Saidakbar Ikramov 🇰🇷

Description
Koreya haqida siz bilmagan ma’lumotlar!

- Xorijda o’qish va yashash
- Ajoyib ekstremal sayohatlar
- Grant dasturlar haqida ma’lumotlar
- Kundalik foydali va qiziqarli kontent

Foydasi tegsa hursand bo’laman 🤝
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 2 days ago

Yaponlarda shunday gap bor...

"If you get on the wrong train, get off at the nearest station, the longer it takes you to get off, the more expensive the return trip will be"

"Agar noto‘g‘ri poyezdga chiqqan bo‘lsangiz, darhol eng yaqin bekatda tushing. Qanchalik kech tushsangiz, qaytish yo‘li shunchalik qimmatga tushadi"

Ko‘plab insonlar bir necha yil oldin qilgan tanlovlari notog'ri bo'lganini bilsalar ham, yangi tanlovlar qilishdan qo'rqishadi yokida ikkilanishadi.

Hayotda keskin o‘zgarishlar qilish va vaqtida tavakkal qilishdan qo‘rqmaslik kerak.

O‘tgan bir necha yil yoki sarflangan qanchadir mablag‘ uchun hayotingizni katta qismini o'zingizga mos bo'lmagan joyda, kasbda yokida universitetda o'tkazishingiz shart emas.

Atrofdagilarning gap-so‘zlari sababli o‘zingizdagi eng qimmatli resurs - vaqtingizni behudaga sarflamang.

Hayotida katta yutuqlarga erishgan ko‘plab insonlar ma’lum bir vaqtda muhim o‘zgarishlar va katta qarorlar qabul qilganlari tufayli bugungi muvaffaqiyatlariga erishgan.

Aytishadi-ku, “Hechdan ko‘ra kech.”

2 weeks ago

*"Oddiy askarlar haddan tashqari kuchli, ammo ofitserlar juda zaif bo‘lsa, natijada itoatsizlik yuzaga keladi. Aksincha, ofitserlar haddan tashqari kuchli, oddiy askarlar esa zaif bo‘lsa, natija mag'lubiyat bo‘ladi"

"Agar bosh qomondon zaif bo‘lsa, uning buyruqlari aniq va tushunarli bo‘lmasa, ofitser va askarlarga belgilangan aniq vazifalar bo‘lmasa va saflar betartib shakllantirilsa, natijada mag’lubiyatga olib boradigan butkul betartiblik yuzaga keladi"*

Jamoada tartib va balansning ahamiyati beqiyos. Har bir darajadagi insonlar - oddiy xodimlardan rahbarlargacha - o‘z vazifalarini va maqsadlarini aniq bilishi kerak.

Rahbarlar kuchli bo‘lishi, ammo jamoani qo‘llab-quvvatlash va jamoani fikrlarini inobatga olishga tayyor bo‘lishlari kerak.

Faqat rahbarning kuchli bo‘lishi, xodimlarning esa zaif bo‘lishi muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Shu bois xodimlarni rivojlantirish va ularga mos vazifalar berish zarur.

Muvaffaqiyatga erishish kuchli, maqsadli va balanslashgan jamoa yaratishdan boshlanadi.

2 weeks, 1 day ago

"Do not repeat the tactics which have gained you one victory, but let your methods be regulated by the infinite variety of circumstances" - Sun Tzu
Doimiy ravishda bir xil strategiyani qo’llash o’zgaruvchan sharoitlarni hisobga olmaslikka olib keladi. Bu esa rivojlanishning to‘xtashiga yoki hatto muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Bozorlar rivojlanadi, iste’molchilar ehtiyojlari o‘zgaradi, raqobatchilar moslashadi va texnologiya yoki tartib-qoidalardagi o‘zgarishlar biznesga ta’sir qiladi. Oldin ishlagan uslub keyin ishlamay qolishi mumkin. Misol uchun yangi geografik bozorga kirayotgan kompaniya boshqa hududda ishlatilgan bir xil marketing strategiyasini qo‘llasa yoki “culture”dagi farqlarni inobatga olmasa muvaffaqiyat qozonmasligi ehtimoli yuqori.

O‘tmishdagi yutuqlar qimmatli saboq beradi, ammo ularni “tayyor shablon” sifatida ishlatish xato.

Har bir bozor yoki sharoit o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Muvaffaqiyatli bizneslar bozorni tahlil qiladi, raqobatni tushunadi va hozirgi sharoitga mos strategiyalarni ishlab chiqadi.

- Netflix: DVD ijarasidan striming xizmatiga o‘tdi va hozirda original kontent yaratishga katta sarmoya kiritmoqda.

- Airbnb: Mehmonxonalar hukmron bo‘lgan bozorda, bo‘sh turgan uylardan foydalangan holda yangi samaraliroq yechim taqdim etdi.

Shaxsiy tajribamdan: Yirik kompaniyadan tortib, kichikroq "start-up"larga qadar bir xil xatolarni kuzatganman. Avval foyda keltirgan qarorlar yoki strategiyalarni yillar davomida saqlab qolishga urinish ko‘pincha bozor ulushining qisqarishiga olib keladi.

Kitobdan kuchli boshqaruvchi bo'lish va jamoani shakllantirish haqida ham ko'plab "insight"lar oldim, nasib qilsa keyingi postlar shu haqida

Avvalo o'zimga, keyin esa sizlarga ham ilm bo'lib qolsin degan maqsadda,

Hurmat bilan,
Saidakbar Ikramov

2 months, 3 weeks ago
2 months, 4 weeks ago
*Koreyada haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni: Qayerdan …

Koreyada haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni: Qayerdan boshlash kerak? ?**

Agar Janubiy Koreyada haydovchilik guvohnomasini olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, KOROAD (Korea Road Traffic Authority) orqali ariza berish jarayonidan o‘tishingiz kerak.

Mana nimalarni bilishingiz zarur ?

1. Yo‘l harakati xavfsizligi ta’limi- Onlayn yoki markazni o'zida ro‘yxatdan o‘ting
- ID kartangiz kerak bo'ladi
- Dars taxminan 1 soat davom etadi va bepul

2. Sog‘liqni tekshirish
- Hududiy imtihon markazlarida yoki belgilangan shifoxonalarda amalga oshirilishi mumkin
- ID kartangiz kerak bo'ladi

3. Yozma imtixon (elektron kompyuterda bo'ladi)
- 40 ta savol, 40 daqiqa vaqt beriladi,
- O'tish balli: 60%
- ID karta va 3.5 x 4.5 rasm kerak
- Telefoningizni o'chirib olib qo'yishingiz talab qilinadi.
- To'lov: 10,000 won (yiqilsangiz har safar qayta to'lov qilasiz)

4. Ichki haydash kursi imtihoni
- Maxsus maydonchada o’tkaziladi
- Kompyuter orqali tekshirilasiz
- Boshlaganizda 100 ballingiz bo'ladi
- O'tish balli: 80 (faqatgina 20 balll hato qilish mumkun)
- Transport vositasidan foydalanish va favqulodda vaziyatlarga javob berish qobiliyatlari sinovdan o‘tkaziladi
- Imtihonning bir qismi raqamli baholash tizimi tomonidan baholanadi, shuning uchun vaqtga rioya qilish muhim
- Koreys, ingliz, vetnam yoki xitoy tillarida topshirilishi mumkin
- Yozma imtihondan o‘tgan bo‘lishingiz va uni o‘tgan kundan boshlab 1 yil ichida haydash kursi imtihonini topshirishingiz kerak
- ID kartangiz kerak bo’ladi
- To'lov: 25,000 won (yiqilsangiz har safar qayta to'lov qilasiz)

5. Vaqtinchalik prava olish.
- 1 yilga amal qiladi
- To'lov: 4,000 won
- Faqatgina tajribali va pravasi bo'lgan inson bilan avtomobil boshqarish mumkun. So'ngi imtixonga tayyorlanish uchun foydalansa bo'ladi.

6. Yakuniy haydash imtihoni (Shahar ko'chalarida o'tkaziladi)
- Oxirgi bosqich bo‘lib, xavfsiz haydash malakasini to‘liq namoyish qilish (shu jumladan haydash, parkovka, yo‘l o‘zgartirish va hokazo)
- Vaqtinchalik haydovchilik guvohnomasi amal qilish muddati davomida topshirilishi kerak
- Agar imtixondan yiqilsa, 3 kundan keyin qayta topshirish mumkin
- ID karta, vaqtinchalik prava va 30,000 won to'lov kerak bo'ladi.

7. Haydovchilik guvohnomasini olish.
- Guvohnoma imtihon markazida taxminan 20 daqiqada chop etilishi yoki manzilingizga yuborilishi mumkin
- To'lov: 10,000 won

Umumiy xarajat: 79,000 won (agar barchasidan bittada o'tsangiz )

Koreyada prava olmoqchi bo’lgan yaqinlaringizga yuborib qo’ying. Keyingi postlarda o’zim prava olishim uchun foydalangan barcha qo’llanmalar bilan ulashaman ?

Hurmat bilan,
Koreyadan Saidakbar
??**
https://t.me/koreyadan_saidakbar

2 months, 4 weeks ago
Oxirgi vaqtlarda Janubiy Koreyada ko‘plab avtohalokatlar …

Oxirgi vaqtlarda Janubiy Koreyada ko‘plab avtohalokatlar haqida eshitamiz, afsuski, ularning ko‘pchiligi vatandoshlarimiz ishtirokida sodir bo‘lmoqda. Koreyada avtomobil narxlari O‘zbekistonga nisbatan ancha arzon va barqaror ishi bor deyarli har bir kishi avtomobil sotib olish imkoniyatiga ega

Lekin shu imkoniyatdan biroz noto‘g‘ri foydalanib, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa ham avtomobil sotib olib, uni katta tezlikda boshqaradigan yurtdoshlarimiz ham yo‘q emas. Ko‘p hollarda bunday holatlar avtohalokat bilan yakun topadi ⛔️

Koreyslarning bir salbiy tomoni bor, ya’ni agar siz ularning mashinasiga ozgina tegib ketsangiz ham, o‘zlarini kasalga solib, "har xil joyim og‘riyapti" deb, sizdan pul undirishga harakat qilishadi. Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan holda mashina haydaganingiz uchun bir nechta jarimalar to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. O‘z avtomobilingizning zararini o‘zingiz qoplaysiz, sababi "prava" bo‘lmagan holda sug‘urta zararni qoplab bermaydi. Shuningdek, koreys kishi o‘zini jabrlanuvchi qilib ko‘rsatib, sizdan juda katta miqdorda pul undirishga harakat qiladi va bunga qonuniy haqqi bo‘ladi

Bunday hikoyalarni ko‘p eshitganimiz sababli Koreyada haydovchilik guvohnomasi olish haqida post yozishga qaror qildim. Balki bu post bir necha qismga bo‘linar, sababi hamma ma’lumotlarni to‘liq va tushunarli tarzda tushuntirgim keldi ✔️

Koreyada haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqarsangiz, turli muammoli vaziyatlarda sizga ko‘proq yengillik bo‘ladi va qonuniy tomondan o‘z huquqlaringizdan to‘liq foydalanishingiz mumkin

Koreyada haydovchilik guvohnomasi olish hozirgi O‘zbekistondagi holat bilan deyarli bir xil, test jarayonlari juda o‘xshash, ammo biroz farq qiladi ?

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun sizga quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi ?

- ID kartangiz
- Kamida 3 ta 3.5x4.5 rasm
- Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida hujjat (guvohnomani olish uchun borganda markazning o‘zida ko‘rikdan o‘tish mumkin)

Imtihonni koreys, ingliz, xitoy va vetnam tillarida topshirishingiz mumkin ????????

Men bilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya haydovchilik guvohnomasi 54 ta davlatda tan olinadi (bular ichida AQSh, Kanada, Avstraliya va yana ko‘plab Yevropa davlatlari ham bor).

https://t.me/koreyadan_saidakbar

3 months ago

Bilamizki, Koreyada sog'liq sug'urtasi majburiy hisoblanadi va bu 1 kishi uchun viza turiga qarab har oyga deyarli $100 dan to'g'ri keladi ?

Har oyda bu summani to'lash ba'zida yoqmaydi ham, lekn kasal bo'lib qolganingizda bu sug'urtani foydalari juda katta ekanini his qilasiz

Ammo, Koreyada oila qurgach bu narsani o'zingiz uchun ancha yengillashtirsangiz bo'ladi, ya'ni siz va turmush o'rtog’ingiz alohidadan to'lov qilishingiz shart emas. O'zingiz yashayotgan shahardagi sog'lik sug'urtasiga tegishli bo'lgan markazga borib quyidagi hujjatlarni taqdim qilgan holatda, ikki kishilik to'lovni bittaga o'tkazib olishingiz mumkun.

Kerakli hujjatlar:

- ID karta
- Rasmiy ZAGS qog'ozi

- ZAGS qog'ozini tasdiqlovchi hujjat
(Ingliz va Koreys tilida O'zbekiston elchixonasidan olsangiz bo'ladi, narxi 58,000 won)

Shu hujjatlarni taqdim qilgan holatda oilangiz uchun ancha yengillik qilsangiz bo'ladi, ya'ni $200 dan oshadigan harajatingiz teng yarmiga kamayadi.

Bu imtiyozdan foydalanishingiz uchun, siz va turmush o'rtog'ingizdan bir kishi, yokida ikkalangiz ham rasmiy daromad topmaydigan viza turida bo’lishingiz kerak.

Koreyada oila qurgan yokida endi oila quradigan yaqinlaringiz bilan bu postni ulashib qo'ying ?

Hurmat bilan,
Koreyadan Saidakbar
??**

3 months ago

Kechasida zerikishdan barcha tajribam, qizishlarim va "skill"larimni birma bir kiritib chiqgach bir nechta ishlarga topshirib chiqdim. Ertalab turib bir qarasam 4tacha ishdan taklif kelgan ekan ?

Ularni ichida men topshirmagan ishlarimdan ham takliflar kelibdi, ya'ni profilimni ko'rib qiziqish bildirgach menga ish taklif qilgan tashkilotlar ham bor edi

Koreya bozoriga kirishga harakat qilayotgan Avstraliya kompaniyasi e'tiborimni tortdi, sababi ular taklif qilgan ish osonroq va kam vaqt talab qiladigandek tuyildi. Ish Koreyadagi do'konlarda sotiladigan shirinliklar bozorini analiz qilishdan iborat edi. Universitet davrlarida bu kabi ishlarni darslar davomida ko'p qilganmiz ?

Kuniga 4-5 soatdan vaqtimni sarflab 2 kunda ishni bajardim va umumiy hisobda $370 ishlab topdim. Upwork ishlab topgan pulingizni 10% ni "service fee" sifatida olib qolar ekan, lekn to'g'risi bekor vaqt bo'lganda Upworkda frilanserlik qilish menga yoqdi ?

Hozirda yana 2ta kompaniyadan ish takliflari oldim, ishlar ham qiziqarli va ko'p vaqt talab qilmaydigan, ammo to'lovi yaxshi ?

Balkim Koreyadagi katta kompaniyada ishlaganim mening shaxshiy profilimni bezab turgandir va shu sababli kompaniyalar ko'proq qiziqish bildiryotgandir, yana bilmadim.

Lekin buyog'iga ko'plab insonlar "Remote" ishlar va frilanserlik platformalariga qiziqishlarini oshirsa kerak...

“Freelancer”lik qiladiganlar bormi?

P.S: Hozirda o'zim ham to'liq "Remote" ishlamoqdaman, buyog'iga "Digital Nomad Life" ?

3 months, 2 weeks ago

?? Vyetnam sayohatlari haqida 2ta reels instagramga joylandi

Vyetnamga sayohat qilgan vaqtingizda rus tilida suhbatlasha oladigan gidlarni ko’p uchratasiz va barchasida narx deyarli bir hil ekan deb o’ylab qolasiz ?

Ammo, siz Vyetnamlik gidlardan tur sotib olsangiz, ancha pulingizni tejagan bo’lasiz. Sababi oddiy, Rus gidlar mahalliy aholidan olib, foydasini ustiga qo’yib kegn sayyohlarga sotishadi ?

Shu sababli, joylashgan mehmonxonangizdan Vyetnamlik gidlar so’rasangiz ancha arzon narxlarga sizga tur paketlar topib berishadi

Instagramga “Island Hopping” va “Vinpearl Oroli” haqida videolar joyladim, vaqtingiz bo’lganida bir ko’rib o’tib ketarsiz ?

Video uchun link ?

?? Yangi Videolar

7 months, 3 weeks ago

Bu tadbirni tashkil qilish va qimmatli ma’lumotlarni bepulga taqdim qilish uchun Daejeon shahri hokimiyati tomonidan alohida grant ajratildi.?

Shunchaki Google so’rovnoma to’ldirib, o’zingizga kerakli ma’lumotlarni olgan holda hayot tarzingizga tatbiq qilasiz degan umiddamiz.

Ushbu seminardan siz:

**- Koreys tilida "Korean Track" da ta'lim olish, amaliyot "internship" o'tash va albatta Koreya Kompaniyalariga ishga joylashish borasida tajribali so’zlovchilar o'z bilimi bilan bo’lishadi.

- O'quv dargohida Ingliz tilida "English Track" da talim olish, amaliyot "internship" o'tash va soha boyicha ishga joylashish kabi tajribalardan bahramand bo'lasiz.

- Koreya hayotida kerak bo’ladigan sayt, ilova va bloglar to planmasini ulashamiz.

- Koreyada sizni qiziqtirgan viza turlari bo’yicha tajribali insonlardan maslahat olish.

- Immigratsiya qonun-qoidalari bilan tanishish va muammolardan holi hayot kechirishni ta'minlash.
Agar siz Daejeon va Daejeonga yaqin shaharlarda istiqomat qilsangiz, sizni 30-iyun kuni tadbirimizda ko’rishdan hursand bo’lamiz
?**

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago