— Hech narsa

Description
We are all insanes in this sane world

@movieghostriri
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago

#random
#restarted

"Jinoyat va Jazo" ni yozda oʻqishni boshlagandim, sogʻliqdagi muammolar va univer imtihonlariga tayyorlanish davomida kitob mutolaasi toʻxtab qoldi, yozda deyarli umuman badiiy kitob oʻqimadim desam ham boʻladi (sabrimga qoyil, qanday chidabman-a?).

Xullas, endi shu asarni oʻqishga qatʼiyan kirishdim, oʻzimni nima qilib boʼlsa ham jalb qilish uchun adabiyotshunoslik fanida yakuniy sessiya tahlili uchun ataylab shu kitobni tanlab oldim (bunda bitta badiiy asarni 14 struktura boʻyicha tahlil qilib berish kerak). Xudo xohlasa, yaxshi taqdimot chiqdi, balki biroz ogʻir ham boʻlar.

Nima boʻlganda ham shunchaki sessiya uchun oʻqib ketish niyatim yoʻq, hozir boshidan oʻqiyapman-u, kitobdagi har bir soʻz meni teshib ketayotgandek boʻlyapti, muallifga bunday asarni yozish uchun bardosh qaydan jo boʻldi ekan? Albatta, bunga bittagina va haqqoniy javob olamiz: HAYOT.

Asarni oʻqib boʻlib, tahlil qilsam, prezentatsiyamni sizlar bilan boʻlishaman, qiziq boʻlmasayam.

1 month, 1 week ago

#something

Abduqayum Yoʻldoshning "Toʻy" qissada urf-odat, rasm-rusum balosiga oʻralashib qolgan odamlar va ularning boʻlajak oila ishiga suqilib kirishi koʻrsatiladi. Oʻqish davomida ular shunchalik omi qilib tasvirlangandek tuyuldiki, menga, oʻzbek boʻlganimga nechinchidir bor qanaqadir uyalib, achinib ketdim.

Bu kitobdagilar real hayotda balki unchalik uchramas, ammo jin ursin, balki burnimiz tagidan ozgina uzoq joylarda ahvol bundan ham battardir. Baʼzi kitoblarda qishloq hayoti bir qaraganda maza qiladigan, maʼnoli boʻlib tuyuladi, yoki tasvirlanadi, ikkinchi tomonda esa butun yiqqan-terganini bir kunlik toʻyga sovurib yuboradigan sodda va goʻl odamlar tasviri mavjud. Qaysi biri real? Qaysi biri haqiqiy? Albatta buni aniqlash juda qiyin. Ammo afsuski, ikkinchi tomon juda ham koʻp koʻrinish bermoqda.

Hech narsaga yaramaydigan latta-putta, tilla, balo-battarlarga oʻralashib, oʻzbek degan nomning reputatsiyasini past turgan joyidan yanayam pastroqqa tushirib yuboryapmiz. Balki yozuvchi biroz boʻrttirib yuborgandir, bu borada, ammo baribir shuni ichida ham katta haqiqat yashirin.

Unda yana bir katta hayotiy va falsafiy fikr yaqqol koʻrsatilganki, odamlarga bizning azoblarimizning qizigʻi yoʻq. Ular faqatgina quvonchli damalringdan foydalanib qolishni istashadi, vaqti kelganda esa seni shunchaki axlatga uloqtirishadi. Odamlar uchun yonib-kuyib qilgan, jonni jabborga berib yugurgan ishlaringizni uzogʻi uch kundan keyin hech kim eslamaydi.

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago
— Hech narsa
1 month, 1 week ago
— Hech narsa
1 month, 1 week ago
— Hech narsa
4 months, 1 week ago
4 months, 2 weeks ago

Sengacha yoʻllarim bu vaqtincha manzillar,
Sengacha qoʻllarim tutdi begona dillar,
Sengacha yillarim bu zerikarli yillar...
?*✨*

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago