Ona_tili va adabiyot.Rishton filiali (Haydarova_M)

Description
👩‍🏫 Haydarova Maftunaxon @haydarova_onatiliadabiyot

📄Oylik dtm testlar va haftalik testlar.✔️
📚Qo‘llanmalar.✔️
💻Mavzulashtirilgan slaydlar.✔️
🎥Video darsliklar✔️

👥Guruh: @onatili_adabiyot_haydarova
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago
*****🌿*** BIOLOGIYA DARSLARI UCHUN YANGI GURUH …

*🌿 BIOLOGIYA DARSLARI UCHUN YANGI GURUH OCHILDI! 🌿Siz biologiyani mukammal o‘rganib, yuqori natijalarga erishmoqchimisiz? 🧬 *Bizning biologiya kurslarimizda siz:
* Biologiyaning asosiy tushunchalarini chuqur o‘zlashtirasiz
Maktab darslarini yaxshilaysiz
Imtihonlarga ishonch bilan tayyorlanasiz 👨‍🏫 Nega aynan biz?
🔹 Tajribali va malakali o‘qituvchilar
🔹 Interaktiv darslar va amaliy misollar
🔹 Kam sonli guruhlarda shaxsiy yondashuv
🔹 Ta’lim materiallari va muntazam testlar 📅 Darslar boshlanadi: 07.12.2024 *🕒 Jadval: Du-Juma 14:30 📍 Manzil: Registan LC Rishtan. 🚀 Joylar cheklangan — Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

📞 Biz bilan bog‘laning: +998948722700 📩 Yoki Telegram orqali: @registan_rishtan_admin 🔬 Biologiyaning ajoyib olamiga qadam qo‘ying! 🌱**

1 month, 1 week ago

*❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida
qishki ta’til 2024-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar* davom etadi.

Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

3 months, 2 weeks ago

Maqsad ravishdoshi (-gani) hamda sifatdoshning -gan shakliga egalik qo'shimchasi (-i) qo'shilgan shaklni qanday farqlash mumkin?

Avvalambor, mazmunan farqlanadi. Ravishdosh doim maqsad ma‘nosini ifodalaydi va gapda FAQAT MAQSAD HOLI vazifasida keladi. Sifatdosh esa barcha vazifalarda kelishi mumkin.

Maqsad ravishdoshi (-gani) va o‘tgan zamon sifatdoshiga III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan holatni (-gan/i) farqlashning boshqa usullari:
- maqsad ravishdoshi doim bitta "Nima maqsadda?" so‘rog‘iga javob bo‘lib, odatda, gapda fe‘l kesimga bog‘lanadi va uning yonida frazaviy urg‘u oladi (o‘qigani keldim);
- maqsad ravishdoshidan keyin hech qanday qo‘shimcha kelmaydi;
- maqsad ravishdoshi bo‘lishsiz shaklga ega emas. (Darsga tayyorlangani keldim.) Ayni paytda sifatdosh "-gan/i" shaklida bu mavjud. (Uning darsga tayyorlanMAgani meni achchiqlantirdi);

- o‘tgan zamon sifatdoshining egalikni olgan shakli (-gan/i) esa gapda, odatda, kelishiksiz shaklda otlashgan ega bo‘lib keladi. (O‘qigani foyda berdi) Kelishiklar bilan turlanganda esa boshqa vazifalarda ham keladi. (O‘qiganini ko‘rdim) Demak, sifatdosh (-gan/i) erkin holatda qo‘shimchalarni qabul qiladi;
- sifatdosh shaklidagi "-gan/i", asosan, o‘zidan oldin qaratqichdagi so‘zni tobelantirgan bo‘ladi (Uning o‘qigani qo‘l keldi);
- ko‘makchilardan oldin keladigan "-gan/i", albatta, sifatdoshdir. (O‘qigani uchun/sayin/sari/bilan/haqida) Chunki ko‘makchilar ot, olmosh, sifatdosh va harakat nomidan keyin keladi. Ravishdoshdan keyin emas.

Ko‘pchilik oxirgi shaklga ravishdosh sifatida qaraydi. "Yegani sayin yegisi keldi" gapida "-gan/i" shaklidan oldin qaratqichni shakllantirish g‘alizlikka olib kelsa-da, bunda aynan sifatdosh va egalik shakli qatnashgan.)

*© Orzubek Musayev*

4 months ago
4 months, 3 weeks ago

TASHKILOT, MUASSASA, KORXONA
          NOMLARI IMLOSI

?Xalqaro tashkilot nomlari tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi.
⛔️Birlashgan Millatlar Tashkiloti,Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi,Jahon Tinchlik Kengashi.

?Oliy davlat tashkilotlari tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi.
⛔️Vazirlar Mahkamasi,Oliy Majlis,Respublika Oliy Sudi,O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari.

?Oliy unvon va mukofotlar nomi tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi.
⛔️"O'zbekiston Qahramoni" ,Oltin Yulduz"
❗️Lekin boshqa mukofot,nishonlar nomidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi.
    Masalan, ?"Sog'lom avlod uchun ordeni, Xalq ta'limi a'lochisi" nishoni kabi.

?Vazirliklar,idoralar,tashkilotlar va korxonalar tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi.
     Masalan, ? Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi,Namangan davlat universiteti,Toshkent viloyat hokimligi.

@haydarova_onatili_adabiyot

5 months ago

? -**lar QO'SHIMCHASINING USLUBIY BELGILARI

?Ko'plik shakli ko'p ma’noli, atoqli otlar, mavhum otlar, sanalmaydigan otlar, asli birdan ortiq bo'lmaydigan, shuningdek, juft predmet nomiga qo'shilganda grammatik ko'plik emas, nutqiy qurshov bilan bog'liq quyidagi uslubiy ma’nolarni ifodalaydi:

?1. Atoqli ot turdosh otga aylanib, “o'xshashlik” (zamonamiz farhodlari, Marg'ilonning kumushlari), yoki “yaqin shaxs todasi” ma’nosini (aka-­uka Shojalilovlar, Salimlarnikiga bordik) bildiradi.

?2. Yakka predmet nomi ko'chma (Navoiy, Bobur va Mashrab mumtoz she’riyatimizning so'nmas quyoshlaridandir) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi.

?3. Sanalmaydigan predmet nomi (yog', suv, qum, tuproq, havo kabi) har xil tur, mo'llik ma’nosini (yog'lar (paxta yog'i, zig'ir yog'i, kunjut yog'i va hokazo)

?4. Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko'zlari qamashib ketdi. Oyoqlari zirqirab og'rir edi) ifodalaydi.

?5. Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi: U xayollarga cho'mib ketdi. Ahvollar yaxshimi?

?6. Hurmat – bunday paytda doimo egalik shakli ishtiok etadi va ko'plikdan oldin qoshiladi: ayamlar, dadamlar, tog'amlar.

?7. Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari, yozlari.

?8. Kuchaytirish: Boshlarim og'rib ketdi. Yuraklarim ezilib ketdi. Tillarim achishdi.

?9. Piching, kinoya: Tog'alari rais ekanmi? Ozlari ham qadam ranjida qilibdilar­da?!

?10. Tur-nav: unlar, suvlar.**
@haydarova_onatili_adabiyot

6 months, 2 weeks ago
6 months, 3 weeks ago

** Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik

? Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha 90 mingga yaqin so‘zni o‘z ichiga olgan “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” chiqarilibdi. Shu vaqtgacha 2013-yilda chiqarilgan imlo lug‘atidan foydalanib kelgandik va unda bir qator bo‘shliqlar mavjud edi (o‘zimiz qiziqqan ayrim so‘zlarni topa olmasdik).

? Yangi lug‘atda esa ko‘plab kamchiliklar bartaraf etilibdi.

✔️ Bundan tashqari, selfi, blog, bloger, smartfon, feysbuk, instagram, tvit, fastfud kabi tilimizga allaqachon singib ketgan zamonaviy so‘zlar ham yangi lug‘atdan o‘rin olgani quvonarli holat. Endi Facebook'da emas, feysbukda deb, fast food yoki fast-fud emas, fastfud deb yozishimiz kerak bo‘ladi va bu matn yozuvchilar uchun faqat qulaylikka xizmat qiladi.**

7 months, 1 week ago

❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

? @xushnudbek ?

8 months, 3 weeks ago

⚡️ Ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va tanlovlar ro‘yxati.MMTV 2024-yil 14-fevral 03-01/14-623-sonli xat@haydarova_onatili_adabiyot

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago