Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Sentrifuga Qoidalari: To'g'ri va Noto'g'ri Joylashtirish
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
Kecha kanalga joylangan sentrifuga qoidalariga oid rasm bo‘yicha to‘g‘ri va noto‘g‘ri joylashtirish haqida qisqacha tushuntirish berib o'taman.
🔹 Noto‘g‘ri joylashtirilgan holatlar:
1, 4, 7, 10, 14-rasmlarda probirkalar noto‘g‘ri joylashtirilgan.
🔹 To‘g‘ri joylashtirilgan holatlar:
2, 3, 5, 6, 8, 9, 11, 12, 13 va 15-rasmlarda probirkalar to‘g‘ri joylashtirilgan.
📌 Sentrifugada probirkalarni to‘g‘ri joylashtirish qoidalari:
✅Agar sizda juft sondagi probirkalar bo‘lsa, unda ularni ikkiga bo‘lib joylashtirish eng oddiy usul hisoblanadi. Yoki juft soningiz 3 ga bo‘linadigan bo‘lsa, probirkalarni qarama-qarshi holatda teng qilib joylashtirish mumkin. Masalan, sizda 6 ta probirka bo‘lsa, ularni 2 tadan teng qilib joylashtirish mumkin.
✅ Agar probirkalar soni toq bo‘lsa (masalan, 3, 5 yoki 7 ta), avval 3 ta probirkani simmetrik uchburchak shaklda joylashtirish, so‘ng qolgan probirkalarni qarama-qarshi holatda qo‘yish lozim. Bundan tashqari agar toq son 3 bo'linsa 3 ga bo'lib teng taqsimlab joylashtirsa bo'ladi Masalan: 9., 15 va 21 agar bo'linmasa uchburchak usulni qo'llaysiz.
✅ Agar faqat bitta probirka bo‘lsa, balansni saqlash uchun yoniga bo‘sh probirkalar qo‘yilib, qarama-qarshi joylashtiriladi.
📍 To‘g‘ri joylashtirish namunasi:
5 va 13-rasmlarda probirkalar avval uchburchak shaklda, so‘ng qarama-qarshi joylashtirilgan bo‘lib, bu sentrifugada muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Sentrifugada to‘g‘ri joylashtirish muhim, chunki noto‘g‘ri joylashtirish natijasida qurilma tebranishi yoki buzilishi mumkin. Shu qoidalarga amal qilib, xavfsizlik va aniq natijalarga erishish mumkin.
Siz ushbu qoidalarni bilarmidingiz? Fikr va tajribangizni izohlarda qoldiring! 👇
🔬 Sentrifuga ishlatish qoidalarini bilasizmi?
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
Laboratoriyada bajariladigan ilk ishlarning biri – sentrifuga bilan ishlash. Bu usul biologik tadqiqotlarda juda muhim bo‘lib, har bir tadqiqotchi uning qoida va talablariga amal qilishi shart.
📸 Sizga quyidagi rasmda sentrifugaga joylashtirilgan probirkalar ko‘rsatilgan. Diqqat bilan qarang! Ular to‘g‘ri joylashtirilganmi yoki yo‘qmi?
🧐 Xato joylashtirilgan probirkalarni topa olasizmi? Fikringizni izohlarda qoldiring! Fikringiz biz uchun muhim😊
https://www.youtube.com/watch?v=RcDqJZgMzyI&t=848s
Bu videoda P qiymati va uni aniqlash statsitikasi haqida yaxshi tushuntirish berilgan, ko'rib o'rganib o'rganishga foydali manba.
Eng quvonarlisi biologiyaga oid uzbekcha manbalardi soni ortib boryabdi, bu juda ham ijobiy natija😊😊
Kanalda elon qilingan ayrim postlar uchun linklar ustiga bosib yana bir o'qishingiz mumkun🔔
1. Inson genomi
2. Leykemiya
3. Vitamin
4. CRISPR-Cas
5. Svante Pääbo
6. Aleksandr Fleming
7. Vitaminlarning nomlanishi
8. Yerda eng ko'p kislorod nima ishlab chiqaradi?
9. Molekulyar biologiya laboratoriyasi
10. Plastik chiqindilar
https://t.me/dnkkundaligi
#statistika
📊P-qiymatlar (p values)
Agar siz ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz, "p-qiymat" iborasini eshitgansiz. Tajriba natijalarini tahlil qilishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, asosan, natijalarning statistik ahamiyatini aniqlashda qo‘llaniladi. Ular tadqiqotchilarga tajribada olingan natijaning ehtimolligini aniqlaydi va oldinga surilgan gipotezani ( nol gipotezani - H₀) tekshirishga yordam beradi. Biroq, p-qiymatlarni talqin qilish murakkab jarayon bo‘lib, tadqiqot dizayni, namuna hajmi va statistik testlarning muvofiqligi kabi turli omillarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishni talab etadi. Bu qiymat nimani anglatadi va biz uni qanday ishlatamiz? Keling, buni misollar orqali tushuntiramiz!
Biologik tadqiqotda yangi antibiotic dorining patogen bakteriyalarga ta'sirini o'rganish
Null gipoteza (H₀): "Yangi dorining bakteriyalarga ta'siri yo'q. Tajriba va nazorat guruhlarida bakteriyalarning o'lim darajasi bir xil. Shu maqsadida biz tajriba o’tkazamiz.
Bunda tajribada – 100 bakteriyaga 🦠 antibiotik 💊 berildi va 90% o’lim 💀 ko’rsatikichiga teng bo’ldi. Nazorat tajribasida 100 bakteriyaga 🦠 oddiy suv berildi va o’lim 💀 ko’rsatkichi 70%ni tashkil qildi. Tajribadan olingan natijalarimizni statistic tahlil qilganimizda (masalan, t-test yoki Chi-square test) p- qiymati 0.01ga teng bo’ldi deylik.
P qiymati standart havf darajasi sifatida 0.05 qiymati dunyo olimlari tomonidan qabul qilingan.
✅ p < 0.05 → Natijalar statistik ahamiyatli (lekin har doim amaliy ahamiyatli emas!).
❌ p > 0.05 → H₀ rad etib bo'lmaydi. Yani tajriba natijasi noaniq
Bizlarning tajribamizda p-0.01 ga teng bo’ldi yani 0.05dan kichik, bu degani olingan tajribamiz statistic tarafdan ahamiyatli (ehtimoliy qiymati past). Agar statsitik jihatdan ahamiyatli bo’lgan bo’lsa biz gipotezamizga xulosa bersak bo’ladi. Demak yangi antibiotic dorimiz bakteriyalarga ta’siri bor ekan 📈
💡 Yana muhim jihati Null gipoteza (H₀)- dorining ta’siri yo’qga alternativ gipoteza (H₁) – ta’siri bor yani o’ldiradi gipotezasini qo’llab quvvatlamaydi ❌garchi tepadagi natijamizda Dorining ta’siri borlini aniqlangan bo’lsa ham. Yani statistic tahlilda bitta gipoteza ilgari suriladi.
Post Eshbekova.G bilan birgalikda tayyorlandi
🔬 CRISPR/Cas9 yordamida tuzga chidamli pomidor yaratildi! 🍅🧬
📢 Genetik olimlar CRISPR/Cas9 texnologiyasidan foydalangan holda SlHyPRP1 genining ma'lum qismlarini olib tashlab, pomidor o‘simliklarining tuzga chidamliligini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi!
🌱 Ahamiyati?
Iqlim o‘zgarishi va sho‘rlangan tuproqlar qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga jiddiy ta’sir qilmoqda. Tuzga chidamli ekinlar ishlab chiqarish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
🧬 Pomidorning qaysi geni o‘zgartirildi?
Tadqiqotchilar SlHyPRP1 genining prolin-boy hududi (PRD) va 8-tsistein motivi (8CM) qismlarini CRISPR/Cas9 orqali o‘chirib tashlashdi. Natijada, o‘simliklarning 150 mM NaCl darajasidagi sho‘rlanish sharoitida o‘sishi yaxshilandi.
⚙️ Olingan muhim natijalari:
✅ PRD yoki PRD+8CM qismlari olib tashlangan o‘simliklar sho‘rlangan tuproqda yuqori chidamlilik darajasini ko‘rsatdi.
✅ PR1 mutanti (faqat PRD olib tashlangan) vegetativ o‘sish davrida yaxshi natijalar olingan.
✅ PR3 mutantlari (ikkala qism olib tashlangan) urug‘ unib chiqish bosqichida tuzga eng chidamlilik darajasini qayd qildi.
🔬 Xulosa qiladigan bo'lsak:
CRISPR orqali stress-regulyator genlarni tahrirlash orqali qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli ekinlar yaratish mumkin. Bu usul kelajakda pomidor va boshqa ekinlarning hosildorligini oshirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda!
📚 Maqola manbasi: SpringerLink
🧬🫥🤓
Nature jurnalida Alison Antes tomonidan “Birinchi odam bo’l, ikkinchi olim” mavzusidagi dolzarb Maqola e’lon qilindi. Maqola asosiy mazmuni quyidagicha edi:
"Men avval inson edim, keyin olim bo‘lishni o‘rgandim. Agar insoniylik tomonimni unutadigan bo’lsam, bu muammo." -deydi Alison Antes.
Bu so‘zlarni men ilmiy yutuqlari va xulq-atvori bilan hamkasblari tomonidan namuna sifatida tan olingan 52 nafar olim bilan suhbat chog‘ida eshitganman.
Men bilan hamkorlik qiladigan ko‘plab olimlar o‘zlarida boshqaruv va rahbarlik ko‘nikmalari yetishmasligini his qilishadi. Ular loyihalarni muvofiqlashtirish yoki yig‘ilishlarni samarali o‘tkazish kabi aniq vazifalar bo‘yicha yordam so‘rashadi. Biroq eng ko‘p ta’kidlanadigan narsa shuki, tadqiqot o‘tkazish ulardan laboratoriyada ijobiy munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolishni talab etadi.
Ulardan biri menga shunday dedi:
"Laboratoriyaning birinchi qoidasi - uyg‘unlik. Eng avvalo, biz bir-birimiz bilan chiqishishimiz, bir-birimizni hurmat qilishimiz va bir-birimizga ishonishimiz kerak. Bu boshqa barcha narsalar uchun asosiy tamoyildir."
Alison Antes laboratoriya rahbarlari, ilmiy rahbarlarga quyidagicha maslahatlarni yozib qoldirgan :
Guruh a'zolari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va muhokama qilish kerak bo‘lgan masalalarni oldindan yozib qo‘yish, shuningdek, uchrashuvga qanday yondashishni oldindan belgilab olish muhimdir. Bu jarayonda har bir a'zoning ehtiyojlariga qarab, rag‘bat yoki maslahat berish, kerak bo‘lsa, muammolarni hal qilishda qat'iyatlilikni ko‘rsatish zarur. Shuningdek, jamoa a'zolarini ochiq gapirishga undash, ular o‘z muammolarini erta bosqichda hal qilishga rag‘batlantirish va laboratoriyadagi yutuqlarni ta'kidlash foydalidir.
Jamoa ishini samarali boshqarish uchun, "ish maydoni" (laboratoriya) bo‘ylab yurish va g‘oyalar almashinuvi hamda muammolarni tezda hal qilishni qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Yig‘ilishlarda, namunali xulq-atvorni ko‘rsatish, savollar berish va ishtirok etishni talab qilish orqali hamkorlik va o‘zaro yordamni rag‘batlantirish kerak.
Shuningdek, jamoa a'zolarining birga vaqt o‘tkazishlari uchun norasmiy tadbirlar rejalashtirish, laboratoriyadagi keskinlikni yumshatishga yordam beradi. Bu tadbirlarni o'tkazishda, a'zolarni hurmat qilish va turli ehtiyojlarni inobatga olish muhimdir.
Ximera mutatsiyasi Fanda ximeralar deb genomida ikki yoki undan ortiq zigotalardan olingan, genetik jihatdan turli xil materiallarga ega bo‘lgan organizmlarga aytiladi.
Oddiy organizmlarda har bir hujayra bir xil genlar to‘plamiga ega bo‘ladi.
Ximerizm — mozaitsizmning alohida holati bo‘lib, bunda organizm to‘qimalarida genetik jihatdan farq qiluvchi hujayralar mavjud bo‘ladi, bu esa mutatsiyalar, rekombinatsiyalar va hujayra bo‘linishining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Kashf etilishi va tarixi
Biologiyadaximera – bu turli zigotalardan kelib chiqqan genotiplarga ega hujayralardan tashkil topgan yagona organizmni anglatadi. Bu atama yunon mifologiyasidagi turli hayvon qismlaridan tashkil topganChimera afsonasidan olingan.
Ximera tushunchasi ilmiy jihatdan XX asr o‘rtalarida tasdiqlandi. 1953-yilda British Medical Journal jurnalida odamlardagi ximera haqidagi maqola nashr etilgan. Bu holatda ayol tanasida ikki xil qon guruhi aniqlangan, bu esa egizak aka-ukasi hujayralarining uning organizmida yashashidan kelib chiqqan edi.
Ahamiyati
Ximera bo'yicha tadqiqotlarining ilmiy ahamiyati katta, ayniqsa rivojlanish biologiyasi va tibbiyotda. Ximera genetik kasalliklar, organlar rivojlanishi va davolash usullarini o‘rganishga imkon beradi. Masalan, inson-hayvon ximerasi — organlarini hayvonlarda o‘stirish orqali transplantatsiya ehtiyojlarini qoplashda katta yordam beradi. Bu donor organlar yetishmovchiligini hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago