Ivan Karamazov

Description
Biroz telbaman va biroz qimorbozman. Dostoyevskiyni oʻqib shunaqa boʻlib qolganman. Aybga buyurmanglar)
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months ago

Odamlar koʻp xafa qilar edilar kitoblarga qochdim degandi Najib Fozil

2 months, 1 week ago

Oʻzbekni izlaganlar Navoiydan toparkan…

2 months, 1 week ago

Oʻzimiznikilar ishlagan filmlar ichida eng top film qaysi siz uchun?

Men uchun eng top film “Ajoyib xayolparast”

4 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago

Insonlar kommentariyada kanal reklama qilishni toʻxtatinglar. Agar haqattan yaxshi narsa yozsangizlar shu vaqtgacha bukblogerlar doim repost qilib kelgan. Mana shu kanaldayam 50tacha odam bor payti Ilhom aka Salimov reklama qilgan. Ammo hech qaysi guruhda biomdagi kitob blogimga qoʻshilinglar demaganman.

Keyin yana bukblogerlarda reklama unaqa qimmat ham emas. Sizga haqattan shu kanalda obunachi kerakmi admin bilan bogʻlanib reklama sotib olish mumkin! Ammo chatda unaqa qilmanglar. Chetdan qaragan odamga juda xunuk koʻrinadi.

Bu gapim hammagayam tegishli emas. Ayrim insonlar bor har bitta yozilgan xabar tagiga kanalini reklama qilib yozadiganlarga tegishli. Bu narsa keyin faqat bu yerda emas boshqa koʻpchilik kanallarda kuzatyapman. Yaxshimas qisqasi!

4 months, 2 weeks ago

Ey oʻgʻil u bilan endi yangi tanishgan boʻlsang unga “To seni topgunimcha” kitobini sovgʻa qil. Agarda arazlashib ajrashish holatiga kelib qolsangizlar ham unga “Sendan keyin” kitobini sovgʻa qil. Agarda yarashishga kelishsangizlar tepadagi kitoblarni muallifi boʻlmish Jojo Moyesni “Men hamon oʻsha-oʻshaman” asarini sovgʻa qil. Taqdir boʻlib birga turmush qurib yashab shirindan-shakar farzandlar koʻradigan boʻlsangizlar “Yulduzlar in’om” asarini sovgʻa qil!

7 months, 2 weeks ago

Mashrab va Bobomurod Hamdamov uygʻunligi

Afsuski, Bobomurod Hamdamov ham bu olamni tark etibdi.

@Karamazovlar

7 months, 2 weeks ago

Tun.
Koʻrpaga kiradi eru xotinlar…
Endi bir yil oʻtmay, bir yil ham oʻtmay
Dunyoga kelajak yetim goʻdaklar!

Bertolt Brecht

@Karamazovlar

7 months, 2 weeks ago

(Olmaniya she’riyatidan)

Har yili sentyabrda
Maktablar ochilish oldidan
Shahar chetidagi kitob doʻkonlar
Toʻladi sertashvish xotin-halajga.
Ular sotib olar bolalariga
Daftar, kitob va qargʻanishlar,
Eski sumkasidan eng soʻngi
Chaqasini olar ekanlar
– Qimmatlashib ketdi ilm degani ham…
Biroq fahmlamas ular mutlaqo
Farzandlariga oʻrgatilyotgan
Ilmning naqadar bema’niligini

Bertolt Brecht

@Karamazovlar

10 months, 1 week ago

Bugun bir tanishim (yilda bir marta koʻrib qoladigan odamlarimdan) Fotih Dumanni kitoblarini haliyam oʻqimaganimni eshitib biroz ranjidi. Uyimda Tolstoyning "Urush va Tinchlik" kitobi turganda Fotih Dumanga yoʻl boʻlsin desam Fotih Dummanni maqtab ketdi. Aytishicha bizda ommaviy oʻqilyotganini sababi kitoblari haqattan juda zoʻr yozilganida ekan. Nafs boʻyicha eng zoʻr kitob bu "MEN" dedi. Allaqachon toʻrtta kitobini oʻqiganini aytib maqtanib ham qoʻydi. Qaranglarda…

Ertaga yangi kitob chiqqanidan yugurib borib sotvolib oʻqib chiqish shart emas aslida. Yoki ommaviy oʻqilyotgan kitobni sen ham oʻqishing shartmas. Shunchaki hamma oʻqiyotganini sen oʻqimasliging ham mumkin. Kitobni boshiga bestseller degan yozuvni koʻrib sotvolib va uyda oyoqni choʻzib tuni bilan uhlamasdan yotvolib oʻqib chiqishga majburmas hech kim. Yani odamni oʻzida kitobxonlikka oid didi boʻlsa Martin Rufga aytgan gapini eslashi kerak. “Men oʻz didimni urfga tobe qilmayman”. Faylasuf Shopengaver oʻqimaslik san'atini egallash juda muhim deydi. Yani chunki bu san'at ma'lum bir muddat ommani e'tiborini oʻziga jalb eta olgan har qanday narsaga qiziqavermaslikni oʻz ichiga olishini aytadi. Biron siyosiy yoki diniy pamflet yoki roman xalq orasida qiy-chuvga sabab boʻlayotgan boʻlsa, bir narsani unutmang: ahmoqlar uchun asar yozadiganlar doim oʻzining ulkan auditoriyasini topa oladi va yaxshi kitoblarni oʻqishni oʻrganish yomon kitoblarni oʻqimaslikdan boshlanadi. Axir hayot qisqa deb gapini tugatgan.

Sizlargayam maslahatim Shopengaverning gaplarini doim yodda tuting!

@Karamazovlar

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago