman. Yurist bo'laman.
- Aqling yetyaptimi, qiziqyapsanmi gazini bos!
- Dada, ingiliz tili o'rganmoqchiman. Hozir til o'rganish ko'p sohalarga eshik ochar ekan.
- Aqling yetyaptimi? Qiziqyapsanmi? Gazini bos!
- Dada, kopirayterlikni o'rganmoqchiman... biroz pul ketib qolarkan...
Qiziqyapsanmi? Gazini bos! Pulidan o'ylanma, sen yaxshi o'qisang bo'ldi.
Biror narsa qilmoqchi bo'lsam hech narsaga to'sqinlik qilmagan shu vaqtgacha. Natijasi noma'lum desam ham, o'rganganing qoladi deydi.
Onam ham doim fikrimni ma'qullaganlar.
Mana hozir o'rgangan barcha narsam asqotyapti. Asta-sekin o'z yo'nalishimni topa boshlayapman.
Bilmadim nega ko'p ota-onalar o'z farzandlarini, ular xohlamagan sohaga yo'naltirib qo'yishadi. So'rasangiz hatto farzandi nimani xohlayotganini ham bilishmaydi.
U bola katta bo'lgunigacha ota-onasini fikri va ularning qarorlari bilan yashagan.
Va yana kamiga 18 ga to'lganda "katta bo'la bo'lib qolding, o'zing qaror qabul qila olmaysanmi? Shunga ham aqling yetmaydimi?" Deb koyib ham qo'yishadi.
Yosh paytingizda qiziqayotgan narsalaringizni sinab ko'ring. O'xshamasa ham hech narsa yutqazmaysiz.
Yoshingiz ulg'ayganda tavakkal qilsangizu, o'xshamasa, vaqt va pul yo'qotasiz.
Bu postni men ham qachondir dada bo'lganimda, o'zimga eslatma bo'lishi uchun yozdim)
Ungacha esa sizga ham dadamning gaplari:
Aqlingiz yetyaptimi? Qiziqyapsizmi? Gazini bosing!
2 yil oldin ochgan kanalimni topib oldim. Muhabbat haqida rosa yozgan ekanman)
O'qib o'zim hayron qoldim, nahotki shu postlarni men joylaganman deb.
Ancha o'zgardimmi? Yoki o'zimni o'zgargandek tutyapmanmi? Bilmay qoldim.
Ammo hozir barchasi boshqacha nazarimda. Tuyg'ular, fikrlar...
Balki yana 2 yildan keyin bu yozganlarim ham o'zimga g'alati tuyular. Shunday bo'lishini umid qilaman.
Sodiq bo'lmoq kerak: so'zga, majburiyatlarga, boshqalarga, o'ziga sodiqlik. Shunday boʻlish lozimki, sizni eslaganda gʻazablanishmasin...
Rad etilishdan qo'rqasizmi?
Tog'am bilan mashina bozorga chiqdik. Ish bor yordam berasan degandi, ho'p dedim.
Ijtimoiy tarmoqlar va xizmatlarini jamlagan leaflet(varaqa) tarqatishim kerak edi.
Qo'limga 400-700 atrofida varaqa tutqazdi. Bozordagi barcha odamga berib chiqasan dedi, ha oson ekanku deb o'yladim.
Bozorga kirdim. O'rtada turibman. Barchasi begona. Qotib qoldim. Hech nima qila olmadim.
Nimaga? Chunki qo'rqdim. Nimadan? Rad etilishdan. Har bir insonga gapirib aka buni oling deb chiqishim kerak edi. Pullik emas, oddiy narsaku berib qo'yish deb o'ylashingiz mumkin.
Ammo, odamlar har-hil. Oddiy bir bola bilan ishi yo'q. Tabiiyki qo'lida katta pul aylanadi ularni.
Bor boshqa ish qil, menga kerakmas, boshqa odamga bor. Shu kabi gaplar bo'lishi ehtimoli yuqori.
Ota-onam harakatlari va Xudo bergan rizq bilan, hech nimadan kamchilik yo'q katta bo'ldim.
Hech kimga yalinmasdim. Chunki, bunga ehtiyoj yo'q edi.
O'sha kuni o'zimdan qattiq ranjidim. Nahotki shu darajada zaif bo'lsam... tarqatishni boshladim.
Odamlar qiziqyapti. Nima tarqatyapsiz deb o'zlari so'rab kelishdi. Hayron qoldim. Rad etganlari ham bo'ldi. Qo'rquvimga qarshi turishni o'rgandim. Ishimda davom etdim...
Biz doim rad etilishdan qo'rqamiz. Shu sababli qilmoqchi bo'lgan ishlarimizni qila olmaymiz.
Kimnidir yaxshi ko'rasan o'ziga aytolmaysan, rad etilishdan qo'rqasan. Muammoying bor hech kimga aytolmaysan, hatto yaqinlaringa ham, chunki rad etilishdan qo'rqasan.
Ba'zida hech nimani o'ylamasdan, boricha harakat qilib ko'rish kerak. Chunki, haqiqiy hayot biz o'ylagandaka qo'rquvlarga to'la emas.
Bu hayotda baxtli bo'lishning yo'li undan ko'p narsa kutmaslikdir. Bo'lmasa qanotlari sindirilgan qushga aylanib qolasan.
Abadiymas bogʻlar, mangumas bahor,
Olov mudom yonmas, oʻchmogʻi tayin.
Yoshlik jismimizni tark aylagan chogʻ,
Yurib boʻlmas axir endi betayin.
Sezmay qolding, ana, onang qarigan,
Ancha choʻkib qoldi otangning qaddi.
Mahkam ushlagancha toʻning baridan,
Sendan madad kutib oʻsar farzanding.
Endi qoʻyib yubor oʻtmishni, unut,
Kuzga yarashmaydi bahoriy hislar.
Oyda-yilda bir bor qoʻymaydi eslab,
Xayoli qalbingdan oʻchmagan qizlar.
Oʻzingni tuproqqa qoʻymaslaridan
Ustiga tuproq tort, muhabbatni koʻm.
Shunda boshlanadi haqiqiy hayot.
Shunda roʻy beradi chinakam oʻlim...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago