Nadiya Ramazon

Description
Murojaat uchun: @Nadiyablog_admin
Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va halol muhabbat haqidagi ommaviy kanal.
Maʼlumot koʻchirilganda linki bilan olinmasa, rozi emasmiz!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 5 days ago
Qaynona va kelin munosabatlari

Qaynona va kelin munosabatlari

“Qaynona — bu ona, u doimo haq, u chizgan chiziqdan chiqmaslik kerak” degan gaplarni aytib o'tirmayman. Bunday gaplarni momolarimizdan ko‘o‘o‘p eshitganmiz.

Aslida qaynona hech qachon sizga ona bo‘lmaydi. U har doim qaynonalik maqomida qoladi. Siz uni hurmat qilsangiz ham, qilmasangiz ham, bu maqom o‘zgarmaydi. Ammo sizning maqomingiz qaynonaga nisbatan qilayotgan muomalangizga qarab o‘zgarib boradi. “Megajin”dan tortib “qizim”gacha bo‘lgan muomala darajasini aynan siz belgilaysiz.

Qaynona ona bo‘la olmasa-da, u umr yo‘ldoshingizning onasi, tarbiyachisi va g‘amxo‘ri hisoblanadi. Qaynonaga qilayotgan xizmatingiz majburiyat emas, balki fazilatingiz va oilada olgan yuksak tarbiyangizning belgisi bo‘lishi kerak.

Darhol “qaynona o‘g‘lini qizg‘onadigan, kelinini xushlamaydigan bo‘lsa-chi?” degan savolni bermang. Albatta, bunday qaynonalar bor, buni men ham bilaman. Ular haqida alohida post qilaman, inshaalloh. Ammo hozirgi fikrlar kelinlarga qaratilgan.

Qaynona-kelin munosabatlari 50 ga 50 darajada mas’uliyat talab qiladi. Atrofimizda zolim qaynonalar ham, nonko‘r kelinlar ham kam emas, afsuski. Bu muammolarning oldini olish kerak. Ammo qanday qilib?

Islohotni, avvalo, o‘zimizdan va tarbiya qilayotgan qizlarimizdan boshlashimiz kerak. Qaynonangiz yomon bo‘lsa ham, uni hurmat qiling va xizmatini qiling. Faqat Alloh uchun qiling. Javobini Allohdan kuting. Agar javobni faqat qaynonadan kutadigan bo‘lsangiz, bir-ikki olasiz, keyin olmay qolasiz, hafsalangiz pir bo‘ladi. Shuning uchun javobni faqat Allohdan kuting.

Shuningdek, qizingiz oldida qaynonangizni yomonlamang. Aksincha, qilgan xatolaringizni tan oling. Bundan u ibrat oladi va kelajakda shunday xatolardan qochishga harakat qiladi. Agar bundan 20 yil avval onalarimiz shunday yo‘l tutganlarida, bugungi muammolarning kamida 90 foizi bo‘lmas edi. Lekin bu qilinmadi, natijasini esa hammamiz ko‘rib turibmiz.

Islohotni o‘zimizdan boshlaylik!

#munosabat #tavsiya

@Nadiya_Ramazon

1 week, 5 days ago
Dunyoda mukammal oila, komil do‘stlik, namunaviy …

Dunyoda mukammal oila, komil do‘stlik, namunaviy hayot, foydali tijorat, nurli kelajak yo‘q. Aqlingizni g‘ayrivoqeiy (bo‘lmaydigan) kutilmalardan ozod qiling!

Hamma qiynaladi. Lekin:
farq rozi bilan norozi o‘rtasida bo‘ladi. Haqiqatini topgan bilan unda chuqur ketgan o‘rtasida bo‘ladi.

Agar hayotni abadiy jannat emas, balki nuqsonli deya muomala qilsangiz, u go‘zallashadi. Uning asliga qarab muomala qiling, huzurlanasiz.

Ayman Yog‘iy

#Muammo

@Nadiya_Ramazon

1 week, 6 days ago
"Uy bekasi" lavozimini mensimaganlar, bu mansabning …

"Uy bekasi" lavozimini mensimaganlar, bu mansabning muhimligidan va ummatning axloqiy-ijtimoiy hoziri va kelajagiga kuchli ta’siridan g‘aflatda bo‘lgan johillardir. Uy to‘ridagi bu mansab qiyinchiliklari, erkaklarning uy tashida duch keladigan mashaqqatlariga barobar keladi.

Shariat ikki jinsni ham o‘zlariga loyiq va ustun tomonlariga yo‘llaydi. Ba’zi ayollarning favqulodda qobiliyatlari, ularning bu xususiyatni yo‘qqa chiqarolmaydi.

Shayx Muhammad Gʻazzoliy

#Ayollar

@Nadiya_Ramazon

2 weeks, 5 days ago
Assalomu alaykum! Yaxshimisizlar? ***😊***

Assalomu alaykum! Yaxshimisizlar? 😊

Oxirgi vaqtlarda blogim faoliyati ayrim sabablarga koʻra aanchagina sustlashib qoldi. Shunday boʻlsa-da sadoqat bilan kanalni tark etmay kuzatishda davom etayotganlaringiz uchun rahmat! InshaAlloh, endi yana faoliyatni tiklab, sizlarga manfaatli maʼlumotlar berib borishga harakat qilaman.

Darvoqe, ijodiy yangiliklardan ham bo'lishib ketay: yaqin orada ayollar uchun bir kitob boshlash niyatidaman. Bekor yurmay, unda yoziladigan mavzular haqida o'ylab yurdim. )

Koʻpchilik hol soʻrab yozibdi, hammalariga javob berolmadim, uzr. Borlaringizga shukr, men yaxshiman, Âlhamdulillah...

#hayotiy

@Nadiya_Ramazon

3 weeks, 1 day ago
Seni kamchiliklaring, ayblaring, gunohlaring va savoblaring …

Seni kamchiliklaring, ayblaring, gunohlaring va savoblaring bilan chindan yaxshi ko‘radigan, xatolik qilganing uchun ham seni tark etmaydigan yagona zot faqat Alloh ekanligini bilganingda edi, boshqalarga qullik qilishdan voz kechar eding...

Abdulqodir Jiyloniy quddisa sirruhu

#iqtibos

@Nadiya_Ramazon

3 weeks, 5 days ago
Ayrim hollardagi muammolar, seni yurakdan his …

Ayrim hollardagi muammolar, seni yurakdan his etuvchi insonlar bilan, o‘z yechimini topadi, chunki seni qalbdan his etuvchilar sen uchun sanoqli bo‘ladi…

(C)

@Nadiya_Ramazon

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago