News and announcements of the library. No books here.
🇨🇳Official Chinese channel: t.me/zlib_china_official
🌐 https://z-library.sk
https://en.wikipedia.org/wiki/Z-Library
🐦 https://twitter.com/Z_Lib_official
🐘 https://mastodon.social/@Z_Lib_official
Last updated 4 months, 4 weeks ago
Intel slava is a Russian News aggregator who covers Conflicts/Geopolitics and urgent news from around the world.
For paid promotions and feedback contact us at: @CEOofBelarus
Last updated 2 months ago
💫Welcome to the best book channel of Telegram.
✨Buy ads: https://telega.io/c/BooksHub25
✨Contact admin ➠ @Bookshub_contact_bot
✨ Copyright Disclaimer➠ https://telegra.ph/LEGAL-COPYRIGHT-DISCLAIMER-09-18
Komfort zonasi yomon deya o'zi mamnun bo'lgan ishini tashlab, sevgan shahrini tark etib, yaxshi munosabatlarini ham shubha ostiga qo'yadiganlar bor. Bu vaziyatning sababi yanayam yaxshirog'iga erishish kerakligiga nisbatan to'xtovsiz kutuvdir. Holbuki, inson…
Komfort zonasi yomon deya o'zi mamnun bo'lgan ishini tashlab, sevgan shahrini tark etib, yaxshi munosabatlarini ham shubha ostiga qo'yadiganlar bor. Bu vaziyatning sababi yanayam yaxshirog'iga erishish kerakligiga nisbatan to'xtovsiz kutuvdir. Holbuki, inson hayotida o'zgarish va barqarorlik davrlari mavjud. Tashqi dunyoda o'zgarish ro'y berdi degani, barcha kuch va e'tibor shundog'am moslashish/adaptatsiyaga sarflanishini anglatadi. Barqarorlik davrlari esa o'zgarish paytida sodir bo'layotgan narsalarni hazm qilish, ruhiyatingizga chuqurlashish, nima bo'layotganini tushunish va qabul qilish, o'zingizga tin olish uchun ajratiladigan zarur, ichki dunyoda muvozanatlanish vaqtlaridir. Agar tashqarida doimiy o'zgarish bo'lsa, yashash va fikrlash o'rtasidagi tartib buziladi. Siz yuzakilashib, yanayam yaxshirog'i tomon tezlashib borasiz, biroq yashashni unutasiz.
Şüle Üncü, klinik psikolog
I think the goal of psychotherapy is not to get rid of problems or ignore them or dwell on them too much. The goal of psychotherapy is to invite you to experience tolerating the unbearable, heavy feelings, the life’s most discomforts at its very own time, right when they happen without losing yourself in the process — as if shaking hands with passerbies but not being the passerby. Passerby here is implying the rollercoasters of life.
Being able to tolerate the heaviness of life with well developed, well functioning self AND with unshakeable faith in Allah SWT would be the utmost aim of a successful Islamic psychotherapy. Former is intricately interdepenedent to the latter.
Bismillah!
Ispaniyada maktab kechadan boshlandi. 1-kun bo'lsa ham Montessori muhitini his qildim deb ayta olaman. Nazariyani amaliyotda koʻrishdan ham kattaroq xursandchilik bo'lmasa kerak. Roppa-rosa 3 yil oldin shu kunlarda Montessorini kitoblardan, videolardan ko'rib, so'lagim oqib o'tirardim.
Tilimda bir kun men ham shu yo'nalishda o'qiyman, bolalar bilan shunday muhitda ishlayman deb yurgan bo'lsam ham, ongimda bunga ishonolmaganman. Lekin Al-Mujiyb hayolotni
reallikka aylantiradi. Bugun mana bolalar bilan o'sha muhitda o' zim bo'ldim, alhamdulillah!
Montessori aytganidek, biz bolalar xizmatkorimiz (we serve children), haqiqiy va
aniq ma'nosida. Xuddi stuardessalardek desayam boʻladi.
Farqimiz esa biz bilan kuchli, qiziqarli shaxsiyatlar shakllanadi.
Vazifamizni uddalay olsak, murgʻak qalblarning butun umrlik qahramoniga aylana olamiz, hayot hikoyalarida o'rnimiz bo'ladi.
Aksi boʻIsa hech kimga sezilmagan holda bolaning shaxsiyati sekin-sekin yemiriladi. Qanchalik mas'uliyatli. Va qiyin ham.
Ayniqsa kishi ruhan yetuk, hislarini tushuna oladigan, nazorat qila oladigan bo'Imasa. Oʻzi bilan, shaxsiyatidagi tarakanlar bilan, travmalari bilan tanish boʻlmasa, xuddi reabilitatsiya markazida yotgandek ruhiy qiyinchiliklar boʻladi. Har kuni qaysidir ruhiy qiyin ishni mamnuniyat bilan qilishga toʻgʻri keladi. Masalan, menga muhitda, oʻrganish jarayonida tartib, mental tartib oʻrnatish juda qiyin. Ayniqsa DYVG (Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik) uzoq yillik hamrohim boʻlsa. Lekin Montessori falsafasida tartibning har qanday turi asosiy rolni egallaydi. Bola rivojlanib borar ekan, uning tartibning turli koʻrinishiga ehtiyoji katta boʻladi. Avval muhitda tartib, keyin aqlida tartib — bu ikkalasi qoʻshilib bola shaxsiyatida ruhiy tartibni ta’minlaydi. Keyingi bosqichlarda emotsional va diniy-ruhoniy tartib. Hozir men bolalar bilan ishlaydigan bosqichda eng asosiy urgʻu aqliy va axloqiy tartibga qaratiladi. Aqliy tartibga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun Kosmik ta’lim beriladi. Axloqiy ehtiyojini esa har kuni sinfxonadagi katta insonlardan (bizdan) va aqliy koʻnikmalarini ishlatib sekin-sekin atrofdagi boshqa odamlardan, ayniqsa tarixiy shaxslardan oʻrganib, bajarib koʻrib, qondiradi. Mening vazifam bolaga shunday tartibli, sistematik muhit yaratib berish. Nafaqat jismoniy sinfxona, balki miyasida ham tartibni shakllantirib borish.
Buning uchun esa men oʻzim qaytadan 6-12 yosh yillarimni yashashni boshladim. Har kuni qiynalaman, lekin har safar buni “Kamchiliklarimni Robbim menga shunday oson, muhabbatli muhitda toʻgʻrilashimni xohlabdi. Alhamdulillah!” ,- deb qabul qilaman. Sababi oʻzim ham xohlayman har qanday ilm va bilim tartibli saqlanishini, hislarimda rang-baranglik bilan birga tartib ham boʻlishini, kamida qachon xaos, qachon tartibda ekanimni bilib, sezib turishni istayman.
Alloh oson qilsin va baraka bersin!
Endi tezlashdi. Qizchalar bilan shaharchani aylanib kelmoqchi edim. Ular kiyinib, tayyor boʻlguncha rejalar ham oʻzgarishga majbur boʻldi: yomgʻir sabab albatta.
Instagramda bu oʻxshatishni ishlatgandim: yomgʻirning birdaniga tezlashib ketishini oʻz qaygʻusini gʻazab orqali emas, yigʻi orqali chiqarishi mumkinligini birinchi marta anglagan, his qilgan erkak koʻz yoshiga oʻxshatgandim. Yillab yigʻilgan yaralar ogʻrigʻini koʻz yoshlar bilan chiqarish yengilligi ham aynan yomgʻirdan keyin chiqadigan qizgʻaldoqdek sof, yorqin, tiniq va goʻzal boʻladi. Qalb shaffoflashadi. Tabiatiga qaytganini his qilgani uchun.
News and announcements of the library. No books here.
🇨🇳Official Chinese channel: t.me/zlib_china_official
🌐 https://z-library.sk
https://en.wikipedia.org/wiki/Z-Library
🐦 https://twitter.com/Z_Lib_official
🐘 https://mastodon.social/@Z_Lib_official
Last updated 4 months, 4 weeks ago
Intel slava is a Russian News aggregator who covers Conflicts/Geopolitics and urgent news from around the world.
For paid promotions and feedback contact us at: @CEOofBelarus
Last updated 2 months ago
💫Welcome to the best book channel of Telegram.
✨Buy ads: https://telega.io/c/BooksHub25
✨Contact admin ➠ @Bookshub_contact_bot
✨ Copyright Disclaimer➠ https://telegra.ph/LEGAL-COPYRIGHT-DISCLAIMER-09-18