Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Salovatsiz o'tmasin kuningiz...
?Allohumma solli va sallim a'la Nabiyyina va Habibina Muhammad.
**OʻLIK QALBNING OʻNTA BЕLGISI:
Bir kuni Ibrohim Adham Basraning bozoridan oʻtib qoldi, birdan odamlar u kishini koʻrib oldiga toʻplanib kelishdi va soʻrashdi:
- Ey Abu Isʼhoq! Biz duo qilamiz-u, ijobat boʻlmayapti, nega?
Aytdiki:
- Chunki qalblaringiz oʻnta sabab bilan oʻlib boʻlgan.
Ular:
- Nima ular? – deb soʻrashdi.
Ibrohim ibn Adham shunday dedilar:
1. Allohni tanib turib, haqini ado qilmadingiz.
2. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sevamiz, – deb daʼvo qilasizlar, biroq sunnatini tark qilasizlar.
3. Qurʼonni rosa oʻqiysizlar, lekin amal qilmaysizlar.
4. Allohning neʼmatlarini yeb turib, shukrini ado qilmaysizlar.
5. Shaytonni dushman, – deysizlaru u bilan kelishib ketaverasizlar.
6. Jannat haq, – deysizlar, ammo unga yarasha amal qilmaysizlar.
7. Doʻzax haq, – deysizlar, lekin undan qoʻrqmaysizlar.
8. Oʻlimni haq, deysizlar, lekin unga ham tayyorgarlik koʻrmaysizlar.
9. Uyqudan turuboq odamlarning aybi bilan mashgʻul boʻlasizlaru oʻz aybingizga boqmaysizlar ham.
10. Oʻlik koʻmasizlar, biroq ibrat olmaysizlar**.
Ibn Abdulbarr, “Jomeʼu bayonil ilm va fazlihi”
Manba: @fotihauz
•┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈•
QALBIMDA ISLOM?
@qalbimdaislam
**YAXSHI GUMONDA BOʻLING...
➖ Yosh juvon taksi haydovchisining yoniga oʻtirdi. Orqa oʻrindiq esa, boʻsh!
U haydovchining turmush oʻrtogʻi; ayoli edi.
•┈┈┈••✵☁️✵••┈┈┈•
➖ Soqollari uzun bir kishi odamlar namoz oʻqiyotgan vaqtda masjidga kirmay, yonidan oʻtib ketdi.
Chunki u azon aytilishi bilanoq namoz oʻqiladigan boshqa masjidda ibodatini ado etgandi...
•┈┈┈••✵☁️✵••┈┈┈•
➖ Poyezdga chiqdingiz, bir kishining yoniga oʻtirdingiz, salom berdingiz, alik olmadi.
Sababi sizni eshitmaganligidir.
•┈┈┈••✵☁️✵••┈┈┈•
➖ Qahva ichib kelish uchun kursdoshingizni taklif qildingiz, u esa bosh tortdi...
U baxil, qurimsoqligidan bunday qilmadi.
U har oy unga mablagʻ yuborish uchun otasining qancha ter toʻkishini, qiynalishini biladi...
•┈┈┈••✵☁️✵••┈┈┈•
➖ Tobeinlardan birlari: “Biror birodarimni soqolidan xamr oqib tushayotganini koʻrsam, ehtimol uning ustiga toʻkilib ketgandir” deyman. Agar uni togʻ ustiga chiqib olib “Men sizlarning oliy robbingizman” deb aytayotganiga guvoh boʻlsam, u oyatni uqiyapti deyman» dedilar.
Boshqa tobein: “Allohga qasam, bandaning oʻz amalidagi niyatini tushinib yetishining oʻzi unga mashaqqat. Shundoq ekan, qanday qilib xalqning niyatini bilsin?!”, dedilar.
Koʻpincha holatni baʼzi qismini koʻramiz.
•┈┈┈••✵☁️✵••┈┈┈•
? Xabarimiz boʻlmagan jihat haqida ham boshqalarga zulm qilmasdan yaxshi gumon qilaylik. Uni bu ishni qilishiga biz bilmagan uzrli sababi bordir. Oʻzgalarni xatosini qoʻyib, oʻzimizni isloh qilishga shoshilaylik.**
•┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈•
QALBIMDA ISLOM?
@qalbimdaislam
NAMOZDAN KЕYINGI DUOLAR.
Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar. Binobarin, namoz soʻngida Paygʻambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni oʻqish maqsadga muvofiqdir.
? **Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni doʻzax olovi azobidan saqlagin.
? Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va gʻino (birovga muxtoj boʻlmaslik xolatini) soʻrayman.
? Allohim, meni afu et, yorlaqa, toʻgʻri yoʻldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.
? Qalblarimizni rizoliginga uygʻun boʻlgan amal va ibodat tomon yoʻnaltir.
? Parvardigoro, dosh berib boʻlmaydigan balodan, insonni oʻlimga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taʼluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taʼluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga roʻbaro boʻlishdan panox soʻrayman.
? Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qoʻrqoqlikdan, aljiratib qӯyuvchi qarilikdan, hastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panoxinga sigʻinaman.
? Ya Robbim! Men oʻz nafsimga koʻp zulm qildim. Sendan oʻzga gunoxlarni kechirguvchi yoʻq. Meni yorlaqa va afu et. Gʻofur Rohiym yolgʻiz Sensan.
? Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, Sendan qoʻrqmaydigan qalbdan, toʻymaydigan nafsdan, qabul boʻlmaydigan duolardan panox ber.
? Allohim! Doʻzax oʻtida yonishimga sabab boʻladigan fitnadan, doʻzax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.
? Allohim yomon fel-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.
? Allohim! Qulogʻimning, koʻzimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.**
*Bulardan tashqari ota-ona, farzand va boshqa yaqinlaringiz va xossatan mazlum ummat haqlariga ham duolar qilinishi yaxshidir.
Duodan soʻng Rosulullohga salovat aytilib duo qilinadi va shu bilan namozning ahkom va azkorlari yakuniga yetadi.*
Manba: Qalbda Islom
•┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈•
QALBIMDA ISLOM?
@qalbimdaislam
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago