ТЕАТР-СТУДИЯ "ШАМС-И-КАМАР"

Description
Минимализм в использовании «материальных средств» выразительности и много игры метафорической.
Мы бедны материально, но нас самих, наших идей, и нашего представления о том, каким должен быть театр достаточно для того, чтобы «Шамс-и-Қамар» жил…
Advertising
We recommend to visit

Инста: https://www.instagram.com/xdanyl_/
TWITCH: https://www.twitch.tv/xdanyl_
Реклама: @chocoboy711 и @lxxnyash
АРТЫ/ЭДИТЫ И ПРОЧЕЕ КИДАТЬ СЮДА: https://t.me/XdanylOfficialBot

Last updated 2 months ago

Амбасадор Лора Пиано

Last updated 2 days, 15 hours ago

🔥Телеграмдаги энг зўр аёллар канали
⚡️Психологик пост/тест/контентлар
📝Кунлик мотивациялар
💝БЕПУЛ дарслар

Бизнинг сайт www.qizilpomada.uz

📍 instagram.com/qizilpomada

Last updated 1 month, 2 weeks ago

1 week, 1 day ago

…Spektakl doimgidek, xuddi dubllar bilan olinib, sayqallanib, montajlanib berilgan kinodek sahnalashtirilgan. Kinodan buyukroq sanʼat sanaladigan Teatr ijrosini bu darajaga keltirishning oʻzi qiyin — buning uchun ijodkorlarga rahmat!

Ha, fikrlashga undaydigan, oʻylantiradigan ijod mahsuli boʻlibdi.
Teatrga kirish bepul, lekin bu ham jamiyat saviyasini koʻtarishga xizmat qiladigan vijdon amalini koʻrsatish imkoniyati. Bu ijodkorlarni qoʻllash kerak.

Yaxshilikni qoʻllash kerak, jamiyat saviyasini koʻtarishga xizmat qilayotganlarga donat-ehson qiling, toki ularning safi kengayib, yangi ijod mahsullarini koʻraylik.

Matn: Jaloliddin Saʼdinov

1 week, 1 day ago

Koʻpincha individual yetuklikka erishish, dunyoviy muvaffaqiyatga erishish orqali insoniyatga naf keltirishga nima halaqit beradi?
Paradoksni qarangki, erishadigan yutuqlaringiz natijasi jamiyatga foyda keltirishi yoʻlida aynan shu jamiyat tazyiqiga uchraysiz. Jamiyat — eng katta senzor, uni qoʻllash, uning aktiv ishtirokchisi boʻlish, unga ijobiy taʼsir qilish uchun aynan oʻsha jamiyat tomonidan qoʻyilgan cheklovlar va toʻsiqlar qoidasi boʻyicha ish koʻrishga majbursiz. Bu har bir dunyoviy hayotda yutuqlarga erishishga harakat qilayotganlar, aytaylik, talantlar oldidagi bir toʻsiq.
Ikkinchi toʻsiq — shu jamiyat namoyondasi hisoblangan davlat, uning har bir grajdanlari(“fuqaro” — yerga uradigan atama, “vatandosh” esa sunʼiy yasalgandek tuyuladi men uchun) rivojlanishi, imkoniyatlarini roʻyobga chiqazishga sharoit yaratmagan “uyushma”.
Uchinchi toʻsiq — qanchalik erish va gʻalati tuyulmasin turmush, oila misolida uning ehtiyojlari uchun shaxsiy orzu-maqsadlardan voz kechishga majbur boʻlinadigan ijtimoiy institut. Yoʻq-yoʻq, oʻzim oʻta oilaparvar oilaboshiman, men uchun oila — hamma narsa. Fikrimga oydinlik kiritaqolay: mavjud jamiyat va davlat saviyasi shaxsiy choʻqqilarni amalga oshirishga boʻlgan imkoniyatni yoʻqqa chiqaradi. Meni kuzatayotgan “Akalar”, men umuman aytyapman, buni faqat Oʻzbekistonga taalluqli, deb oʻylamang. Bu bashariyatga, umuman tarix, bugun, kelajakka tegishli gap. Masalan, mening dunyoviy maqsadlarimdan eng kattasi yetuk, bilimdon jurnalist boʻlish edi. Mukofot shart emas-u, lekin kamida Pulitser premiyasiga munosib darajadagi ishlar qila oladigan jurnalist boʻlgim kelardi. Soʻngra, keyinchalik prezident boʻlish niyatimam bor edi (edi!).
Ha, faoliyatim oʻzgarib ketishiga men uchun davlat, jamiyat yaratgan sharoit va imkoniyatlar juda kamligi turtki berdi.
…Odamning hayotini xuddi men eng yaxshi koʻrgan va 20 yilcha oldin oʻqiganimda qattiq taʼsir qilgan asar — “Martin Iden”da aytilgan gapdek tasniflash mumkin:
1.Oʻz-oʻzi bilan kurash, individual rivojlanishga erishish
2. Individual rivojlanishda uchratiladigan “burjua”(sotsialistik, kapitalistik — istaganingiz) jamiyati toʻsiqlari, jamiyatning Sizni qabul qilishlari, tan olishlari vahokazo. Yaʼni, jamiyat faqatgina muvaffaqiyatga erishganlarnigina munosib qabul qiladi (buyuklarimiz oʻz davrida tazyiqqa uchraganlarini, koʻpchiligi oʻlimidan soʻng qadrlanganlarini eslang).
3. Muhabbat — eng kuchli motivator, muvaffaqiyat lokomotivi. Martinning Rutga muhabbati uni harakatga undamaganmidi? Buni ramzga yoʻysak — muhabbat nuqtasi oila, Vatan boʻlishi mumkin.
4. Martin obrazi Nisshe falsafasi oʻlaroq, individualizm va iroda qudrati timsoli. Odamlar maqsadlari, intilishlari mazmuni shu xislatlarda ifodalanadi.
5. Maqsadga erishish (biz Katta maqsadlarni nazarda tutyapmiz) yoʻlida Oʻzini-oʻzi qurbon qilish, Oʻzidan kechish. Eng qizigʻi va aytish mumkinki, koʻpincha maqsadlarga erishish aksariyat hollarda asl baxtni olib kelmaydi. Ammo odam orzusiga erishish uchun finalga eʼtibor qilmay harakat qilaveradi.
…Xoʻsh, nega bularni yozyapman; bunaqa algʻov-dalgʻov “fikr”chalar qayerdan meni bezovta qildi?
Kecha “Qamar”ning teatrini koʻrdim!  Nomi — “Jaydari Martin”. Uni Jek Londonning asari talqini deb atasak unchalik toʻgʻri boʻlmaydi. “Jaydari Martin”ni “Martin Iden”dan ilhomlangan alohida asar, deyaqolaylik.  Syujeti farqli, unda oʻzbek hayoti va jamiyati aks etgan. Moslashtirilgan, achchiq jihatlari koʻrsatilgan. Talantlar oddiy maishiy ehtiyojlar yoʻlida qurbon boʻlayotgan, real uchraydigan ijtimoiy dardlar obrazlar bilan olib chiqilgan (chetdagi mardikorlarimiz, begonalar urushida oʻlayotgan yurtdoshlarimiz vahokazo).Eng achinarlisi, “Martin Iden”da oqibati qanday boʻlishidan qatʼi nazar, dengizchi Martin maqsadiga erishgan boʻlsa, oʻzimizning “Jaydari Martin”imiz shu maqsadiga ham erisholmay qolganki, ahvolimiz kitob-asardagi qahramondan ham ayanchli, goʻyo…

1 week, 6 days ago

4-парда

Театр оламида “4-парда“ деган ибора бор. Бу актёр Ва томошабин ўртасидаги парда. Актёр 4-пардани тушурсагина ролини холис ўйнайди, чалғимайди, томошабин хатти-ҳаракатига таъсирланмайди. Лекин бу анъанавий театрга тегишли қонуният.
Ўзбекистонда ноанъанавий бир театр борки, у ҳар қандай пардадан холи. Бунда актёрлар томошабинга мурожаат қилади, уларнинг хоҳишини, орзусини сўрайди, улар билан суҳбатлашади.
Саҳна шундай бошланди: Туш... икки образ акс садодай бир хил жумлаларни такрорлайди. Кейинроқ йўллари айрилган йўлдошдай бир-бирига қарама-қарши келади... Худди миямиздаги овозлардек. Сизларда қандай билмадиму, лекин менинг миямда мендан ташқари яна иккита одам яшайдигандек овоз эшитилади. Бу овозлар фақат мусиқа эшитганимда тинади. Шунинг учун мусиқа эшитган ҳолда китоб ўқишни ёқтираман. Лекин кеча “Жайдари Мартин“ спектаклида миямдаги одамчалар Ва мен жимгина ўтирдик. Биз учун актёрлар гапирди, биз учун актёрлар яшади...
Сен учун кимдир яшасада, сен уни ташқаридан томоша қилсанг-а... Қандай ғайритабиий ҳолат. Ҳа, “Шамс-Қамар“ театрида бунинг иложи бор.

Ҳаммаси учун Раҳмат “Шамс-Қамар“!!!

Матн: Корректор Медея

1 week, 6 days ago

4-parda

Teatr olamida "4-parda" degan ibora bor. Bu aktyor Va tomoshabin o'rtasidagi parda. Aktyor 4-pardani tushursagina rolini xolis o'ynaydi, chalg'imaydi, tomoshabin xatti-harakatiga ta'sirlanmaydi. Lekin bu an'anaviy teatrga tegishli qonuniyat.
O'zbekistonda noan'anaviy bir teatr borki, u har qanday pardadan xoli. Bunda aktyorlar tomoshabinga murojaat qiladi, ularning xohishini, orzusini so'raydi, ular bilan suhbatlashadi.
Sahna shunday boshlandi: Tush... ikki obraz aks sadoday bir xil jumlalarni takrorlaydi. Keyinroq yo'llari ayrilgan yo'ldoshday bir-biriga qarama-qarshi keladi... Xuddi miyamizdagi ovozlardek. Sizlarda qanday bilmadim-u, lekin mening miyamda mendan tashqari yana ikkita odam yashaydigandek ovoz eshitiladi. Bu ovozlar faqat musiqa eshitganimda tinadi. Shuning uchun musiqa eshitgan holda kitob o'qishni yoqtiraman. Lekin kecha "Jaydari Martin" spektaklida miyamdagi odamchalar Va men jimgina o'tirdik. Biz uchun aktyorlar gapirdi, biz uchun aktyorlar yashadi...
Sen uchun kimdir yashasa-da, sen uni tashqaridan tomosha qilsang-a... Qanday g'ayritabiiy holat. Ha, "Shams-Qamar" teatrida buning iloji bor.

Hammasi uchun Rahmat "Shams-Qamar"!!!

Matn: Korrektor Medeya

3 weeks ago
"Мен сиз билан учрашгани келдим. Бошқа …

"Мен сиз билан учрашгани келдим. Бошқа ҳеч ким билан учрашишни истамайман... Фурсат беринглар менга! Менга фақат фурсат беринглар!.." (Ж.Л.)

"Men siz bilan uchrashgani keldim. Boshqa hech kim bilan uchrashishni istamayman... Fursat beringlar menga! Menga faqat fursat beringlar!.." (J.L.)

"Я пришел встретиться с вами. Больше ни с кем не хочу встречаться... Дайте мне шанс! Просто дайте мне шанс!.." (Дж.Л.)

3 weeks, 2 days ago

Бизни "Жайдари Мартин" Премьераси уч йил бурун ўйналган эди. Мартинларимизни бўйлари чўзилиб қолди(!) Лекин умр савдолари, саволлари, муаммолари, улғайиш жараёнида ечимини талаб қилаверар экан?! Биз эса йигитларимизга ҳамдард бўлишдан чарчамаймиз. Айниқса "Катта", "Тажанг" Мартинлар аслида бир инсоннинг турли кўринишларини спектакль давомида биргаликда англаб борамиз!) Тез орада Жек Лондоннинг "Мартин Иден" романи асосида "Жайдари Мартин" спектакли яна сахна юзига қайтмоқда!!!

Bizni “Jaydari Martin” Premyerasi uch yil burun oʻynalgan edi. Martinlarimizni boʻylari choʻzilib qoldi(!) Lekin umr savdolari, savollari, muammolari, ulgʻayish jarayonida yechimini talab qilaverar ekan?! Biz esa yigitlarimizga hamdard boʻlishdan charchamaymiz. Ayniqsa “Katta”, “Tajang” Martinlar aslida bir insonning turli koʻrinishlarini spektakl davomida birgalikda anglab boramiz!) Tez orada Jek Londonning “Martin Iden” romani asosida “Jaydari Martin” spektakli yana saxna yuziga qaytmoqda!!!

После последней встречи с нашим "Жайдари Мартин"ом утекло много воды (три года) Наши Мартины выросли, но также "выросли" вопросы о жизни и творчестве. А мы не устаём сочувствовать нашим ребятам. В процессе спектакля мы  понимаем что "Большой" и "Упрямый" Мартины на самом деле разные половинки одного и того же человека!) Итак, скоро премьера возобнавлённого спектакля "Жайдари Мартин" по роману Джека Лондона "Мартин Иден". Смотрим, вникаем, сочувствуем, обсуждаем!)

We recommend to visit

Инста: https://www.instagram.com/xdanyl_/
TWITCH: https://www.twitch.tv/xdanyl_
Реклама: @chocoboy711 и @lxxnyash
АРТЫ/ЭДИТЫ И ПРОЧЕЕ КИДАТЬ СЮДА: https://t.me/XdanylOfficialBot

Last updated 2 months ago

Амбасадор Лора Пиано

Last updated 2 days, 15 hours ago

🔥Телеграмдаги энг зўр аёллар канали
⚡️Психологик пост/тест/контентлар
📝Кунлик мотивациялар
💝БЕПУЛ дарслар

Бизнинг сайт www.qizilpomada.uz

📍 instagram.com/qizilpomada

Last updated 1 month, 2 weeks ago