Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Hurmatli abituriyentlar, my.uzbmb.uz portalida Toshkent temir yo'l texnikumiga o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tishda "Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini aniqlash" katagiga jadvalda berilgan universitetlarning ta'lim yo'nalishi bo'yicha fanlar majmuasini tanlashingiz kerak bo'ladi.
Bunda, Siz albatta keyinchalik Texnikumda qaysi mutaxassislikda (jadvalning sariq rangli qismi) o'qishni istashingizga qarab, mos ravishda Universitetning (jadvalning ko'k rangli qismi) ta'lim yo'nalishlari fanlar majmuasiga qarab tanlov qilishingiz kerak bo'ladi.
Masalan:
Toshkent temir yo'l texnikumida 50711501-Temir yo'l transportida elektrlashtirish va elektr ta'minoti mutaxassisligida o'qimoqchi bo'lsangiz, Oliy ta‘lim muassasalarining Energetika muhandisligi fanlar majmuasini tanlaysiz va Matematika, Fizika fanlar majmuasidan test topshirasiz.
Qo'shimcha ma'lumotlarni maxsus Call-markazlar telefon raqamlari orqali bog'lanib olishingiz mumkin. 71-299-05-67, 71-299-05-59, 71 299-05-50.
O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi. (VM-466)
2023/2024-o'quv yilida o'qishga qabul qilingan (kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli) o'quvchilar arizalarini 2024-yil 1 avgustdan 10-avgustga qadar topshirishlari mumkin bo'ladi.
O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash o‘quvchining (o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘quvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti bo‘lmaganda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yig‘ma jildi asosida ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘qishni ko‘chirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional ta’lim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional ta’lim muassasasiga ko‘chirish Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim (texnikumlar) dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tegishli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining xulosasiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘qishi bir ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga (Toshkent temir yo'l texnikumida dual ta'limdan tashqari) ko‘chirilishi mumkin.
O'qishni ko'chirish natijasida kelib chiqadigan akademik qarzdorlik belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda o'quvchi, avval o'qigan kasb/mutaxassisligiga (guruhiga) qaytariladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-81 sonli Farmoni 5-bandiga sharh:
Farmonning 5-bandiga koʼra, 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʼyicha imtihonlar «avval test, soʼng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʼtkazilishi belgilandi.
Bunda, abiturientlar oʼz tanloviga koʼra test sinovi natijasida toʼplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga, soʼng professional taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Har yili abiturientlar birinchi bosqichda 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʼyxatdan oʼtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʼlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi.
Oʼqishga qabul qilish boʼyicha kirish imtihonlari 2024 yil 14-28 iyul kunlari oʼtkaziladi.
Ikkinchi bosqichda abiturientlar test sinovlari toʼliq yakunlanganidan soʼng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi.
Barcha davlat kollej va texnikumlariga «avval test, soʼng tanlov» tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abiturientlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim shaklini oliy taʼlim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʼng 10 kun muddatda tanlaydi.
Farmon yuzasidan, Toshkent temir yo'l texnikumiga kirish uchun abituriyentlarga sharh 2024/2025 o'quv (2024-yil qabul kampaniyasi) yilidan boshlab, Toshkent temir yo'l texnikumiga o'qishga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar avvalo Toshkent davlat transport…
Dual ta'lim shaklida tahsil oluvchi 2-kurs guruhlari (D4Yx-2 va D4TTA-2r) uchun 10-iyundan so‘nggi nazariy darslar tashkil etiladi va 24-29-iyun kunlari Yakuniy davlat attestatsiyalari o'tkaziladi.
Тошкент темир йўл техникуми ошхонасининг фаолияти айрим сабабларга кўра вақтинча тўхтатилганини маълум қиламиз.
Келтирилган ноқулайликлар учун техникум маъмурияти узр сўрайди.
Dual ta'lim shaklida tahsil oluvchi 1-kurs guruhlari (D4B-2, D4XB-2, D4V-2, D4HT-3, D4MPO-2, D4Yx-3 va D4TTA-3) uchun Texnikumdagi navbatdagi nazariy darslar 2024-yil 3-iyundan boshlanadi va 22-iyungacha davom etadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago