Sevinch Yusupova | Blog

Description
•O'zDJTU 3/4
•Filolog
•Volontyor
•Ambassador
•Tarjimon
•Kelajak ilmli qizlar hamjamiyati bitiruvchisi
•Vikipedia faol foydalanuvchisi
•Weekie Hogwarts 2024 - WikiStipendiya lll marafoni ishtirokchisi
https://t.me/just_amateur_someone
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 3 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 months ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month ago

Tun — tabiatning sivilizatsiya illatiga qarshi isyoni, Gotfrid.

"Uch og'ayni" Remark

1 month ago

Rossiya aql va tajriba yordamisiz oldinga ildamlashi mumkin emas. Zavodlarga qo'mitalar rahbarlik qila boshlashi bilan bu zavodlar huvillab qoldi, vayronaga aylandi, chunki ular mahsulot ishlab chiqarish o'rniga, majlisu munozaralarga to'ldi. Qo'mitalar malakali va oqil insonlarni haydab yuborganidan so'ng minglab tonna qimmatbaho xomashyolar rasvo bo'ldi. Mutaassib notiqlar maʼruzalari bilan odamlarni ochlik domiga itardi. Endi sovetlar o'zi haydab yuborgan muhandislar, maʼmurlar, ustalar va mashinasozlarga yirik maosh vaʼda qilib, orqaga qaytarishga urinmoqda. Bolsheviklar o'zi kechagina shafqatsiz munosabatda bu‌lgan aql va tajriba egalarini ortga qaytishga chaqirmoqda. Rossiyadagi “islohotlar” ishlab chiqarishni barbod qildi.

©Henri Ford "Mening hayotim" kitobidan

1 month, 1 week ago

#treyler #narniya
ESHIK ORTIDAGI DUNYO

Hech qachon tugamaydigan ayozli qish...undan qutqarishlarini kutayotgan bir o'lka: NARNIYA

Bir kuni to'rt bola Piter, Syuzan, Edmund va Lyusi ular yashaydigan uydagi javon ichidan Narniya o'lkasiga o'tish mumkinligini bilib qolishadi. Narniya, oq jodugarning qo'li ostidadir. Hammaning umidlari tugagan onda Arslon qaytib keladi. Biroq, bu uchun katta qurbonlik talab qilinadi.

- ha, kitobdan..

©

1 month, 2 weeks ago

#chaosinmymind

Shunday vaqtlar keladi, ba'zi safarlarga yolg'iz o'zingiz chiqasiz. Ota-onangizdan hech qanday ko'mak ololmaysiz, supportdan boshqa. Bu yo'lda tanqidni ko'tara bilgan, irodasi kuchli va yengilish haqida o'ylab ham ko'rishni xohlamaydiganlar yashab ketadi. Bot-bot qilgan xatolaringizdan olingan xulosalar sizni yanada kuchli qiladi.
ISHONCH qanchalik qadrli va har kimga ham berilavermaydigan his ekanligini tushunasiz.

Yil oxiriga kelib eng kutilmagan davrlarni yashab o'tayapmiz. Chidaymiz...
Bir do'stimiz aytganidek, kunning eng qorong'u qismida quyosh chiqadi, usha vaqtgacha tongni kuta bilishimiz kerak.

Ps: bu degani faqat chidash kerak deganimas, albatta kurashish ham kerak!

@blogsevinch

1 month, 3 weeks ago

#mythoughtsatnight

Hayotning sinovlarida yengib o'tishda chirmovuq kabi bo'ling! Tirishing, tirmashing, sizga hech kim, hech narsa to'sqinlik qila olmasin. Nima bo'lganda ham taslim bo'lmang! Yiqilishingizni kutib, yiqilsangiz zavq oladiganlarga ko'rsatib qo'yish uchun emas, o'zingiz uchun. Bir marta beriladigan umrni orzuyingizdagidek o'tkazish uchun, o'z baxtingizga ertami kechmi erishish uchun harakat qiling. Qolgan hech narsa muhim emas. Inson mag‘lub bo'lganida emas, mag‘lub ekanligini tan olib, harakatni to'xtatganida yengiladi...

1 month, 3 weeks ago

#failed_attempt

In the end, promises are just words..!

Accept the situation and move #on

4 months ago

Ba'zida kun so'nggida bir insonning uddalagan eng katta ishi, o'z joniga qasd qilmaganligidir.

©Alber Kamyu

@blogsevinch

4 months ago

ЧЕТ ЭЛГА ёки умуман ЎҚИШГА КЕТГАН ҚИЗ АЙНИЙДИ*

РОСТАНМИ?!
Қўлингиздаги қайси бир аниқ асос билан гапиряпсиз бу гапни?! Шу даражадаги абсурд фикрларга қандай борасиз ўзи?

Шу кунгача ҳеч бир қизга дуч келмадимки бирор номақбул иш қилиш учун бир неча йиллар умрини тил ўрганишга сарфлаган.
Ҳар бирининг қалбида бир ўти бор ва бу ўт ОРЗУ/МАҚСАД деб аталади.

Дунёнининг энг нуфузли университетларида ҳеч бўлмаганда 1 семестергина ўқишни орзу қиладиганлар бор. Айнан шу учун улар тунларни тонгларга улаб тил ўрганади, грант ютиш йўлларини қидиради.

Ишонинг, уларга кўп нарса керак эмас. Фақатгина атрофидагиларнинг ишончи керак холос. Аммо баъзи ота-оналар шуни ҳам кўп кўришади. Давлат томонидан 100%лик тўлиқ қопланадиган грант ютсада барибир бир жавобни олади: Ўзи ўқитаётганимизга раҳмат де..

Бу қадар ҳаракат қилган ҳеч бир қизнинг хаёлида "ўзи йўқнинг кўзи йўқ" деб ота-онасидан узоқда ўзлари билганча кайф-у сафо ҳаётни яшаш истаги БЎЛМАЙДИ!! Менимча улар ор-номус масаласини сиздан яхши тушунишади, елкасида кимларнинг мисқоллаб терган ҳурмати, обрўси ва ғурурини кўтариб юрганликларини билишади ҳеч бўлмаганда.

Илтимосим, уларга лой чаплашга ҳаракат қилманг. Уларга ИМКОН ва ИШОНЧ беринг. Шуни ўзи етади. Четда ўқишга руҳсат ололишмаган тақдирида ҳам улар қалбини иситиб турган ўша орзу-истаклар учқуни билан ҳали кўп нарсаларга эриша олишлари мумкин.

Консерватив фикрловчилар диққтига:
Қаерга боқсанг, кўрганинг юзингдир.
Кимда нима кўрсанг, асли ўзингдир.
(Юнус Эмро)
Тушунгандирсиз??

@blogsevinch

4 months, 1 week ago

?Insonga oddiy bir harf o'rgatish har kimning ham qo'lidan kelishi mumkin, lekin uni bola xotirasiga go'zal holatda muhrlash boshqa masala. Ustozlik maqomi har kimga ham nasib qilishi mumkin, ammo sevimli ustoz maqomiga kamdan-kam insonlar erishadi.

Mashaqqatli, sinovlarga boy, lekin sharafli kasb egasimiz. Bizning qo'limizdan olimlar, direktorlar, prezidentlar, tadbirkorlar, kashfiyotchilar va o'zimiz kabi ustozlar yetishib chiqadi. Yoshlarning yo'lini mayoq kabi yoritib, go'zal kelajak qurishlariga bor kuchimiz bilan yordam berishdan charchamaylik.
Kanaldagi barcha katta-kichik ustozlarni, shu qatori o'zimni ham bayram bilan tabriklayman (har holda biz ham bo'lajak muallimlardanmiz).
Shu o'rinda bir narsani hech qachon yodimizdan chiqarmaylik:
Yomon o'quvchi bo'lmaydi, yomon ustoz bo'ladi.
Buni shior qilib olsak har holda raqobat maydoniga kuchliroq kadrlarni chiqarish maqsadida o'z ustimizda yanayam ko'proq ishlaymiz.

Shu o'rinda yana bir qator so'zim. Bu hayotda hammamiz kimningdir hayot daftarida ustoz sifatida iz qoldiramiz. Aynan kimningdir hayot yo'lidagi hikoyasi kimgadir darsdir asli. Yasharkanmiz o'zimiz bilmagan holda doim kimgadir saboq berib qo'yamiz; fikrlarimiz, qarashlarimiz, harakatlarimiz va so'zlarimiz bilan. Va o'sha inson sizni hayoti yo'lida ustoz sifatida qadrlay boshlaydi. Bori shu.

As Laylo Tolibjonovna said - with teachers voice - I would say:
Yaxshi va sevimli ustozlar safida bo'laylik?

@blogsevinch

4 months, 1 week ago

Nimagadir kelmaydi o'lging,
Yashaging ham kelmaydi biroq...

Usmon Azim

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 3 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 months ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago