Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

Description
Shaxsiy IELTS balim 8.5 🏆
10 yillik o'qitish tajribasi 👩‍🏫
IELTS 7+ onlayn kursi asoschisi 🚀

Bepul darslar qadalgan xabarlarda turibdi.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 week, 1 day ago

Kim IELTS topshirganda shunaqa tush ko’rgan? 😂

1 week, 2 days ago

English Platform o’quv markazimizdan kutilgan yangilik!📣📣📣

O’quv markazimizda kechki va ertalabgi General English hamda IELTS guruhlariga qabul bo’lmoqda. Darslar kichik guruhlarda, oson va qiziqarli usullar yordamida o’tiladi va har bir o’quvchiga alohida e’tibor qaratiladi.

IELTS guruhlari uchun haftada 3 martagacha qo’shimcha BEPUL mock imtihonlar ham tashkil etiladi.

Yangi guruhlar haqida batafsil ma’lukot olish va darslarga yozilish uchun hoziroq @gulora_supportadmin akkaunti bilan bog’laning.

Bu hali hammasi emas! ☝️

Bugun 00:00 gacha offlayn
kurslarga ro’yxatdan o’tganlar
uchun naqd 100 ming so’mlik chegirma taqdim etamiz! 💸💸💸

Chegirmangizni qo’lga kiritish uchun hoziroq @gulora_support admin akkaunti bilan bog’laning.

1 week, 2 days ago

Ertaga 14- fevral kim nima bilan band? 😉

2 months, 3 weeks ago

2-hikoya

Izohlarda kimdir Stiv Jobs biografiyasini 2 marta o’qiganini va bu odam tushunarsiz, g’alati ekanligini yozgan ekan.

Ha, haqiqatdan ham Stiv Jobs tushinish qiyin inson bo’lgan. U ishda judayam qo’pol, talabchan, xodimlarni ayamasdan tanqdi qiladigan shaxs bo’lgan. U hamma narsaga yoki juda zo’r yoki umuman bo’lmaydi, bu musor deb izoh bergan.

Lekin bu shaxsning kuchli tomoni perfeksionist bo’lganligida edi. Ha, uning o’zi ko’p narsani yaratmagan, shaxsan o’zi Apple mahsulotlarini ixtiro qilmagan, lekin o’ta talabchanligi va mukammallikni sevishi bilan, kompaniyasi xodimlariga aynan qanday mahsulot yaratilishini hohlashini va shunday mahsulot yaratishdan boshqa yo’l yo’qligini singdira olgan. Agarda uning qo’l ostidagi muhandislarini biror bir texnik vazifani bajarishni ilojsiz deb aytishsa, Stiv Jobs ularga qanday bo’lmasin iloji topish kerakligini va ular albatta topa olishini aytib ishontirgan. Uning so’zlaridan ilhomlangan xodimlari haqiqatdan ham buyuk texnologik yutuqlarga erishishgan.

Ko’pchilik Stiv Jobsni kuchli injiner bo’lgan deb o’ylashadi. Aslida, u kuchli biznesmen bo’lgan va atrofida top mutaxasislarni yig’ib, ularning injinerlik kashfiyotlarni qanday qilib katta daromad olib keluvchi mahsulotga aylantirishni va uni bozorda muvaffaqqiyatli sotishni bilgan.

Stivni ikkita xususiyati uni mashhur Stiv Jobs ga aylantirgan. Birinchisi, yuqorida aytganimdek perfeksionizm bo’lsa, ikkinchisi notiqlik san’ati va shu orqali boshqalarni ishontira olish qobiliyati. U ko’plab biznesda TOP mutaxasislar bilan gaplashib, ularni o’z kompaniyasi foydasiga ko’ndira olgan, Apple yangi mahsulotlari yaratilganda, sahnada nutq so’zlab, tomoshabinlarni o’z nutqi bilan sehrlab qo’ygan. Aynan u nutqlari orqali Apple ning sodiq katta armiyasini tuza olgan.

Bu kitobni o’qib, kuchli biznesmen kim degan savolga javob oldim. Kuchli biznesmen faqat pul uchun ishlamaydi, u o’z biznesiga bor-budini beradi, va tuni-kun ishi haqida o’ylaydi. U yashash uchun kompaniya qurmaydi, balkim kompaniyasi uchun yashaydi. Bunga misol, Stiv Jobs Apple kompaniyasidan bir marta ishdan haydalib ketadi va kompaniya bankrot bo’lish arafasida turganda qaytib kelib, atigi 1 dollar maosh evaziga 1 yil tinimsiz ishlab, yana kompaniyani oyoqqa turg’izadi. Hattoki, sog’lig’i yomonlashib, keyinchalik saratonga chalinsayam, u hech qachon ishidan voz kechmaydi.

Bitta shaxs kuchli irodasi bilan qanday ishlar qilishga qodir?! Yoki biz tor dunyochamizda zarradek yashab hayot kechiramiz va butunlay tarixdan yo’q bo’lib ketamiz, yoki hayotimizni nimadirga tikib, o’zimizdan boy meros qoldirib, tarixda qolamiz. Tanlov o’zimizda...

2 months, 3 weeks ago

Kitobxonlar tushunadi…

Kitobni o’qiysiz, o’qiyverasiz, va go’yoki bosh qahramonga aylanib qolasiz. Endi o’sha bosh qahramonning yutuqlariniyam, qiyinchiliklariniyam u bilan birga teng baham ko’ra boshlaysiz. Hammasini teng yashab o’tasiz.

Stiv Jobs kitobidayam shunday bo’lyapti. Kitobni oxiriga kelib qoldim. Lekin o’qish juda qiyin bo’lyapti. Stiv Jobs og’ir kasallikka chalingan va u o’lim yoqasida. Uning hayotini tug’ilishidan boshlab his qilib o’qib turgan odam uchun bu sahifalarni o’qish og’ir.?

Bu kitobda juda ko’p qiziq hikoyalar o’qidim. Tez orada bo’lishaman. Agar kitobni tugatishga jur’atim yetsa ?****

Hikoyalarimni kutyapsizmi?

2 months, 3 weeks ago

Stiv Jobs bolaligi qanday o’tgan?

Men hali o’qib tugatmagan Stiv Jobs kitobi menda katta taasurot qoldirdi. Fikrlash doirasi va qat’iyati bilan butun dunyoda keng tarqalgan va har birimizning sevimli buyumlarimizga aylangan Apple mahsulotlarini dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan insonning hayot hikoyasi judayam qiziq.

Bu kitob hajmi yaxshigina katta bo’lgani uchun hammayam o’qishga ulgurmasligi mumkin. Keling, shu sababdan sizga kitobning qiziq joylarini hikoya qilib beraman. Hikoyamni Stiv Jobs bolaligidan boshlayman.

Stiv Jobsning biologik ota-onasi 23 yoshlik suriyalik talaba Abdulffattoh Jandaliy va germaniyalik muhojirning qizi Joan Shible bo’lgan. Ular talabalik paytida bir-birini yaxshi ko’rib qoladi va Stiv Jobs dunyoga keladi. Lekin ularning qonuniy nikohi yo’qligi tufayli, otasi ham onasi ham boladan voz kechishadi. Bolani asrab olishni hohlaydigan oilalarga berishadi. Bolani berib yuborishdan oldin onasi Joan asrab olgan oila albatta kollejda o’qitishlari kerak deb shart qo’yadi. Shu shartga rozi bo’lgan Pol va Klara Jobs Stivni asrab olishadi. Pol va Klara o’zlari oliy ma’lumotga ega bo’lmasada, astoydil Stivni yaxshi maktab va kollejlarda o’qishi uchun harakat qilishadi. Bor budini yig’ib, asrab olgan bolasini nufuzli Rid kollejida o’qishga yuborishadi.

Asrab olinganligi Stivning shaxsiyatiga qattiq ta’sir o’tkazgan. U jizzaki, tez jahli chiqadigan va qaysar bo’lib voyaga yetadi. Asl ota-onasi undan voz kechganligi o’zi tan olmasada, Stivga og’ir botgan. Keyinchalik o’z tuqqan onasi va tug’ishgan singlisini izlab topgan va ular bilan umri oxirigacha yaxshi munosabatda bo’lgan. Lekin otasini umuman ko’rishni hohlamagan va otasi bilan uchrashish imkoni bo’lsada, buni rad etgan.

Ammo, taqdir charxpalagimi, bilmadim, Stiv Jobsning qismati to’ng’ich qizida ham takrorlandi. Stiv Jobs ham 23 yoshida ilk marotaba farzandli bo’ladi, lekin qizidan voz kechadi. Bir necha yil u bilan ko’rishishni rad etadi va boshi bilan ishga ko’milib ketadi. Keyin-keyinchalik qiziga mehri uyg’onib, uni ko’rishga boradigan va vaqt ajratadigan bo’ladi. Qizning ismi Liza edi, keyinchalik u otasi bilan birga yashab, yaxshi munosabatda bo’lgan bo’lsa ham, otasining boshida rad etganligi unga og’ir botgan. U ham xuddi Stiv Jobs ning o’zi kabi jizzaki, qaysar va gapga kirmas bo’lib ulg’ayadi. Ularni hayotda taniganlarning aytishicha, qizi Liza xuddi otasining xarakterini o’zi edi.

Hayot qiziq, shunday emasmi? Taqdirlar takrorlanishi rostmi? Bilmadim, balkim… ?

Hikoyamni davom ettiraymi?

10 months, 2 weeks ago

Bizda super natija! IELTS 7.5 ??

Bu o’quvchimiz bizda 2 ta guruhda ketma-ket o’qib, shunaqangi zo’r natijaga erishdilar!

Ustozlari Mr Islom, bizning IELTS va practice kurslarimizda o’qib, 6.5 dan 7.5 ga ko’tardilar!

Qoyil qolmasdan iloj yo’q! ???

10 months, 2 weeks ago

Assalomu alaikum Islom aka, I would like to express my gratitude to you and all your efforts to teach us. I see, now, the result of our great work in the last 3 months. Thank you so much, teacher, good luck in your career path.?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her