Lara's Insight

Description
Writer | Reader | Future Nobel laureate

"Defeat? I do not recognise the meaning of the word!" Margaret Thatcher

Views, lifestyle, motivation, books and more...
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 week ago
Lara's Insight
1 week ago
1 week, 1 day ago

Shu yerga bugungi rejalarimni yozib qoldiraman, shunda bajarilishi oson bo'ladi.

  1. UNDP remote internshipga topshirish
  2. Yozish bilan shug'ullanish (maqola & hikoya), bunga 2-3 soat ajratmoqchiman bugun
  3. "Doktor Jivago"ni tugatish (film)
  4. Frikadelkali supni tayyorlash (videosini qoldiraman)
1 week, 6 days ago

Odamlar sevganini kitoblarda uchratishadi. Kitoblardan hayotga ko'chgan odamlarni sevib qolishadi. Qo'lidagi kitobi sizniki bilan bir xil bo'lgan, sizningdek o'qiyotgan va fikrlari mavj urayotgan odamni nega sevmaslik mumkin?!

Balki sevgingizni dekabr oyida shu kanallarda uchratib qolarsiz 💌

Kanallarga a'zo bo'lish!

2 weeks ago

"never blotted a line" - hech qachon xato qilmagan, ya'ni ishini mukammal bajaruvchi shaxsni ifodalash uchun ishlatiladi. O'z davrida Shekspirga shunday ta'rif berilgan bo'lib, so'zma-so'z tarjimada bittayam satrni o'chirib tashlamagan degan ma'no kelib chiqadi.…

2 weeks, 6 days ago

«Unday emas, bunday bo‘ladi. Sizlar adashyapsizlar!»

Ijtimoiy psixologiyada Danning-Kryuger effekti degan tushuncha bor. Bu nima degani?

— Biror sohada yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan odamda o‘ziga bo‘lgan ishonch juda yuqori bo‘lishini kuzatganmisiz? Bunaqa odam o‘zini professional, tajribali mutaxassis deb hisoblaydi. Qobiliyatlarini yuksak baholagani bois qilayotgan xatolarini ko‘ra olmaydi, boshqalarning gaplarini inkor qiladi.

— O‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘la turib, qobiliyatlarini yetarlicha baholamaydigan, ishonchsizlikdan aziyat chekadigan odamlarni ham uchratgan bo‘lsangiz kerak.

Mana shu hodisa Danning-Kryuger effekti deyiladi. Soddaroq tushuntirsak, bilimi oz bo‘lgan odam o‘ziga katta baho beradi, bilimi yuz chandon ko‘p odam esa o‘zini yerga uradi.

Qiziq jihati, bilimsizning o‘ziga bo‘lgan ishonchi manmanlikdan emas, ko‘proq bilimsizligini bilmasligi tufayli bo‘ladi. Bilimli odamning o‘zini yerga urishi esa kamtarlikdan emas, shunchaki o‘ziga to‘g‘ri baho bera olmasligidan bo‘ladi.

Danning-Kryuger effekti degan tushuncha yaqindagina — 1999 yilda ilgari surilgan bo‘lsa-da, bu haqda odamlar ming yillar avval ham fikr yuritgan. Keling, Suqrotning bir gapini eslaymiz:
Men hech narsani bilmasligimni bilaman, ammo boshqalar shuni ham bilmaydi!
Bu yerda "hech narsani bilmaslik" deb majoziy ma’noda aytilgan. Ushbu iqtibosdan bir nechta xulosalar olish mumkin:
— bilimsizlik o‘z-o‘zidan ayb emas, chunki inson bilib tug‘ilmaydi, hayoti davomida bilib boradi;
— bilimsizligini bilmaslik va tan olmaslik — ayb;
— bilmasligini bilish odamni boshqalardan ustun qiladi.
*_____

Nima qilish kerak?*Birinchi toifadagi odamda o‘ziga bo‘lgan ishonch shu qadar yuqoriki, hatto xatolarini ham yutuqdek qabul qiladi.

Agar siz shunday odamga yo‘liqsangiz, u bilan ortiqcha bahslashmang, foydasi yo‘q. Yagona yechim — u qaysi sohada o‘zini mutaxassis deb bilsa, uni o‘sha sohaning haqiqiy mutaxassislari davrasiga tushirib qo‘yish. Haqiqiy mutaxassislar qanday bo‘lishi kerakligini u o‘z ko‘zlari bilan ko‘rsagina uning shira bosgan ko‘zlari ochiladi, oyog‘i qaytib yerga tegadi, o‘ziga bo‘lgan ortiqcha ishonchi me’yorga keladi.

Agar ikkinchi toifadagi insonga yo‘liqsangiz, shunchaki unga:
— u bilgan narsalarni hamma ham bilavermasligini,
— u qilgan ishni hamma ham qila olmasligini,
— u oson deb o‘ylagan narsalar oddiy odamlar uchun oson emasligini tushuntirish kerak.

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

3 weeks ago

Dunyoda feminizm bo'lishini xohlamayman. Bu xudbinlik, qaysi ma'noda xudbinlik: mazmunini to'liq anglab yetmagan odamga majburiyat yuzasidan o'zingni tan oldirish va uning ilojsiz bo'yin egishidan o'zingcha lazzatlanish darajasidagi. Albatta, zamonamizda "bo'yin…

3 weeks, 1 day ago
3 weeks, 4 days ago

Bitta do'stim o'quvchilaridan "Orzudagi O'zbekiston" mavzusida erkin esse olibdi. Fikrlarini o'qish qiziq. Sodda, oddiy va ko'ngildan yozilgan gaplar ekan ko'pchiligi.
Men ham shunga yaqinroq, jurnalistikaga bog'lab bolalarga esse yozdirib ko'rishim kerak.

3 weeks, 6 days ago

Biologiya imkoniyatni belgilasa, jamiyat bu imkoniyatga ma'no beradi.

© ChatGPT

@larasinsight

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago