The Movie Critic

Description
Filmlarning millati boʻlmaydi...
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

9 месяцев, 4 недели назад
**Amerika kino instituti** (AFI) 2023-yilning "Eng …

Amerika kino instituti (AFI) 2023-yilning "Eng yaxshi 10 ta filmi" roʻyxatinirasman eʼlon qilgan edi.

1. AMERICAN FICTION
2. BARBIE
3. THE HOLDOVERS
4. KILLERS OF THE FLOWER MOON
5. MAESTRO
6. MAY DECEMBER
7. OPPENHEIMER
8. PAST LIVES
9. POOR THINGS
10. SPIDER-MAN: ACROSS THE SPIDER-VERSE

O'zi yillarga oid filmlarni 1990-yildan boshlamoqchi edim, keyin bilsam boshidan kelishdan ko'ra oxiridan qaytish osonroq ekan! Shulardan 5 tasini (2, 4, 7, 9 va 10) ko'rgan ekanman! Bular orasida bo'ralatib so'kkanlarim va og'iz ko'pirtirib maqtaganlarim ham bo'lgan, indamay o'tib ketolmayman! Yo'l-yo'lakay yozib ketaman...

*? The Movie Critic*

9 месяцев, 4 недели назад

#TheMovieCritic #4 Billni o'ldirish 1,2 (2003-2004)
Kill Bill - 2003-2004-yillarda Kventin Tarantino tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilinga jang sanʼati filmi bo'lib, bunda Uma Turman bir guruh qotillardan qasos olishga qasamyod qilgan sobiq kallakesar kelin rolini mahorat bilan ijro etadi! Aslida Kill Bill: Volume 1, Kill Bill: Volume 2 bitta film edi, lekin Tarantino ba'zi muhim sahnalarni kesib tashlamaslik uchun ikkita filmga bo'ladi, Volume-2 olti oydan keyin chiqariladi.

Jarayondan zavqlanish uchun ajoyib film! Tarantino zamonaviy qurollardan ochiqchasiga nafratlanishini uning filmlaridan sezish mumkin! Biror yangi narsa o'ylab topish shart emas, shunchaki oddiy boltadan ham sho'rva qilaveradi bu Tarantino! Filmni bir necha yil oldin ko'rgan edim, qayta ko'rishga erindim! Tomosha vaqtida "Odam o'lmasa yashayveradi ekan" deb yuborgandim! Agar Uma Trumanning ismi Kelin bo'lmaganda aniq Gidra bo'lardi! "Kill Bill"ni bemalol kimgadir tavsiya qilish mumkin!

*? Birinchi qismni ko'rish uchun havola ustiga bosing...**? Ikkinchi qismni ko'rish uchun havola ustiga bosing...*
"Pulp fiction"dan keyin mana ikkinchi film ham o'tdi, lekin hali ham "Mendurman Tarantino" degan filmni ko'rmadim! To'g'ri Kill Bill ham yomon emas, lekin baribir nimadir yetmayapti yoki nimadir ko'payib ketgandek tuyilyapti...

*? The Movie Critic*

[​](https://telegra.ph/file/3ef2f336461e656054ef6.jpg)[**#TheMovieCritic**](?q=%23TheMovieCritic) **#4 Billni o'ldirish 1,2 (2003-2004)**
10 месяцев назад

#TheMovieCritic #3 Jeki Braun (1997) Jeki Braun - 1997-yilda Kventin Tarantino tomonidan 1992-yilgi Elmor Leonardning "Rum Punch" romani asosida suratga olingan film bo'lib, AQSh va Meksika o‘rtasida yashirincha pul olib yuruvchi styuardessa haqida hikoya qilinadi! Film haqida aytarli narsa 12 million dollarlik byudjetda 74,7 million dollar ishlab olishi xolos!

Shubhasiz Tarantino filmlari orasida eng past baholanadigan film, umuman maqtashga arzimaydi! "O'g'irini qaroqchi urishi" haqida butun boshli film olish g'alati tuyuldi! Shaxsan manga yoqmadi. Chunki film Tarantino tomonidan yozilmaagan, filmda Tarantinoning imzosi yo'q, faqat ismi bor! Shuningdek, Jeki Braun Tarantino tomonidan yozilmagan "Tarantino filmlari" orasidagi yagonadir! E xullas ko'p gapirgin kelmayapti, tavsiya qilishga arzimaydi!...

*? Filmni o'zbek tilida ko'rish uchun havola ustiga bosing...*

Manga yoqmagani bu filmni yomon degani emas, balki film yaxshidir! Ehtimol Tarantinodan ko'p narsa kutganim uchun shunday o'ylayotgan bo'lishim mumkin! Shunchaki, Ssenariyni Tarantino yozmagan! Yoki aksincha bo'lib sizga yoqishi ham mumkin, balki kimdir maqtar ham, bu bor yo'g'i mani fikrim...

*? The Movie Critic*

[​](https://telegra.ph/file/b50c328eac518818d50b4.jpg)[**#TheMovieCritic**](?q=%23TheMovieCritic) **#3 Jeki Braun (1997)** [**Jeki Braun**](https://en.wikipedia.org/wiki/Jackie_Brown) - 1997-yilda Kventin Tarantino tomonidan 1992-yilgi Elmor Leonardning **"Rum Punch"** romani asosida suratga …
10 месяцев назад

BLACK SABBATH - "Paranoid"

*? The Movie Critic*

10 месяцев назад

"Breaking Bad" seriali "Pulp Fiction" filmidan ilhomlanganini bilarmidingiz? Eng shaffof ma'lumot shouda Valterning 1992-yilda "Reservoir Dogs" filmida mashhur bo'lgan Mr. White taxallusidan foydalanish bo'lsa-da, Tarantinoning eng ko'p tilga olingan asari Pulp Fiction bo'lib qolmoqda!

*? The Movie Critic*

10 месяцев назад

#TheMovieCritic #2 Jinoiy cho'pchak (1994)

Pulp fiction- 1994-yilda Kventin Tarantino tomonidan Rojer Avari bilan hamkorlikda oʻylab topgan hikoya asosida suratga olingan. Film Los-Anjelesdagi jinoyat va zo'ravonlikka aloqador to'rtta o'zaro bog'liq ertaklarni hikoya qiladi!

Film doimiy ravishda IMDb Top-250 eng yaxshi filmlar ro'yxatining birinchi o'ntaligiga kiritiladi. Filma “Eng yaxshi original ssenariy” nominatsiyasida “Oskar” , “BAFTA ” va “ Oltin globus” mukofotlari, 1994-yilda Kann kinofestivalida “Oltin palma” va qirqdan ortiq kino mukofotlari sohibiga aylanadi!

Tarantino filmlaridagi, umuman o'sha vaqtda paydo bo'lgan "Oxiridan Boshiga" nomli yo'nalishni yaqqol sezish mumkin! Filmdagi har qanday jihatlarni maqtash mumkin, film shubhasiz "shoh asar"! Filmlardagi eng yoqtiradigan jihatlarimdan biri "Hech bir fan qoidalarini" inkor etmasligidir! "Pulp fiction" hech bir nazariyalarni rad etmaydi, na fizikaga va na falsafaga oid hodisalarni chetlab o'tmaydi, har bir kadr hayotdan olingan, barchasi qo'shni xonada, yuqori qavatda va atrofimizda sodir bo'layotgan hodisalardir!

"Lekin" degan joyi ham bor! "Pulp fiction" kimdir tavsiya qilsa ko'riladigan kinolardan emas, inson o'zi xohlab, izlab, vaqti soati yetganda ko'riladigan asarlardan, umuman Tarantinoning filmlari "Hayotni o'zgartirib yuboradigan" narsalar olinadigan kinolardan emas, barchasi "Kino" nimaga qodir ekanligini ko'rsatish uchun desak xato bo'lmasa kerak? Tarantino kino olamidagi "Dostayevskiy"ga o'xshaydi, o'z olami va o'z qoidalariga ega!

Syujet haqida unchalik gapirgim kelmayapti, film haqida boshqalar aytgan fikrlarga qo'shilaman, 2-3 mlrd odam adashmasa kerak axir!? "Pulp fiction" suratga olinganiga bu yil 30-yil bo'libdi, lekin film o'tgan yili suratga olingandek dolzarb! Yillar o'tgani sari muammolar eskirib yo'q bo'lib ketadi deb o'ylaymiz, lekin muammolar "Piter Pen" sindromiga chalinganidan bexabarmiz!

*? Filmni o'zbekcha subtitrda ko'rish uchun havola ustiga bosing...*

P/s: Ushbu filmda giyohvand moddalar istemoli, alkagol mahsulotlari, zo'ravonlik va yana boshqa axloqqa zid harakatlar aks etgan lavhalar mavjud! Biz bunday holatlarga qarshimiz va filmdagi holatlarni real hayotda takrorlanishini xohlamaymiz!

*? The Movie Critic*

[​](https://telegra.ph/file/668ce98eff9ba210367f7.jpg)[**#TheMovieCritic**](?q=%23TheMovieCritic) **#2 Jinoiy cho'pchak (1994)**
10 месяцев назад
**Sevsang meni Forrest kabi sev!**

Sevsang meni Forrest kabi sev!
Shanim toj kabi boshingda tursin...
Sevsang meni Forrest kabi sev!
Yuraging lahzada meni deb ursin...

Sevsang meni Forrest kabi sev...

*? The Movie Critic*

10 месяцев назад

#TheMovieCritic #1 Quturgan Ko'ppaklar (1992)
Reservoir Dogs - Kventin Tarantinoning ilk katta metrajli filmi bo'lib, 1992-yilda yozilgan va rejissyorlik qilingan. Tarantino keyinchalik odat tusiga kirgan "O'z filmlarining ba'zi epizodlarida ro'l o'ynash"ini ushbu filmda zargarlik do‘konidagi o‘g‘riliklari chappasiga ketgan olmos o‘g‘rilardan birining rolini ijro etish bilan boshlaydi. Film mustaqil kino klassikasi va diniy film sifatida qaraladi, shuningdek Empire tomonidan "Barcha zamonlarning eng buyuk mustaqil filmi" deb topiladi.

Torantinodan debyut film bo'lgani uchun boshlanishiga yomon emas! Jarayon ham ancha yaxshi, hozirgi filmlari bilan taqqoslaganda rejissoyorning o'zi ham 7/10dan yuqori bermagan bo'lardi! Syujet! Umuman bir-birini tanimagan 5 ta kallakesar, o'g'irlik uchun hamma narsa tayyor! Joy, vaqt, mashina, qurol va jinoyatchilar o'z o'rnida, lekin nimadir bo'lib ish orqaga ketdi va hamma o'z jonini saqlab qolishga harakat qilishni boshladi!... Tarantino qanday ssenariy yozishni biladi, shuning uchun ham "Oscar" olgan! Tomoshabinni "Bunday tugamasligi kerak edi!" deb yuborishga majbur qiladigan filmlar har doim o'ziga qiziqish uyg'otib kelgan!

Filmda aktyorlar juda ham ko'p "so'kinish" so'zlarini ishlatgani ko'pchilik tomonidan tanqidga olinadi! Lekin Tarantino ssenariyni hayotdan oladi, buni ustiga qahramonlar "quturgan ko'ppaklar" bo'lsa, bulardan "g'azalxonlik" kutish g'irt ahmaqona bo'lardi! Buni ustiga atrofimizda 3 ta gapni birida so'kinadiganlar to'lib yotibdi! To'g'ri filmni oila davrasida ko'rib bo'lmaydi, o'zi Tarantinoni qaysi filmini oila davrasida ko'rish kerak ekan! Umuman bu filmlar qaysidir millat uchun emas, umuman yer sayyorasi uchun suratga olingan!

Kinoda maqtanarli jihatlar unchalik ko'p emas, deyarli yo'q desa ham bo'laveradi! 90-yillardagi filmlardan ajralib turadigan yagona omil "filmni Kventin Tarantino suratga olganligi" xolos, kinoni ko'rishga bundan boshqa sabab ham bo'lishi mumkinmi!?

*? Filmni o'zbekcha subtitrda ko'rish uchun havola ustiga bosing...*

P/s: Filmni ko'rish davomida har bir so'zga diqqat qilishni maslahat beraman, to'g'ri so'kinishlariga emas albatta! Filmni "komedik jinoiy drama" desa ham bo'laveradi...

*? The Movie Critic*

[​](https://telegra.ph/file/746fa72fbb21acd24a64d.jpg)[**#TheMovieCritic**](?q=%23TheMovieCritic) **#1 Quturgan Ko'ppaklar** (1992)
10 месяцев назад
Bu haftani - **Tarantino haftaligi** deb …

Bu haftani - Tarantino haftaligi deb nomlaymiz! 9 ta kinoni 6 kunda ko'rib chiqish qiyin emas-ku, lekin tushunish sal og'irroq bo'ladi!
Hmmm... So'rab o'tirib nima qilaman, "O'zingni o'yla..." deyilganidek, bilganimni qilaveraman!

*? The Movie Critic*

10 месяцев назад
The Movie Critic
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago