@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
“ЯХШИ КУНЛАР КЕЛИШИНИ КУТМАНГ”
Суқрот фақат 70 ёшида мусиқа асбобларини чалишни ўрганган ва мусиқачиликни мукаммал даражада эгаллаган.
Рим сенатори Марк Кантон 80 ёшида юнон тилини ўрганган.
Микеланджело 80 ёшида энг асосий асарларини яратган.
Гёте 80 ёшида ўзининг буюк асари “Фауст”ни ёзиб тамомлалаган.
Немис тарихчиси Леопольд Ранке ўзининг “Жаҳон тарихи” асарини 91 ёшида ёзиб тугатган.
Исаак Ньютон 85 ёшида ҳам қизғин ва тинимсиз фаолият олиб борган.
Буюк ёзувчи Лев Толстой 82 ёшида чалғи билан пичан ўришда ёш йигитлардан ўзиб кетган.
Композитор Игорь Стравинский 88 ёшида гўзал мусиқий асарлар яратган.
Француз ёзувчиси Виктор Гюго 83 ёшигача тинимсиз ишлаган.
Қадимги юнон драматурги Софокл 90 ёшида ҳам асарлар ёзган.
Бернард Шоу 94 ёшида ҳам меҳнат фаолиятини давом эттирган.
Дарвоқе яқинда америкалик ва европалик бир гуруҳ олимлар сенсацион кашфиётларини эълон қилишди: инсон мияси фанда аввал таъкидланганидек 25-30 ёшгача эмас, 50 ёшгача ривожланиб борар экан.Бундан ташқари инсон фаол фикрлашни давом эттирса мия ҳеч қачон қаримас экан.
Қиссадан ҳисса шуки – “қариш” деган касаллик мавжуд эмас, фақат инсон ўз миясини психологик жиҳатдан нотўғри йўналтиради холос. Ҳаётимиздаги энг катта тўсиқлар бизнинг ичимизда. Уларни дарҳол олиб ташлашимиз зарур. Бизнинг руҳимиз ва ички имкониятларимиз ёш танламайди. Токи тирик эканмиз бир поғона юқорига кўтарилишга, навбатдаги маррани эгаллашга, маънан юксалишга имкониятимиз бор. Яхши вақтлар келади деб хомтама бўлиб юрманг. Яхши дамларнинг номи – “Ҳозир”, “Бугун” деб аталади!
Рус тилидан Жалолиддин Сафоев таржимаси
**She'riyatga oshno qalblar bilan birgalikda yozgan duetimiz ushbu Ramazon oyida barchamizga manzur bo'ladi degan umiddamiz!
Radio boshlovchi Gulnoza🎙FM 88.4
✍✍✍✍✍
Mualliflar: O'lmasbek Samarqandiy; Marhabo Karimova; Mavluda Mumtoz;
Yulduz Abdusamad qizi (Bir chimdim Mehr); Komila Qiz;
Madraxim Zafar; Akrom Ali; Sobitjon Eshtemirov; Uzuloy Xaydarova;Ozodbek Qosimov;
Zohida Isroilova; Xurshid Karim;
Xushro'yoy Sobirova;
🕋🕊🕋🕊🕋🕊🕋🕊🕋🕊🕋**
**Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ.
Хайрли тонг, қадрдон!
Навбатдаги тонг барчамизга муборак булсин!
Бу кунда Аллоҳ дуоларимизга ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака бериб, барчамизни Ўзи қўллаб, ишларимизни осон ва унумли қилсин!
Беморларимизга шифо, адашганларимизга ҳидоят, қалбимизга поклик берсин!
Доимо яхшилик ва яхшилар ҳамроҳимиз бўлсин!**
?OʻZBEKLARNING GOʻZAL OʻYI TOʻY-HASHAMDIR ?
Oʼzbek toʻyin oqshomlari fayzi chiroy,
Kelinlari oydan suluv husnga boy.
Mehr nurlar tovlanadur yuragi soy,
Oʻzbeklarning goʻzal oʻyi toʻy-hashamdir!
Karnay-surnay nogʼoralar kuy chaladi,
Patnis toʻla togʼoralar koʻp boʻladi.
Har toʻyida sarpo-suruq toʻp boʻladi,
Oʻzbeklarning goʻzal oʻyi toʻy hashamdir!
Toʻy oqshomi xonadonlar nurga jamdir,
Amma hola togʻajonlar toʻyda jamdir,
Tarovati oʻzgachadir fayzli damdir,
Oʻzbeklarning goʻzal oʻyi toʻy hashamdir!
Qoʼra toʻla navvos-qoʻylar soʻyiladi,
Erta azon barcha toʻyga aytiladi.
Mehmonlarga nozu-neʼmat qoʻyiladi,
Oʻzbeklarning goʻzal oʻyi toʻy hashamdir!
Sanatkorlar jam boʼlishib qoʼshiq kuylar,
Suhandonlar tilak aytib bahtdan soʻylar.
Oʻzbek eli bola-chaqasini oʼylar,
Oʻzbeklarning goʻzal oʻyi toʻy-hashamdir!
Ayo doʼstlar toʻy boʻlsinda elimizga,
Mehmonlar jam boʻlaversin uyimizga.
Orzu-havas bahtli hayot oʻyimizda,
Oʻzbeklarning goʻzal oʻyi toʻy hashamdir!
✍✍ MUALLIF AKROMJON ALIQULOV QASHQADARYO VILOYATI
?TITANIKDAGI MUHABBAT ?
???????????
✍✍ AKROMJON ALIQULOV QASHQADARYO VILOYATI
?? NAZIRA TOJIKISTON RESPUBLIKASI XOʼJAND SHAHRIDAN
??MUSHOIRA TASHKILOTCHISI OLIYA RAVSHANOVA
???????????
? MAKKATULLOH BORISH MENING ORZUYIM ?
✍✍ MUALLIF AKROMJON ALIQULOV
?? SHEʼR IJROCHISI NAZIRA
??????????
Internetda yurgan qizlar
Vertual hayotda nelar boʻlyabdi,
Dilimda nadamot alam toʻlyabdi.
Gulday hayotlari afsus soʻlyabdi,
Internetda umrin oʻtkazgan qizlar,
Roʻzgʻoringiz bir dam oʻylangiz sizlar!
Tanishuv chatlarda yurasiz oylab,
Ishqlardan soʻylaysiz dillarga boʻylab.
Aqlingiz ishlating fikr-la oʻylab,
Internetda umrin oʻtkazgan qizlar,
Roʻzgʻoringiz bir dam oʻylangiz sizlar!
Sizga qoyil qolmay ilojim yoʻqdir,
Har bitta gapingiz misoli oʻqdir.
Yahshi boʻlsangiz gar koʻnglim ham toʻqdir,
Internetda umrin oʻtkazgan qizlar,
Roʻzgʻoringiz bir dam oʻylangiz sizlar!
Qarang tabassum-la boqing hayotga,
Umringiz toʻldiring ezgu-bayotga.
El oldida sira qolmang uyatga,
Internetda umrin oʻtkazgan qizlar,
Roʻzgʻoringiz bir dam oʻylangiz sizlar!
Hayot misol shamday yonib oʻchadi,
Kun kelib ruhing ham tandan koʻchadi.
Parvardigor umring oʻlchab bichadi,
Internetda umrin oʻtkazgan qizlar,
Roʻzgʻoringiz bir dam oʻylangiz sizlar!
Toʻgʻri tushunasizlar degan umiddaman azizlarim???
✍✍ AKROMJON ALIQULOV QASHQADARYO VILOYATI YAKKABOGʼ TUMANI.
2023 10 27
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago