Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Mushuklar malikasi Minush
Anni Shmidt
Bolaligini sog'inmaydigan, bir marta bo'lsa ham unga qaytishni istamagan odam bo'lmasa kerak oramizda. Ko'pincha bunday paytlarda bolalik suratlarini tomosha qilish, oilaviy va do'stlar orasidagi nostalgiya suhbatlar bizga bolalikka qaytishdek hisni beradi. Shuni bildimki, bolalar yoki o'smirlar adabiyotini o'qish ham bizga bu hisni ortig'i bilan bera oladi. "Mushuklar malikasi Minush" asari aynan shunday hislarni taqdim eta oladigan asar deb bemalol aytgan bo'lardim. Kitob nomiyoq qandaydir sirli, kishini o'ziga jalb qiladi, ayniqsa mushuksevar bo'lsangiz)
Jiddiy asarlardan so'ng o'qilsa juda yaxshi "dissert" bo'ladi. O'ylab qarasam anchadan beri biror asarni o'qib bunchalik g'uborimdan chiqib kulmagan edim, ba'zi joylarini o'qib turib hatto xonani to'ldirib kulgan paytim ham bo'ldi)
Kitobni o'qib turib beixtiyor bolaligim yodimga tushdi. Esimni tanibmanki,uyimizda doim mushuk boqqanmiz va har yili ikki mavsum uyimizda mushuk bolalar edi. Bolalarning ermagi nima bo'lishi mumkin, albatta, endigina ko'zi ochilgan xumparlar. Mushuk bolalari bilan o'ynaganim,onamni sepidagi matolarni yashirincha olib mushuklarimga ko'ylak tikib kiyizganlarim, bolalarini tarqatib yuborishganda yig'lab arazlagan vaqtlarim...
Xullas,nima deyotgandim, chalg'ib ketdim)
Asar bolalarga nimani o'rgatishi mumkin?! Avvalo hayvonlarga nisbatan mehrli bo'lishni, doim hech kim ishonmagan vaqtda ham haqiqat tomonda bo'lishni,rost so'zlashni Minush misolida o'rgatadi.Asardagi voqealar qisman tanish bo'lgani sabab bolalikka qaytgandek bo'ldim.
Kattalik yukidan charchagan vaqtingizda o'qib rohatlana oladigan asar, tavsiya qilaman.
P.s : Kitobni talabalar kuni munosabati bilan sovg'a qilgan ustozimga shunday ajoyib kitob uchun minnatdorchilik bildiraman)
BAXT HAQIDA BALLADA
Men baxtni koʻrganman. Koʻrganman. Aniq.
Oʻrtada nogahon kelgan roʻbaroʻ.
Qish kuni. Paltoga olgan oʻranib,
Besas bir hayratda qotganman: – Voy-boʻ!..
Yoʻlkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.
Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida gʻirchillar edi,
Tanini ezsa ham oʻtkir poshnasi.
Yuzi tegrasida roʻmoli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol boʻlgan edi manʼ –
Uni koʻrib bu ish boshlangan edi.
Men baxtni koʻrganman. Koʻrganman. Aniq.
Hatto koʻzlarimiz uchrashgan bir zum.
Oʻrtada boʻlmagan salomu alik,
Faqat lablariga qoʻngan tabassum.
Shu tarz oʻtib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
Oʻgrilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
Shundan buyon menga bu dunyo bir pul!
Nomard gʻalvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech sheʼr bilan mashgʻul –
Baxtni uchratganman! Nima gʻamim bor!
Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – gʻiybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –
Baxtga duch kelganim barcha biladi.
Mardligim bilishar (doʻstu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt boʻlishini istamaganman.
Usmon Azim
Tajohul-ul orif
Qish edi. Oʻttiz jon sovuq xonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
“Xamsa”ni kim yozgan,
“Jangchi Tursun” kim?
Qoʻllar koʻtarilar basma-basiga,
Aytmasang, koʻksingdan chiqib ketar jon.
Javoblar yangraydi qasdma-qasdiga,
“Navoiy”, “Navoiy”, “Hamid Olimjon!”
Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
“Paskal”ni bilardik, daho “Nyuton”ni.
Ammo baʼzi doʻstlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan Oʻzbekistonni.
Ular koʻp pand yedi koʻz oʻngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi magʻrur.
Biz esa maqtandik oʻz-oʻzimizcha,
Buning-chun joʻralar, ming bora uzr.
Eslayman, bu eʼlon “Beshinchi “B”ga:
– Ertaga oʻn soʻmdan keltiring, tamom.
Partajildga denglar, keyin “bayram”ga,
Yana “kraska”ga, soʻngra “metallom”.
Oʻshanda pulim yoʻq, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab roʻyxatga.
Adabiyot. Ustoz taʼrif berardi,
“Tajohul-ul orif” degan sanʼatga.
Uyimda qolgandi oʻsha kun ovqat,
Qornim och, sumkamda non yoʻq yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu sanʼat:
“Bilib, bilmaslikka olish” degani.
Yodimdan oʻchmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qoʻydi qoʻl.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Choʻntagimga solib qoʻydi oʻn soʻm pul.
Oʻttiz qora koʻzga izza boʻlish, voh,
Sezdingiz, koʻnglimni yomon oʻrtardi.
Doʻstlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson oʻksishdan meni qutqardi.
Oʻsha dars haliyam berar koʻp saboq,
Qornim och, sumkamda non yoʻq yegani.
“Tajohul-ul orif” – ey aziz ustoz:
“Bilib, bilmaslikka olish degani”.
Garchi oʻzingiz ham maoshga yashab,
Baʼzan yetkazolmay boʻlgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech toʻkinga oʻxshab,
Sizda yoʻq edimi bolalar, roʻzgʻor?
Na ehson edi u, na qarz edi u,
Oʻylasam, bu holning yoʻqdir javobi.
Bir murgʻak qalbiga sajda edi bu,
Bir koʻngil uyining pinhon tavofi.
Sheʼr bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yoʻl olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?
Bobur Elmurod
To'g'ri yashash yo'li.
Bir yilcha avval ikkita o'quvchim SAT imtihoni uchun zo'rg'a Qirg'izistonga ro'yxatdan o'tishga ulgurishgandi. Ikkisiga ham bir vaqtda bitta test center'ga ro'yxatdan o'tgandik. Ulardan birini matematikasi yaxshi emas edi, lekin ingliz tilisi ancha yaxshi edi. Tasodif bilan imtihonda ikkalasi ham bir joyga yonma-yon o'tirib qolishibdi.
Bu holatdan matematikasi yaxshi bo'lmagan o'quvchim foydalanib qolishga harakat qilib, birinchi o'quvchini javob varaqasidan matematika javoblarini ko'chirib chiqibdi. Testdan chiqganidan so'ng, menga "maniki 1400+ chiqadi!" deb aytdi. Men ham o'ziga ishonchidan xursand bo'ldim.
Bir oy deganda natijalar chiqdi. Birinchi o'quvchim : 1370, ikkinchisi: 960 ballarini qo'lga kiritdi. Keyin bilsam, ikkinchi o'quvchim birinchisidan matematika javoblarini ko'chirgan ekan, ammo hammaga har xil savollar berilgan ekan.
Hayot ham eng murakkab imtohonlardan biri. Hammaga har xil savol varaqalari tarqatilgan, lekin hammamiz bir-birimizdan ko'chirish bilan ovoramiz. Har birimiz alohida shaxsiyatmiz. Biz, biz ekanligimiz sabab noyobmiz. Ko'chirishni to'xtatib, o'z imtihonimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Bo'lmasa natijadan uyalib qolamiz.
Look up at the starry sky
Deep breathe
And listen to this music...
Qiz bola uchun sirlilik eng yaxshisi ekan rostan ham.
Zavqiy rost so'zlagan ekan:
Nazokat orttiray desang, misoli g‘uncha xomush bo‘l,
Nadinkim og‘zini ochdi gul, bargi xazon bo‘ldi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago