Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

E-library SamDU

Description
Sam DU Ilmiy axborot resurs bosh markazi

• https://t.me/SamDUeduuz
• www.samdu.uz
• https://e-library.samdu.uz/
Rasmiy bot:
• @e_libsamduuz_bot
Muhokama guruhi:
• https://t.me/e_libsamduuzgr
Advertising
We recommend to visit

𝟎𝟒𝟎⚜️

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Toshkent Davlat Transport Universitet rektori

Instagram - https://instagram.com/odil_abduraxmanov?utm_medium=copy_link

Facebook - https://www.facebook.com/Odil-Abduraxmanov-143171447917767/

Last updated 1 month ago

Москва любит бедных, любит делать их беднее....🔹

Last updated 5 months, 3 weeks ago

2 Wochen, 3 Tage her

#SamDU_ARM
#Muhammad_Yusuf_70

Muhammad Yusuf
📜 Sho'rlik onam qarib qolibdi...
🎙Kabirova Rayxona Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

📍Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

2 Wochen, 3 Tage her

#SamDU_ARM
#Muhammad_Yusuf_70

Muhammad Yusuf
📜 Vatan
🎙 Zokirova Sevinch Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi

📍Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

2 Wochen, 3 Tage her

#SamDU_ARM
#Muhammad_Yusuf_70

Muhammad Yusuf
📜 Lolaqizg`aldoq
🎙 Zokirova Sevinch Filologiya fakulteti 2-bosqich
talabasi

📍Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

3 Wochen, 2 Tage her

#​Kitoblar haqidagi siz bilmagan faktlar !

📌1 Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo boʻlgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qoʻlyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.

  1. Dunyo boʻyicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.

  2. Eng sirli kitob sifatida Voynich qoʻlyozmasi eʼtirof etiladi. Bu kitobda qaysidir oʻsimlik haqida soʻz boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud boʻlmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni oʻqiy olishmayapti.

  3. Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni koʻzgu yordamisiz oʻqib boʻlmaydi.

  4. «Ming bir kecha» ertagini deyarli barchamiz oʻqib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoyi sifatida tasvirlangan.

  5. L. Kerrollning «Alisa moʻjizalar mamlakatida» kitobi sotuvi Xitoyda qatʼiyan taqiqlab qoʻyilgan. Bunga asardagi hayvonlarning ham inson tilida gapirishi sabab qilib koʻrsatilgan.

  6. Xorvard kutubxonasida toʻrt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.

  7. «Robinzon Kruzo» asarining davomi ham bor. Unda xuddi oʻsha birinchi asardagi qahramon ikkinchi marotaba kema halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qoladi va ming turli mushkulotlarga duch kelgan koʻyi quruqlik orqali uyiga yetib oladi. Quruqlik esa Rossiya hududi hisoblanadi.

  8. Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo boʻlgandan beri, jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.

  9. Ilk roman sifatida bir ming yilcha oldin Yaponiyada bitilgan «Gendzi qissasi» tan olingan.

  10. Eng sermahsul ijodkor deb yozuvchi Barbara Kartlendni aytsa boʻladi. U oyiga ikkitadan roman yozib, dunyo ahlini allaqachon hayratga solib ulgurgan.

  11. Koʻpchilik kitobsevarlar oʻzi mutolaa qilayotgan kitobning 18- sahifasiga yetgach, qiziqishi soʻnib, oʻqishni toʻxtatishadi.

  12. Qadimiy Assiriyada kitob oddiy loydan tayyorlangan.

  13. Kitob oʻgʻrisini dunyo miqyosida bibliokleptoman deb atashadi.

  14. Vellingtonda dunyodagi eng ogʻir vaznli kitob saqlanadi. Bu kitobning sof vazni 50 kilogrammga teng.
    **Samarqand davlat universiteti
       Ilmiy axborot-resurs bosh markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:**e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

e-library.samdu.uz

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti kutubxonasi veb sayti

Samarqand Davlat Universiteti Elektron kutubxona veb sayti bo'lib, bu yerda siz o'quv qo'llanmalarni topishingiz mumkin va onlayn o'qish va masofadan kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin

3 Wochen, 2 Tage her
[#iqtibos](?q=%23iqtibos)***📌******♦️***Ba’zi odam umrida bir marta, faqat …

#iqtibos📌♦️Ba’zi odam umrida bir marta, faqat bir martagina ro‘yi-rost turib “olg‘a!” deyish uchun tug‘iladi, uzoq ham yashamaydi. Modomiki, shunday ekan, umrning uzun-qisqasi yo‘q.

♦️Dunyoga kelib, bir shamcha yalt etib ketmagan umr umrmi? Odamdan “Qancha yashading?” deb emas, “Dunyoga kelib nima qilding?” deb so‘rash to‘g‘ri bo‘ladi.

♦️Birov butun bir kitob yozadi... Boshqa birov “ship” etgan tovush eshitsa, kirpiga o‘xshab boshini ichiga olib yashaydi... Eh, hayot, hayot! Naqadar murakkab narsa! Men shu hayot kitobiga bir vergul qo‘yolsam, jon derdim.

*©️Shuhrat "Oltin zanglamas" kitobidan
*Samarqand davlat universiteti
   Ilmiy axborot-resurs bosh markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:**e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

3 Wochen, 3 Tage her

#iqtibos *📌***"Dod deb yuboradigan darajadagi qaysi kitobni oʻqishni tavsiya qilasiz?" deya savol berilibdi.

"Har kim oʻzining nomai a'molini oʻqisin" degim keladi..

Salim Ayyubiy
**Samarqand davlat universiteti
   Ilmiy axborot-resurs bosh markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:**e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

e-library.samdu.uz

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti kutubxonasi veb sayti

Samarqand Davlat Universiteti Elektron kutubxona veb sayti bo'lib, bu yerda siz o'quv qo'llanmalarni topishingiz mumkin va onlayn o'qish va masofadan kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin

1 Monat her
[#hayot\_haqiqati](?q=%23hayot_haqiqati)

#hayot_haqiqati

*📌***​​Bilasizmi, yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa - darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi. Shunday insoningiz bormi,  borida qadrlang!

Abdulla Qahhor
**Samarqand davlat universiteti
   Ilmiy axborot-resurs bosh markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:**e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

1 Monat her
E-library SamDU
1 Monat her

#KAKTUS

*📌***​​Бир аёлнинг хонадонида кактус гуллади. У 4 йилдан буён дераза токчасида турган бўлса-да, шу пайтгача ҳечам гулламаганди. Бу чинакам сюрприз эди. "Мени жаҳлдор, тошюрак дейишлари ғалати, — деб ўйлади аёл гулга тикилиб, — жахлдор аёлни кактуси гулламасди...".

Гуллаган кактуси ҳақида ўйлаганча тиқилинч метрода кетар экан, бир эркакнинг оёғини босиб олди. Унинг танбеҳига жавобан доимгидек:  "Шунчалар таъби нозик экансиз, марҳамат қилиб таксида юринг!", — деб бақирмади.

Аксинча, мулойимлик билан, кечирасиз, тиқилинчда ҳеч қаерни ушлай олмаяпман, хоҳласангиз, сиз ҳам оёғимни босинг, биру бир бўлади, деди.

Жиддий қиёфали эркак индамай қўя қолди. Бироздан сўнг ўз бекатида тушди-да, газета харид қилди. Қайтимни ҳисоблашда адашиб кетган сотувчи аёлни койимоқчи бўлдию, ўзини қўлга олиб:

— Ҳечқиси йўқ, ўзим ҳам ҳисоб-китоб ишларида ас эмасман, бемалол-бемалол, — деди.

Хижолатпазликдан омон чиққан сотувчи қиз бироздан сўнг келган, ўқишни жуда яхши кўрса-да, биттагина арзон газета сотиб оладиган қарияга яхшилик қилгиси келди — унга иккита журнал ва бир тўп эскироқ газеталарни бепул бериб юборди.

Қария ниҳоят хурсанд бўлиб кетгани учун, уйи олдида учратиб қолган қўшнисини ҳар галгидай, болангиз филдай қадам ташлаб тинчимни бузяпти, деб койимади. Жилмайганча:

— Қизчангиз катта бўлиб қолибди-ку, сизга ўхшайдими, дадасигами — билмадим-ку, лекин катта бўлса, жудаям гўзал бўлиши аниқ, — деб айтди.

Қўшни аёл ишхонасига келдию, шифокор қабулига кечаги кунга ёзилиб, унутгани учун бугун келган кекса аёлни урушмади. Буни ўрнига:

— Майли, хижолат бўлманг. Мен ҳам баъзида қиладиган ишларимни унутиб қўяман. Бир дақиқа кутиб туринг, ҳозир шифокордан сизни қабул қила оладими-йўқми, сўраб чиқаман, — деди.

Кекса аёл шифокор олдига кириб, ҳар галгидай, менга арзон ва тез таъсир қиладиган дори ёзинг, акс ҳолда устингиздан ёзаман, деб жанжал кўтармади.

— Кексаликнинг давоси йўқлигини биламан, шундай бўлса-да, ёрдамингизга муҳтожман, — деди мулойим оҳангда.

Шифокор уйига қайтар экан, йўлда бирдан ўша кекса аёл ёдига тушди. Умр қандай тез ўтади-я, деб ўйлади у. Шартта қайрилди-да, дўкондан чиройли гулдаста ва торт сотиб олиб, мутлоқ бошқа йўлга юриб кетди. Манзилга келгач, учинчи қаватга кўтарилиб, эшик қўнғироғини босди:

— Нимага ҳадеб бир биримизни ранжитаверамиз а? Ахир ҳаёт қанчалар қисқа... Кирсам майлими?

— Албатта, — жавоб берди эшикни очган жувон, — менда ажойиб янгилик бор. Эрталаб қарасам, кактус гуллабди. Қаранг, қандай чиройли...

P.S.: Табассум қилинг — яхшиликка сабабчи бўлинг. Худди гуллаган кактус сингар.
**Samarqand davlat universiteti
   Ilmiy axborot-resurs bosh markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:**e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

e-library.samdu.uz

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti kutubxonasi veb sayti

Samarqand Davlat Universiteti Elektron kutubxona veb sayti bo'lib, bu yerda siz o'quv qo'llanmalarni topishingiz mumkin va onlayn o'qish va masofadan kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin

1 Monat, 1 Woche her

#Жадидлар

*📌Абдулла Қодирий ҳақида нималарни биласиз?
*Samarqand davlat universiteti
   Ilmiy axborot-resurs bosh markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:**e-library.samdu.uz | Telegram | Facebook | You tube

We recommend to visit

𝟎𝟒𝟎⚜️

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Toshkent Davlat Transport Universitet rektori

Instagram - https://instagram.com/odil_abduraxmanov?utm_medium=copy_link

Facebook - https://www.facebook.com/Odil-Abduraxmanov-143171447917767/

Last updated 1 month ago

Москва любит бедных, любит делать их беднее....🔹

Last updated 5 months, 3 weeks ago