? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.
Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.
⚡️Litsenziyasida yo‘q yo‘nalish ochib, talabalarni bir yil aldab o‘qitgan va pulini qaytarib bermagan Akfa universitetiga pullarni qaytarish talabi qo‘yildi
Raqobat qo‘mitasiga AKFA universitetining “Commercial Law” (Tijorat huquqi) yo‘nalishida bir yil o‘qigan va keyingi yildan ushbu yo‘nalishda o‘qish to‘xtatib qo‘yilganligi, to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi to‘g‘risida 10 ga yaqin murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2022 yil 10 yanvarda turli OAVda AKFA universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi to‘g‘risida reklama axborotlari joylashtirilgan hamda reklamalarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish, shuningdek “Tijorat huquqi” ta’lim yo‘nalishi uchun ham davom etayotganligi bayon qilingan.
Universitetga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyada ruxsat etilgan ta’lim yo‘nalishlarida “Tijorat huquqi” mavjud emasligiga qaramasdan, mazkur yo‘nalishda o‘qitish uchun 2022/2023 o‘quv yilida talabalar o‘qishga qabul qilingan va 4 yillik (8 ta semestr) o‘qish uchun ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan. Talabalar 12,5 mln so‘mdan 25,0 mln so‘mgacha kontrakt to‘lovini to‘lagan (Qo‘mitaga kelib tushgan 7 ta murojaatlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinmagan jami mablag‘ miqdori 167.500.000,0 so‘m).
O‘qish ma’lum bir muddat davom etgan. 2023 yil avgust oyida talabalarga “Tijorat huquqi” yo‘nalishida o‘qitish uchun lisenziya berilmaganligi sababli keyingi 2023/2024 o‘quv yilini vaqtinchalik gibrid shaklida davom ettirish yoki Xalqaro biznes ta’lim yo‘nalishida o‘qish taklif qilingan. Aksariyat talabalar bu taklifni rad etgan va ayrimlari boshqa ta’lim yo‘nalishida o‘qishga rozi bo‘lgan.
Biroq, Universitet tomonidan bugungi kunga qadar ko‘rsatilmagan xizmat uchun olingan kontrakt pullari fuqarolarga qaytarib berilmagan.
Mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi (xizmatning xavfsiz bo‘lishi, ijrochining g‘ayriqonuniy harakati tufayli yetkazilgan moddiy ziyoni to‘liq hajmda qoplanishi), 7-moddasi (noto‘g‘ri reklama oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplab berilmaslik), 12-moddasi (xizmatni amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda bajarilgan bo‘lishi), 19-moddasi (shartnoma shartlarini bajarmaslik), 21-moddasi (shartnomaga iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlarni kiritish, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olish) talablari buzilganligi yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.10.2005-yildagi 225-sonli (10.07.2024 y. 405-sonli) qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan “CENTRAL ASIAN UNIVERSITY” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ish maxsus komissiya tomonidan arizachilar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
“CENTRAL ASIAN UNIVERSITY” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 7, 12, 19 va 21-moddalari talablari buzilgan deb topilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, ko‘rsatilmagan xizmat uchun 7 nafar talaba fuqarolarga jami 167.500.000 so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish, shuningdek boshqa fuqarolarning murojaati asosida ular bilan tegishli qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi.
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.
Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
Prezidentning «Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni.
Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida yaxshi baholarga oʻqiydigan talabalarga ajratiladi
Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.
birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi.
Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim.
Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.
2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilish ta’minlanadi.
2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Oliy ta’limda juda katta oʻzgarishlar sodir boʻladi Prezident farmoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab: ➖ davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura…
Oliy ta’limda juda katta oʻzgarishlar sodir boʻladi
Prezident farmoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab:
➖ davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno;
➖ davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;
➖ davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;
➖ davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;
➖ oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi;
➖ bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid