Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
**"Tilla Amal" 43/90-kun
"O'zgarishni do'stlaring biladi"**
Tanangdagi o'zgarishlarni, seni birinchi marta ko'rgan bilmaydi.
Fikrlashdagi o'zgarishlaringni, birinchi marta suhbatlashgan inson qayerdan bilsin.
Har bir uchrashuv, unga ham senga ham foydali bo'lsin.
Sen foyda berishing uchun to'xtamay izlanasan. Undan foyda olishing uchun u seni maqtamasligi kerak.
Xatolaringni ko'rsatishi shart.
Xatolarni faqat do'stlar aytadi.
Do'st(lar) - hamma bermaganini, u(lar) beradi. Hamma aytmaganini, u(lar) aytadi.
Nega haqiqiy do'stlar bilan tez-tez uchrashib turish kerakligini tushungandirsan.?!
Sen bilan suhbatlashganni yana suhbatlashgisi kelsin.
Ikkinchi martasida, zerikarli suhbatdosh bo'lib qolma.
Birinchi suhbatda zo'r taassurot qoldirish, hammani qo'lidan keladi.
Sen hamma 99% orasida bo'lma.
Har doim qiziqarli suhbatdosh 1% safida bo'l.
Har safar senda, u bilmaydigan, foydali yangilik(ilm, tajriba) bo'lsin.
Har safar foydali bo'l.
Bu maqsad seni uxlatmaydi.
Izlanishdan to'xtatmaydi.
Rostan ham o'syapsanmi, o'zgaryapsanmi bilmoqchimisan?!
Do'st(lar)ing bilan tez-tez uchrashib tur.
Toshkent sh. Metro
"Tilla Amal" 42/90-kun"TOP 5 ni qo'llang"
Bugun, yozgan matnimiz ta'sirli chiqishi uchun nimalarga e'tibor berish haqida gaplashamiz.
Amal qiling, yozganlaringiz ta'sirli chiqadi.
Unutmang!
Inson hissiyotga berilib, qaror chiqaradi. Mantiq bilan asoslaydi.
Yozgan matningiz, hissiyotni uyg'otishi kerak.
Hissiyotni uyg'otuvchi va yozgan matnlarimizni ta'sirli qiladigan, "TOP 5".
Qo'rquv.
Sevgi.
Ochko'zlik.
Aybdorlik.
G'urur.
Yozgan post/matningizda, kamida 1 tasi bo'lishi shart.
"TOP 5" likning 5 tasi ham bo'lmasa, yozgan matningiz zerikarli va ta'sirsiz bo'lib qoladi.
O'z vazifasini bajarmaydi.
Toshkent sh. Chilonzor t.
**"Tilla Amal" 41/90-kun
"Avval, shogirdlikni qotirib qo'y"**
Katta bo'lsam, zo'r ustoz/mutaxassis bo'laman deysan. Yaxshi.
Bog'chada, bog'cha opangni aytganlarini qilmaysan. 1 kun xatoyingni jazolasa, 10 kun bormaysan.
Maktabda ustozlarni hurmatini joyiga qo'ymaysan. Darslarda cho'g'ni ustida o'tirgandek o'tirasan.
O'zing o'qimaysan.
O'qiganni ham qo'ymaysan. Sen shuni unutma.
Ko'chadagi o'yin-kulguga, to'ymisan.
Universitetda ustozlarni ilm va maslahatlarini 1 tiynga olmaysan. O'qishga to'yga borgandek, borasan.
Uydagi seni o'qishing uchun jonini sotayotgan, ota-onangni ishonchi va umidini, yo'lda metan/propan "zapravka" da tashlab kelgansan.
O'z qadriyatlaringni unutgansan. Boshqalarniki ko'chirish bilan bandsan.
Vaqtinchalik "harom juft"ing ham bor, tag'in.
Yaxshi shogird bo'lmasang, sendan yaxshi ustoz chiqmaydi.
Qara, yaxshi ustoz emasmi?
Yaxshi shogird bo'lmagan.
Zo'r farzand bo'lmasang, zo'r ota/ona bo'lolmaysan.
Kichik ishlarni zo'r qilolmasang, katta ishlarni zo'r qilishni, orzu ham qilma.
Qaysi sohada zo'r mutaxassis bo'lishni istasang, o'sha sohadagi mutaxassisga zo'r shogird bo'l.
Xulosa.
"Pastda" zo'r/to'g'ri bo'lmasang,
"yuqorida" zo'r/to'g'ri bo'lolmaysan.
Toshkent sh. Metro
**"Tilla Amal" 38/90-kun
"Atrofni emas, Ichini tasvirlaydi"**
Bir inson bor. Uni yaqindan, yaxshi tanimoqchisiz.
Yo'llari ko'p.
O'zidan, o'zi haqida so'raysiz.
Atrofdagi insonlaridan, u haqida so'raysiz.
Men uchun eng haqiqatga yaqini, uchinchisi.
U tasvirlayveradi. Siz uning asl ichini ko'raverasiz.
Inson ichida qanday bo'lsa, "tashqi tomon"ni ham shunday ko'radi.
Bu qonun buzilyaptimi?
Demak, "paxta" ketyapti.
Toshkent vil. Yangiyo'l t
"Tilla Amal" 37/90-kun
Tushunganlarim:
Savol bersangiz, biroz sukut qilib, chuqur o’ylab javob beryaptimi?
Bilmayman, degan so’zni ko’p ishlatyaptimi?
Siz bu narsalarni menga qaraganda, yaxshi bilasiz, deyaptimi?
Minimalizmni yaxshi ko’radimi?
U(lar)ni mahkam ushlang, u(lar)ko’p narsani biladi.
Buyuk insonlarni buyukligi, qarshisidagi insonni buyuk deb murojaat qilishida.
Toshkent sh. Shayxontohir t
**"Tilla Amal" 36/90-kun
"Oltin olma - duo ol"**
Har kim o'zidan o'tganini, o'zi biladi.
Aytishni xohlamayaptimi..
So'rab majburlamang..
Sizni tanlab aytayaptimi..
Tashlab qochmang..
Do'stlar!
Boshimizda biroz sinov bo'lib turibdi..
Ko'pni duosining kuchiga, har doim ishonaman.
Har bir ishimni boshida, oliy maqsad qilib, ko'pni duosini, Ota-onamga yo'naltirib yo'lga chiqaman.
Duolaringizda bir eslab qo'yishingizdan umidvorman.
O'zi mushkullarimizni oson qilsin.
Amiyn!
Toshkent vil. Yangiyo'l t
**"Tilla Amal" 31/90-kun
"Bolani o'zi o'rganadi"**
Biz tarbiya deganda, faqat bolani tashqaridan, biror narsaga o'rgatish jarayonini tushunamiz.
"Tarbiya qilish" - "o'rgatish" degani emas.
"Tarbiya qilish" - bolaga o'zi o'rganishiga ruxsat berish.
"O'rgatish" - kattalarda bo'lgan ma'lumotni bolaga o'tkazib qo'yish.
O'rgatish emas, balki bolani turfa ma'lumotlar va takrorlanuvchi rag'batlar bilan qamrab olish kerak.
Shunda bolani o'zi o'rganadi va rivojlanadi.
Bo'lmasa bola, ota-onasi va boshqa kattalardan yaxshiroq inson bo'lib ulg'aymaydi.
P/s: Yaponiyalik kasbi muhandis bo'lgan yozuvchining kitobidan olayotgan xulosalarimning bir tomchisi..
Dehqonobod t. Terskay q
Abituriyent nolasi
Abituriyentlik bunchalar azob,
Kechalar uxlolmay chekarsan sarob.
Bu kunlar ham o'tmasdan qolmas,
Agarda yiqilsang seni hech kim tan olmas.
Uyqingda orom yo'q.
Gaplaringda ma'no yo'q.
Qiynalganingda do'sting yo'q.
Allohdan o'zga najotkoring yo'q.
Hech kimni gapi senga yoqmaydi.
Yegan ovqating o'zinga yuqmaydi.
Dardingni hech kim tinglamaydi..
O'zinga o'zing do'st bo'larsan.
O'zinga o'zing yor bo'larsan.
In sha Alloh bir kun talaba bo'larsan.
O'shanda bu kunlarni unutarsan...!
01.08.2020-y
**"Tilla Amal" 30/90-kun
"U - zo'r ijodkor"**
Kimdan so'ramang. Hamma uni yaxshi ko'radi. Maqtaydi.
Yaxshi ham, yomon ham.
Hammaga yaxshi bo'lishdan, Xudo saqlasin.
Aniq maqsadi yo'qlarni maqsadi:
- "hammaga yoqish".
Hammaga yaxshi ko'rinishga urinayotganlarga, eng yaxshi ta'rif:
• U - zo'r ijodkor. Shunaqangi "polvon"ki, qayoqqa borsa, bir qop "paxta" orqalab yuradi.
Dehqonobod t. Terskay q
**"Tilla Amal" 23/90-kun
"Buyog'iga qiyinlashadi"**
Masjidda bobolar bilan suhbatlashdim.
Ertalab bomdodga uyg'onish, turish qiyinchilik ekanini;
O'tirib-turishlar, yurishlar mashaqqatli bo'lib qolganini;
Yodlash uchun xotirani sustligini(charchagani);
O'qiyman desa, ko'z nuri kamayib qolganini;
Eshitaman desa, qulog'i og'irlashib qolganini;
Chiroyli qilib qiroat qilaman desa, ovozi yaxshi chiqmay qolganini;
Aytishdi.
Biz yoshlar, qilishga qiynalayotgan amallarga, ular bir necha barobar qiynalishadi.
Nafsi bilan sog'ligi bilan tanasi bilan kurashishga to'g'ri keladi.
Kamayib boradigan resurslar:
Vaqt, sog'lik, kuch-quvvat va energiya.
Xulosa.
Har bir ortga surayotgan majburiyatlarimiz, buyog'iga faqat qiyinlashadi.
Resurslar yetishmasligi boshlanadi. Osonlashmaydi.
Dehqonobod t. Terskay q
@Sherbek_Almatov_Blog
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago