Abdulloh Aziz

Description
3:185
EN: @abdullahposts
🧠 @nurabdullahaziz
📖 @maqsad_academy_official
📚 @maqsad_kitoblar

Nima uchun Bor bòlsang, Òsha uchun Yasha
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago

Xatolar haqida

Tanlovingiz Xato bólsa — Badali Umringiz bóladi. Shunday...
Ba'zida esa shu umr davomida yig'gan obróyingiz, yoki qadr-qiymatingiz ham bólishi mumkin.

Ba'zida, Xatolarimizni yashiramiz deb ularni oshkor qilib qóyamiz...

Xato qilish ayb emas, zotan barchamiz xato ustidamiz. Bu bizni qólimizda emas. Lekin Xatodan dars olmaslik ayb. Qólimizdagiga javobgarmiz.

Xato bilan Xiyonatni farqi:
Xato - havoyi nafsdan yoki aql/ilmning yetishmasligi oqibatida qilinadi.
Xiyonat - reja asosida, óylanib, maqsadli ravishta amalga oshiriladi.

Xatoni kechirmaslik yaxshi emas.
Xiyonatni esa kechirish...

Xato qilganda shaxsiyat emas, amal yomon kóriladi. Xiyonat qilganda esa Shaxsiyat.

Mómin ham xato ustida bólishi tabiiy, lekin xiyonat ustida bólmaydi[23:8]

@nurabdullahaziz

2 months, 2 weeks ago

Tóylarimiz ajoyib ótadi bizni xalqimizni. Deyarli hammada rejadagidek.

Óquvchi, "Tóylarimiz ajoyib" jumlasiga diqqatingizni qaratdingizu, "rejadagidek" sózi qolib ketdi.

Diqqatingiz qaratilgani - muhim sanagingiz sababli, Muhim sanalmagan narsaga e'tibor qaratilmaydi odatda. Masalan - rejaga

Shuning uchun ham hayotingiz tartibsiz, ma'nosiz, samarasiz. Ertalab kózingizni ochganda bugun nima(lar) qilishim kerak degan savolni aniq bermaysiz.

Tóylarimiz haqiqatda ajoyib ótadi. Sababi esa ularni boshdan oyoq reja qilganimizda.

Agar yillar, oylar, kunlarimizniham shunday diqqat bilan reja qilganimizda edi. Ularham tóylarimizdek ajoyib ótarmidi...

Har bir narsani rejalashtiring. Ayniqsa vaqtni. Rejani kuchiga past baho beradiganlar - hayotini tóychalik qadrlamaydigan insonlar.

@nurabdullahaziz

2 months, 3 weeks ago

Vazminlikmi yoki Tezkorlik?

Ba’zida hayotda tezkorlik muhim: qaror qabul qilasiz, imkoniyatni qo‘ldan bermaysiz.

Ba’zida esa vazminlik kerak: shoshmasdan o‘ylaysiz, xatolardan saqlanasiz.

Tezkorlik bilan siz imkoniyatlarni ko‘paytirasiz, vazminlik bilan ularni aniq va to‘g‘ri baholaysiz.

Tezkor odamlar natijaga tez yetadi, vazmin odamlar uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadi.

Qaysi biri yaxshiroq? Bu vaziyatga bog‘liq. Menimcha...
Birinchi qadamni tashlayotganda tezkor.
Keyingi yo‘lni tanlayotganda esa vazmin.

Faqat, tezkorlik bilan shoshqaloqlikni, vazminlik bilan qórqoqlikni adashtirib qóymasak bóldi.

@nurabdullahaziz

4 months, 4 weeks ago

Tajribaning narxi vaqt va mehnat
Insho, post, aqlli jumlalar, hatto sher yozishni tajirabada sinab kórdim.

Gimnastika, Suzish, Kickboks, Kurash, Basketbol, Futbol kabi sportlarniham.

Fanlar, tillar, sohalar va ilmlar.

Nimani sinab kórmay barchasida bir xil mantiq. Boshqa kuzatuvlarimdaham.

Boshi qiyin. Uzoq vaqt, qattiq mashaqqat talab qiladi. Evazi esa juda oz. Yóq desaham bóladi.

Bizni nazdimizda yóq. Lekin "compound effect (atomic habits)" - yig'ilayotgan bóladi. Faqat kórinmaydi.

Har ishni qayeridadir bir bariyer bor. "Compound effect" kórinadigan payt. Ósha bariyerdan ótish - mehnatni kamaytirib, natijani kópaytiradi. Tajriba sababli. Muammo shundaki juda kópchilik shu bariyergacha yetib kelmaydi.

Miyaning sintezi, tananing moslashishi, ruhiyatning quvvatlanishi va tajriba - larnining ortishi uchun vaqt va mehnat kerak. Bittasi bólmasaham bólmaydi.

Tezlashtirishni iloji yóq. Ba'zi narsalar shunchaki vaqt talab qiladi. Chiroyli qomadni sotib olib bólmaydi. Ótkir aqlniham.  Tóg'ri harakat balki tezroq natija berar dersiz. Shunday, ammo tóg'ri harakat uchun ham tajriba va ilm kerak. Bu esa bizni post boshiga qaytishga majbur qiladi.

Hammada shunday. Tajribalar vaqt, mehnat, xatolar orqali misqollab yig'iladi. Ularning narxi shu. Boshqa valyuta bilan Sotib olib bólmaydi. Bu Hayot qonuni. Bir ma'no ham shunda aslida.

Dóstlar. Hayotingizdagi tajribalarni Franklindan kóproq qadrlang. Ular sizga juda qimmatga tushgan. Eng kamida umringiz bilan tólagansiz.

@nurabdullahaziz

5 months ago

Ózimiz

Yaxshi yozish bóyicha kónikma hosil qildim deb óylayman.

Bir nechta ózim hurmat qilgan yozuvchi Blogger lar bilan solishtirsam hali ancha saviya yetishmasligini his qilaman.

Eski postlarimga qarasam aksi. Yaxshi darajaga chiqganman góyo.

Biri ruhlantirsa, ikkinchisi chóktiradi.

Demak bitta yaxshi ólchov bor: "Yozgan har oxirgi postimdan keyingisi yaxshiroq bólishi kerak"

Óypab qarasam Boshqa ishlar ham shunday. Hayot ham.

Har bir ishingiz bitta oldingisidan yaxshiroq bólsin. Ruhiy quvvatlanib boraverasiz.

Har kuningiz kechagidan samaraliroq bólsin. Kamolotga chiqaverasiz.

Komillikni chegarasi yóq. Har qancha yaxshi bólmang, 8 mlrd aholi ichida sizdan yaxshirog'i baribir chiqadi.

Maqsad 8 mlrd orasida yaxshiroq bólish emas. Kechagi ózimizdan yaxshiroq bólish.

Raqibimiz 8 mlrd aholi emas. Shu postni óqiyotgan Ózimiz

@nurabdullahaziz

5 months ago

Avval Hurmat

Arablarda (ba'zilari) Qur'onni yerga qóyish oddiy hol. Turkiy xalqlar belidan pastga tushirmaydi.

Turkiylar Arab tilini bilmasaham Hifzda peshqadam. Ancha mustahkam. Hatto Arab bólib tug'ilganlardan yaxshiroq va tezroq yod oladi.

Qur'onni yerga qóyish Gunoh emas.
Yuqmasligi uchun gunoh qilish shart emas. Hurmatsizlik kifoya.

Gunoh qilmaslik bir daraja bólsa, hurmat bilan yondoshish keyingi daraja.

Tasavvufda bu tarbiya bor. 33 tasavvuf olimining aksariyati Turkiylar. Bólib ham Órta Osiyodan. Ular Olim yoki Avliyo darajasiga chiqishi faqatgina gunohdan tiyilgani sababli emas. Alloh qadr bergan har narsaga hurmat kórsatish bilan bólgan.

Ilm ham shunday. Yuqmasligi uchun Gunoh qilish shart emas. Ilmni va olimni (ilm egasini) hurmatsiz qilish yetarli.

Bunda shunchaki ilm va olimga hurmatsizlik bólmaydi.

Bunda Barcha ilm egasi - Allohga
Eng katta ustoz - Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ga hurmatsizlik bor.

Ótkir zehn bilan mustahkam ilm olishni istaysizmi - ilmni va olimni hurmat qiling

Ilm yuqishini istaysizmi, ustozlarni g'iybat qilishni emas duolarini olishni odat qiling.

Olimni g'iybat qilganning zurriyodidan Olim chiqmaydi.

Hurmat qilmaganga ilm yuqmaydi.

Ilmsiz inson esa qul bólishga mahkum.

@nurabdullahaziz

5 months, 2 weeks ago

Aqllarini ishlatmaydilarmi.?.

Bir ishni qilishganda sababini (nima uchun) so'rasam, aksariyat xolda bir xil ma'noli javob olaman. Odamlar yoki otalarimiz qilgani uchun.

Quraysh mushriklarining javobi ham shunday bo'lgan. Ota-bobomizni dinini tashlab, seni dininga o'tamizmi? hech qachon.!

Holatlar, Insonlar har xil bo'lsada yondoshuv va xarakter katta farq qilmaydi.

Ular noto'g'ri qilish(a)di degan fikrni bermoqchi emasman. Shunchaki ergashib ketadigan Axmoq yoki qo'y emasligimiz, ishlarni tahlil qilib, mohiyatini anglagan holda qilishimiz kerakligini bildirib o'tgim keladi. Bu uchun aqlli yoki haddan oshiq donoga chiqaman bazan. Yoki chidab bo'lmaydigan darajada injiq.

Nima qilayotganimizni anglaymiz, nima uchun qilayotganimizni tushunmaymiz.

Tushunmaganimiz me'zon, dalil, fakt larning yóqligiga. Bu esa ularni ózimizcha yaratib olishimizga olib boradi.

Demak, biz hammaga va hamma narsaga o'zimizning Harakatlarimizni Baholashimizdan kelib chiqqan holda baho beramiz va hukm chiqaramiz. Sababi bizda boshqa baholash tizimini ózi yóq.

Bizga esa "axir aqllarini ishlatmaydilarmi" deya bir necha bor xitob bólgan.

@nurabdullahaziz

5 months, 2 weeks ago

Sayohat uchun zaifmiz

Doim aytib kelaman. Bir umr Ingliz tili óqituvchisi bólib qolmayman. Meni Hayotim bir dona ingliz tilidan ancha ustun turadi.

Menda Ózining fazli bilan berilgan Aql, muayyan qobiliyatlar, idrok, mohiyatni anglash xususiyatlari bor. Bularni faqat ingliz tili uchun ishlatish men uchun axmoqlik.

Unda nega hozir Ingliz tili? Hayotimni muayyan bir vaqtida maqsadlarimga erishish uchun, ba'zi órgangan qobiliyatlarni tajriba sifatida qóllab kórish uchun men bilgan eng yaxshi yól shu. Hozircha.

Hayotga bir sayohat sifatida qarayman. Mutloq g'olib bólish tushunchasi men uchun bu dunyoda yóq. Bir marrani zabt etdingmi, ajoyib, keyingisi kutib turibdi

Deylik ingliz tili órganish bir maqsadni amalga oshirish bólsa, órganganlarimni órgata olish, hayotimga tatbiq qila olish va bu orqali ba'zi ilm, yangilik, tajribalarni kashf qila olish keyingisi bóladi.

Bu borada Hozirgi yoshlarga hayron qolaman. Eng birinchi marraga yetmasdan taslim bólisharkan, Keyingi darajaga qanday qilib chiqish mumkin.

Na Óziga, na Yaratgan Egasiga, na boshqaga biror narsani isbotlay olmagan bu Nafs, qanday qilib aqlan, ruhan yoki jismonan yaroqli bólishi mumkin. Nimaki yaroqsiz bólsa - jamiyat undan voz kechadi. Nimaki manfaat keltirmasa, zarar keltiradi.

Gap birinchi urinishda eplay olmaslikda emas. Gap birinchi urinishdayoq ortga qaytishda. Yiqilgan emas, ortga qaytgan yutqazadi.

Hayotida bitta tilni eplay olmagan odam, bundan ancha qiyin bólgan nafs tarbiyasi, shaxsiyat, oila, jamiyat mavzularini qanday eplaydi.

Ózini hurmat qilmagan, hech nimani isbotlay olmagan, zaif bir xolida, boshqalar uni nega hurmat qilsin? Nega kerakli deb bilsin?

Vadasida turib, sababini qilib, oldinga intilmasa, har narsani sababiyatga bog'lagan Robbimiz 8 mlrd odamlar ichida nima uchun unga bersin?

Gap tildaham emasda, yoshimiz 16 dan oshsaham, mas'uliyat his qilmay yosh bolalardek zaif ekanimiz va ózimizdan boshqa hamma aybdor, hamma bizga "должен"  tushunchalarimiz borligida.

Bu tushunchalar va komfort zonalardan chiqmas ekanmiz, sayohat uchun anchagina zaifmiz.

@nurabdullahaziz

5 months, 3 weeks ago

Fitrat yashalsin - Baxtli bólamiz

Erkak kishi baxtli bólishi uchun ilk qadam - doimiy mehnat qilib, jamiyatga foyda keltirish ekanini yozgandim Yuqoridagi postimda.

Aslida bizni baxtli qiladigan narsa Mehnat emas, Vazifalar. Aniqrog'i bajarilgan vazifalar ortidan keladigan hislar.

Mehnat qilib foyda keltirish - vazifamizga kirgani uchun ózimizni baxtli va tólaqonli his qilamiz.

Vazifalar 2 turga bólinadi:
1. Ózimizga ózimiz yuklagan.
2. Nomimiz va Jinsimizga kóra fitratimizga órnatilgan.

Ruhiyat baxtni his qilishi uchun Fitratning vazifalari bajarilishi kerak. Ózicha óylab topganlari emas.

Erkak baxtni his qilishi uchun Erkakdek, Ayol esa Ayoldek yashashi, vazifalarini bajarishi shart.

Mansabi qancha katta bólmasin ayol kishiga maza bermaydi, ishlari qancha zór bólmasin uyda ótirish erkak kishiga bermagandek.
Sabab: Fitrat yashalmayapdi.

Bugungi postida yaxshi tushuntirib beribdi Challenge boshlagan ukamiz Mirjalol.

Miyaga muammo kerak, bólmasa ózi óylab topadi. Axmoqlik, Lekin tabiatimiz shunaqa.

Bizgaham vazifalar kerak, asllarini unutsak, ózimizga ózimiz óylab topamiz.

Muammo shundaki, ózimiz nuqsonli bólganimiz uchun topgan vazifalarimiz ham nuqsonli bóladi. Baxt bermaydi.

Fitratimizga buyurib topshirilganlari bajarilsa, Ruhiyat undan ozuqa oladi, baxtni his qiladi.

@nurabdullahaziz

6 months, 1 week ago

Baxtlilik siri

Erkak kishi ózini baxtli his qilishi uchun 4 narsa kerak:

Qattiq mehnat. Katta maqsadlar. Ilohiy ozuqa. Yaxshi Ayol.

Erkak kishi tabiatan mehnat qilishi, band bólishi, jamiyatga (hech bólmasa oilasiga) manfaat keltirayotganini his qilib turishi kerak. Bu unga ishonch beradi. Bekorchi erkakni óziga bólgan hurmati va ishonchi tushib ketadi. Bu esa uni zaif va baxtsiz qiladi. Biz uyda ótirish yoki tekiniga ega chiqish uchun yaralmaganmiz. Tabiiy funksiyalarimizni bajarganimizda, ózimizni erkin va baxtli his qilamiz. Tabiiy funksiyamizning eng asosiysi esa Mehnat qilib foyda keltirish.

Davomiy Mehnat qachon bóladi. Qachonki maqsadlar belgilangan bólsa. Maqsadlar qancha katta bólsa, harakat va mehnat shuncha stabillashadi. Har qoqilishda Bizni maqsadlar qayta va qayta oyoqqa turg'izadi. Maqsadsiz erkak yólini yóqotib qóygan yólovchiga óxshaydi. Manzili yóqligi sabab Borib borib baribir tóxtaydi.

Maqsad va mehnat ajoyib. Lekin har doimham yetarli emas. Bizga yanada ustunroq bir turtki kerak. Bu turtki dunyo va moddiyat bilan bog'liq bólmasligi shart. Aks holda chókkanimizda qayta turolmay qolamiz. Bu turtki bizda bor. Mas'uliyat va majburiyatlarni yelkamizga olib, oldinga undaydigan turtki - Ilohiy tushunchalar. Erkakning Ilohiy tushunchalari Ruhiyatiga, Ruhiyati harakatlariga, harakatlari hayotiga ta'sir qiladi.

Ve eng sóngisi (Inglizchada buni Last but not least deyishadi. Oxirgisi ammo oldingilaridan kam emas) Ajoyib, Soliha bir Juft. Qoqilganda turg'izadigan, tóg'ri yóldan ozganda qaytaradigan, kórganda kózi quvonadigan, maqsadlarida yolg'iz emasligini his qildirib turadigan, doim yonida hamroh va dastak. Tabiiy shunday yaralganmiz. Qanchalik kuchli bólmaylik, qovushish uchun biri bizga zarur. Ikki jins bólib yaratilishdan bir maqsadham shu.

@nurabdullahaziz

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago