Hammasi kitob haqida

Description
Ushbu kanalda diniy nashrlarga oid yangiliklar, kitoblar tavsifi, kitoblardan iqtiboslar, o'qishga rag'batlantiruvchi so'zlar, o'zbek tili imlosi va adminning turli mavzularga oid shaxsiy mulohazalari berib boriladi.
Admin: @AbuMuhammadayn
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 1 Woche her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

21 hours ago
1 week ago

Madinayi Munavvarada شركة حفظ النعمة - "Ne'matlarni asrash" nomli shirkat faoliyat olib borarkan. Kimdir to'y qilsa-yu, to'ydan ko'p taom va yeguliklar ortib qolsa, ushbu shirkatga qo'ng'iroq qilishar, ular maxsus mashinalarda kelib, olib ketishar ekan. Shirkatda faqir, miskin, yetimlarning uy manzillari bo'lib, ular o'sha kunning o'zida taom va yeguliklarni chiroyli shaklda muhtojlarga tarqatishar ekan.

Shuningdek, mazkur shirkatning kiyilgan, ammo yaroqli kiyimlarni yig'ib olib, muhtojlarga tarqatish xizmati ham yo'lga qo'yilgan ekan.

Turkiyada ham eski oyoq kiyimlarni topshiradigan maxsus joylarni ko'rgandim.

Ba'zida yaxshi holatdagi kiyimlarni berishga odam topilmaydi. Topilsa ham, olasizmi deb aytishga ming xijolat. Bizda ham shunday xizmatlar yo'lga qo'yilsa, samarali bo'larmikan-a?!

t.me/kitoblarhaqida

2 weeks, 5 days ago

Payg'ambarimiz alayhissalom Oisha onamizga: "Ey Oisha, men seni mendan roziligingni ham, ranjigan vaqtingni ham bilaman... Agar mendan xursand bo'lsang, "Yo'q, Muhammadning Robbiga qasam", deysan, agar ranjigan bo'lsang, "Yo'q, Ibrohimning Robbiga qasam", deysan", dedilar.

Bugungi kunda ham ayollarimizning qachon xursand bo'lib, qachon ranjiganini aniqlash qiyin emas. Profil rasmlari va hikoya (istoriya)lar orqali nafaqat siz, balki butun dunyo bundan xabardor bo'lishi mumkin.😁

t.me/kitoblarhaqida

2 months, 3 weeks ago
[#Kitob\_tavsiyasi](?q=%23Kitob_tavsiyasi)

#Kitob_tavsiyasi

Kecha 7 yoshli qizim Erkin Malikning "Chumolilar saltanati" kitobini o'qib tugatgan edi. Aytib berganlaridan anglashimcha, kitobda chumolilar hayotiga oid ilmiy haqiqatlar bolalarga xos uslubda yoritilgan ekan.

Qizim ona chumoli, askar chumolilar, ularning dushmandan himoyalanish uslublari, chumolilar boqadigan chorvalar haqida qiziqish bilan gapirib berdi. Allohning yaratiqlaridan biri haqida tasavvur hosil qilganidan quvondim.

Musulmon kishining Borliq bilan yaxshi aloqa o'rnatishi g'oyat muhim. Musulmon kishi diniy matnlarni o'qib-o'rgangani kabi Borliqni ham o'qiy bilishi zarur.

t.me/kitoblarhaqida

2 months, 3 weeks ago
Ibn Sino **"Siyosat"** nomli kitobida ayol …

Ibn Sino "Siyosat" nomli kitobida ayol kishining manfaatli ish bilan mashg‘ul bo‘lib, vaqtini unumli o‘tkazishi zarurati haqida aytadi: "Tajriba shuni ko‘rsatadiki, qaysi ayol foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lmasa, vaqtini bozorlarda kezish bilan yoki g‘iybat, chaqimchilik kabi ishlar bilan o‘tkazadi. Agar (bulardan ham) boshqa katta xatolarga yo‘l qo‘ymasa".

t.me/kitoblarhaqida

2 months, 3 weeks ago
**Nasafiy aqidasi...**

Nasafiy aqidasi...

Abu Hafs Nasafiy “Aqida” matnini yozdi. Sa’diddin Taftazoniy unga sharh yozdi. Taftazoniyning sharhiga Shamsiddin Xayoliy hoshiya bitdi. Abdulhakim Siyolkutiy Xayoliyning hoshiyasiga hoshiya yozdi. Muhammad Amin Uskudoriy Siyolkutiyning hoshiyasiga hoshiya yozdi... Bundan tashqari, Nasafiy aqidasining yana o'nlab shunday zanjirlari mavjud. Taftazoniy sharhining o'ziga 100 ga yaqin hoshiya bitilgan. Bir necha sahifalik aqida risolasidan paydo bo'lgan kitoblarni bir joyga jamlasak, butun boshli kutubxona bo'ladi.
Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months ago

#тез_кунда

«Ҳанафий мазҳабига теран нигоҳ» китоби 15 ноябрь жума куни сотувга чиқади

*✔️ *Нархи: 127 000 сўм

@hilolnashr

3 months ago
**Qohira kutubxonasi**

Qohira kutubxonasi

Qohiradagi al-Qasru'sh-sharqiy kutubxonasi Fotimiy xalifasi Aziz Billohning kitob to‘plashga ishtiyoqli vaziri Ya’qub ibn Qillisning sa’y-harakatlari natijasida shakllangan. U to‘plagan kitoblarning katta qismi vafotidan so‘ng uyidan olib ketilib, ushbu kutubxonaga joylashtirilgan. Kutubxonada turli bo‘limlarga bo‘lingan, keng va xilma-xil javonlar joylashgan. Maqriziy ushbu kutubxonada 40 ta kitob ombori mavjud bo‘lib, har bir omborda 18 mingdan ortiq kitob saqlanganini ta’kidlaydi. Bu kutubxona, Abu Shomaning ta’rificha, “dunyo ajoyibotlaridan biri” edi. Hatto bu yerda "Tarixi Tabariy" asarining o'zidan 1220 nusxa mavjud bo‘lgani rivoyat qilinadi. Tarixchilar mazkur kutubxonadagi kitoblar soni haqida turli raqamlar keltirganlar: Ibn Vasil 120 ming kitob borligini aytgan bo‘lsa, Ibn Abu Tay 200 ming, Ibnut Tuvayr 600 ming va Imomiddin Isfahoniy esa 2 million kitob saqlanganini qayd etgan.

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 2 weeks ago
Hammasi kitob haqida
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 1 Woche her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her