Foydali metod

Description
👩‍🏫 10 yillik tajribaga ega pedagog
💁‍♀️ Trener
👩‍🎓 Magistr
✍️"LIDER USTOZ" prof kursi ishtirokchisi
Guljahon Mamtaliyeva tomonidan Samarali interaktiv metodlarni qo'llash bo'yicha tavsiyalar berib boriladi.Onlayn va offlay kurslar tashkil etiladi
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 6 days ago

Eng sara ma'lumotlarni har doim sizlarga ilinaman bilasizlar🤗
Bugun👆 shu videoga ko'zim tushdi va judayam ta'sirlandim to'g'risi, hatto ko'zimga yosh keldi😢 ko'ring va albatta izoxlarda fikrlaringizni kutib qolaman

3 weeks, 1 day ago

🎯 Auditoriyani boshqarishda qiynalayapsizmi?
Darsda diqqatni jamlash va auditoriya bilan aloqa o‘rnatish uchun mana bu 4 muhim jihatga e’tibor qarating:

1️⃣ Gavda – gavdaning to‘g‘ri tutish.
2️⃣ Ovoz – ovoz bilan to’g’ri ishlash.
3️⃣ Imo-ishora va xarakatlar– qo‘l harakatlari va imo-ishoralar.
4️⃣ O‘zingizga bo‘lgan ishonch – ichki ishonchingizni namoyon qiling.

Bu oddiy, ammo samarali texnikalar sizga auditoriyani boshqarishda katta imkoniyat beradi. Darslaringizni yanada qiziqarli va samarali qiladi.

📚 Foydali bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan ulashing!

3 weeks, 2 days ago

Замон тезлашмоқда, айрим янги одобларга ҳам эҳтиёж пайдо бўляпти:

  • Кимдандир пластик карта орқали қарз олсангиз, қайтаришда хизмат ҳақини ҳам қўшиб ўтказинг;

  • Бошқаларнинг қанча ойлик олишини сўраманг. "Ишда левийлар борми?" дея иржайманг;

  • Кимгадир телефон қилганингизда иккинчи линиядан тушсангиз битта чақириқдан кейин алоқани узинг. У одамга Сиз қидирганингизни англаш учун шу кифоя. Узлуксиз чақириқларингиз билан суҳбатини хира қилманг;

  • Телеграмдан (ёки бошқа ижтимоий тармоқдан) ёзилган саволга ёзма жавоб беринг, дарҳол телефон қилманг;

  • Кимгадир қўнғироқ қилсангиз ва у томон жавоб бермаса, бир секунддан кейин ҳам жавоб бермайди. Қайта-қайта қўнғироқ қилаверманг. Умуман, жавоб бериш у томоннинг ҳуқуқи, зинҳор мажбурияти деб қараманг;

  • Жума намози якунланганда дарҳол туриб одамлар орасида жайнамозингизни қоқманг;

  • Кимдир бирорта суратни кўрсатиш учун телефонини берса, фақат ўша суратни кўриш билан чекланинг. Бармоғингиз билан кейингиларига ўтиб кетманг. Ҳаққингиз йўқ бунга;

  • Ҳаддингиз сиғмаган одамга, яна жамоат орасида иккинчи хотин, оила масалаларида қочирим қилманг;

  • Чорраҳаларда тўхтаб турилганда ёнингиздаги машинадагиларга олайиб қараманг. Ҳеч ким ҳақингизни еб кетмаяпти. Умуман айтганда буткул қарамасангиз янада яхши. Чунки улов ҳам бировнинг мулки, унинг ичи кимнингдир хонадони мақомида;

  • Кимдир телефонида нимадир қидираётган бўлса тикилиб турманг, бошқаларнинг телефон экранига рухсатсиз ва ўта заруратсиз қараманг;

  • Умумий овқатланиш масканида атрофингизда аёллар ва болалар бўлса, сўзларингизни ҳам, овозингизни ҳам, кулгингизни ҳам назорат қилинг;

2 months, 1 week ago

#Atamalar_sharhi
*? Mentor – samarali boshqaruv tajribasiga ega boʻlgan taʼlim tashkilotining rahbari boʻlib, bu lavozimda boshqaruv loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda va uning professional boshqaruv vakolatlarini rivojlantirishda boshqa menejer uchun maslahatchi vazifasini* bajaradi.

Mentorlar bu pedogogik jamoada tan olingan, oʻz tajribalari bilan boʻlishishga tayyor va hamkasblari faoliyati sifatini oshiirishda manfatdor boʻlgan taʼlim rahbarlari.

? Mentorlik – boshqaruv murabbiylik tizimi bo’lib, uning mohiyati boshqaruv qarorlari va loyihalarini ishlab chiqish tayyorlash va amalga oshirish tajribasini eng tajribali va muvaffaqiyatli hamkasblariga o’rgatishdir.

✍️ Muallif: Sevara Matkarimova

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago
4 months, 2 weeks ago

Farzandimizni bugun kulolchilik bo'yicha master klassga olib keldik POTERSS ACADEMYga

Jarayon Juda ham qiziqarli bo'lyapti?

Turli savollari bilan hunarmandlarni boshini qotiryapmiz??

4 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago

O‘quvchiga tahdid qilish qanchalik samarali?

Psixolog Fridman bolalar tarbiyasida tahdid qilish qanchalar muhimligi haqida o‘ziga xos izlanish olib boradi.

U o‘z tadqiqotida bolaga beshta o‘yinchoq ko‘rsatib, quyidagilarni aytadi:

"Robot bilan o‘ynash yomon. Agar sen shunday qilsang, juda jahlim chiqadi va seni jazolashga majbur bo‘laman".

O‘quvchilarni chetdan kuzatar ekan — 22 ta boladan 21 tasi robotga qo‘l tekkizmadi.

Tahdid bolaga qisqa muddatda ajoyib samara beradi degan fikrga kelindi.

Endi Fridman, tahdidning keyinchalik atrofda hech kim bo‘lmaganida qanday ta’sir ko‘rsatishini bilish uchun — yordamchisini ikkinchi tadqiqot uchun yubordi.

Yordamchi ayol o‘quvchilar vazifalarini tekshirish vaqtida, xonadagi xohlagan o‘yinchoqni o‘ynab turishi mumkinligini aytdi.

Qizig‘i shundaki, bolalarning 77 foizi ilgari "taqiqlangan meva" — robot bilan o‘ynashni afzal ko‘rishdi.

Keyingi safar, Fridman xuddi shu tadqiqotni boshqa guruh o‘quvchilari bilan bajardi.

Yana robot o‘ynash yomonligini tayinladi, ammo tahdid qilmadi.

Bu safar ham 22 ta boladan 21 tasi robotga qo‘l tekkizmadi: ya’ni qisqa muddatda ham ogohlantiruvning o‘zi yetarli ekanligi ayon bo‘ldi.

Hayratlanarlisi, olti haftadan keyin atigi 33 foiz bolalargina robotga qo‘l tekkazishdi.

Xulosa

  1. Tashqi bosim, qo‘rqitish, tahdid qilish — natija berganday ko‘rinsada, aslida, samarasiz.

  2. Tahdidsiz ko‘rsatma berish — bola atrofida hech kim bo‘lmaganida ham samarali natija beradi.

Post Robert Chaldinining "Ta’sir psixologiyasi" kitobidan

Manba : Халқаро мактаб устози

4 months, 3 weeks ago

Tarbiya nazariyotidagi eng goʻzal nazariya qissalar bilan tarbiyalashdir.

Qurʼoni karim itoatgoʻylar, osiylar, Nabiylar, ayollar, hayvonlar, qullar va oʻtgan ummatlar qissasi bilan toʻla. Tarbiya va yoʻnalish berishda bundan oʻtadigani yoʻq.

Bu uslubdan maqsad yetkazish kerak boʻlgan fikrni nafs yaxshi koʻradigan suratda birovga yuklashdir. Inson qissaga tabiati bilan quloq tutib uni qabul qiladi. Bu katta yoshlilarda.

Ammo yosh bolalarda esa bu uslub juda ham muhim va foydalidir.

Bolalarda bu dunyo haqidagi fikrlar juda erta shakllanadi. Erta shakllangan narsani oʻzgartirish ham qiyin kechadi.

Har bir qissaning qahramonlari boʻladi. Qahramonlar bolalar uchun bir yetakchi va oʻrnak vazifasini oʻtaydi. Bolalar ularga taqlid qilishadi.

Shuning uchun hikoyalarni tanlab olish lozim boʻladi. Bu bilan biz ularga yetakchilarni tanlab bergan boʻlamiz.

Firʼavnning qizining sartaroshi haqidagi hikoya Zolushka haqidagi ertakdan goʻzalroqdir.

Bilqis haqidagi hikoya “Qorning oqligi” hikoyasidan yaxshiroqdir.

Uxud sohiblaridagi bola hikoyasi Robin Gud hikoyasidan afzaldir.

G’or sohiblarining qissasi Ali bobo va qirq qaroqchi qissasidan yaxshidir.

Adham Sharqoviy “Tongi suhbatlar”dan

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago