Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
2003 - yilda Fransiyada issiqlik bo’ronidan 14 ming odam o’ldi.
Issiqroq va zichroq bo’lgan Makkadagi bo’ron esa 1300ta o’limga olib kelgan.
Saudiyaliklar issiq bilan doim kurashadi. Uylarning 100%ida konditsioner bor.
Fransuzlar issiqqa o’rganmagan. Uylarning 5%ida konditsioner bor.
O’limga sabab issiqlik emas, uning kelishiga tayyor bo’lmaganlik.
Xiyonat ham shunday.
Kutmagan joyingizdan keladi. Tayyor bo’lmaysiz. Og’ir ahvolga solib qo’yadi.
Sezar, Abdulhamid II, Avrangzeb, Doro III - xiyonatdan yiqilganlar ro’yxati cheksiz.
Xiyonat qilmang. Xiyonatni kechirmang. Uzoqlarga borasiz.
Aziz Rahimov
Ko’zingizga aytib beradi
Eng ko’p vaqt o’tkazadigan 5ta odamimizga o’xshab ketamiz. (J. Rohn)
Farzandingizga qiladigan eng katta yaxshiligingiz uni to’g’ri muhitga qo’yishingiz. (Yagodkin)
10-12 yoshida aqlli bolalar bilan do’st bo’lganlar 18 yoshida IQ darajalari katta o’sgani kuzatilgan. (J.Clear)
O'zgarishimiz uchun, muhitimiz o'zgarishi kerak. Tabiiy, yaxshiroq, kuchliroq muhit xohlaymiz. U muhitdagilar esa o’ziga o’xshaganlarni yaqinlashtiradi.
Shu tufayli u muhitga kira olmaymiz. Nima qilish kerak? Yechim nima?
Kitob. Biografiyalar. Buyuk insonlarning hayot yo'llari.
Navoiy, Rumiy, Avreliy, Aflotun, Seneka, Dostoevskiy… (Jobslar-u, Masklar ham bo'laveradi)
O’rtog’ingiz bilan gaplashsangiz baribir hayotini aytib beradi. Kitoblar ham shu. Qulog’ingizga emas, ko’zingizga aytib beradi xolos.
Bu ham yaxshigina muhit beradi.
-Keyinchi? Keyingi qadam nima? Yaxshi odamlar muhitga qanday o’taman?
Buyuklardan ilhomlanib yashashni boshlang. Muhitni o’zi sizni qidirib keladi.
?Aziz Rahimov
Raqamlar haqiqatni gapiradi!
Ortiqcha vaznni yo'qotishga qo'yilgan eng samarali qadam parhez yoki badantaribaydan ko'ra, inson oynadagi o'z aksiga tik qarab ortiqcha vazni borligini tan ola bilishdir.
Xuddi shunday, moliyaviy holatni yaxshilashga qo'yilgan eng birinchi qadam har tongda bank raqamingizga qarab, holatingizni to'g'ri baho bera olishingizdir.
Universitetda o'qib yurgan paytlarim, "sonlar meni sohamda (marketing) kerak emas. Kreativ bo'lishni o'zi yetarli" degan gaplarni o'zimga aytib, moliya, buxgalteriya, statistika kabi fanlarni olishdan qochganman.
Hozir esa sonlar bilan do'stlashish nafaqat ma'lum bir sohada o'sish, balki hayotdagi qiladigan katta-kichik qarorlarga ham ta'sir qilishini tushundim.
Qo'lingizdagi telefondan tortib yashayotgan uyingizgacha sonlar va ularni to'g'ri yig'indisidan tashkil topgan.
Yaqinda Millat Umidi Universiteti asoschisi ustoz Umid akani bergan intervyusida "Hisob-kitobni bilgan odam biznesni tilini bilgan odam hisoblanadi va shuning uchun universitetdagi talabalarimizni sonlar bilan do'st qilishga harakat qilamiz" degan gaplarini eshitib qoldim.
Har qanday ta'lim dargohi, o'quvchilarni sonlar bilan yaqinlashtirishi shart deb o'ylayman.
Chunki sonlar aniq va sovuq. Unga tik qaray olsangizgina sizda o'zgarish bo'ladi.
Qochish o'rniga do'stlashing. Sizga kech bo'lgan bo'lsa, farzandlaringizni do'stlashtiring.
Afsuslanmaysiz!
#xulosalar
?Shahbozbe Dolimov
Almashtirish vaqti keldi.
U taksida qatnadi, siz issiqda avtobus kutdingiz.
U kuchli domlalarda individual o’qidi, siz kitoblaringiz uchun ham pul yig’dingiz.
Otasi kontraktini oldindan to’lab qo’ydi, siz o’qishdan keyin ishga qatnadingiz.
Sharoiti borligi uchun u aybdor emas. Yo’qligi uchun siz.
Keng imkoniyatlar bizga aqlli daholarni berdi - Musk, Bezos, Bill Geyts.
Siqilmang.
Tor imkoniyatlar bizga harakatchan daholarni berdi - Jensen Huan, Jek Ma, Mendeleev.
Imkoniyat hammasini hal qilmaydi. Harakat hal qiladi.
?Aziz Rakhimov
Tadbirkorlikka yaqinlashgan bo'lasiz
Yaxshi xodim bo’lish haqida postlar yozdim. [1],[2],[3]
Yoshlar xodim bo’lib qolaversinmi? Tadbirkor bo’lishga ham undamaysizmi? mazmundagi izohlar tushdi.
Do’stlar, kuchli tadbirkorlik - kuchli xodim bo’lishdan boshlanadi.
Nvidia asoschisi Jensen Huan birinchi ishidagi eng yaxshi tozalovchi va eng yaxshi ofitsiant bo’lganini aytyapti.
Alibaba asoschisi, milliarder, Jack Ma yaxshi o'qituvchi bo'lgani, o'quvchilari uni sevgani haqida ko'p gapiradi.
Do’stimiz Jahongir Pulatov moykada ishlaganini hamma bilsa kerak. Ishlaganini ko’rgan aka aytgandi — u ham eng zo’r ishchi bo’lgan.
Jamoada ishlash tajribasi yo’q odamga tadbirkor bo’ling deb, faqat tadbirkorlik kursini sotuvchilar to’g’ridan-to’g’ri aytadi.
Tadbirkorlik noma’lumlikdan iborat. Ma’lum ishlarni qoyillatmaganlar, noma’lumlarini o’xshatishiga shubham bor.
Ishlayotgan joyingizda 100% eng zo’ri bo’ling. Tadbirkorlikka 85% yaqinlashgan bo’lasiz.
?azizkrakhimov
Harakatdan to’xtamang!
Harakat qilayotgan bo’lsangiz, xato qilasiz.
Xato qilsangiz, to’g’irlash uchun ilm o’rganasiz.
Ilm o’rganib, xatolaringiz to’g’irlanadi.
To’g’irlangan xatolardan xulosalar qilasiz.
Xulosalaringizni boshqalar bilan ulashasiz.
Undan boshqalar ilhomlanadi.
Ilhomlansa ular ham harakat qiladi.
Harakat qilsa xato qiladi.
Xatolarini to’g’irlab boshqalar bilan ulashadi.
Sizni harakatingiz minglab insonlarni harakatlantiradi.
Javobi o'zingizda bor…
Eng yomoni hammadan qochish emas o‘zingizdan qochish.
Eng yomoni boshqalarni aldash emas, o‘zingizni aldash.
Eng yomoni boshqalar oldida hurmatni yo‘qotish emas, o‘z oldingizda hurmatingiz yo‘qolishi.
Eng yomoni birovlar bilan bo’lganda noqulaylik his qilishlik emas, o‘zingiz bilan o‘zingiz qolganda noqulay bo‘lishlik.
Paskalni ajoyib bir gapi bor:
“Insoniyatni jamiyki muammosi, xonada yolg‘iz, jim o‘tira olmasligidan kelib chiqadi”.
Sizni qiynayotgan ko‘p savollarga javob O'Zingizda bor. O'sha O'Zlikni gapiritirish uchun esa u bilan qorong'i xonada yolg‘iz qolib gaplashib olish kerak, tamom!
?shahadolimov
?Vaqt tez o‘tib ketyaptimi yoki biz vaqtni tez o‘tkazib yuboryapmizmi?
Ushbu video inson naqadar qo‘rqinchli darajada ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolganligi va bu odat qay darajada inson hayotini barbod qilib turganligi haqida.
Ishonamanki, ushbu video raqamli iste'mol madaniyatingizni qaytadan ko‘rib chiqishingizga va ma'noli hayot kechirishingizga yordam beradi.
? Raqamli qullar. Nosog'lom jamiyat:
https://youtu.be/D9t2Zj1zYzc
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago