•●ঠই🌎Q͜͡a͜͡Q͜͡n͜͡U͜͡s͜͡📚ইঠ●•

Description
Doimo olg‘a intil✊✊

KANAL 2021-YIL_24- IYUN KUNI OCHILDI
Bizda
Savollar
Rasmlar
Faktlar
Qiziqarli ma'lumotlar
Aforizmlar.....

Murojat va takliflar uchun
@QaqnusZakovatBot
Advertising
We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 5 days, 20 hours ago

1 Jahr, 12 Monate her
Qizlar uchun

Qizlar uchun

1 Jahr, 12 Monate her

Erkin Vohidov
Inson(qasida)
She'rni o'qidi
Montaj
Qidirbayev Yusuf.

1 Jahr, 12 Monate her

Inson

Qasida

Sobit-ul sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing,
Mulki olam ichra bir xoqon o‘zing, sulton o‘zing.
Sobit o‘z ma’vosida, sayyor fazo dunyosida,
Koinot sahrosida karvon o‘zing, sarbon o‘zing.
Shams — dil taftingdadur, sayyoralar kaftingdadur,
Keng jahon zabtingdadur, bog‘bon o‘zing, posbon o‘zing.
Bu yorug‘ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur,
Senga mehmonxonadur, mehmon o‘zing, mezbon o‘zing.
Bunda oq birla qaro, zulmat, ziyo, shoh-u gado,
Jang qilurlar doimo ul yon o‘zing, bul yon o‘zing.
Sen balo, ham mubtalo, xayr ila kin, rost-u riyo,
Fitnagar olam aro fatton o‘zing, qurbon o‘zing.
Goh adolat bog‘ida, piri adovat gohida,
O‘z diling dargohida shayton o‘zing, g‘ilmon o‘zing.
Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yo qulmisan,
Cho‘g‘zmisan, bulbulmisan, nodon o‘zing, xushxon o‘zing.
Bu hayot o‘rmon ekan, jon borki, qasdi jon ekan,
Bunda qatl oson ekan, sirtlon o‘zing, jayron o‘zing.
Bu hayot ummon ekan, ummon abad gardon ekan,
Qatradek sarson ekan, sarson o‘zing, gardon o‘zing.
Mash’ali fikrat — sening, ham changali vahshat sening,
G‘ayrat-u g‘aflat sening, javlon o‘zing, uryon o‘zing.
Qilding-u oyda xirom, ham yerda qon to‘kding harom,
Ushbu holingdan mudom xandon o‘zing, giryon o‘zing.
Minding ilm narvoniga, chiqding funun osmoniga,
Bu jahon ayvoniga arkon o‘zing, vayron o‘zing.
Zarrani ijod etib, dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib, hayron o‘zing, hayron o‘zing.
Bog‘i arz obod erur sendin agar imdod erur,
Yo‘qsa u barbod erur, to‘fon o‘zing, to‘g‘on o‘zing.
Sen hilol, yulduz, salib, Tavrot, Zaburdin yuksalib,
Boymisan yoki g‘arib, komron o‘zing, yakson o‘zing.
Kim farangi, kim habash, irq, qon talash, iymon talash,
Shulmi insondek yashash, armon o‘zing, afg‘on o‘zing.
Mamlakatga mamlakat, millatga millat bo‘lsa qasd,
Qilg‘uchi so‘ng oqibat armon o‘zing, afg‘on o‘zing.
Onayizoring — zamin, tanho yo‘g‘-u boring — zamin,
Xasta bemoring — zamin, o‘g‘lon o‘zing, darmon o‘zing.
Bag‘rida yotquchi — sen, ne’matlarin totquchi — sen,
Tig‘ bo‘lib botquchi — sen, paykon o‘zing, qalqon o‘zing.
Marsga to‘p otquchi — sen, Zuhroni uyg‘otquchi — sen,
Uyquda qotquchi — sen, uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing.
Kelding olamga, demak, etmas uni so‘rmak, yemak,
Yerni etmog‘ing kerak bo‘ston o‘zing, rizvon o‘zing.
So‘zga ham poyon bo‘lur, yozsam yana devon bo‘lur,
Rustami doston bo‘lur, doston o‘zing, devon o‘zing.
Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro,
O‘zni etgil doimo inson o‘zing, inson o‘zing.
Ey, sen Erkin, sen bukun yozding dilingdan bir tugun,
Sen kim-u ne dahri dun, biyron o‘zing, nodon o‘zing.

Erkin Vohidov

1 Jahr, 12 Monate her

Xush galdilar yangilar mittigina kanalimizga😁

1 Jahr, 12 Monate her

⭕️ #biroz_mushohada

Одамлар кўчага ахлат ташлайдилар. Ҳайвонлар эса ташламайди.
Илтимос ҳайвон бўлинг!

1 Jahr, 12 Monate her
TUSHLIK VAQTI

TUSHLIK VAQTI
Yoshlikda akamlar bilan cho‘g‘da pishirgan kartoshkalarimiz esga tushdi.

Juda mazzali bo‘lardi😋😋😋😁

1 Jahr, 12 Monate her

"O‘zbekiston yoshlari " nomli turnir
3-tur natijalari

Jamoalar

  1. Debyutant klubi 8
  2. Winners 8
  3. Al_Andalus 6
  4. Elegant 5
  5. Liders Academy 5
  6. Boyqush 4
  7. Status_team 2
  8. Yangi yulduzlar 2
  9. Bo‘rilar 1

Yakkalik

  1. @ID199717 8
  2. 🙃🙂 Jasmina 6
  3. @BBB1792 5
  4. @Ishtaqnaka_ya_Rosulalloh 4
  5. @Sultanov2305 4
  6. @Cadet_M 3
  7. @Ranokxon 2
  8. @Oklaxoma 2
  9. @SHOKHISTA_LEHRER 2
1 Jahr, 12 Monate her

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Қўрқувдан кўзимдан ёш оқди дув-дув.
Шундан буён юрак санчийди э, воҳ!
Томоғимдан ўтмай қолди хатто сув.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Ҳолатим тасвирин қилишим мушкул.
Гунохкор бандалар, осий кимсалар,
Оловда қоврилиб кетибди буткул.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Илонларга емиш унда бир хотин.
Билсам-ки зинокор эмиш у аёл,
Энди жаханнамга бўлибди ўтин.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Тарозидан урган кимса солар дод.
Бўғзи тўла ахлат, жиғилдони қум,
Бўғиқ товуш ила қиларди фарёд.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Порахўрга кишан симли чиғириқ.
Тўнғизлар танасин ғажийди бирдай,
Унинг йиғисида ғалат қичқириқ.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Ароқхўр кўксидан қоқилган ерга.
Оғзига қуйилар шайтон пешоби,
Танаси ўлжамиш баҳайбат шерга.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Бир зиқна бой ночор турарди, хайҳот!
Туяқуш сифатли махлуққа у ем,
Сабаби, бермаган эмиш хеч закот.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Оқпадар олчоқнинг азоби дахшат!
Қозон тўла ёғда қоврилар эди,
Отага тик боққан бандаи бебахт.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Сийнасидан сихга тортилган аёл.
Боласи болалар уйида ўсган,
Шу сабаб бошида шу азоб, шу ҳол.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Тилидан осилган бунда бенамоз.
Кечирим сўрашга айланмас тили,
Соқов кимса каби соларди уввос.

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Ватанга хиёнат қилган бир хойин.
Танаси оловда, ўзи тошбўрон,
Дўзах ахли ичра қадри бир тийин

Тушимда жаханнам аҳлини кўрдим...
Ёлғончи, чақимчи, судҳўрлар бунда.
Етимга зулм қилган, ўликка ўкирган,
Ҳайкалга сиғинган кофирлар шунда.

1 Jahr, 12 Monate her

"Kimki baxtimizga shubha qilsa, biz o'qigan kitoblarga boqsin))"

1 Jahr, 12 Monate her

Qancha gunohingiz bor?
- 1000 tami?
-100000 tami?
Balki 1 000000000 (bir milliard) dir
Yoki cheksizmi?

Robbingizni ushbu oyatiga quloq tuting-a?!!!

“Ey, o’zlarini nafslariga (ma’siyatlar bilan) isrofgarchilik qilgan bandalarim! Rahmatimdan noumid bo’lmang. Albatta , Alloh barcha gunohlarni kechirur. Albatta U kechirimli va rahmli Zotdir”
(Zumar_53)

Va yana hadisi qudsiyda aytadi :

“Ey bandam! Agar meni huzurimga shirk keltirmagan holingda, Yer qobig’iday gunoh bilan kelsang ham, Men senga gunohingdan o’tib, yer qobig’iday mag’firat bilan yo’liqaman”

Sizga hali ham kech emas! Oldingi hayotingiz qanday bo’lgani , nima ishlar qilganingiz , qancha gunoh qilganingiz, modomiki shirk keltirmas ekansiz muhum emas! Ahir tavba eshigi ochiq! Hali imkoniyat bor. Eng solih insonlardan biri bo’lish imkoni bor! Shayton qilib o’tgan gunohlaringni yodga solib , Allohning rahmatidan noumid bo’lishga chorlaydi. Siz undan yuz o’giring! Agar tavba qilib , Robbingiz tomon bir qadam tashlay olsangiz , agar o’sha muhum birinchi qadamni qo’ya olsangiz ishoning-ki Alloh sizni o’z rahmati va mag’firati bilan siylaydi! InshaAlloh...
Unutmang!

Sizda Osiyo onamizdek bo’lish imkoniyati bor!

Sizda Umar ibn Hattobdek bo’lish imkoni bor!

Sizda Oisha onamizdek bo’lish imkoniyati bor!

Sizda Amr ibn Osdek bo’lish imkoni bor!

Sizda Allohga suyukli banda bo’lish imkoni bor!
Bas noumid bo’lmang.
Ahir Alloh Eng rost so’zlaguvchi emasmi?? “ Noumid bo’lmang, men sizlarni kechiraman” dedimi? Albatta kechiradi! Siz sabablarini qilib qo’ying kifoya..🍃

We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 5 days, 20 hours ago